I bob. Mirxond va «ravzat us-safo» asari mirxondning hayoti va uning tarixchi sifatida tutgan o‘rni



Download 44,01 Kb.
bet2/4
Sana01.01.2022
Hajmi44,01 Kb.
#288064
1   2   3   4
Bog'liq
I bob

Harki dast az obi hayvon shust, Xizri vaqt oʻst,
V-on ki az zulmoti nafs omad burun Iskandar ast”.8
Tarixchi Xondamir Mirxondning tarjimayi holi to‘g‘risida
shunday deydi: “Ushbu so‘zlarni yozuvchi o‘zini ul hazratga nisbatan
farzanddek tutadi va surbetlik tili bilan o‘zini ul zotning shogirdlari qatorida ko‘radi.

Zarrani quyosh bilan qiyoslab bo‘larmi,

Gavhar shodasidan dona tusharmi.

Agar obro‘yim bo‘lishini istasam,

Men uning shogirdiman, deb aytaman.

Shogirdmasman, notavon bir g‘ulomman,

Uning xirmoni atrofidan boshoq terguvchiman.
Maxdum otamiz hayotlarining oxirgi davrlarida uzlat
va go‘shanishinlikka mayl bildirdilar”.9

Ravzat us-safo” asarining 7 jildi Mirxondning nabirasi tarixchi Xondamir tomonidan tugatilganligi bois tadqiqotning ushbu qismida Xondamir hayotiga to‘xtalishni afzal bildik. Xondamir Gʻiyosiddin Muhammad ibn Xoja Humomuddin ibn Xoja Jaloliddin Muhammad ibn Burhoniddin Muhammad Sheroziy (1473-1476, Hirot -1534, Mandu; Dehlida dafn etilgan) – tarixchi.



Ona tomondan Mirxondning nabirasi va shogirdi. Otasi temuriylardan Sulton Maxmud mirzoning vaziri boʻlgan. 10 yoshida Navoiyning kutubxonasida kutubxonachi, 1498-yil mudir. 1503-yildan Balxda Badiuzzamon Mirzo saroyida xizmat qilgan. 1507-1510-yillarda Shimoliy Afgʻonistonda (Basht qishlogʻida) adabiy ijod bilan shugʻullangan. 1510-yil Xondamir Hirotga qaytib kelgan. 1528-yil Xondamir Hindistonga, Boburiylar poytaxti Agraga, yaʼni Bobur xuzuriga borgan va 1529-yil Boburning Bengaliya va Gang daryosi sohili tomon qilgan yurishida qatnashgan. Bobur vafotidan soʻng Xondamir uning vorisi Humoyun bilan harbiy yurishlarda ishtirok etgan. Ayni vaqtda u “Humoyunnoma” asarini yozadi. Bu xizmati evaziga unga “Amir ulmuarrixin” unvoni berilgan. Humoyun bilan harbiy yurishdan qaytib kelayotganda vafot etgan. Vasiyatiga binoan, Dehlidagi mashhur qabristonga, shoir Xusrav Dexlaviy (1253-1325) yoniga dafn etilgan. Xondamir 13 ta asar yozgan, bizgacha 8 tasi yetib kelgan; “Maʼosir ulmuluk” (“Hamasr podshoxdarning tarixi”) (1498-1499); Alisher Navoiyga bagʻishlangan: “Xulosat ulaxbor fi bayon ulahvol ulaxyor” (“Xayrli kishilar ahvolini bayon etish borasida xabarlar xulosasi”) (1498-1500) va “Makorim ul-axloq” (“Oliyjanob xulkdar”) (1501); “Dastur ulvuzaro” (“Vazirlar uchun qoʻllanma”) (1500-1501); “Nomai nomi” (“Atoqli nomalar”) yoki “Inshoi Gʻiyosiddin”, “Inshoi Gʻiyosiy” (1522-1523); Mirxondning “Ravzat ussafo” asariga Xondamir tomonidan qoʻshilgan ilova – 7 jild va “Geografik qoʻshimcha” (1522-1523); “Habib us-siyar fi axbor afrod ulbashar” (“Inson zoti xabarlari va doʻstning tarjimai holi”) (1520-1524); “Humoyunnoma” (1534).

Xondamir asli o‘zi tarixchi bo‘lsa-da, o‘z davrida tabiiy – fanlarga ham katta hissa qo‘shgan. Uning asarlarini o‘rganish hozirgi kunda ham to‘xtab qolgani yo‘q. Masalan, uning “Makorim ul-axloq” kitobida uning biografiyasi va hayoti, ijodi, Movarounnahr, Xurosonning tarixi, madaniyati va u yerdagi ilm-fan ravnaqi batafsil ta’kidlab o‘tilgan. Uning barcha sakkiz asarida shu kabilar joy olgan. Xondamir o‘zining asarlarida juda ko‘plab tarixchilarning (Mavlono Kamoliddin Abdurazzoq Samarqandiy, Mavlono Mu’iniddin Muhammad Isfizoriy, Amir Muhammad Hovand(uning bobosi ota tomondan)va boshqalar) asarlari haqida so‘z yuritilgan10. Xondamirning asarlarida astronomiya, fizika, tibbiyot haqidagi bilimlarning rivojlanishi, bu sohada qalam tebratgan olimlar, ularning hayoti haqida mufassal to‘xtalib o‘tiladi11. Shunday olimlardan biri Maxdum Mavlono Fasixiddin Muhammad an-Nizomiy (U 1513-1514 yillarda vafot etadi) hisoblanib, u ko‘plab ilm sohalarini o‘rganadi, Ixlosiya madrasasida tahsil olib, shu yerda dars bera boshlaydi. U ko‘plab ilmlarni egallagan. Ayniqsa, tabiiy – ilmiy fanlarni egallagani bois, quyidagi uning astronomiyaga oid “Hoshiyo-yi Chag‘miniy” (“Chag‘miniyga batafsil sharhlar”)12, “Hoshiyo-yi sharh-i ashkol at-ta’sis”(“Asosiy dalil”larning batafsil sharhlari”)13, “Sharh-i bist bob usturlob”(“Astrolyabiya ilmlari haqida yigirma kitob”ga batafsil sharhlar”)14 va shu kabi asarlar orqali bilishimiz mumkin. Yuqorida aytilgan olimlardan tashqari Xondamir yana qo’shimcha qilib, astronomiya haqida batafsil xabar beruvchi mashhur olim Mavlono Kamoliddin Husayn Al-Vo’iz Al-Koshifiy15ni ham alohida ta’kidlab o‘tadi. Yana bir shunday ilm sohiblaridan biri bu Mavlono Kamoliddin Mas’ud Shirvoniy hisoblanib, “Hoshiyo-yi sharh-i hikmat al-ayn” (“Hikmat al-ayn”ga batafsil sharhlar”)16 asari muallifi hisoblanadi. Asarda astronomiya va fizikaga oid qismlar bo‘lib, bu kabi fikrlarni Xondamir o‘zining “Makorim ul-axloq” asarida ham aytib o‘tadi. Shuningdek, “Risola-yi dar ilmi farosat”(“fiziogronomiya haqida traktat”)17 asari muallifi Mavlono Abdurazzoq Kermoniy, “Hoshiyo-yi majul”(“Majul”ga batafsil sharhlar”)18 asari muallifi Xoja Abul-Qosim Abul-lays, “Hoshiyo-yi miftax” (“Kalit”ga batafsil sharhlar”) va “Hoshiyo-yi talvix” (“Talvix”ga batafsil sharhlar”)19 asari muallifi Xoja Hovand Abul-lays haqida va ularning asarlari to‘g‘risida Xondamir tomonidan muhim ma’lumotlar beriladi. Bu davrda shuningdek, tibbiyot ilmi nihoyatda ravnaq topadi. Ayniqsa, Sulton Husayn Boyqaro va Alisher Navoiylarning bu yerdagi o‘rni beqiyosdir. Xondamirning yozishicha, Alisher Navoiy Hirot shahrida juda ko‘p shifoxonalar qurdirilgan20, ular orasida eng mashhuri “Dor ush-shifo” hisoblanadi. Bu maskan ham shifoxona, ham ilm dargohi bo‘lib xizmat qilgan. Xondamirning xabar berishicha, Bobir va Humoyun davrida Hindistondan ko‘plab tib ilmi namoyandalari bu yerga taklif etilgan21. Bu olimlar bemorlarni davolabgina qolmasdan, arab va fors tillarida tib ilmiga oid asarlar yozishgan22. Masalan, Mavlono G‘iyosiddin Muhammad arab tilida yozilgan asarlarga batafsil sharhlar yozgan23. Xondamir tib ilmi namoyondalarining ba’zilarini ham aytib o’tgan. Masalan, Mavlono Muhammad Mu’in “Dorush-shifo”da xizmat qilgan. Alisher Navoiy va Sulton Husayn Boyqaroga yaqin tanish inson bo‘lgan. Sulton Husayn Boyqaro haramida tabiblik qilgan. Mavlono Qutbiddin Muhammad Odam “Dorush-shifo”da davolash kursidan ta’lim bergan va shu bo‘yicha tabiblik qilgan. Mavlono G‘iyosiddin Muhammad ibn mavlono Jaloliddin tabib ham tib ilmining buyuk namoyondasi edi.U tib ilmiga oid ko‘plab asarlar yozgan. Masalan, “Mualjat ilaqi” asariga sharh, “Hoshiyo-yi sharh-i mujoz Mavlono Nafisiy” (Mavlono Nafisiyning “Sharh-i mujoz” asariga batafsil izohlar”), “Sehr-i halol manzum (Sehrgarlik imkoniyatlari (ruxsat ma’nosida)”) kabi o‘ndan ortiq tibbiyotga oid ilmiy risolalar yozib qoldirgan. Mavlono Darvishali tabibkasalliklarning oldini olish va ularning davolash usullarini o‘rgangan. Shu yerda unga Ulyo Milkat og‘oning mahdiysi24 kabi mudarrislik unvoni berilgan. U tabiblikdan tashqari shoirlik bilan ham shug‘ullangan va mu’ammo janrida ijod qilgan. Mavlono Kamoliddin Mas’ud Shirvoniy ham tib ilmiga katta hissa qo‘shgan bo‘lib, bir necha yillar davomida Gavharshodbegim, Shohruxning “Ixlosiya” va G‘iyosiya madrasalarida tib ilmidan ma’ruzalar o‘qigan. Uning qalamiga tegishli asarlari “Hoshiyo-yi sharh-i Hikmat al-Ayn” va “Risola” (Traktat”) hisoblanadi. Mavlono Masihiddin Habibulloh Mavlono Izoyiddin Husayn tabibning jiyani hisoblangan. U Sulton Abulqosim Bobir va Sulton Abu Said mirzo hukmronligi davrida saroy tabibi bo’lgan. Hirot hukmronligi Sulton Husaynga o‘tgandan keyin saroy qoshida tashkil etilgan dargohda tib kasalliklari va ularning davolash usullarini o‘rgangan. Mavlono Nizomiddin Abdalhay tabib ham Alisher Navoiyning “Dor ushshifo” sida kasalliklarni davolash bilan shug‘ullangan. U Xoja Nosiriddin Ubaydulloh25ning kasalligini topib, uni davolagan. Alisher Navoiy taklifi bilan Hirotga kelib, tib ilmidan dars bera boshlagan. Xondamirning yozishicha, u milodiy 1500-yil 20-23 dekabrda (hijriy 906-yil jumada avval oyi oxirida) Sulton Husayn Boyqaro Astrobodga hujum qilganda jarohat oladi va Mavlono Nizomiddin Abdalhay tabib uning hayotini saqlab qoladi26. “Humoyunnoma” da Xondamir shunday deydi: “Mavlono Yusuf Tabibiy – Bobir va Humoyunning shaxsiy tabibi hisoblangan”. U ham tib ilmidan tashqari she’riyat bilan ham shug‘ullangan. Uning asarlari to‘plami “Favoid alahyor”(Yaxshi odamlarga pandnoma)da yig‘ilgan. Xondamir asarlaridagi tabiblar haqidagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ular ham o‘sha davrda tib ilmi tarixi bilan birgalikda boshqa sohalar bilan ham shug‘ullanishgan. Uning ta’kidlashicha, Navoiyning so‘nggi kunlarida tabiblar unga nisbatan ko‘plab muolajalar qilishgan. U yana ta’kidlaydiki, o‘sha davrda tez uchrab turadigan kasalliklar, ularning sabablari aniqlab chiqilgan. Masalan, isxal (dizenteriya27), su al-kuniya (hazm qilish muammolari28), sakta (insult29)va kasalliklarning sabablari,ularning davolash yo‘llari aniqlangan. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, uzoq o‘tmishda yaratilgan barcha bilimlar, nafaqat bu tabiiy – ilmiy bilimlar bo‘lsin, hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmasdan kelmoqda. Shuning uchun tarixiy ilmiy merosimizdan yetarli foydalanishimiz, va albatta, uni ko‘z qorachig‘imizdek asrab avaylab, kelajak avlodga yetkazishimiz kerak. Bu o‘rinda Mirxond va Xondamirning tarixchi olim sifatidagi o‘rni beqiyosdir. Ular tomonidan yaratilgan bu ilmiy – meros juda katta boylik va uni o‘rganish bundan keyin ham to‘xtab qolmaydi, degan umiddamiz.

Download 44,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish