1.3. Amaliy mashg’ulotlarda
zamonaviy texnologiyaning dolzarbligi
Musiqa darsi o‘tishning zamonaviy pedagogik usullariga doir ko‘plab
qo‘llanmalar mavjud, bunday uslublarni ilg‘or musiqa muallimlarining o‘zlari
kashf qilganlar va ular yaxshi samara bermoqda. Xususan, ―mavzu qanday bayon
qilganda uning necha foizi o‘quvchi yodida saqlanadi, u tomonidan
o‘zlashtiriladi?‖ degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o‘tkazilajak tajriba
yakuni ―anglash piramidasi‖ degan nomni oladi.
Har bir qo‘shiqni o‘rganilar ekan qo‘shiq harakteridan kelib chiqib unnig ifoda
vositalari ham shunga mos bo‘ladi. Shu bilan birga o‘quvchi qo‘shiqdagi alterasiya
va dinamik belgilarini o‘rganib, shular asosida qo‘shiqning mazmunini ochib
berishi va sof kuylashi lozim.
Darsning samaradorligiga erishish, kasb mahoratini to‘liq bajarishda
o‘qituvchi-pedagoglar DTS talablari hamda yangi pedagogik texnologiya asosida
istagan faoliyatlar orqali ko‘zlagan maqsadiga erishishi mumkin. Bizga ma‘lumki,
musiqa tarbiyasi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Unda
o‘zbek musiqa madaniyati va xalq musiqasining nodir namunalari orqali yosh
avlodni tarbiyalashdek mas‘uliyatli vazifa amalga oshiriladi. Bugun Shunday
darslar tashkil etilsinki, pedagog faol va tashabbuskor bo‘lsin, uning shogirdlari
esa mustaqil va erkin fikrlay oladigan yoshlar bo‘lib yetishsinlar.
Musiqa o‘qitish metodikasida musiqa savodxonligi ahamiyatining eng
muhim omillardan biri hisoblanib uni yuzaga keltirish uchun, o‘quvchi- yoshlarga
ta‘lim berish jarayonida milliy his-tuyg‘u qoidalarini o‘rgatib va kasbiy
mahoratlarini keng yo‘lga qo‘yishi zarur.
Hozirga kelib musiqa darsi va uni zamon talablari asosida tashkil etishning
fusunkor ko‘lami yanada kengaydi, uning mavqei tobora yuksaldi, jamiyatda
tutgan o‘rni mustahkamlandi. Endi musiqa go‘zal Vatanimizda katta tarbiyaviy
imkoniyatlarga ega bo‘lgan mustaqil sohadir. O‘quv tarbiya jarayonida musiqa
yosh avlodga axloqiy –estetik tarbiya berishning asosi bo‘lib hisoblanadi, ta‘lim
jarayonining bir qadar jadallashuvi, samaradorligi unga bog‘liqdir.
Xalqimiz yaratgan durdonalarning biri xisoblangan musiqa har soxada,
chunonchi, ta‘lim tarbiyada, mehnatda va ijtimoiy munosabatda ma‘lum darajada
o‘z ifodasini topadi. Murg‘ak go‘dakdan tortib to nuroniy qariyalargacha,
jismoniy mehnat soxiblaridan to aqliy mehnat axillarigacha – hamma san‘at
ne‘matlaridan baxramand bo‘ladi, ertangi kunning yanada porlok bo‘lishi uchun
intiladi.
Maktablar faoliyatining hozirgi nazariyasi va amaliyotida o‘quv tarbiya
jarayonining yangi yo‘llarini amalga oshirish va unu olib borishning ko‘plab
variantlari mavjud. Har bir mualliflik hamda amaliyotchi pedagogik jarayonga
o‘zining individual ulushini qo‘shadi. Lekin ko‘p yangi texnalogiyalar o‘z
maqsadlari, mazmuni qo‘llaniladigan metodlari va vositalari bo‘yisha yetarlicha
ko‘p o‘xshashliklarga ega bo‘lish shu umumiy belgilariga ko‘ra tavsif qilinadi:
-
qo‘llanish darajasiga ko‘ra;
-
falsafiy asos bo‘yicha;
-
asosiy rivojlantiryvchi omili bo‘yicha;
-
o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha;
-
shaxsiy belgi sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;
-
mazmun xususiyatlari bo‘yicha;
-
boshqaruv turi bo‘yicha;
-
bolaga yondashuvi bo‘yicha;
-
yo‘qlanadigan metodlar bo‘yicha;
-
ta‘lim oluvchilar toifalari bo‘yicha yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha
quyidagicha tavsiflash mumkin:
-
qo‘llanish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik;
-
rivojlantiruvchi omili bo‘yicha asosiy e‘tibor jamiyatning faol
ishtirokchilari bo‘lgan barkamol insonlarni tarbiyalashga shaxsning har tomonlama
rivojlanishiga qaratiligan bo‘lishi;
-
o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha, assotsiativ – reflektor bo‘lib,
sugchestir (na‘muna, misol, o‘rnak, ibrat ko‘rsatish) ga tayangan holda;
-
shaxsiy belgi sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha; axborot, yangi
shaxsning bilim, malaka, ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga
yo‘naltirilgan;
-
mazmun xususiyatlari bo‘yicha: dunyoviy, texnokratik, umumta‘lim
mazmunida bo‘lib, ta‘lim – tarbiya jarayonida faoliyatni tashkil qilish va olib
borishda didaktikaga markaziy o‘rin beriladi;
-
boshqaruv turi bo‘yicha: an‘anaviy mumtoz ( klassik) bo‘lib, unga
ta‘limning taxnika vositalari qo‘shilgan;
-
bolaga yondashuv bo‘yicha: avtoritar;
-
ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha:tushintirish – ilyustrtsiyalash;
-
ta‘lim oluvchilar toifalari bo‘icha: ommaviy va boshqalar;
―Musiqa madaniyati o‘quv fani umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida
o‘qitiladigan barcha o‘quv fanlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san‘at, jismoniy
tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog‘lanadi‖. Barcha o‘quv fanlari qatori
musiqiy ta‘limida ham davlat ta‘lim standartlari ( DTS) joriy etilgan va unda milliy
musiqiy merosdan to‘laqonli foydalanish imkoni berilgan. Bular xalq kuy va
qo‘shiqlari amaliyoti xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlarida maqom,
shashmaqom, dostonlar va zamonaviy musiqa mavzularida o‘z aksini topgan.
Musiqa san‘atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda
ularning barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarida o‘ziga xos va takrorlanmas manba
bo‘lib xizmat qiladi.
Musiqa darsi o‘tishning zamonaviy pedagogik usullariga doir ko‘plab
qo‘llanmalar mavjud, bunday uslublarni ilg‘or musiqa muallimlarining o‘zlari
kashf qilganlar va ular yaxshi samara bermoqda. Xususan, ―mavzu qanday bayon
qilganda uning necha foizi o‘quvchi yodida saqlanadi, u tomonidan
o‘zlashtiriladi?‖ degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o‘tkazilajak tajriba
yakuni ―anglash piramidasi‖ degan nomni oladi.
Maktabda musiqa savodxonligini tarkib toptirishda har bir qo‘shiqni o‘rganilar
ekan qo‘shiq harakteridan kelib chiqib unnig ifoda vositalari ham shunga mos
bo‘ladi. SHu bilan birga o‘quvchi qo‘shiqdagi alterasiya va dinamik belgilarini
o‘rganib, shular asosida qo‘shiqning mazmunini ochib berishi va sof kuylashi
lozim.
Qo‘shiq kuylash, musiqiy idrokini kuchaytirish o‘quvchining psixologik va
fiziologik tuyg‘ulariga ta‘sir etadi, ijobiy faolligini ta‘minlaydi, tovush hosil qilish,
artikulyasiya va nafas organlarini faollashtiradi. Xotirasi, nutqi, diqqatini
mustahkamlash bilan birga dunyoqarashini kengaytiradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risidagi qonuni» va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta‘lim tizimida ruy berayotgan
uzgarishlar umumiy urta ta‘lim maktabalridagi boshqa o‘quv fanlari qatori musiqa
fanining o‘qitilishini ham tubdan yangilashni talab etmoqda.
Musiqa madaniyati o‘quv fani umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida
o‘qitiladigan barcha o‘quv fanlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san‘at, jismoniy
tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog‘lanadi.
Shunday ekan, pedagoglar musiqani ongli faoliyat, samarali mehnatga
samimiy munosabatda hamda mo‘‘tadil kayfiyat garovi bo‘la oladi. Musiqa
kundalik hayotimizga qanchalik singib borsa, hayotimiz shunchalik zavkli va
mazmunli bo‘ladi. Ayniqsa, birinchi sinf o‘quvchilarini ona vatanga muxabbat
ruhida tarbiyalashningmuhim tarkibiy qismi–estetik tarbiya
masalalarini
muvoffaqiyatli xal qilishga katta ahamiyat berilmoqda.
Musiqa darsi estetik tarbiyaning eng asosiy qismlaridan bo‘lib, u bolalarni
musiqaga yaqinlashtirish , musiqa san‘ati asarlarini tushunishga va ijro etishga
o‘rgatish ishlarini ularning kichik yoshidan boshlashni taqozo qiladi.
Musiqa darsining ichki tuzilishi musiqa tarixi, nazariyasi va ijrochiligiga
doir turli namunalardan – vokal-xor mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa
tinglash, musiqa tahlili va adabiyoti, bolalar cholg‘u asboblarida chalish, ritmik
harakatlar bajarish elementlaridan iborat. Shuniing uchun u aralash dars tipiga
kiradi.
Yana musiqa boshqa san‘at turlaridan o‘zining ifoda vositalari, ya‘ni «tili»
bilan farq qiladi. Musiqa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohanglar vositasida
ifodalanadi, musiqani faqat tinglabgina idrok etiladi.
Musiqa madaniyati darslarida Vatan xaqidagi an‘anaviy qo‘shiqlarni
o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi-murabbiylarning o‘zlari ham Vatanni yuraklariga
jo aylab, so‘ngra o‘quvchilarga kerakli tushuncha va ko‘nikmalarni berishlari
lozim.
O‘zbek xalq milliy qo‘shiqchilik san‘atini yuksalishida mustaqillikdan so‘ng
yaratilgan qo‘shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir. Mamlakatimiz
mustaqilikka erishgach yuqori malakali, zamonaviy tafakkur tarziga ega bo‘lgan
bilimli mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida namunali ishlar amalga oshirildi.
Musiqa savodxonligini rivojlantirishda bolaning iqtidori ham muhim
sanaladi, buning barobarida bolaning bilimi oshadi, vokal-xor malakalari
rivojlanadi, axloqiy estetik fazilatlari hamda mehnatga munosabati shakllantiriladi.
Musikiy faoliyat turlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan bo‘lishi, biridan
keyin ikkinchisiga o‘tishi kerak.
Dars o‘kitish tamoyillariga muvofiq bo‘ladi. U tarbiyaviy ta‘sir o‘tkazadi.
Ilmiy tushunish uchun qulay hisoblanadi. .Musiqa darsi mazmuni o‘quv dasturiga
muvofiq bo‘lib, u boshqa darslar sistemasidagi bo‘g‘inlarni qamrab oladi.
Musiqali harakatlar, cholg‘uchilik va ijodkorlik faoliyatlarni amalga
oshirishda o‘yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu
faoliyatlarko‘proq o‘yin xususiyatlari bilan bog‘liq. Dasturda tinglash va kuylash
uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Bu o‘qituvchiga asarlarni sinf
imkoniyatlari va o‘quv yilining muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o‘qitish
imkoniyatini beradi.
Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki xissa mikdorda
tanlash va lozim bo‘lganda dasturdan tashkari asarlardan ham foydalanish
mumkin.
Nota savodi, cholg‘uchilik, raqs harakatlari Shuniingdek, musiqa ijodkorligi
faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. Dars
sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu esa darslarni rejalashtirishda va
darslarga tayyorgarlik ko‘rishda ijodiy yondoshishni taqazo etadi. Bunda shu
narsaga e‘tiborni kuchaytirish lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg‘ulotlar
mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida – alohida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da,
darslarni rejalashtirishda va ularni o‘tishda dars mazmunidan kelib chiqishi va
uning mohiyatini ochib berishi lozim bo‘ladi. SHunday qilib, darsda musiqa
faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «ta‘lim to‘grisidagi konuni» va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta‘lim tizimida ruy berayotgan
uzgarishlar umumiy urta ta‘lim maktabalridagi boshqa o‘quv fanlari qatori musiqa
fanining o‘qitilishini ham tubdan yangilashni talab etmoqda.
Musiqa madaniyati o‘quv fani o‘quvchilarning ma‘naviy, badiiy va axloqiy
madaniyatini shakllantirishga milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga
oshirishga ijobiy maxorat va badiiy didni ustirishga, fikr doirasini kengaytirishga,
mustaqil llik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati
o‘quv fani umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida o‘qitiladigan barcha o‘quv
predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san‘at, jismoniy tarbiya, mehnat va
boshqa fanlar bilan bog‘lanadi.
Barcha o‘quv fanlari qatori musiqiy ta‘limda ham davlat ta‘lim
standartlarining joriy etilishi milliy musiqiy merosimizdan to‘laqonli foydalanish
imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlarida, xonanda va
sozandalarning ijodiy faoliyatlarida, maqom, shashmaqom, doston va bugungi
zamonaviy musiqiy faoliyatda o‘z aksini topadi. Musiqa san‘tining bu kabi
imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularni barkamol bo‘lib yetishishlarida
o‘ziga xos va takrorlanmas manbaa bo‘lib xizmat qiladi. Azaldan SHarq, jumladan,
o‘zbek musiqa ta‘lim tarbiyasi, pedagogikasi va uning mukammal uslubiyotlari
ustoz – shogird an‘analari misolida takomillashib borgan.
Davlat ta‘lim standartlari ommaviy xalq musiqa pedagogikasi professional
musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari, katta ashulachilar, makomchilar,
dostonchilik asarlarining elementar asoslarini me‘yorlashtiradi.
Musiqa savodi darsining mustaqil faoliyati sifatida emas, balki barcha
faoliyatlari turlari bilan bog‘lab tahlil qilinishi va uni ongli idrok etilishi lozim.
Musiqa savodi notalar haqida ma‘lumot emas, balki notagacha bo‘lgan davr,
musiqa janrlari, shakllari, milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish, ijrochi,
tinglovchi, kompozitor va bastakorlar haqida va nihoyat musiqa ifodalari kuy,
temp, registr, dinamika va boshqalar bilan tanishtirishni o‘z ichiga oladi.
Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida
muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg‘uloti qo‘llanilmasin, uning amaliyotida
foydalanilayotgan asar o‘rganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochilari
va xokozo) xakida yangi tushunchalar xosil bo‘ladi. SHu bois, musiqa savodi
fakatgina nota savodi uslublaridan iborat bo‘libgina kolmay, balki o‘quvchilarning
umumiy musiqaviy bilim doirasini tarkib topdiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar
majmuasini ya‘ni musiqa shakllari, janrlari, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning
farqlari milliy musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, nota savodi va
boshqalarni singdirib borishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |