MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY SOXADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOXOTLAR VA ULARNING AHAMIYATI MUNDARIJA I.KIRISH........................................................................................... 2-5betlar. I BOB.MUSTAQILLIK ARAFASIDA IJTIMOIY HOLAT 1.1. Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat…...6-13 bet
1.2.Bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy himoya…………….13-17 bet
II. O’ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY O’ZGARISHLAR 2.1.Birinchi Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan islohotlar…..17-22 betlar
.2. 2.Hozirgi bosqichda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat va uning o’ziga xosligi
……………………………………………………………………………22-31 bet
XULOSA…………………………………………………………………32-33 bet
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………..31-bet
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Kurs ishining maqsadi. Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyati loyihasi:
1. inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
2. mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
3. milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
4. adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
5. ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
6. umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
7. mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishdagi masalalarni qamrab oladi.
Loyihada davlat rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqi va saylovoldi dasturida ilgari surilgan tashabbuslar aks ettirilgan.
Muhokamalar davomida davlat organlari mas’ul xodimlari, tegishli soha mutaxassislari, ilmiy doira vakillari hamda mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida konferensiya va davra suhbatlari tashkil etiladi. Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.