Yakuniy hisobot. Yakuniy hisobot har 6 oyda, yilning oxirida tuziladi. Bu hisobot yordamida tarbiyachi bolalar shu muddat ichida qanday bilimlarga, ko'nikma, malakalarga ega bo'lganliklarini aniqlab oladi. Keyingi bosqichlarga o'quv yiliga reja tuza oladi. Yakuniy hisobotning yana bir maqsadi, bolani guruhdan guruhga o'tkazishda undagi barcha bilimlar shu guruhga mos keladimi yoki yo'qmi? ekanligini aniqlashda yordam beradi.
Ota-onalar bilan ishlarni yanada yaxshilash, ota-onalar burchagini yanada mazmunli qilib bezash, shuningdek, ota-onalar bilan individual suhbatlar o'tkazish lozim. Natijada shu narsa ko'rinadiki, bolalarning o'zlashtirishi yanada yuqori darajaga ko'tariladi. Bu o'rinda shuni qo'shimcha qilib o'tish lozimki, bolalarning tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bajargan ishlaridan ko'rgazmalar tayyorlansa, bunda bolalarda qiziqish yanada kuchayadi, o'z ishlarini yanada yaxshiroq bajarishga harakat qiladilar. Shuningdek, ota-onalar ham bolalarining bilimlari qay darajada rivojlanib borayotganliklaridan xabardor bo'lib turadilar. Bulardan ko'rinib turibdiki, bolalar bog'chasida hisobot ishlariga alohida e'tibor bermog'imiz lozim. Bu esa o'z vaqtida bolalarni mustahkam bilimlarga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.
Bu hisobot uchun ma'lumotlar quyidagicha tuziladi:
Ota-onalardan olingan ma'lumotlar.
Tarbiyachining shaxsiy kuzatishlari asosida to'plangan ma'lumotlar. Ota-onalardan olinadigan ma'lumotlar anketalar orqali suhbatlar davomida olinadi.
Anketa quyidagicha tuzilishi mumkin:
Bolaning ismi, familiyasi.
Tug'ilgan kuni, yili.
Yoshi.
Ota-onasining ismi va familiyasi.
Millati.
Qiziqishi.
Bolaning uyda bo'lgan vaqtida nimalar bilan shug'ullanishi.
Ota-onalari o'qib bergan ertak, hikoyalardan misollar nomi.
Oilada nechanchi bola ekanligi.
Uy adresi.
Bolalar bog'chasida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun tarbiyachi barcha ishlarni to'g'ri rejalashtirib olishi lozim. Tarbiyachi tomonidan olib boriladigan barcha ishlarni to'g'ri rejalashtirish uchun esa tarbiyachi doimo hisobot ishlarini olib borishi lozim.
Hisobot - bolalarning bilimi va saviyasining o'sishi, turli ko'nikma va malakalarni egallashi va har tomonlama rivojlanishini aniqlashdir. Hisobot o'z vaqtida quyidagi turlarga bo'lib olib boriladi:
Dastlabki hisobot.
Kundalik hisobot.
Yakuniy hisobot.
Dastlabki hisobot – tasviriy faoliyat ishlarini to`g`ri rejalashtirish uchun tuziladi. Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakldagi
qurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan xolda
inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar,
ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘p
narsalarni o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini
rivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni xal
etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va
bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. Ushbu markazga
tarbiyachilar va bolalar xoxish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq
mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |