I bob Mustaqil O‘zbekiston davlatining tashkil topishi


partiyasining „Adolat“ nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etil¬moqda



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.01.2022
Hajmi0,86 Mb.
#283884
1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekiston tarixi darsligi - Vikikitob


partiyasining „Adolat“ nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etil¬moqda.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsa¬ta¬yotgan partiyalardan yana biri—O‘zbekiston „Milliy tiklanish“
de-mokratik partiya¬sidir (O‘zMТDP). U 1995-yil 3- iyunda Тoshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis
qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘z¬bekiston Respublikasi
Adliya vazirligi 1995-yil 9-iyunda O‘zMТDP ni ro‘yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy
tiklanish g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida o‘z harakatining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha
belgilaydi: millatning ma’naviy birligi; Vatan—yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy
qadriyatlar; ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy
istiqlol. O‘zbekiston MТDPning oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo‘lib, unda rahbar
organlar saylanadi. 1998- yil 28- dekabrda O‘zbe¬kiston „Fidokorlar“ milliy demo¬kratik
par¬ti¬ya¬si tashkil topdi. Par¬ti-yaning 1998-yil 28-dekabrdagi ta’sis konfe¬ren¬siyasida
uning Dasturi va Nizo¬mi tasdiqlangan. „Fidokorlar“ partiyasining maqsadi kindik qoni
to‘kilgan tuproq, ajdodlar merosi va qadriyatlari bilan faxrlanadigan, xalq g‘amini o‘z g‘ami deb
bilib, har qanday tahdid, xavf-xavotir, qiyinchi-liklar oldida bosh egmaydigan, tiz
cho‘k¬maydigan, Vatan, taraqqiyot, ijtimoiy adolat yo‘lida jonini ham fido qilishga tayyor, elim
deb, yurtim deb yonib yashay¬digan fidokor shaxslarni birlash-tirishdir. Partiya mulkdorlar
daxlsiz-ligini ta’minlashga intiladi, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar xilma-xilligiga asoslanadi.
Toshkentda 20- iyun (2008- y.) kuni O‘zbekiston „Fido¬korlar“ milliy demokratik partiyasi va
O‘zbekiston „Milliy tik¬lanish“ partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda


O‘zbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi va „Fidokorlar“ milliy demokratik partiyasini
birlash¬tirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Birlashgan partiyalarga „Milliy tiklanish“
demokratik partiyasi nomi berildi. Markaziy kengash, Mar¬kaziy nazorat-taftish komissiyasi
a’zolari saylandi, birlashgan partiyaning bosma organi tasdiqlandi. Partiya markaziy Kengashi
Ijroiya qo‘mitasi raisi etib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi Axtam Tursunov
saylandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010- yil qarori bilan Milliy tiklanish demokratik
partiyasining 31 nafardan iborat deputatlar fraksiyasi ro‘yxatga olingan. 2003- yil oxirlarida
O‘zbekiston libe¬ral demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va
ish¬bilar¬monlar manfaatini himoya qi¬lish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirishdan iborat.
O‘zLiDePning „XXI asr“ haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi-
ning 2010- yil qarori bilan O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining 53 kishidan iborat
deputatlar fraksiyasi ro‘yxatga olingan. 1995- yil may oyida jamoat¬chi¬likning tashabbusi
bilan O‘zbe¬kiston „Xalq birligi“ harakati tashkil etildi va faoliyat ko‘r¬satmoqda. Adliya
vazirligi mazkur harakatni 1995- yil 9- iyunda ro‘yxatga oldi. Harakatning asosiy maqsadi
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlar va elatlarni jipslashtirish, ularning
O‘zbe¬kis¬ton Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklarini
kafolatlash, mamlakatda millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni
mustahkamlashdan iborat. O‘zbekiston „Xalq birligi“ harakatining oliy organi qurultoy bo‘lib, u
4 yilda bir marta chaqiriladi. Unda rahbar organlar saylanadi. O‘zbekiston „Xalq birligi“
harakati tarkibida Qoraqal¬pog‘is¬ton Respublikasi, viloyat, shahar va tuman kengashlari
hamda boshlang‘ich tashkilotlari ish olib bormoqda. „Xalq birligi“ ha¬rakati Respublika
Baynalmilal madaniy markazi hamda 100 dan ortiq milliy-madaniy markazlar bilan
bahamjihat faoliyat yuritmoqdaki, bu turli millat va elat vakillari birligini mustah¬kamlashda
ijobiy rol o‘ynamoqda. O‘zbekiston „Xalq birligi“ harakatining „Birlik“ va „Единство“ haftalik
gazetalari nashr etilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining 1996- yil 17- apreldagi farmoniga
muvofiq res¬pub¬lika yoshlarining „Kamolot“ jam¬g‘armasi nodavlat xayriya jamoat
birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. „Kamolot“ jam¬g‘ar¬masining vazifasi yoshlarning
manfaat va ehtiyojlarini o‘rga¬nish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat
ko‘magida hayot¬ga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo „Kamolot“ yoshlar jam¬g‘armasi
bunday vazifalarni bajara olmadi, yosh¬larning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi.
Prezident Islom Karimov 2001- yil 24- yanvarda Тoshkentda bo‘lib o‘tgan yoshlar masalasiga
bag‘ishlangan yig‘ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo‘la oladigan yangi tashkilot tuzish
g‘oyasini ilgari surdi. 2001- yil 25- aprel kuni Тoshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi
boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti — O‘zbekiston Respublikasi „Kamolot“ yoshlar
ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tas¬diqlandi. „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy
harakatining asosiy maq¬sadi yoshlarni birlashtirish (14 yoshdan 28 yoshgacha), sog‘lom
turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga ko‘mak¬lashish,
ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‘z aql-zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la
namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlod¬ning ta¬yan¬chi va


suyanchisi bo‘lishdan iboratdir. O‘zbekistonda turli jamoat tashki¬lotlari ham faoliyat
ko‘rsat¬moqda. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyush¬malari turli kasb egalari bo‘lgan
xo¬dim¬larning jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy muno¬sa-batlaridan qat’i nazar ixtiyo¬riy
birlashtiruvchi mustaqil om¬maviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsat¬moqda. Kasaba
uyushmalarining tashkiliy tuzilishi jahon kasaba uyush¬malari amaliyoti andozalariga mos
keladigan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida isloh etildi.
Kasaba uyushmalarining quyidan yuqorigacha barcha organlari uyushma a’zolari tomonidan
saylangan vakillarning yig‘ilishlari, konferensiyalari va qurultoylarida saylanadi va ular oldida
hisob beradi. O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 1996-yilgi ma’lu¬mot¬lariga ko‘ra, 53
mingga yaqin boshlang‘ich tashkilotlariga ixtiyo¬riy ravishda birlashgan 7,5 milliondan ziyod
a’zosi bor. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba
uyushmalari, hududiy jihatdan esa Qoraqal¬po¬g‘iston Respublikasi,12 viloyat hamda
Тoshkent shahar kasaba uyushmalari Kengashlari mavjud. Ular xodimlarning ijtimoiy-
iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Mustaqillik
sharoitida ayollarni, ko‘p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni yanada
kuchaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan muam-
molarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasi¬dagi ayollarning imkoniyatlarini
yanada kengaytirish va ularni qo‘l¬lab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991-
yil 1- martdagi O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘¬mi¬tasi to‘g‘risidagi farmoyishi bilan
Xotin-qizlar qo‘mitasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy
maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini
qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va
bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini
ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi tarkibida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo‘mi¬talari, Тoshkent shahar xotin-
qizlar qo‘mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mehnat jamoalari va turar joylarda
tashkil etilgan xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo‘mita qoshida xotin-qizlar
toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ish¬lamoqda.
1996-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi
„Nuroniy“ jamg‘armasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-
mart¬dagi „1941—1945- yillardagi urushda fashizm ustidan qo¬zo¬nilgan g‘ala¬baning 50
yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni ni-shonlash to‘g‘risi¬da“gi Farmonida o‘zbekistonliklarning
urush yillaridagi jasoratini hamda qurbon bo‘lganlar xotirasini abadiylashtirishga
bag‘ishlangan ko‘p jildli „Xotira“ kitobini nashr etish vazifasi qo‘yildi, yetarli miqdorda mablag‘
ajratildi va barcha shart-sharoit yaratib berildi. Juda katta mehnat va mashaqqatli izlanishlar
natijasida urushda halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan 450 mingga yaqin o‘zbekistonlik
jang¬chilar¬ning aziz nomlari zikr etilgan 34 jildlik „Xotira“ kitobi 1995-yilda, g‘alabaning 50
yilligi arafasida xalqimizga, sobiq jangchi¬larning xonadonlariga bepul yetkazib berildi.
Shuning¬dek, u barcha muzeylarga, Тoshkent shahri va viloyatlardagi faxriylar


tashkilot¬lariga, kutubxonalarga, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tek¬¬shirish ins¬titutlariga, vazirlik
va idoralarga, Davlat organlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlariga hamda Moskva, Sankt-
Peterburg, Kiyev, Minsk, Volgograd shaharlari muzey¬lariga yuborildi. „Xotira“ kitobida katta
tarix, achchiq hayot haqiqati tiklangan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholining keng
qatlamlarini birlashtiruvchi 5 mingdan ortiq jamoat birlashmalari, nodavlat va notijorat
tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko‘rsat¬moqda. Shular jumlasiga „Ma’naviyat va ma’rifat“
jamoatchilik markazi, „Sog‘lom avlod uchun“ va „Ekosan“ xalqaro jamg‘armalari, „Mahalla“ va
„Navro‘z“ xayriya jam¬g‘ar¬malari, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash „Ulug‘bek“ va
„Iste’dod“ jam¬g‘ar¬malari, „Mehr-shafqat va salomatlik“, „Bolalar“, „Amir Тemur“, „Alisher
Navoiy“, „Abdulla Qodi¬riy“ jamg‘ar¬malari va bosh¬qalar kiradi. Jamoat
birlash¬malariningturlari va maqsad¬larini 16- chizmadan aniqroq bilib olishingiz mumkin.
Ommaviy axborot vositalari xalqqa il¬miy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ma¬da¬¬niy, ma’naviy-
ma’rifiy bilimlar, ma’¬lu¬motlar tarqatuvchi manbadir. Ular tarkibiga gazeta va jurnallar, radio
va televideniye hamda boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi. Sobiq Ittifoq davrida
ommaviy axborot vositalari to‘la davlat monopoliyasiga olingan bo‘lib, kom¬munistik mafkura
quroliga aylantirilgan, milliy zamindan uzilgan edi. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot
vositalariga munosabat o‘zgardi. Avvalo ularning huquqiy asoslarini yaratish tadbirlari ko‘rildi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari erkin va
qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida esa har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va
uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va
qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997-yil 24- aprelda „Axborot olish kafolatlari va
erkinligi to‘g‘risida“ va „Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida“, 1997-yil 26- dekabrda
„Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida“ Qonunlar qabul qilindi. Davlat organlari, muassasalar,
tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jurnalistga tazyiq
o‘tkazganlik, uning professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar bo‘lishlari qonunan
mustahkamlab qo‘yildi. Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishni ta’minlashga
qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
devonida tuzilgan Axborot markazi, Milliy matbuot klubi ommaviy axborot vositalariga
moddiy jihatdan ko‘maklashmoqda. Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 1996-
yil avgust oyida ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bilan
shug‘ullanuvchi ijtimoiy-siyosiy jamg‘arma tashkil etildi. Res¬publika Prezidentining 1997-¬ yil
7- maydagi „O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risi¬da“ gi Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Davlat televideniye va radioeshit¬tirish
qo‘mitasi O‘zbekiston tele¬ra¬diokompaniyasiga aylantirildi va uning joylarda hududiy
bo‘linmalari tuzildi. Bu tadbir o‘zteleradiokompaniyaning aholi va jamiyatning xolisona,
haq¬qoniy axborotlarga ehtiyojini o‘rganish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik
islohotlar va o‘zgarishlar to‘g‘risida aho¬lini, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish
sohasidagi faoliya¬tini demokratlashtirish va rivojlantirishga salmoqli turtki berdi. Mustaqillik


yillarida respublika ommaviy axborot vositala¬rining soni ko‘paydi, sifati yaxshilandi. 1990-
yilda 376 nomda gazeta va jurnallar chop etilgan bo‘lsa, 2010-yilda ommaviy axborot
vositalari va elektron ommaviy axborot vositalari soni 1200 taga yetdi. 4 ta axborot agentligi,
55 ta nashriyot, 100 ga yaqin davlat va nodavlat telera¬diostudiyalari va uning hududiy
bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatdi. Ko‘pmillatli O‘zbekiston Respub¬likasida gazetalar, jurnallar,
tele¬ra-dio¬studiyasi 12 tilda — o‘zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda chop
etiladi, eshittiriladi. 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o‘zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu,
forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari,
mazmuni va yo‘nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Bular davlat tomonidan nashr
etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tash¬kilotlari, tijorat va xususiy gazeta va jurnallardir.
Shuning¬dek, diniy tashki¬lotlarning gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka
yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy nashrlar mavjud. 1996- yilda
respublikamiz AQSHda joylashgan „Internet“ global tarmog‘i bilan bog‘landi va jahon
yangiliklarini qabul qilib olish va axborotlar uzatish yo‘lga qo‘yildi. Internet tizimidan
foydalanuvchilar safi kengayib bormoqda. 2003- yilda mamlakatimizning yarim milliondan
ortiq aholisi axborot xizmatining muhim turi hisoblanayotgan Internetdan foydalangan bo‘lsa,
2010- yilda ularning soni 6 milliondan oshdi. Shahar va tuman markazlarida Internet klublar,
Internet kafelar soni, milliy axborot segmenti yildan yilga ko‘payib bormoqda. 2004- yil aprel
oyida „uz“ hududida ro‘yxatga olingan WEB saytlar soni 2600 taga yetdi. Ayniqsa, O‘zbekiston
Res¬publikasi Prezidenti Matbuot xizmatining WEB sayti (WWW. press-servise. uz) Internet
tarmog‘ida mashhur bo‘lib ketdi. Undan mamlakatimiz aholisi, shuningdek, jahondagi 80 dan
ortiq mamlakat fuqarolari foydalanmoqdalar.
Savol va topshiriqlar 1. Fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi nima bilan belgi¬lanadi?
2. Qanday hujjatlarda jamoat birlashmalarining huquqiy asoslari 
belgilab berilgan? 
3. Siyosiy partiya nima? U qanday prinsiplar asosida tuziladi va 
faoliyat yuritadi? 
4. Siyosiy partiyalar qanday huquqlarga ega? 
5. O‘zbekistonda qanday siyosiy partiyalar faoliyat yuritmoqda? 
6. „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati qachon tuzilgan, maqsadi 
nima? 
7. Sizning kollejingizda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining 
tash¬kiloti tuzilganmi, Siz unda qanday ishtirok etyapsiz? 
8. Jamoat birlashmalari nima? 
9. Kollejingizda qanday jamoat tashkilotlari faoliyat 
yuritmoqda? 


10. Jamoat birlashmalari qanday maqsadlarda tuziladi? 11. Ommaviy axborot vositalari
nima? 12. Siz qanday gazeta va jurnallarni qiziqish bilan o‘qiysiz?
IV bob. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosa¬batlarining shakllanishi va iqtisodiy taraqqiyot 1-
Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish