I bob. Nazariy qism. 1 Stabilizatorlar haqida umumiy ma’lumotlar. II bob. Amaliy qism


Kuchlanish stabilizatorlarini himolayash



Download 4,56 Mb.
bet5/10
Sana31.03.2022
Hajmi4,56 Mb.
#521238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
OXUNOV (2)

2.2.Kuchlanish stabilizatorlarini himolayash.

Tranzistorli stabilizatorlarni yuklamadagi qisqa tutashuvdan himoyalash. Qisqa tutashuv ketma-ket ulangan stabilizatorning eng og‘ir ish rejimi hisoblanadi, bu holatda rostlovchi tranzistorlardan kuchlanishning kamayishi hisobiga kichik tok oqib o‘tadi (𝑈 = 𝑈 ). Stabilizator ishdan chiqishining oldini olish uchun bir qancha sxemotexnik echimlar qo‘llaniladi. Shulardan bir nechtasi ko‘rib chiqamiz. Yuklamada qisqa tutashuv holatining oldini olish uchun chiqish tokini chegaralash usulidan ko‘proq foydalaniladi. Deyarli har qanday tranzistorli kuchlanish stabilizatorlarida ushbu sxema rostlovchi tranzistor sifatida foydalanilishi mumkin. VT2 va VT3 tranzistorlari Darlington sxemasi bo‘yicha yig‘ilgan bo‘lib, bevosita rostlash (o‘tish) tranzistorini tashkil etadi. VT1 va 𝑅 elementlari himoyalash sxemasini tashkil etadi. 𝑅 rezistor tok datchiki funksiyasini bajaradi (undagi kuchlanish yuklama tokiga proporsional bo‘ladi). 𝑅 qarshiligida kuchlanishning pasayishi VT1 tranzistor baza-emitter o‘tishiga beriladi va bu o‘tish uchun to‘g‘ri yo‘nalish hisoblanadi.



2.2.1- rasm Yuklamada qisqa tutashuvdan himoyalangan ketma-ket stabilizator sxemasi .

Chiqishida qisqa tutashuv bo‘lganda VT1 emitter erga ulanadi (umumiy “+”). VT1 baza potensiali emitterga nisbatan manfiy bo‘ladi, va tranzistor ochiladi, kollektor-emitter o‘tishi orqali VD1 stabilitronni shuntlaydi. VT1 tranzistor kollektor toki 𝑅 rezistori orqali o‘tadi, va unda kuchlanish pasayishi oshadi va qo‘shma tranzistor baza o‘tishida manfiy siljish kamayadi. Bu esa rostlash tranzistorining yopilishiga olib keladi va chiqish toki tezda kamayadi.



2.2.2- rasm. Dinistor bilan himoyalangan stabilizator sxemasi.

Rezistor 𝑅 tok datchiki funksiyasini bajaradi. Parametrik stabilizator 𝑅 va VD4 sxemasidan tashkil topgan. Stabilizator yuklamasi vazifasini qo‘shma rostlash tranzistori (VT2 va VT3) ning bazasi bajaradi. Kichik yuklama tokida 𝑅 da kuchlanishning pasayishi kichik bo‘ladi, VT1 tranzistorining kollektor toki kichik va 𝑅 rezistordagi kuchlanishi ham yuqori emas. Bunda VD1 diod yopiq va VD3 dinistor “o‘chirilgan” bo‘ladi.


Yuklama toki oshganda 𝑅 rezistordagi kuchlanish ham oshadi, natijada VT1 tranzistorining baza-emitter o‘tish kuchlanishi ham oshadi, bu kuchlanish VT1 tranzistorining baza-emitter o‘tishi uchun to‘g‘ri kuchlanish hisoblanadi. Natijada VT1 tranzistor ochiladi, uning kollektor toki 𝐼 oshadi va 𝑅 rezistorda kuchlanish oshishiga olib keladi. Bunda hattoki VD1 diod ham ochilishi mumkin, ammo VD3 dinistor bir necha bo‘sag‘aviy yuklama toki 𝐼 gacha “o‘chirilgan” holatda bo‘ladi. Tok VD2 diod orqali oqib o‘tmaydi va himoyalash sxemasi stabilizatorning ishlashiga ta’sir etmaydi.

2.2.3- rasm. Dinistor bilan himoyalangan kuchlanish stabilizatori .

Yuklama toki bo‘sag‘aviy tok 𝐼 qiymatigacha oshganda 𝑅 dagi kuchlanish pasayishi dinistorning “ochilish” kuchlanishidan katta bo‘ladi. Dinistor VD3 ochiladi va qo‘shma rostlash tranzistor bazasini erga ulaydi. Stabilizatorning chiqish toki tezda pasayadi. Qisqa tutashuv holati bartaraf etilgandan keyin, stabilizatorni ishchi holatiga keltirish uchun SB «ajratish» tugmasi bosiladi.


Stabilizatorlarni chiqishidagi o‘ta kuchlanishdan himoyalash Kirish va chiqish kuchlanishlarining kamayishi faqat musbat ∆𝑈 = −𝑈 bo‘lgandagina kuchlanish stabilizatori normal ishlashi mumkin. Chunki stabilizatorda ∆𝑈 kuchlanishning kamayishi 𝑈 ning 100% va undan katta bo‘lishi mumkin. Avariya rejimida (tranzistor kollektor-emitter o‘tishining buzilishi) stabilizatorning chiqishidagi kuchlanish deyarli 𝑈 qiymatigacha oshadi. Bu ta’minot manbaining ish qobiliyatini yo‘qotishiga olib keladi. Masalan, mantiq mikrosxemasida yig‘ilgan qurilma, ta’minot manbaining 5±0,5 V kuchlanishida ishlash qobiliyatiga ega. Ushbu belgilangan kuchlanishning bir necha voltga oshishi mikrosxemaning ishdan chiqishiga olib keladi.
Rostlanuvchi stabilizatorlar deyiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, uchta chiqishli mikrosxemalar orasida rostlanuvchi stabilizatorlar ham uchraydi, ularda o‘rnatilgan chiqish kuchlanishining qiymati kichik bo‘ladi (1,2 V atrofida). Bunda yuklamadagi kuchlanishni o‘zgartirish stabilizatorni COM chiqishi potensialini yuklama umumiy qutbiga nisbatan sun’iy ravishda o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. To‘rtta chiqishli oddiy stabilizatorni xuddi uchta chiqishli sxema kabi hosil qilish mumkin, agar IN, OUT va COM chiqishlar bilan birga kristalldan to‘rtinchi – rostlash chiqishini olish mumkin Chiqish kuchlanishini rostlash IMSga nisbatan endi tashqi hisoblanadigan 𝑅 va 𝑅 qarshiliklar qiymatini o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi.
Agar 𝑅 rezistor sifatida potensiometrdan foydalanilsa chiqish kuchlanishini ohista o‘zgartirish mumkin. 𝑈 tayanch kuchlanishi uchun operatsion kuchaytirgich kuchlanish kuchaytirgichi hisoblanishini e’tiborga olib, chiqish kuchlanishini rostlash diapazonini kengaytirish maqsadida 𝑈 qiymatiga 1,0 – 1,5 V dan ortiq kuchlanish berish tavsiya etilmaydi.

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish