Ismatova Mavjuda.
Mavjuda Ismatovani hamma taniydi. U Toshkentdagi 273 – maktab direktori, xalq o’qituvchisi, O’zbekiston Qahramoni, Davralarda so’z berilsa, “Qani, qahramon qanday gap aytarkan?” deya o’zgacha taraddud bilan eshitguvchilar ko’p bo’ladi. Shunda anglaysan, qahramonlik unvoni faqat rag’batning o’zigina emas, balki u katta mas’uliyat, el – yurt oldida balandroq so’zlash zaruriyati hamdir.
Mavjuda Ismatova oilasini va ishxonasini muqaddas deb bilgan baxtli ayoldir. Qiynalgan vaqtlarda va tushkun damlarda u dastlab turmush o’rtog’i Hamidulla aka bilan maslahatlashdi, shuningdek, ko’ngilda yetilgan orzu – o’ylar ham avvalo xonadonda muhokama etiladi.
Demakki, Mavjuda Ismatova har doim ham oilasiga suyanib ish tutdi. Mana uning o’z oilasi haqidagi shakllangan fikri:
“- Men uyimning ostonasidan kirsam bas, oddiy bir ayolga aylanaman.
- Umr yo’ldoshim uchun lazzatli taom tayyorlash, oilaning jamiki yumushlariga bosh bo’lish, qo’ni – qo’shni, qarindosh – urug’, mahalla – ko’y yo’qlovlariga vaqt topish, kelinim Nargizaxon, nabiralarim – Burxonilla va Bilolxonlar yonida bo’lish hayotimning eng quvonchli lahzalaridandir”.
Mavjuda opaning hayotdagi shiori quyidagi to’rtlik asosiga qurilgan:
Illat izlaganga illatdir dunyo,
G’urbat izlaganga g’urbatdir dunyo.
Kim neni izlasa topgay begumon,
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo!
Bunday deyishimizga sabab Mavjuda opadan hayotdagi shioringiz nima? deganda opa ana shu to’rtlikni aytib berib, quyidagi o’z fikrini ifoda qildi: “Mening nazarimda hikmat izlab yashagan kishi hayotning yorug’ tomonlarini ko’ra oladi. Yashashga ishtiyoqi susaymaydi, izlanishlardan charchamaydi.......”.
Demak, bu orqali bugungi yoshlarimizga inson hayotda o’ziga katta va qat’iy talab qo’yib yashash kerak ekan degimiz keladi. Bunda o’ziga ishonish, o’ziga suyanish – bu katta ma’naviy tayanch. Shu sababli ham bunday odamlar nimaiki istasa, u o’zidan topadi.
Said Ahmad hayot qiyinchiliklariga va turmush chigalliklariga chidashda mustahkam va metin irodaga ega insonlardan biri. Tadqiqotimizning ushbu qismida uning dil izhorlaridan ayrimlarini keltirish bilan kifoyalanmoqchimiz.
“Prezidentimiz Islom Karimov kechani kecha, kunduzni kunduz demay, yurt tashvishi bilan yashayapti. Mustaqilligimizga baholi qudrat hissa qo’shyayotganlarni ardoqlab, xizmatiga yarasha taqdirlayapti. Men ham mana shunday himmatdan bahramad bo’lgan baxtli ijodkorlardan biriman.
Prezidentimiz kamtarin xizmatlarimni qadrlab, qancha samimiy, dildan chiqqan so’zlar bilan “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini topshirdi. Bu unutilmas daqiqalar hayajoni meni hyech qachon tark etmaydi.
Ko’ksimga eng baland darajali nishon – “O’zbekiston Qahramoni” Oltin Yulduzini taqayotganda o’zimni bosolmadim. Bir kiprik qoqquncha o’tgan onda butun umrim ko’z oldimdan saf tortib o’tdi. Boshimdan o’tgan eng og’ir, dahshatli, eng haqoratli onlar ko’zim oldida turib qoldi. O’zimni tutolmadim. Islom Abdug’aniyevich bu holatimni sezib, bilagimdan tutdiyu o’zi o’tiradigan kresloga o’tqazib qo’ydi. Hayajonimni tarqatish uchun hazil aralash: “Qani, Prezidentlik kreslosida bir nafas o’tiring, qanaqa bo’larkin”, deb kulib qo’ydi.
Bu umrimning eng baxtli daqiqalari edi.
Bu hurmat, bu ehtiromlar meni yanada g’ayrat bilan, yanada ilhom bilan ijod qilishga, tug’ilgan yurtim fuqarolariga manzur bo’ladigan asarlarim yozishimga da’vat qiladi.
Aziz O’zbekistonim, jondan aziz yurtimning mehnatkash fuqarolari, endi qolgan umrim sizniki! Butun umrimni, vujud – vujudim bilan sizga bag’ishladim.
Buyuk shoira onamiz Nodirabegimning:
Do'stlaringiz bilan baham: |