2.2. Lokus nazorat va tavakkalchilikka munosabat psixologiyasi Ilmiy izlanishlari asosida, amerikalik psixolog J.Rotter (Rotter),i insonlarni o’z xulq-atvorlari va ularga aloqador voqealar ustidan nazorat omillarida ustuvorlikka ega bo’lish bo’yicha ayrim mulohazalarini bayon etgan. Fikrimizcha, tadbirkorlar tashqi lokus nazoratga (eksternal) ega bo’lishlari bilanoq faoliyatlarida tashqi vaziyatlar orqali sodir bo’ladigan asosiy voqeliklar (tashqi sharoitning yaxshiligini, boshqa tadbirkorlarning ta’siri, ta’sodifiy vaziyatlar) ni anglab yetadilar. Tadbirkorlarning ichki lokus nazoratga ega bo’lishi (interval) esa, aksincha, o’ziga tegishli hodisalarni yuqori darajada nazorat qilishga xizmat qilib, o’z navbatida u muvaffaqiyatga erishish kabi mag’lubiyatdan qochish motivasiyalarining ta’siri doirasida mas’uliyatni qabul qilishga moyilligini aniqlashda qo’l keladi.
Bu borada olib borilgan qator ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar (R.Brokxaus, M.Kete de Vris, D.Miller va b.)iining natijasi, yutuqqa erishish motivasiyasi bilan internallik aloqasini ijobiy ekanligini tasdiqlaydi. Ma’lumotlarning asoslanganligi professional-notadbirkorlikka nisbatan yuqori internallik darajasi bilan tavsiflanadi.iii Tadbirkorlik motivasiyasining tadbirkordagi tavakkalchilikka moyillik darajasiga bog’liqligi tejamkorlik tamoyilidir.
Bu ilmiy tamoyil bo’lib, unga ko’ra yagona fenomenni izohlovchi ikkita nazariyadan har biri bir xil ishonchlilik darajasiga ega bo’lgan bo’lsa, unda afzallik soddaroq bo’lgan nazariyaga beriladi. Bu tamoyilning psixologiyada qo’llanilishi aniq fanlardagiga nisbatan ancha qiyinchiliklarga duch keladi. Undan tashqari, “oddiy” yoki “murakkab” bo’lgan nazariyaning baholanishi bizni anglashilmovchilikka olib kelishi mumkin. Agar xulq-atvorni o’rganishga urg’u beruvchi bixeviorizm, turli hodisalarni tejamkor holda tushuntira olganligi uchun yuqori baholangan bo’lsa, Z.Freyd (Zigmund Freid)iv psixologik ta’limotida esa, o’zining instinktiv ehtiyojlari va jinsiy hissiyotlarni jilovlash orqali inson faoliyatining sohalarini tushuntirishda o’ta murakkab holda amalga oshirilgan, deb tanqid ostiga olingan. Nazariyaning oddiyligi tufayli qabul qilishimiz mumkin bo’lganda, murakkab nazariyaning validligi muammosi uni boy berib qo’yish xavfini tug’diradi.
Shaxsdagi tadbirkorlik motivasiyasi hamda tavakkalchilikning shakllanishidagi bog’liqliklarni o’rganar ekanmiz, undagi tavakkal (xatarli) qarorlarni qabul qilishdagi og’ishlarni o’rganmaslik mumkin emas.
Guruhiy tabaqalanishni o’rganish jarayonida shunday narsa kashf etildiki, insonlar bir o’zlari bo’lganlaridagiga qaraganda, guruh orasida bo’lganlarida tavakkal qarorlarni ko’proq qabul qilishga moyil bo’lar ekanlar. Shuning bilan birgalikda ba’zi tadqiqotlarning natijasiga ko’ra, guruh ichida yana o’ta yuqori ehtiyotkorlik tufayli og’ish hollari ham bo’lishi mumkin ekan. Umuman olganda, guruhlar guruhiy qarorlarni qabul qilishga qadar, qatnashuvchilarning ustanovkalariga muvofiq tabaqalanadilar, shu asnoda, agar umumiy muhokamadan oldin guruh a’zolarining ko’pchilik qismi tavakkal qarorni qabul qilishga moyil bo’lsalar, u holda tavakkal tomoniga nisbatan og’ish sodir bo’ladi. Bunga qarama-qarshi, agar guruh a’zolarining ko’pchilik qismi umumiy muhokamadan oldin ehtiyotkorlik talab etiladigan qaror qabul qilsalar, unda guruhiy qaror ehtiyotkorlik pozisiyasini o’zida aks ettiradi.
Noaniqlik va tavakkalchilik sharoitlarida olib boriladigan iqtisodiy faoliyat tadbirkorlik faoliyatida ajralib turuvchi xususiyatlardan biri hisoblanadi. Shu bois ham, tadbirkorlarning tavakkalchilikka munosabatini o’rganishga bag’ishlangan izlanishlar psixologik tadqiqotlarning katta qismini tashkil qiladi. Tadbirkorlarning tavakkalchilikka munosabatini o’rganish uchun taniqli mutaxassis R.Brokxauz (Brockhaus)v o’z davrida Kogana-Uollacha uslubidan foydalangan. Menejerlar va tadbirkorlar ustida olib borilgan qiyosiy tadqiqotlarida u tavakkalchilikka nisbatan har ikkala toifa sinaluvchilari orasida sezilarli farq yo’qligini aniqlagan (rahbarlar – firma mulkdorlari). Biroq olim natijalarni o’rtacha ahamiyat bilan qiyoslaganda esa, ikkila guruh ham tavakkalchilikka moyilligini yaqqol ko’rsatgan. Ushbu subyektiv baho ko’pincha, ularning qulay shart-sharoitlarni subyektiv baholashlari va shu orqali muvaffaqiyatga erishishlarida shaxsiy imkoniyatlaridan qay darajada foydalanishlariga bog’liq. Tadbirkorlikning psixologik xususiyatlari fenomenining ilmiy tahlili hozirda uning iqtisodiy fikrlar taraqqiyoti kabi rivojlanib bormoqda. So’nggi yillarda ushbu fenomen muammosining dolzarbligini tushuntirish mahalliy olimlar oldiga qator vazifalarni ko’ndalang qilib qo’ymoqda.
Shu bois, bu borada 1999–2007 yillar oralig’ida qator ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar olib borildi. 4.5-jadvalda (O.Hayitov, 2005) keltirilgan natijalarning ikki qutbini, ya’ni juda ehtiyotkor va tavakkalchilikka moyillik mezonlari tadqiqotimiz uchun ahamiyatli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda ehtiyotkorlik borasida farqli ko’rsatkich yakka tartibda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarda ko’rinadi. O’ylashimizcha tadbirkorlikning bu turi ko’p jihatdan shaxsning o’z imkoniyatlari va harakatiga asoslanganligi tufayli va shaxsiy sarmoya hisobiga rivojlantirilishi orqali, ular ehtiyotkorlik bilan faoliyat yuritishga moyildirlar. Shu bilan birga tavakkalchilikka moyillik ham aynan yakka tartibda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarda ko’proq uchrayapti.
Bozorning o’zgaruvchanligi unda turg’unlikning mavjudmasligi tadbirkordan tavakkalchilik asosida ish yuritishni taqazo qiladi. Ko’p jihatdan tadbirkorlikdagi muvaffaqiyat tavakkalchilik orqali ham belgilanadi. Biznesmen respondentlar (keyingi o’rinlarda jadvalda – TR) guruhidagi tadbirkorlar orasida tavakkalchilikka moyillikning kam ko’rsatilishi, ular faoliyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. Jamoaviy tartibda ishlash, yakka tashabbusning cheklanganligi va xo’jalik yuritish faoliyatining aniq rejasiga rioya etish tavakkalchilikka qarama-qarshi bo’lgan holatlardir. Ma’lumki jamoaviy tartibda ish yuritish, qaror qabul qilishda guruhiy uslublarni yo’lga qo’yadi va muvaffaqiyatli natija ehtimolini oshiradi. Iqtisodiy sohadagi jamolar faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar, guruhiy qaror qabul qilish, iloji boricha kam tavakkallik xususiyatiga ega ekanligini e’tirof etgan.
O’tkazilgan tadqiqot quyidagilarni bizga aniqlash imkonini berdi, ya’ni tadbirkorlarda odatda yosh o’tishi bilan tavakkalchilikka moyillik pasayib boradi; tajribali tadbirkorlarda tavakkalchilik ko’rsatgichi ancha past bo’ladi; tadbirkor ayollarning tavakkalchiliklari tadbirkor erkaklardan farqli o’laroq ayrim hollardagina namoyon bo’ldi, bu milliy mentalitet bilan izohlanishi mumkin. Yuqorida shartli ravishda ajratilgan ikki toifa vakillarining o’zaro qiyosiy tahlili yana shuni aniqlash imkonini berdiki, unga ko’ra saralangan erkin tadbirkorlar (ARs) biznesmen (TR) respondentlar guruhidagilardan, magistrant (MR)lar bakalavr (BR) guruhidagilardan tavakkalchilikka moyillik darajasi yuqoriroq ekan. Masalan, rad etilgan shaxslar, ichki konflikti borlarda tavakkalchilikning yuqoriligi aniqlanib, bu tadbirkorlar o’rtasida raqobatbardoshlikdan darak beradi; guruh sharoitida yakka hollardan farqli tavakkalchilik qilishga moyillik kamroq va sekinroq namoyon bo’ldi. Bu esa ikkinchi tomondan guruhiy kutishlarga ham bog’liqligi tadqiqot natijalariga ko’ra o’z yechimini topdi. Buni biz biznesmen (TR) guruhi sinaluvchilarida aniqladik. Bunga sabab sifatida yana ushbu guruh vakillarining sarmoyasi davlat organlari hamda xorij sarmoyadorlari tomonidan kafolatganligi, xo’jalik faoliyatini yuritishda aniq strategik rejaning mavjudligi bilan izohlanadi.
Bizga ma’lumki tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik tadbirkorning asosiy emosional-irodaviy xususiyati sifatida o’rin tutadi. Ko’p hollarda mag’lubiyatdan qochishga bo’lgan ehtiyojni sezish, tadbirkorda tavakkalchilikka nisbatan moyilliklarni cheklanishiga olib keladi. Shu sababli ARs guruhi tadbirkorlarida tavakkalchilik bilan mag’lubiyatdan qochish motivasiyasi bir-biri bilan teskari munosabat hosil qilishi kuzatiladi (r=–0,55)vi. Qanchalik tavakkalchilikning oshishi mag’lubiyatdan qochish motivasiyasiga nisbatan zaruratni kam talab qiladi. Shuningdek, tavakkalchilikka moyillik muvaffaqiyatga nisabatan ijobiy bog’lanish hosil qilib (r=0,51), bu tadbirkorda xo’jalik faoliyatini yuritishda va strategik maqsadlarni amalga oshirish vaqtida yangidan-yangi g’alabalarga zamin yaratadi.
Demak, himoyaga nisbatan yuqori motivasiyali kishilar ko’pincha baxtsizlik va tushkunlik holatlariga tushib qolisharkan. Mag’lubiyatlardan qo’rqadigan odamlar, odatda, tavakkalchilikning yuqori darajadagi ko’rsatgichini namoyon qilib, ya’ni o’ylamasdan faoliyatni amalga oshirib qo’yishar ekanlar. Tadqiqotning aniqlanishicha, tadbirkor xulqida namoyon bo’ladigan himoya ustanovkasi uchta omilga bog’liq ekan: tavakkalchilikning taxminiy darajasiga;
kuchli motivasiyaga;
ishda mag’lubiyatga uchrash tajribasining mavjudligiga.
Shuningdek, ikkita holat tadbirkordagi iqtisodiy xulqning himoyaviy ustanovkasini kuchaytiradi: tavakkal qilmay turib istalgan niyatga yetish; [2] tavakkalchilik mag’lubiyatni keltirib chiqargan bo’lsa. Agar tadbirkor muvaffaqiyatga erishishning anchagina yuqori motivasiyasini o’zida mujassamlashtirgan bo’lsa, bu unda ehtiyojning o’zini takomillashtirish mezonini keltirib chiqaradi. Shuningdek, bular o’z navbatida tadbirkordagi o’rta ko’rsatkichdagi tavakkalchilik va mag’lubiyatdan qochish motivasiyasini shakllantiradi. Tavakkal qilgan sharoitda muvaffaqiyatga erishaverish, aksincha, himoyaga nisbatan ustanovkani susaytiradi, ya’ni mag’lubiyatdan qochish motivasiyasini kamaytiradi. Tadqiqotda aniqlanishicha juda ehtiyotkor hisoblangan tadbirkorlarda himoyaga nisbatan quyi motivasiya aniqlanib, bu esa tadbirkorda muvaffaqiyatga erishishda juda past motivasiyani keltirib chiqaradi. Natijada, ushbu tadbirkorlarda jamiyatda o’z o’rnini topish, obru-e’tiborga sazovor bo’lish uchun, tan olinishga nisbatan ehtiyoji o’sib borada.
Demak, tadbirkorlik faoliyati jarayonida muammoni yechish hech qachon oson kechmagan, lekin ma’lum tajribaga ega bo’lish maqsadga erishish jarayonini tezlashtirib mag’lubiyatdan qochishga yordam beradi. Buning uchun mag’lubiyatdan qochib, maqsadga erishishning uchta ehtimoliy yo’lini aytib o’tish mumkin: muammoni yechishga tizimli yondashishdan foydalanish; har xil muammolarni yechishga mos keladigan uslublarni tanlash; odamlar va manbalardan muammolarni yechishda foydalanish.
Agar maqsadlar majmui mavjud bo’lib, muvaffaqiyatga erishish motivi rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan muammolardan biri sanalsa, bir vaqtda ularni yagona mezon bilan o’lchab bo’lmaydi. Bunday maqsadlar majmuiga erishishni baholash bosqichma-bosqich olib boriladi. Bizningcha, quyida keltirilgan yettita bosqich, mag’lubiyatdan qochib muvaffaqiyatga erishishda nazorat vositasi bo’lib xizmat qiladi: bosqich – tayyorgarlik; bosqich – aniq maqsad; bosqich – muvaffaqiyat mezoni; bosqich – axborotlar; bosqich – rejalashtirish; bosqich – amaliy ish; bosqich – amaliy ishning to’liq tahlili.
Tadqiqotning ko’rsatishicha (O.Hayitov, 2005), muvaffaqiyatga intilishlari ancha yaxshi bo’lganlarning tavakkalchilikka moyilliklari o’rtacha bo’ldi. Mag’lubiyatdan qo’rqadiganlar esa tavakkalchilikning yo o’ta quyi, yo o’ta yuqori darajasini tanladi. Sinaluvchilarda muvaffaqiyatga intilishi qanchalik kuchli bo’lsa, uning tavakkal qilishi kamroq bo’ldi, albatta, yutib chiqishiga ishonchi ham unchalik kuchli bo’lmadi. Motivasiyasi juda kuchli bo’lgan odamlar tavakkalchilar bo’lib, ular baxtsiz hodisalarni juda kam boshdan kechiradilar, chunki ularda mag’lubiyatdan qochish masalasi ham kuchli bo’ldi. Himoya instinkti yuqori bo’lsa, bu uning muvaffaqiyatga erishishiga ko’pincha g’ov bo’ladi, natijada tadbirkor oldiga yuqori maqsadli masalalar qo’ya olmaydi. Demak, noaniq sharoitlarda ish olib borish, tavakkalchilik bilan bog’liq qarorlarni qabul qilish hamda ular ustidan shaxsiy javobgarlikni his etish tadbirkorlik xususiyatini ajratib turuvchi alohida sifat hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishning o’zi tavakkalchilik qilish bilan bog’liq holat, deb baholash mumkin.
O’tkazilgan tadqiqot quyidagilarni bizga aniqlash imkonini berdi, ya’ni tadbirkorlarda odatda yosh o’tishi bilan tavakkalchilikka moyillik pasayib boradi; tajribali tadbirkorlarda tavakkalchilik ko’rsatgichi ancha past bo’ladi; tadbirkor ayollarning tavakkalchiliklari tadbirkor erkaklardan farqli o’laroq ayrim hollardagina namoyon bo’ldi, bu milliy mentalitet bilan izohlanishi mumkin. Yuqorida shartli ravishda ajratilgan ikki toifa vakillarining o’zaro qiyosiy tahlili yana shuni aniqlash imkonini berdiki, unga ko’ra saralangan erkin tadbirkorlar (ARs) biznesmen (TR) respondentlar guruhidagilardan, magistrant (MR)lar bakalavr (BR) guruhidagilardan tavakkalchilikka moyillik darajasi yuqoriroq ekan. Masalan, rad etilgan shaxslar, ichki konflikti borlarda tavakkalchilikning yuqoriligi aniqlanib, bu tadbirkorlar o’rtasida raqobatbardoshlikdan darak beradi; guruh sharoitida yakka hollardan farqli tavakkalchilik qilishga moyillik kamroq va sekinroq namoyon bo’ldi. Bu esa ikkinchi tomondan guruhiy kutishlarga ham bog’liqligi tadqiqot natijalariga ko’ra o’z yechimini topdi. Buni biz biznesmen (TR) guruhi sinaluvchilarida aniqladik. Bunga sabab sifatida yana ushbu guruh vakillarining sarmoyasi davlat organlari hamda xorij sarmoyadorlari tomonidan kafolatganligi, xo’jalik faoliyatini yuritishda aniq strategik rejaning mavjudligi bilan izohlanadi.Bizga ma’lumki tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik tadbirkorning asosiy emosional-irodaviy xususiyati sifatida o’rin tutadi. Ko’p hollarda mag’lubiyatdan qochishga bo’lgan ehtiyojni sezish, tadbirkorda tavakkalchilikka nisbatan moyilliklarni cheklanishiga olib keladi. Shu sababli ARs guruhi tadbirkorlarida tavakkalchilik bilan mag’lubiyatdan qochish motivasiyasi bir-biri bilan teskari munosabat hosil qilishi kuzatiladi (r=–0,55)vii. Qanchalik tavakkalchilikning oshishi mag’lubiyatdan qochish motivasiyasiga nisbatan zaruratni kam talab qiladi. Shuningdek, tavakkalchilikka moyillik muvaffaqiyatga nisabatan ijobiy bog’lanish hosil qilib (r=0,51), bu tadbirkorda xo’jalik faoliyatini yuritishda va strategik maqsadlarni amalga oshirish vaqtida yangidan-yangi g’alabalarga zamin yaratadi.Demak, himoyaga nisbatan yuqori motivasiyali kishilar ko’pincha baxtsizlik va tushkunlik holatlariga tushib qolisharkan. Mag’lubiyatlardan qo’rqadigan odamlar, odatda, tavakkalchilikning yuqori darajadagi ko’rsatgichini namoyon qilib, ya’ni o’ylamasdan faoliyatni amalga oshirib qo’yishar ekanlar. Tadqiqotning aniqlanishicha, tadbirkor xulqida namoyon bo’ladigan himoya ustanovkasi uchta omilga bog’liq ekan: tavakkalchilikning taxminiy darajasiga; kuchli motivasiyaga; ishda mag’lubiyatga uchrash tajribasining mavjudligiga. Shuningdek, ikkita holat tadbirkordagi iqtisodiy xulqning himoyaviy ustanovkasini kuchaytiradi: tavakkal qilmay turib istalgan niyatga yetish; tavakkalchilik mag’lubiyatni keltirib chiqargan bo’lsa. Agar tadbirkor muvaffaqiyatga erishishning anchagina yuqori motivasiyasini o’zida mujassamlashtirgan bo’lsa, bu unda ehtiyojning o’zini takomillashtirish mezonini keltirib chiqaradi. Shuningdek, bular o’z navbatida tadbirkordagi o’rta ko’rsatkichdagi tavakkalchilik va mag’lubiyatdan qochish motivasiyasini shakllantiradi. Tavakkal qilgan sharoitda muvaffaqiyatga erishaverish, aksincha, himoyaga nisbatan ustanovkani susaytiradi, ya’ni mag’lubiyatdan qochish motivasiyasini kamaytiradi. Tadqiqotda aniqlanishicha juda ehtiyotkor hisoblangan tadbirkorlarda himoyaga nisbatan quyi motivasiya aniqlanib, bu esa tadbirkorda muvaffaqiyatga erishishda juda past motivasiyani keltirib chiqaradi. Natijada, ushbu tadbirkorlarda jamiyatda o’z o’rnini topish, obru-e’tiborga sazovor bo’lish uchun, tan olinishga nisbatan ehtiyoji o’sib borada.Demak, tadbirkorlik faoliyati jarayonida muammoni yechish hech qachon oson kechmagan, lekin ma’lum tajribaga ega bo’lish maqsadga erishish jarayonini tezlashtirib mag’lubiyatdan qochishga yordam beradi. Buning uchun mag’lubiyatdan qochib, maqsadga erishishning uchta ehtimoliy yo’lini aytib o’tish mumkin: muammoni yechishga tizimli yondashishdan foydalanish; har xil muammolarni yechishga mos keladigan uslublarni tanlash; odamlar va manbalardan muammolarni yechishda foydalanish.Agar maqsadlar majmui mavjud bo’lib, muvaffaqiyatga erishish motivi rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan muammolardan biri sanalsa, bir vaqtda ularni yagona mezon bilan o’lchab bo’lmaydi. Bunday maqsadlar majmuiga erishishni baholash bosqichma-bosqich olib boriladi. Bizningcha, quyida keltirilgan yettita bosqich, mag’lubiyatdan qochib muvaffaqiyatga erishishda nazorat vositasi bo’lib xizmat qiladi: bosqich – tayyorgarlik; bosqich – aniq maqsad; bosqich – muvaffaqiyat mezoni; bosqich – axborotlar; bosqich – rejalashtirish; bosqich – amaliy ish; bosqich – amaliy ishning to’liq tahlili.Tadqiqotning ko’rsatishicha (O.Hayitov, 2005), muvaffaqiyatga intilishlari ancha yaxshi bo’lganlarning tavakkalchilikka moyilliklari o’rtacha bo’ldi. Mag’lubiyatdan qo’rqadiganlar esa tavakkalchilikning yo o’ta quyi, yo o’ta yuqori darajasini tanladi. Sinaluvchilarda muvaffaqiyatga intilishi qanchalik kuchli bo’lsa, uning tavakkal qilishi kamroq bo’ldi, albatta, yutib chiqishiga ishonchi ham unchalik kuchli bo’lmadi. Motivasiyasi juda kuchli bo’lgan odamlar tavakkalchilar bo’lib, ular baxtsiz hodisalarni juda kam boshdan kechiradilar, chunki ularda mag’lubiyatdan qochish masalasi ham kuchli bo’ldi. Himoya instinkti yuqori bo’lsa, bu uning muvaffaqiyatga erishishiga ko’pincha g’ov bo’ladi, natijada tadbirkor oldiga yuqori maqsadli masalalar qo’ya olmaydi. Demak, noaniq sharoitlarda ish olib borish, tavakkalchilik bilan bog’liq qarorlarni qabul qilish hamda ular ustidan shaxsiy javobgarlikni his etish tadbirkorlik xususiyatini ajratib turuvchi alohida sifat hisoblanadi.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishning o’zi tavakkalchilik qilish bilan bog’liq holat, deb baholash mumkin. Insonning xulq-atvori oldindan sezib lazzatlanish, o'z harakatlarining kutilayotgan natijalari va ularning uzoqroq oqibatlarini baholashga asoslangan. Mavzuning oqibatlarini tavsiflaydigan ahamiyati, ko'pincha "sabablar" so'zi bilan belgilanadigan o'ziga xos qiymat xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu holda "motiv" atamasi ehtiyoj, motivatsiya, jozibadorlik, moyillik, istak va hokazolar kabi tushunchalarni o'z ichiga oladi. Turlarning har xil farqlari bilan ushbu atamalarning ma'nosi muayyan maqsadli holatlarga nisbatan harakat yo'nalishini "dinamik" lahzani ko'rsatadi. ularning o'ziga xos xususiyatlari har doim qimmatli lahzani o'z ichiga oladi va mavzu unga erishishga intilgan vaqt, qanday qilib turli xil usullar va usullardan qat'iy nazar. Ushbu tushunchadan kelib chiqib, taxmin qilish mumkinki, «individ-atrof-muhit» munosabatlarining maqsadli holati tomonidan belgilanadi, bu o'z-o'zidan (hech bo'lmaganda shu vaqtning o'zida) hozirgi holatga qaraganda ko'proq istalgan yoki ko'proq qoniqarli. Motivlarning turlari.Motiv kengroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan to’rgan moyillik xozirlikni tushuntirib beruvchi sabablarni nazarda tutadi. Maphur nems olimi Kurt Levin motivlar muammosi ayniqsa shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqladiki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi. Konkret vaziyat xususiyadagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, kayfiyatga bog’liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’lar ekan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimunlarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki, unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardagi orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: “materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan ustanovka shakllanadiki, albatta bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabcha, qattiaqqo’l va xokazo. Bunday motivatsiya mana necha avlord talabalari boshdina kechirayotgan holat. Endi aniq shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu semestr tugushini kutib harakat qiladi.