1.2. Yangi inson tarbiyasida o’quvchilar milliy hissiyotini
shakllantirish
Musiqa tarbiyasi musiqachini emas, balki eng avvalo insonni tarbiyalashdan
iboratdir. O‘quvchilarda musiqa bo‘yicha ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda ularga
bevosita va emotsional ta‘sir ko‘rsatadigan musiqa san‘atiga doir darslar asosiy
omil xioblanadi.
Yangi deganda, biz faqatgina sog‘lom- baquvat farzandlarimizni emas, balki
ma‘naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan ahloqiy pok, ma‘rifatli farzandlarni,
avlodni tushunmog‘imiz kerak. Bunday kishilar o‘zlarida xalqimizning eng ardoqli
fazilatlari – iymon va insof, mehr – oqibat, shavqat va rahmdillik, uyat va andisha,
or – nomus, ozaro hurmat, yuksak vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi
qadriyatlarni va g‘oyalarni mujassamlashtirgan bo‘lishlari lozim.
Musiqa inson ruhiyatini ajarlmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Musiqadan turli
ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni his eta
oladigan, o‘z kasbiga, ona vatanga mehr qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shu bois
o‘quvchilarda inson ma‘naviyatining tarkibiy qismi bo‘lmagan musiqa
madaniyatini tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi.
Musiqa madaniyati darslarida an‘anaviy milliy qo‘shiqlarimizdan
foydalanishning muhim ahamiyati Shundaki, avvalo asrlar bo‘yi xalqimizning boy,
ulkan merosiga aylangan maqom ijrochiligining insonlarga kuchli ta‘siri va ta‘siri
yuksakligidadir.
Mashhur xofizlarimiz tomonidan yuqori saviyada ijro etilgan bu ashulalar
o‘quvchilarda ham ichki tuyg‘uni ota-bobolarimizning ulkan tarix zarvaraqlarini
inson organizmiga qay darajada ta‘sir etishi ma‘lum bo‘ladi. Chunki, musiqa
insonning asab tizimiga ijobiy yordam beradi.Onalar allasi haqida ham dars
jarayonida tushunchalar berish o‘z volidalarimizning aziz va mukarramligi haqida
ma‘lumotlar berib borish maqsadga muvoffiqdir.
Ma‘naviy barkamol inson shon – shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan
quvmaydi, moddiy (boylik ketidan), qiyinchiliklarga duch kelganda qaddi
bukulmaydi, ba‘zan uyushtirilgan tuhmatu – fitnalar uning ruhini tushura olmaydi.
Demak, har qanday shum taqdir va qismat pokiza, mard, ma‘naviy barkamol inson
ma‘naviyatini buza olmaydi, balki mustahkamlaydi, chiniqtiradi, yuksak
darajadagi ma‘naviyatga ega inson fidoiylik, jasorat, mardlik, o‘z xalqini sevish
vatanni qadrlash, ajdodlaridan faxrlanish kabi oliyjanob fazilatlari bilan ajralib
turadi. Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma‘naviy ahloqiy jihatidan
barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma‘naviy – ahloqiy barkamollikning asosiy
qirralariga yuqorida aytilganlardan kelib chiqib quyidagilarni kiritish mumkin:
-ota – onasi, farzandlari, qarindoshlari xullas butun oila a‘zolari, qo‘ni –
qo‘shnilari, mahalla – ko‘yi, qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq farovonligi
haqida qayg‘urish; ota – bobolardan, ajdodlardan yodgor bo‘lib qolgan madaniy
merosni qadrlash, vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy
vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashash; mehr – shavqat va ezgulikni himoya
qilishi; va‘daga vafoli bo‘lishi va boshqalar kiradi. Komil inson tushunchasi
ma‘naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma‘naviy barkamollikka
erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma‘naviy
barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir.
Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchala tushuncha: sog‘lom
avlod, ma‘naviy barkamol, komil inson – darajami – daraja chuqur ma‘no kasb
etadi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, komil inson bo‘lishning aniq cheki va
chegarasi yo‘q.
Prezidentimizning
quyidagi ta‘rifida komil insonning asosiy
hususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilib berilganligi
diqqatga sazovordir: komil inson deganda, - deb yozadi Prezidentimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |