I bob. Mustaqillik yillarida o’zbekistonda arxeologiya fani taraqqiyoti


Mustaqillik davrida O’zbekistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari va ularning asosiy natijalari



Download 1,17 Mb.
bet6/8
Sana14.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#668950
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqillik davrida o\'zbekistonda olib borilgan arxeolgik tadqiqot ishlari va ularning asosiy natijalari

1.2. Mustaqillik davrida O’zbekistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari va ularning asosiy natijalari.
O‘zbekistonda arxeologiyaning fan sifatida shakllanishi uzoq tarixiy jarayonni o‘zida qamraydi. O‘zbek millati qadimiy tarixga ega bo‘lsada, uning eng qadimgi davr tarixini o‘rganish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan va bugungi kungacha bu sohada ilmiy izlanishlar davom qilib kelmoqda. O‘zbekistonning o‘rta asrlar tarixi esa, yozma manbalarda saqlanib qolgan bo‘lsada, uzoq davrlargacha mavjud qadimiy qal’alar tarixi faqat odamlar orasidagi rivoyatlarda saqlanib qolgan edi14. Ularni saqlash va ilmiy jihatdan o‘rganish esa XIX asr oxirlarigacha odamlarning e’tiborida emas edi. Sovetlar humronligi davrida o‘tmish tarixiga e’tibor kuchayib, ularni ilmiy jihatdan o‘rganish boshlangan bo‘lsada, O‘zbekiston miqyosida tarixiy yodgorliklarning nihoyatda ko‘pligi olimlarga chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishga imkon bermagan.
Ular yodgorliklar to‘g‘risida deyarli umumiy bo‘lgan ma’mumotlarningina to‘plashgan. Misol tariqasida Selungir, Teshiktosh, Ko‘lbuloq makonlarida olib borilgan tadqiqotlarni keltirish mumkin. Shuningdek, yodgorlik o‘rganilgach, u qarovsiz qoldirilgan. Bu esa, ko‘pgina yodgorliklarning yo‘qolib ketishiga olib kelgan. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, o‘tmish tarixiga yangicha nazar bilan qarala boshladi. Har bir yodgorlikni o‘rganishda chuqur ilmiy jihatdan yondoshilib, uning mahalliy xususiyatlarini e’tiborga olib, olamshumul yangiliklar ochildi va ochilmoqda.
O‘zbekistonda arxeologiyaning o‘rganilish bosqichlari M.Jo‘raqulovning “Ibtidoyi arxeologiya” kitobida to‘liq ochib berilgan. Arxeolog O‘zbekistonning arxeologik jixatdan o‘rganilishini 3 davrga bo‘ladi: 1.Rossiya mustamlakasi davri. 2.Sovetlar xukmronligi davri. 3. O‘zbekiston mustaqilligi davri va har bir davrga to‘liq ta’rif berib o‘tadi.
Mustaqillikning dastlabki davrlarida arxeologik tadqiqot ishlari birmuncha to‘xtaganday bo‘ldi. Lekin Vazirlar Mahkamasining 1998 yilda Tarix instituti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ishlari natijasida va Buyuk ipak yo‘li tarixining keng tadqiq qilinishi yuzasidan olib borilgan ishlar natijasida yana arxeologik tadqiqot ishlari jonlanib ketdi. Ayniqsa xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan hamkorlik yanada samarali bo‘lmoqda. Ular arxeologik ekspeditsiyalarni nafaqat moddiy, balki texnikaning keyingi davr yutuqlari bilan ham qurollantirib, mashaqqatli arxeologik tadqiqot ishlarini engillashtirib, qadimiy moddiy buyumlarning analiz jarayonlariga ham yanada aniqliq kiritishiga ko‘p imkoniyatlar yaratishda yaqindan yordam ko‘rsatib kelishmoqda. Jumladan, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Avstraliya, Rossiyadan kelgan olimlarning xizmatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorligida keyingi davrlarda O‘zbek–Olmon Baqtriya ekspeditsiyasi tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Jarqo‘ton yodgorligining yoshini aniqlashda 23 radiokarbon analizi o‘tkazdilar. Radiokarbon analizlar Germaniya arxeologiya instituti Evroosiyo bo‘limi qoshidagi laboratoriyada amalga oshirildi. Mazkur otryad a’zolaridan Mayk Toyfer va Kay Kanyutlar Sopollitepa madaniyatining yoshini kadimiylashtirish bo‘yicha yangi fikrlarni bildirganlar.
Hozirda O‘zbekiston arxeologiyasini o‘rganish ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu ish bilan maxsus institutlar, universitetlar, pedagogika institutlari va turli bo‘limlar shug‘ullanmoqdalar. Ular qoshida ko‘plab arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etilgan.
So‘nggi o‘n yillikda madaniyat va tarixiy yodgorliklarni qayta ro‘yxatga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa yodgorliklarni muhofaza qilish ishlariga ancha samarali ta’sir qo‘rsatmoqda15. XX asrning 90- yillarining oxirlarida yodgorliklarning 7216 tasi hisobga olingan bo‘lsa, shulardan 1595 tasi me’moriy yodgorliklar, 3106 tasi mahobatli san’at asarlari, 2115 tasini arxeologik yodgorliklar tashkil etdi. Ulardan 1831 tasi respublika miqyosidagi davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, 513 tasi me’moriy obidalar, 98 tasi mahobatli san’at asarlari, 1213 tasi arxeologik va 27 tasi tarixiy yodgorliklardir. Bunday yodgorliklar ayniqsa, Samarqand ( 997), Buxoro (804) , Qashqadaryo (592), Toshkent (562), Farg‘ona (512) viloyatlarida ko‘p.
Bu mamlakatimiz butun hududi qadimiy madaniyat va sivilizatsiya o‘chog‘i bo‘lganligidan dalolat beradi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda olib borilgan arxeologik qazuv ishlari natijasida:
- Surxon voxasidagi yuqori paleolit davriga oid birinchi yodgorlik hisoblangan Qoraungurdara g‘ori aniqlandi;
- Axsikent shahrida olib borilgan qazuv ishlari davomida tayyorlangan obektlarda birinchi zamonaviy tipdagi «ochiq osmon ostidagi muzey» ochildi. 2019 yilgi qazuv mavsumida Axsikent yodgorligida olib borilgan qazuv ishlari kengaytirilib, yana 6ta obekt ochiq osmon ostidagi muzey uchun tayyorlandi;
- Buxoro shahar shahristonida olib borilgan qazuv ishlari natijasida shahar hududi antik davrdan intensiv yashab kelingani o‘z tasdig‘ini topdi;
- Poykend yodgorligida miloddan oldingi III-II asrlarga oid qadimiy mudofaa devori qoldiqlari aniqlandi, yodgorlik ibodatxonasi hududida, shuningdek, ma'budlarga tortiq sifatida keltirilgan qimmatbaho qurol-yarog‘lar to‘plami aniqlandi;
- Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan Quyun yodgorligida olib borilgan qazuv ishlari natijasida bundan 3300 yil avval tog‘-adir qismlariga yoyilgan manzilgoh o‘rni aniqlandi;
- Xorazm viloyatida Xumbuz yodgorligida olib borilgan qazuv ishlari natijasida bundan 2800 yil avval faoliyat ko‘rsatgan eng qadimiy ibodatxona qoldiqlari ochildi;
- Samarqand viloyatida joylashgan va shahar tashqarisidagi Samarqand hukmdorlari qarorgohi sifatida Kofirqal'a yodgorligida saroyning ilk o‘rta asrlardagi to‘liq tarixi aniqlandi.
Tadbir davomida internetda tarqalgan, aholi uchastkalarida boyliklar jamlangan yirik xumlar chiqqani, ular odamlar tomonidan qazib olinayotgani haqida tarqalgan videolavhalar borasida izoh so‘raldi.
«Davlatimiz hududida odamlarning hovlilaridan topilayotgan va qazib olinayotgan yirik xumlar, boyliklar haqida bizda ayni paytda ma'lumot mavjud emas. Topilmalarga kelsak, O‘zbekiston hududi bejiz qadimiy madaniyat o‘chog‘i deb aytilmaydi. Har bir shahrimiz, qishlog‘imiz, tog‘imiz-u cho‘llarimizdan ham qadimiy buyumlar, boyliklar chiqib qolishi mumkin. Chunki biz azaldan Buyuk Ipak yo‘li markazida bo‘lganmiz.
Topilma topgan odam mahallaga, hokimiyatga murojaat qilishi kerak. Topilmalar Madaniyat vazirligining madaniy meros departamenti tomonidan o‘rganiladi. Bu departamentning inspektorlari hududlarda ham bor. Ular qadimiy obidalar, arxeologik obektlar kadastrlarini ham tuzishadi, ro‘yxatga olib borishadi. Topuvchini rag‘batlantirish ham topilgan buyumga qarab belgilanadi», dedi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi direktori Farhod Maqsudov.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish