I bob. Markaziy banki faoliyatining asoslari markaziy banki va uning vazifalari 5



Download 309,53 Kb.
bet8/10
Sana16.06.2022
Hajmi309,53 Kb.
#676794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Markaziy banki va uning vazifalari

XULOSA VA TAKLIFLAR


Mamlakatimizda yaratilgan zamonaviy bank tizimi iqtisodiy yutuqlarga erishishimizda muhim rol o‘ynadi, ayniqsa, jahon moliyaviy inqirozi bo‘hroni davrida ham o‘zining moliyaviy barqarorligi tufayli real sektorni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etdi. Aminmizki, bank tizimi kelajakda iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlashda muhim moliyaviy infratuzilma sifatida o‘zining munosib hissasini qo‘shadi.
Bank tizimida hozirgi kunda saqlanib qolayotgan muammo va dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratilib ushbu xulosa va takliflar berildi. Xususan:
bank tizimida davlatning yuqori darajadagi ishtiroki natijasida moliyaviy va inson resurslaridan samarasiz foydalanilayotganligi, ularda korporativ boshqaruv va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;
davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sohalar va davlat ulushiga ega korxonalarga bozor stavkalaridan kam bo‘lgan stavkalarda kreditlar ajratuvchi an’anaviy “taraqqiyot banklari” vazifasini bajarishi;
kreditlashning yuqori sur’atlarda o‘sib borayotganligi va buning natijasida banklarning barqarorlik darajasini ifodalovchi likvidlilik va kapital etarlilik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etayotganligi;
imtiyozli kreditlar ulushining yuqori darajada saqlanib qolayotganligi natijasida moliya bozorida narx signallarining noto‘g‘ri shakllanishi, shuningdek pul-kredit siyosatining transmission mexanizmlarining ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi;
yuqori darajadagi dollarlashuv, shuningdek kredit va depozitlarning yirik korxonalar va iqtisodiyotning alohida sohalarida jamlanganligi (konsentratsiyasi) natijasida bank tizimining valyuta, kredit va likvidlilik xatarlariga bardoshliligining zaifligi;
davlat ishtirokidagi banklar biznes-modellarining asosan korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi, nobank moliya tashkilotlarining roli sustligi, shuningdek innovatsiyalar va axborot tizimlarining yaxshi rivojlanmaganligi sababli moliyaviy ommaboplik darajasining pastligi tizimda tub islohotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Mazkur Strategiyani ishlab chiqish jarayonidagi Jahon banki bilan hamkorlik, xususan, islohotlar jarayonidagi asosiy tavakkalchiliklar va ularni minimallashtirishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish maqsadida boshqa davlatlarda amalga oshirilgan bank tizimidagi islohotlarning ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganishga qatarildi va natijada muhim xulosalar shakllantirildi.
Birinchidan, bank tizimida davlat ulushining qisqartirilishi bank tizimini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.
Ikkinchidan, davlat ishtirokidagi banklarni xususiylashtirish jarayoni ilg‘or texnologik echimlar va bank ishining ilg‘or tajribasi, shuningdek etarli moliyaviy imkoniyatlarga ega nufuzli va sifatli aksiyadorlarga yo‘l ochishi lozim.
Uchinchidan, islohotlar muvaffaqiyatining asosiy shartlaridan biri bu – banklarni qisman emas to‘liq xususiylashtirishdir.
To‘rtinchidan, davlat ishtirokidagi banklar va real sektor korxonalarini parallel ravishda isloh qilish iqtisodiy islohotlarning samaradorligida muhim o‘rin tutadi. SHu bilan birga davlat ishtirokidagi korxonalarni restrukturizatsiya qilish va xususiylashtirish ularning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirib, banklar faoliyatiga davlat aralashuvini keskin qisqartiradi.
Beshinchidan, islohotlar davrida davlat ishtirokidagi korxonalarning kreditlashga bo‘lgan talabini cheklab qo‘ymaslik hamda moliyaviy ommaboplikni ta’minlash uchun ayrim banklarda davlat ulushini saqlab turish maqsadga muvofiq.
Strategiya doirasida keyingi besh yillikda bank-moliya tizimini isloh qilish va rivojlantirishning to‘rtta ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Jumladan:
Bank tizimining samaradorligini oshirish banklarni iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta’sirini kuchaytiradi. Bunda:
- bank tizimiga zamonaviy echimlarni joriy qilishga, moliyaviy va inson resurslari samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan moliyaviy barqaror va nufuzli investorlarni jalb qilish;
- imtiyozli va subsidiyalashgan kreditlarni qisqartirish, kreditlashni pul-kredit siyosati signallari asosida faqat bozor shartlarida amalga oshirishga o‘tish;
- kredit resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida banklarning davlat mablag‘lariga bo‘lgan qaramligini pasaytirish;
- banklarning samarali infratuzilmasini yaratish, bank faoliyatida zamonaviy texnologik echimlarni keng joriy etish nazarda tutiladi.
Banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish rejalashtirilgan islohotlar muvaffaqiyatining hamda bank tizimiga ishonchni saqlab turishning asosiy omili hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda xususan:
- xalqaro standartlar va ilg‘or tajribani qo‘llagan holda banklarda korporativ boshqaruvni takomillashtirish;
- kreditlashning mo‘tadil darajada o‘sishini ta’minlash va kredit portfeli sifatini yaxshilash;
- bank nazoratini va banklarda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlarini rivojlantirish, shu jumladan riskka asoslangan nazorat tizimini tatbiq etish ishlari amalga oshiriladi.
Bank xizmatlari ommabopligini oshirish aholi va tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan etarli darajada xizmat ko‘rsatilmaydigan (past daromadli jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) qatlamning bazaviy bank xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirishni nazarda tutadi. Moliyaviy ommaboplik:
- Jahon banki bilan hamkorlikda moliyaviy ommaboplikni oshirishning aniq yo‘nalishlari va chora-tadbirlarini belgilovchi
Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
- davlat ishtirokini aholi va kichik biznes sub’ektlarining etarlicha xizmat ko‘rsatilmaydigan va zaif qatlamlariga yo‘naltirish;
- mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida moliyaviy vositachilik ekotizimini rivojlantirish hisobiga ta’minlanadi.
Bank tizimida davlat ulushini qisqartirish tizimni tubdan isloh qilishning eng muhim komponentidir. Ushbu maqsadda:
- shaffof tanlov asosida banklardagi davlat ulushini nufuzli xorijiy investorlarga sotish;
- xususiylashtirilayotgan banklarda davlat ishtiroki va aralashuvidan to‘liq voz kechish;
- bank tizimini tranformatsiya qilish va xususiylashtirish davrida hosil bo‘ladigan iqtisodiy bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida davlat ishtirokini uchta bankda saqlab turish nazarda tutilmoqda.

Download 309,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish