I bob. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank va moliya tizimi


Iqtisodiyotni rivojlantirishda bank sektorida amalga oshirilgan islohotlar



Download 365,5 Kb.
bet3/9
Sana13.03.2023
Hajmi365,5 Kb.
#918650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA BANK SEKTORI VA MOLIYA TIZIMINING BARQARORLIGINI TA`MINLASH YO`LLARI

1.2.Iqtisodiyotni rivojlantirishda bank sektorida amalga oshirilgan islohotlar
O‘tgan yillar mobaynida Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorlar aynan milliy valyutamiz, kredit va bank tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu xujjatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishda
«Davlat – bosh islohotchi» degan tamoyilning yorqin ifodasidir. Mamlakat bank tizimini iqtisodiyotning ustuvor sohalaridan biri sifatida qo‘llab-quvvatlash hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda va bu o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Mamlakat bank tizimi turg‘unlik va barqarorlikni namoyish etmoqda. Bu holat banklarning ishonchlilik darajasining yuqoriligi va moliyalashtirishning xorijiy manbalariga bog‘lanib qolishning yo‘qligi, tashqi inqirozli hodisalarning salbiy ta’siri tasdiqlanmaganligi bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev o‘zining 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi oliy Majlisga Murojaatnomasida: Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi jahondagi etakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilayotganini alohida ta’kidlash lozim.
Masalan, dunyodagi nufuzli «Fitch Ratings» va «Standart & Poo’rs» reyting agentliklari birinchi marta mamlakatimizning xalqaro suveren kredit reytingini belgiladi.
Ana shu reyting baholari «Barqaror» prognoziga ega bo‘lib, bu yaqin 12–18 oy davomida ushbu ko‘rsatkichning pasayish ehtimoli kamligini bildiradi3, deya ta’kidlab o‘tdilar.
Tijorat banklari kredit qo‘yilmalari hajmi 2017 yil davomida 58 trln. so‘mga yoki 110 foizga (2016 yilda – 32 foiz) o‘sib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga 110,6 trln. so‘mga etdi hamda kredit qo‘yilmalarining YAIMdagi ulushi 44,4 foizgacha (2016 yilda -26,4 foiz) oshdi. kredit qo‘yilmalarining (netto) jami aktivlar tarkibidagi ulushi esa 61,9 foizdan 65,1 foizgacha oshdi
2017 yili yakuni bo‘yicha tijorat banklari jami kredit qo‘yilmalarining asosiy qismi, ya’ni 88,4 foizi davlat ulushiga ega tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2018 yil davomida 0,4 foiz bandga kamaygan. Bunda 2017 yil davomida chet el valyutasidagi kredit qo‘yilmalarining deyarli barchasi (94,3 foizi) davlat ulushiga ega tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilgan.
2018 yilda iqtisodiyotdagi iste’mol va investitsion talab hajmining jadal oshishi iqtisodiyotga ajratilayotgan bank kreditlari hajmining sezilarli darajada oshishi bilan ham bog‘liq.
Xususan, 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar umumiy hajmi 2017 yilning mos davriga nisbatan 1,8 barobarga yoki 34,1 trln. so‘mdan 69,9 trln. so‘mgacha, YAIMga nisbatan ulushi esa 19,3 foizdan 28,6 foizgacha oshgan.
Biroq, kreditlar hajmi oshishi va pul massasi o‘sishi o‘rtasida keskin tafovut- ning vujudga kelishi hamda ajratilgan kreditlarning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi yuqori sur’atda o‘zgarishi mazkur kreditlar hisobiga yaratilgan ichki talabning bir qismi import hisobidan qoplanayotganligidan dalolat beradi.4
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining muhim va jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi. Ushbu sohaga alohida ahamiyat baxsh etar ekan, u milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tanlab olingan.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev oliy Majlisga Murojaatnomasida:
«Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, ya’ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, o‘z navbatida, bank sektorida sog‘lom raqobatga to‘siq bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir qilmoqda» deya ta’kidladilar.5
Banklar kapitallashuv darajasini oshirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining umumiy kapitali 2017 yil davomida 2,3 barobarga ko‘payib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga 20,7 trln. so‘mni, ustav kapitali umumiy miqdori esa 2,8 barobarga oshib, 16,3 trln. so‘mni tashkil etdi. Bunda davlat ulushiga ega banklar kapitali 11,7 trln. so‘mga oshdi.
Valyuta siyosatining liberallashtirilishi sharoitida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini ta’minlash hamda iqtisodiyotning kreditga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq davlat ulushiga ega banklar kapitaliga Hukumat tomonidan 670 mln. AQsh dollari miqdorida mablag‘lar yo‘naltirildi.
Bundan tashqari, 2018 yil yanvar–dekabr sanasi davomida kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan tijorat banklari umumiy kapitali 1,6 trln. so‘mga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 trln. so‘mi qo‘shimcha aksiyalar va qarz qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish orqali shakllantirildi.
Shuning uchun mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog‘liq. Birinchi navbatda tijorat banklari, ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga etkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi miqdorini belgilangan ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz hukumati va Markaziy bank hamkorligida xalqaro moliya institutlari ko‘magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishlari belgilab berildi.
Amalga oshiriladigan amaliy ishlar natijasida respublika bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan bank kapitalidan davlat ulushini hamda davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib borish maqsadi qo‘yildi. Fikrimizcha, bank kapitalini shakllantirishda xususiy va xorijiy kapital miqdorini oshirish mamlakatimiz bank tizimida raqobat muhitini yana jonlantirishga, ularning mijozlar uchun bo‘ladigan teng ijobiy raqobatni paydo bo‘lishiga imkon yaratadi.
Bunda, albatta banklarning odatiy xizmatlarini, ya’ni kreditlash sifati va madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish bilan birga ular tomonidan yangi zamonaviy-innovatsion bank xizmatlarining ham takomillashuviga sharoit yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi zamonaviy holati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan davr davomida tijorat banklari ma’lum bir muvaffaqiyatlarga erishdilar, ular iqtisodiyotni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat kilmoqda. shu bilan birga, mamlakat bank tizimining yanada olg‘a tomon rivojlanishi ko‘p jihatdan taqdim etilayotgan bank xizmatlari sifati va xilma-xilligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi imkoniyatlardan amalda to‘laqonli foydalanish, pul-kredit instrumentlarining lozim darajada ishlashi va samaradorligini ta’minlovchi transmission mexanizmlarni rivojlantirish orqali qo‘yilgan maqsadlarga erishishni osonlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvarda «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5296-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari deb quyidagilar belgilab berildi:

  • narxlar barqarorligi;

  • bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;

  • to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.

Ammo shu bilan birga bugungi kunda bank-moliya xizmatlari, mijozlarni jalb qilish bo‘yicha banklararo raqobat muhiti etarli darajada davr talablariga to‘liq javob bera olmayapti. Ayni paytda qishloq joylarda xizmatlar sohasi hali-beri yetarlicha rivojlanmaganini ham aytish joiz. Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali mexanizmlar o‘z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda.
2018 yil 23 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Mazkur qarorda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilganligi, ularning turlari kengayib borayotganligi, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib borayotganligi qayd etildi.
Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni engillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etilganligi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratilganligi ta’kidlandi.

  • dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevo- sita xizmat ko‘rsatish hududiga to‘sqinliksiz kirish;

  • mijozlarni dastlabki qabul qilish ma’muriyat xodimlaridan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida dastlabki maslahatlarni olish;

  • kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida xabardor qilish yoki uni berishni asosli rad etish tartibini ko‘rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish uchun sharoitlarni yaratish topshirig‘i berildi.

  • tranzaksiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlovchi milliy chakana to‘lov tizimini tuzish va rivojlantirish;

  • qulay to‘lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish;

  • naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishda innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni rivojlantirish hamda ilgari surish;

  • bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy- maishiy xizmat ko‘rsatish, transport, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida, ayniqsa, hududlarda joriy etish;

  • xalqaro to‘lov tizimlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;

  • O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda norezidentlarning to‘lov kartalari barcha to‘lov terminallari tarmog‘i orqali qabul qilinishini ta’minlovchi mahalliy to‘lov tizimlarini asosiy xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyalash jarayonini tugallash.

  • tijorat banklari bilan birgalikda turistlar ko‘proq boradigan joylarda kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etilishini ta’minlash vazifalari yuklandi.

O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasiga bank xizmatlari ommabopligini oshirish va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tavsiya etildi:

  • O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish konsepsiyasini tasdiqlash;

  • bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish;

  • bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari, xalqaro tajribani o‘rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting xizmatlarini tashkil etish yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish;

  • masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or bank xizmatlarini amaliyotda ro‘yobga chiqarish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;

  • bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni keyinchalik respublika banklarida tatbiq etish maqsadida ilg‘or chet el banklarining faoliyatini o‘rganish.

Ushbu vazifalarni bajarishda bank tizimidagi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bank xizmatlari sifati va madaniyatini yuksaltirgan holda tijorat banklari va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni «mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun» tamoyili asosida tashkil etilganligidir. Bank xizmatlarining sifati va madaniyatini yuksaltirish hamda, ularni mijozlarga etkazishda bank marketingining ahamiyati beqiyos kattadir.
Hozirgi sharoitlarda bunga bank marketingidan foydalanish va banklar faoliyatida innovatsiyalarni joriy qilish asosida erishish mumkin.

Bugungi kunda moliya-kredit sohasidagi tub o‘zgarishlar axborotlashtirish tizimi bilan bog‘langan. Hozirgi paytda xalqaro bank tizimi ko‘p jihatdan global axborot-moliya kompleksiga aylanib bormoqda. shu sababli banklar faoliyati misli ko‘rilmagan darajada tashqi muhitda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. Bank sohasidagi o‘zgarishlar yo‘llarini belgilab beruvchi innovatsion rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini xorijiy manbalariga ko‘ra uchta guruhga birlashtirish mumkin. Birinchidan, moliya bozorlari globallashuvi – moliyaviy xizmatlarning bir turdagi bozoriga o‘tishini belgilab beradi.
Ikkinchidan, milliy moliya bozorlarini erkinlashtirish va tartibga solmaslik bankdan tashqari yangi raqobatchilarning (yangi bank texnologiyalarini etkazib beruvchilar, telekommunikatsiya firmalari, supermarketlar va b.) paydo bo‘lishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan, jahonda integratsiyalashgan texnologik tizimlarga (Internet) o‘tish umumiy global tarmoqni shakllantirish imkonini beradi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrda «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Qarorga asosan Respublikada Markaziy bankning Milliy banklararo protsessing markazini (MBPM) tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi. U «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish bosh markazi» davlat unitar korxonasi tuzilmasida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari Uzcard kompaniyasi «karta hisobraqamidagi pul mablag‘larini xoldirlash» xizmatini ishga tushirdi. Bu xizmat karta saqlovchisiga tovarlarni (xizmatlarni) olgunga qadar mablag‘larni «muzlatib turish» hamda plastik kartochkada to‘lovni bekor qilish imkonini berdi.
O‘zbekistonda 2018 yil noyabridan boshlab yangi avlod plastik kartalari orqali kontaktsiz to‘lov texnologiyasi (NFC) bo‘yicha hisob-kitob qilinishi mumkin birinchi kobeyjing kartalarini chiqarish boshlandi.
O‘zbekistonda chiqarilgan birinchi kobeyjing kartalari UzCard va UnionPay ikkita to‘lov tizimining qo‘shma kartalari hisoblanadi. Ular ikkala to‘lov tizimi infratuzilmalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. O‘zbekistonda kobeyjing kartalari oddiy so‘m kartasi, xorijda esa – valyuta kartasi sifatida to‘lovga qabul qilinadi.
Kobeyjing kartasi O‘zbekistonda, shuningdek 170 ta mamlakatda va UnionPay infra- tuzilmasi mintaqalarida to‘lov uchun qabul qilinadi. Jahonda UnionPay kartalarini, tegishincha, yangi kobeyjing kartalarini to‘lovga qabul qiladigan 10 milliondan ortiq savdo-servis korxonalari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2018 yildagi «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi. Ushbu farmonga binoan:
a) 2019 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni:

  • ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibini;

  • aksiz solig‘i solinadigan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, o‘simlik yog‘i va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlar hisobini yuritish va undan foydalanishning maxsus tartibini;

  • ko‘chma savdo uchun ruxsatnoma olish talabini;

  • davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan korxonalar kontragentlari bilan o‘zaro munosabatlarda kechiktirilgan debitorlik qarzlar uchun sanksiyalarni;

  • davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan korxonalar bilan shartnomalar bo‘yicha ichki bozorda oldindan 15 foiz to‘lovni amalga oshirishga doir talabni;

  • kelishishning xabardor qilish tartibini joriy etgan holda, mahsulotlarni birja savdosiga chiqarish jadvallarini O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishishning amaldagi tartibini;

  • moliyaviy iste’mol kreditini ishlab chiqaruvchidan yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotdan faqat O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari (xizmatlari)ni sotib olish uchun berish to‘g‘risidagi talablarni bekor qilish;

b) 2018 yil 1 noyabrdan boshlab quyidagilar:

  • tovar-xomashyo birjalariga birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va logistika qilish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha sho‘‘ba xo‘jalik birlashmalarini tuzish;

  • import bo‘yicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulot turlarini, egalarining xohishiga ko‘ra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotish;

  • birja savdolarida xarid qilingan yuqori likvidli mahsulotlar, xomashyo va materiallar turlarini sotuvchi tomonidan chiqarib yuborish to‘lov muddatidan kelib chiqqan holda birjalarning elektron tizimi orqali qat’iy belgilanadigan muddatlar va navbatlar bo‘yicha amalga oshirish tartibini belgilash;

v) 2018 yil 1 noyabrdan boshlab naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanishning quyidagilarni:

  • eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati;

  • ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lgan kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muqobil inkassatsiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali topshirishni bekor qilish;

  • yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyilgan vazifalar qatorida valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish va sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.6
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.
Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashimiz shart.
Avvalo, inflyasiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas. Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.7
Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshi- shi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo‘lishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirishi) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.
Pul-kredit siyosatini samarali yuritishning yana bir muhim ichki sharoiti mamlakatimizda to‘laqonli faoliyat yuritadigan moliya bozori, xususan, qimmatli qog‘ozlar bozori mavjud bo‘lishidir. Moliya bozorining rivojlanishi va samarali faoliyati Markaziy bankka pul-kredit instrumentlarini bozor mexanizmlari asosida ishlatishga zamin yaratadi. Bu borada Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarilishi ham moliya bozorini rivojlantirishda dastlabki turtki bo‘ladi.
Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarining muomalaga chiqarilishi Markaziy bank uchun likvidlilikni tartibga solishda tijorat banklari bilan repo operatsiyalari amalga oshirilishi, pul-kredit siyosatining ochiq bozor operatsiyalari joriy etilishiga asos bo‘ladi.
Bu to‘g‘risida ham mamlakatimiz rahbari Murojatnomada «... moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak.
Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur», deya ta’kidlab o‘tdilar.8
O‘zbekiston Markaziy banki 27.11.2018 yilda monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi. Avvalgi yillardan farqli ravishda ushbu hujjat kelgusi uch yillik davr uchun, ya’ni 2021 yilgacha ishlab chiqilgan.
O‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • inflyasiya darajasini pasaytirish;

  • inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish.

Ushbu strategiyaga binoan mamlakatda inflyasiya darajasi 2019–2020 yillarda rejali tarzda pasaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmoni bilan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini kompensatsiyalash uchun asoslar kengaytirildi. Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Birinchidan, foiz xarajatlari kompensatsiyalanadigan kreditlarning eng yuqori summasi 4 mlrd. so‘mdan 8 mlrd. so‘mgacha oshirildi. Bunda quyidagi shartlar amal qiladi:

  • milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida – 5 foiz punkti miqdorida;

  • milliy valyutada jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga

  • banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida;

  • xorijiy valyutada (ekvivalentda) – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foiz punktidan ortiq bo‘lmagan miqdorda.

Ikkinchidan, tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga kompensatsiyalash uchun qo‘shimcha asoslar kiritildi:

  • milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, tumanlarda, shuningdek «obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tumanlarda, summasi 8 mlrd. so‘mdan oshmaydigan loyihalar uchun – 8 foiz punkti miqdorida;

  • xorijiy valyutada, 2017 yil 5 sentyabrgacha xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga issiqxonalar qurish, intensiv bog‘lar barpo etish va sovutkichlar qurish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ajratilgan valyuta kreditlari bo‘yicha – belgilangan foiz stavkasidan 50% miqdorida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatda aholi bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy hamda iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Murojatnomada quyidagi vazifalar belgilab berildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda ana shunday ayollarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan dastur ishlab chiqishi zarur.
Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rah- barlariga 2019 yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan 1 ming 600 nafar xotin-qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta’minlash vazifasi topshiriladi.
Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash masalasi, bundan buyon ham eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi faoliyatini yanada kengaytirish zarur. 2019 yilda jamg‘arma uchun 2 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish va shu orqali 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish lozim.9
Ta’kidlash joizki, 2017–2018 yillarda amalga oshirilgan faol darajadagi kreditlash amaliyoti iqtisodiyotda qarzdorlik yukining ma’lum darajada oshishiga olib keldi (2010–2016 yillarga nisbatan 2 barobarga).
Keyingi 2019–2021 yillarda iqtisodiyotning nisbatan tez sur’atlarda o‘tgan yillarda shakllangan qarzdorlikka xizmat qilishi qarzdorlarning moliyaviy holatlari bo‘yicha xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, bu, ayniqsa, davlat korxonalarini isloh etish davrida ushbu korxonalarda qarzlarga xizmat qilish bo‘yicha muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kreditlar ajratish borasida shakllangan vaziyat va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash vazifalari iqtisodiyotning real sektori korxonalariga kredit ajratish siyosatida ko‘llanilayotgan uslublarni qayta ko‘rib chiqish va ajratilgan kreditlarning samaradorligini tahlil qilishni talab etadi.10

Download 365,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish