I bob bo’yicha xulosalar
Mobil ta’lim – bu faqatgina nazariy ehtimollik emas ayni mavjud narsadir. Turli davlatlardan ishtirok etuvchilar va pedagoglar mobil qurilmalar yordamida keng marifiy resurslardan foydalanish imkoniga ega boʻladilar, axborotlarni muhokama qilish va axborotlarni boshqa oʻquvchilar bilan boʻlishishlari mumkin, hamkasblardan va oʻqituvchilardan madad olishlari shuningdek, samarali aloqani yoʻlga qoʻyishlari mumkin.
II BOB. MOBIL ILOVALARNI ISHLAB CHIQARISH: MULTIEKRANNI LOYIHALASH
2.1. Ilovalarni tezkor ishlab chiqilishi (rad)
Ob’ektli-yo‘naltirilgan dasturlash, takroriy foydalanilishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar, prototiplar va to‘rtinchi avlod dasturlari loyihachilar uchun, an’anaviy metodlar va standart dasturlardan farqli o‘laroq, to‘liq funksiyali tizimlarni yaratishni sezilarli darajada tezlashtirib beradilar. Ishga yaroqli tizimlarni qisqa muddatlarda yaratish jarayonini ta’riflash uchun “ilovalarni tezkor ishlab chiqish” (RAD) atamasi qo‘llaniladi. RAD ishlab chiqish tarkibiga foydalanuvchilarning grafik interfeyslarini yaratishdagi vizual dasturlash va boshqa vositalardan foydalanish, tizimning eng muhim elementlari prototiplarini yaratish, dasturiy kodning avtomatik generatsiyasi va yakuniy foydalanuvchilar hamda texnik xodimlarning hamkorlikdagi ishlari kabi jarayonlar kiradi. Oddiy tizimlar tayyor komponentlarni yig‘ib chiqish yo‘li bilan yaratilishi mumkin. Jarayon doim ham uzviy ketma-ketlikda kechmasligi mumkin va ko‘pgina jarayonlar bir vaqtda sodir bo‘lishi ehtimoli katta bo‘ladi7.
Ayrim holatlarda, tizimga qo‘yiladigan axborot talablari rasmlanishini tezlashtirish va tizimning dastlabki “eskizi”ni yaratish uchun “ilovalarni hamkorlikda yaratish” (JAD) deb nomlanuvchi texnologiyadan foydalaniladi. Bunda bo‘lajak tizim foydalanuvchilari va texnik xodimlar tizim dizaynini muhokama qilish uchun yig‘iladilar. Agar ushbu masalaga to‘g‘ri yondoshilsa, bu metodika loyihalash jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishi mumkin.
Tezkor va oqilona ishlab chiqishda asosiy etibor ishchi dasturiy ta’minotni tezkor taqdim etishga qaratiladi. Bunda yirik loyiha dastlab bir nechta kichik loyihalarga bo‘linadi, kichik loyihalar, o‘z navbatida, iteratsiya va uzluksiz qayta aloqadan foydalangan holda, qisqa muddatlarda ishlab chiqiladi. YAkuniy natijaga erishish uchun korxonaning axborot talablarini aniqlashning tezlashtirilgan jarayonidan foydalaniladi, ya’ni tizim foydalanuvchilari va texnik xodimlar bo‘lajak axborot tizimining eng muhim yo‘nalishlarini birgalikda muhokama qilib, eng optimal varianatlarni belgilab chiqadilar.
Hozirgi kunda xodimlar va mijozlar o’z tanloviga ko’ra axborot olish yoki tranzaktsiyani amalga oshirish uchun ixtiyoriy vaqt va ixtiyoriy joyda mobil qurilmadan foydalanish imkoniga ega bo’lishni kutishmoqda va hattoki talab qilishmoqda. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun kompaniyalar mobil ilovalar, mobil veb-saytlar, shu jumladan, o’zining ilovalarini hamda an’anaviy axborot tizimlarini ishlab chiqarishi lozim.
Vertic raqamli reklama agentligi ma’lumotlariga ko’ra, mobil ilovalarni loyihalash sohasining rivojlanishi shaxsiy kompyuterlar sohasini loyihalashga qaraganda 4 ga 1 nisbatda ko’proq bo’lishi kutilmoqda. Tashkilotlar o’z mobil ilovalarini ishlab chiqishlari uchun qaror qabul qilayotganda, ular ba’zi muhim tanlovlarni amalga oshirishlari zarur, shu jumladan, mazkur ilovalarni qanday texnologiyalar orqali ishlab chiqishni hamda mobil veb-saytda nimalar qilishni ham tanlashi zarur8.
Mobil veb sayt bu - muntazam ishlovchi veb saytning versiyasi bo’lib, mazmunan qisqartirilgan, mobil ekranda oson kirish va qidirish imkonini beradi. (Muntazam veb saytning farqini Amazonka saytiga o’z kompyuteringizdan va so’ngra o’z smartfoningizdan kirib kuzatishingiz mumkin.)
Mobil veb ilova mobil qurilmalar uchun muayyan vazifali ilovalarga Internet madad hisoblanadi. Foydalanuvchilar mobil qurilmaning veb brauzeri yordamida mobil veb ilovalarga kirishlari mumkin. Veb ilova serverda joylashgan bo’lib, Internet orqali kiriladi va qurilmaga o’rnatilmaydi. Xuddi shu ilova ko’pchilik qurilmalar tomonidan foydalanilib, ularning turidan qat’iy nazar, veb varaqlarni ko’rishlari mumkin9.
(Rodnoe) O’zining ilovasi mustaqil ilova bo’lib, ma’lum platforma va qurilmada ishlash uchun mo’ljallangan. O’zining ilovasi to’g’ridan-to’g’ri mobil qurilma o’rnatiladi. O’zining ilovalari ma’lumotlarni olish va yuklash uchun Internetga bog’lanishlari mumkin hamda bu ma’lumotlar bilan hatto Internetga bog’lanmagan holda ishlashlari mumkin. Masalan, elektron kATobni Kindle dasturiy ta’minoti o’qish ilovasi orqali Internetdan kATobni yuklashi, Internet tarmog’idan ajratishi imkonini beradi. O’zining mobil ilovalari yuqori darajadagi ishonch va tezkorlikni ta’minlab beradi. Ular mobil qurilmani alohida xususiyatlaridan, ya’ni kamera yoki sensorlik xislatlaridan foydalanishlari mumkin. Shunga qaramasdan, ilovalarning bir necha versiyalari turli mobil operatsion tizimlar va texnik qurilmalar uchun dasturlanishi zarur bo’lganligi sababli o’zining ilovalarini ishlab chiqarish qimmatdir. Mobil platformalar uchun ilovalarni ishlab chiqish katta ekranli shaxsiy kompyuterlardan juda farqlanadi. Mobil qurilmani kichik o’lchami klaviaturadan matn terishga qaraganda barmoqlar va multisensor ishoralaridan anchagina osonroq foydalanish imkonini beradi.
Mobil ilovalar ma’lum vazifalarni bajarishi uchun optimallashtirilishi zarur bo’lib, ular ancha ko’p vazifalarni bajarishga urinmasliklari lozim va ular foydalanishni qulayligi va soddaligi uchun ishlab chiqilgandirlar. Foydalanuvchining noutbuk va kompyuterlardan foydalanish tajribasi mobil qurilmalar bilan ishlashdan anchagina farq qiladi. Resurslarni tejash - o’tkazish qobiliyati, ekran maydoni, xotira, qayta ishlash, ma’lumotlarni kirATish va foydalanuvchi ishoralari ustuvor masala hisoblanadi10.
Kompyuterning ishchi stoli uchun yaratilgan to’liq veb sayt smartfon ekrani o’lchamigacha qisqartirilsa, foydalanuvchining sayt ichida harakatlanishi qiyinlashadi. Foydalanuvchi kerakli ma’lumotlarni topish uchun doimo o’lchamni kattalashtirishi, kichkinalashtirishi va sahifani ham aylantirishi lozim. Shuning uchun, kompaniyalar maxsus mobil interfeyslar uchun veb saytlar yaratishi zarur va planshet, smartfon va brauzerlar ehtiyojini qondirish uchun bir necha mobil saytlarni yaratishi lozim. Bu alohida mazmunga, texnik xizmat ko’rsatishga va xarajatlarga ega kamida uchta saytga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda veb saytlar qanday qurilmadan foydalanayotganingizdan xabardor, chunki tizimga kirganingizda sizning brauzeringiz ma’lumotni serverga jo’natadi. Shu axborotga asoslanib, server sizga mos ekranni etkazib beradi. Muammoning echimlaridan biri, bir necha veb-tugunlarga ega bo’lgan veb-saytning hozirjavob (sezgir) veb-dizayndan foydalanishidir. Moslashuvchan veb dizayn veb saytlarga foydalanuvchi ekranining ruxsatiga asosan avtomatik ravishda joylashuvini ishchi stolida, noutbukda, planshetda yoki smartfonda o’zgartiradi. Moslashuvchan dizayn turli kontekstlarda ko’rish tuzilmalarini optimallashtirish uchun quyidagi instrumentlardan, ya’ni maketlar asosida egiluvchan setka, egiluvchan tasvirlar va media-so’rovlardan foydalanadi. Har bir yangi qurilma uchun alohida dizayn va tajriba-konstruktorlik ishlar zaruriyatiga barham beradi. 5-bobga kirATilgan HTML5 mobil ilovalar ishlab chiqishi uchun ham foydalaniladi, chunki u kross-platformali mobil ilovalarni qo’llab quvvatlaydi. Texnologiya bo’yicha interaktiv sessiya ba’zi kompaniyalar mobil rivojlanish muammolariga yuzlanganliklarini, yuqorida qayd etilganidek, tasvirlab berdi.
Yangi tizimni yaratish – rejali tashkiliy o‘zgarishlarning bir turi bo‘lib, unga tashkilotning ko‘pgina a’zolari jalb etiladi. Axborot tizimlari sotsiotexnik tuzilmalar sirasiga kirgani sababli, ulardagi o‘zgarishlar ishdagi va tashkilotni boshqarishdagi o‘zgarishlarga olib keladi. O‘zgarishlarning to‘rtta asosiy turi mavjud: (1) avtomatlashtirish; (2) tartibotlarni ratsionallashtirish; (3) biznes-jarayonlar reinjiniringi; (4) paradigmaning almashtirilishi. Ularning har biri bir qator afzalliklarga ega bo‘lsada, ularning tatbiq etilishida ma’lum xavflar bilan to‘qnashish ehtimoli ham mavjud hisoblanadi. Aksariyat tashkilotlar mehnat unumdorligini keskin ko‘tarish va butun korxona ishidagi samaradorlikni oshirish maqsadida o‘z biznes-jarayonlari reinjiringini amalga oshiradilar11.
Axborot tizimlarini ishlab chiqishning asosiy va eng muhim jarayonlari, bu tizim tahlili, tizimni loyihalash, dasturlash, test sinovlaridan o‘tkazish, konversiya, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishdir. Tizim tahlili – mavjud tizimlar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va ushbu muammolarni hal qilishga qo‘yiladigan talabalarni aniqlashdan iborat. Tizimni loyihalashda axborot tizimi uchun barcha tashkiliy va texnik jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlangan spetsifikatsiyalar tayyorlanishi ko‘zda tutiladi.
Axborot tizimlarini modellashtirish va ishlab chiqish uchun ikkita asosiy metodologiyadan foydalaniladi: tuzilmalashgan metodologiya va ob’ektli-yo‘naltirilgan ishlab chiqish. Tuzilmalashgan metodologiyalar jarayonni modellashtirishga yo‘naltiriladi12.
Ma’lumotlar oqimining diagrammasi – tuzilmaviy tahlil uchun asosiy vosita, tuzilmaviy diagramma esa – dasturiy ta’minotni tuzilmalashtirilgan loyihasini ko‘rsatish uchun asosiy vosita hisoblanadi. Ob’ektli-yo‘naltirilgan ishlab chiqish tizimni jarayonlar va ma’lumotlarni kombinatsiyalashtiruvchi ob’ektlar to‘plami sifatida modellashtiradi. Ob’ektli-yo‘naltirilgan modellashtirish toifalanish tushunchasiga asoslanadi.
Hayot siklining metodikasi – tizim yaratishning eng qadimgi usuli. Bu tartibotlar muayyan ketma-ketlikda bajariladi va ularning har biri ish yakunlanganidan keyin natijalar baholanishini talab qiladi. Aniq spetsifikatsiyalar va ishlab chiqishning har bir bosqichi ustidan nazorat ta’minlanishini talab qiluvchi yirik va murakkab loyihalarni ishlab chiqishda aynan shu metodikadan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biroq, bunday yondoshuv, birinchidan, aytarli darajada moslashuvchan emas, ikkinchidan esa, katta xarajatlarni talab qiladi, va nihoyat uchinchidan, loyihaning boshlang‘ich bosqichida talablarni aniq belgilashning imkoni bo‘lmaganli sababli, moslashuvchan ilovalarni yaratish uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Prototip – namoyish qilib berish va katta mablag‘larni talab qilmaydigan dastlabki test sinovlarini o‘tkazish maqsadida yaratiladigan eksprimental tizim. Prototip foydalanuvchilarning barcha talablariga javob beradigan versiyaga aylanmaguniga qadar modifikatsiya qilinadi va takomillashtiriladi. Prototip, shuningdek, to‘liq funksiyali tizimni yaratish uchun shablon vazifasini o‘tab berishi mumkin. Prototipni yaratish ishlab chiqish jarayoniga yakuniy foydalanuvchilarning jalb etilishini va model barcha spetsifikatsiyalarga mos bo‘lmaguniga qadar ayrim bosqichlar takrorlanishini ko‘zda tutadi. Prototiplarning tezlashtirilgan rejimda yaratilishi test sinovlaridan to‘liq o‘tmagan, barcha tegishli hujjatlar bilan ta’minlanmagan yoki mavjud uskunalarga mos klmaydigan tizimlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Amaliy dasturlar paketi yordamida axborot tizimlarini yaratish tashkilot tomonidan o‘zining dasturiy ta’minotini yozishga bo‘lgan ehtiyojni istisno qiladi. Bu kabi paketlarning qo‘llanilishi loyihalash, test sinovlaridan o‘tkazish, tizimni installyasiyalash va texnik xizmat ko‘rsatish kabi ishlar hajmini sezilarli darajada kamaytiradi. Amaliy dasturlar paketi tashkilotda texnik xodimlar shtati yoki original tizim yaratish uchun resurslar mavjud bo‘lmagan hollarda juda qo‘l keladi. Tashkilotning axborot ehtiyojlarini qondirish uchun bunday paketlar modifikatsiya qilinadi, lekin bu qo‘shimcha moliyaviy xarajatlar va qo‘shimcha vaqt sarflanishiga olib keladi.
Yakuniy foydalanuvchilar tomonidan bajariladigan ishlab chiqish – axborot tizimlarining asosan yakuniy foydalanuvchilar kuchi bilan, texnik xodimlarning qisman ishtirokida yaratilishidir. Foydalanuvchilarning tizimlari, odatda, juda tez yaratilib, bunda to‘rtinchi avlod ilovalaridan foydalaniladi. Tizim ishlab chiqish jarayoni ustidan aniq nazoratning o‘rnatilishi, vaqt va mablag‘larning tejalishi, tugallanmagan vazifalarning kam soni ushbu metodikaning asosiy afzalliklari hisoblanadi. Lekin, yakuniy foydalanuvchilar tomonidan bajarilgan ishlab chiqish ayrim holatlarda taqsimlangan hisoblashlar texnologiyasi bilan birgalikda tizimning nazoratsiz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ta’kidlash zarurki, bu usul yordamida yaratilgan tizimlar sifat standartlariga doim ham mos kelmasligi mumkin.
Autsorsing boshqa firma bilan axborot tizimlarini yaratish va/yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilishini nazarda tutadi. Bunda bor mas’uliyat ichki texnik xodimlarga emas, balki hamkor kompaniyaning zimmasiga yuklanadi. Autsorsingdan foydalanish tizimlarni ishlab chiqishga sarflanadigan mablag‘larni tejash va o‘zining texnik xodimlariga ega bo‘lmasdan turib yangi ilovalarni ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Lekin, bunda tashkilotlar o‘zlarining axborot tizimlari ustidan nazoratni qo‘ldan chiqarib qo‘yishlari va boshqa kompaniyalarga bog‘lanib qolishlari mumkin.
Ob’ektli-yo‘naltirilgan ishlab chiqish dasturlarni yozish va tizimlarga xizmat ko‘rsatish uchun sarflanuvchi vaqt va mablag‘larni tejash imkonini beradi, shuningdek, tizim ma’lumotlar va tartibotlardan iborat standartlashtirilgan ob’ektlar to‘plami ko‘rinishida taqdim etilgani sababli, ularning modifikatsiyasini sezilardi darajada soddalashtiradi. Ilovalarni tezkor ishlab chiqish (RAD) jarayonida qisqa muddatlarda tizimlarni yaratish uchun ob’ektli-yo‘naltirilgan dasturiy ta’minot, vizual dasturlash, to‘rtinchi avlod prototiplari va utilitilaridan foydalaniladi13.
Do'stlaringiz bilan baham: |