Agar katta darajada maydalash zarur bo‘lsa, unda maydalashni ikki turda olib borish kerak, qachon maydalangan mahsulot kattaligi 15-25 mm dan katta bo‘lmasa uch turda
Bog'liq I-BOB. MAYDALOVCHI VA KUKUNLOVCHI MASHINALAR
Agar katta darajada maydalash zarur bo‘lsa, unda maydalashni ikki turda olib borish kerak, qachon maydalangan mahsulot kattaligi 15-25 mm dan katta bo‘lmasa uch turda.
Ikkinchi, uchinchi stadiyadagi maydalagichlar mahsulotni tayyor maydalangan holda berishi kerak. Ikkinchi darajali maydalashda jami maydalagichlar, konusli, valli va urib ta’sir ko‘rsatadigan maydalagichlar ishlatilinadi.
Urib ta’sir qiladigan maydalagichlar, yuqori darajada maydalanishni va ko‘p miqdorda mayda hamda chang ko‘rinishdagi zarrachalarni chiqishini ta’minlaydi va ularni maydalovchi - saralovchi zavodlarda щeben tayyorlashda ishlatish maqsadga muvofiq emas. Ular o‘zini sement zavodlarida ikkinchi stadiyadagi maydalagichlar vazifasida oqladi.
Valli maydalagichlarni ikkinchi darajadagi sindirgichlarda, qo‘zg‘aluvchan maydalovchi – saralovchi qurilmalarda ishlatiladi. Ular konstruksiyasini oddiyligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Biroq boshqa maydalagichlarga qaraganda ko‘proq energiya sarf qilinishini talab etadi. Bo‘laklarning o‘lchamlari maydalagichni yuklanish kengligining 0,85 qismidan oshmasligi kerak. Tanlangan maydalagichning ish unumdorligi birinchi stadiyada berilgandan 10-25% yuqori bo‘lganda maqsadga muvofiq bo‘lardi. CHunki 2 va 3 stadiyalarda maydalagichdan tayyor mahsulot olish kerak.

Hozirda ko‘p tarqalgan trubali tegirmonlar (ko‘p kamerali) ho‘l va quruq kukunlashga mo‘ljallangan. Biroq maydalovchi jismlarni emirilishini yuqoriligini hisobga olganda va energiyani katta sarflanishiga qaraganda, sezilarli darajada bu tegirmonlarning foydaliligi kamayadi. O‘rtacha harakatlanuvchi va tez harakatlanuvchi uruvchi tegirmonlar kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi kam zarrali materiallarni kukunlashda ishlatiladi. SHarli tegirmonlarga o‘rtacha harakatlanuvchi va tez harakatlanuvchi uruvchi tegirmonlarni solishtirilganda kam zarrali kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi materiallarni kukunlashda foydaliligi ko‘proqdir. Juda mayda maydalaydigan tegirmonlarni ikkinchi darajadagi kukunlash yoki zarralarni o‘lchami 10 – 20 mkm dan kam bo‘lmagan holda maydalash uchun qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.