Navoiy davlat pedagogika instituti
O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasiAxmedova Shaxlo Istamovnaning “Tasavvufiyadabiyot va uning vakillari ijodiyotiga bo‘lganmunosabat” (Ahmad Yassaviy misolida)mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiyrahbar
X U L O S A S I
Mustaqillik sharofati bilan biz keng kitobxonlar nazaridan chetda bo‘lib kelgan So‘fi Olloyor, Sulaymon Boqir`oniy, Huvaydo, Haziniy, Xilvatiy, Muhyi singari shoirlarning ijodi bilan bir qatorda Ahmad Yassaviyning ham diniy ruhdagi merosini nashr etish, qayta o‘rganish kabi xayrli ishlarni amalga oshirishga erishdik.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusi “Tasavvufiy adabiyot va uning vakillari ijodiyotiga bo‘lgan munosabat” (Ahmad Yassaviy misolida) deb nomlangan bo‘lib, bu jarayonda Yassaviy ijodida inson va ijtimoiy hayot masalasini o‘rganish, inson va ijtimoiy hayotga daxldor bo‘lgan qarashlar aks etgan. Ahmad Yassaviy ijodidagi diniy-tasavvufiy adabiyot namunalarini, hikmatlarini tahlil qilish, ularning shoir badiiy niyatini ifoda etishdagi o‘rni va rolini belgilash kabi muammolarni ochib berishga yo‘naltirilgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishininig birinchi bobi “Milliy istiqlol davrida ijod erkinligi” deb nomlangan. Unda mustaqillik davrida tasavvufona adabiyotning o‘rganilishiochib berilgan.Turkiy til go‘zal, qudratli, ta’sirchan va bag‘ri keng til ekanligi, qadim zamonlarda bu tilda buddaviylik, moniy diniga doir matnlar sharhlanganligi, bu tilda boshqa dinlarning haqiqatlarini ifodalovchi she’rlar yozilganliginini talaba o‘z ishida yoritib bergan.
Bituruv malakaviy ishininig ikkinchi bobi “Ahmad Yassaviy-tasavvuf adabiyoti vakili” deb nomlangan. Bu bobda Ahmad Yassaviy hikmatlarida komil inson masalasi, Yassaviy hikmatlari va ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Komil inson tushunchasi Yassaviy ta`limotida ma’naviy kamolotga erishish va axloqan yuksalishni maqsad qilib qo‘ygan komil inson ekanligini, bugun ham moddiy hayotlarini boyitish uchun harakat qilgan va yolg‘iz o‘zini o‘ylab atrofdagilarga loqayd qaraydigan kishilar Yassaviy tarbiyasiga va ta`limotiga tayanishlari lozimligi ta`kidlangan.
Talaba Axmedova Shaxlo Istamovna bitiruv malakaviy ishi mavzusini yoritib berishga harakat qilgan. Yassaviy tariqati, ularda ilgari surilgan komil inson tushunchalarining o‘ziga xos jihatlarini ochib bergan. Ishning tarkibida ba`zi juziy kamchiliklar mavjud, ammo bu bitiruv malakaviy ishining saviyasiga putur yetkazmaydi. Shuni inobatga olib, ishni tugallangan deb hisoblayman va Davlat attestatsiyasi komisiyasi himoyasiga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |