I-bob. Loyihani boshqarish asoslari va konsepsiyasi


Loyiha ob’ektlari va sub’ektlari



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana03.01.2022
Hajmi1,47 Mb.
#313892
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Mustaqil

Loyiha ob’ektlari va sub’ektlari. 

Loyiha  rahbari  –  yuridik  shaxs  bo’lib,  unga  buyurtmachi  va  investor  loyihani 

boshqarishda,  ishlarni  boshqarishda  hisobot  beradi:  rejalashtirish,  nazorat  va 

loyihaning  barcha  ishtirokchilari  ishlarini  boshqarish.  Loyihaning  rahbarining 

vazifalari  va  javobgarliklari  tarkibi  buyurtmachi  bilan  bo’lgan  shartnoma  asosida 

aniqlanadi.  Lekin,  loyiha  rahbari  va  uning  jamoasi  oldida,  odatda,  belgilangan 

muddatlar,  byudjet  va  sifatga  amal  qilib  loyihaning  ma’lum  maqsad  va  natijalariga 

erishguncha loyihaning hayotiylik sikli davomida umum faoliyat rahbarligi va ishlar 

koordinatitsiyasi vazifasi qo’yiladi. 

Loyiha  jamoasi  –  maxsus  tashkiliy  tuzilma  bo’lib,  loyiha  rahbari  tomonidan 

boshqariladi  va  loyihani  amalga  oshirish  davrida  shakllantiriladi.  Loyiha  jamoasi 

vazifasi  –  loyihaning  maqsadlari  samarasiga  erishishda  loyihaning  boshqaruv 

vazifalarini amalga oshirish. Loyiha jamoasi tarkibi va vazifalari loyihaning ko’lami, 

murakkabligi va boshqa xarakteristikalarga bog’liq; lekin, har qanday holatda jamoa 

o’zlariga  yuklatilgan  barcha  majburiyatlarni  yuqori  professional  darajada  ta’minlab 

berishi kerak. 

Shartnomachi – loyihaning tomoni yoki ishtirokchisi bo’lib, buyurtmachi bilan 

o’zaro  munosabatda  bo’ladi,  shartnoma  bo’yicha  ishlarni  bajaralishi  uchun 




24 

 

javobgarlikni  o’z  bo’yniga  oladi  –  bu  loyihaning  to’liq  yoki  bir  qismi  bo’lishi 



mumkin.  Shartnomachi  maqsadi  –  mumkin  bo’lgan  eng  yuqori  foyda  olish.  Asosiy 

shartnomachi vazifalariga buyurtmachi bilan shartnoma tuzish, subshartnomalar bilan 

shartnoma tuzish va tanlash, ularning ishlarini boshqaruvini ta’minlash, bajaruvchilar 

ishlarini qabul qilish va to’lash. Shartnomachi sifatida loyiha raxbari yoki loyihaning 

boshqa faol ishtirokchilari chiqishi mumkin. 

Subshartnomachi  –  yuqoriroq  darajadagi  shartnomachi  yoki  subshartnomachi 

bilan  shartnoma  aloqalariga  kirishida.  Shartnoma  bo’yicha  ish  va  xizmatlarni 

bajarishga javobgardir. 

Loyihalovchi  –  yuridik  shaxs  bo’lib,  loyiha  doirasida  loyihaviy  izlanish 

ishlarini  shartnoma  bo’yicha  bajaradi.  Loyihaning  asosiy  shartnomachisi  yoki 

bevosita buyurtmachi bilan shartnoma aloqalariga kirishadi.  

Asosiy  vositachi  –  yuridik  shaxs  bo’lib,  uning  taklifi  buyurtmachi  tomonidan 

qabul  qilingan. Shartnoma  asosida  ishlarni  bajaralishiga  javobgar.  Alohida  ishlar  va 

xizmatlarni bajarishga subvositachilar bilan shartnomalar tuzadi va tanlaydi. Qurilish 

loyihalarida  asosiy  vositachi  vazifasini odatda  qurilish  yoki  loyiha-qurilish  firmalari 

va tashkilotlari bajaradi.  

Ta’minotchilar – subshartnomachilar, ular shartnoma asosida turli xil yetkazib 

berish  ishlari  –  materiallar,  uskunalar,  transport  vositalari  va  boshqalarni  amalga 

oshiradi.  

Ruxsatnoma  beruvchilar  –  tashkilotlar  bo’lib,  yer  maydoniga  egalik  qilish 

huquqi,  savdo  qilish,  ma’lum  turdagi  ish  va  xizmatlar  va  hakazolar  uchun  ruxsat 

beradi. 


Hukumat  tashkilotlari  –  o’z  manfaatlarini  loyiha  ishtirokchilarida  soliq  solish 

yo’li  bilan  qondiruvchi  tomon  bo’lib,  loyihani  amalga  oshirish  bilan  bog’liq. 

Ekologik, ijtimoiy va boshqa umumiy va davlat talablarini olg’a suradi va qo’llaydi. 

Yer  maydoni  egasi  –  yuridik  yoki  jismoniy  shaxs  bo’lib,  loyiha  jalb  qilingan 

yer  maydoni  egasidir.  Yerga  egalik  qilish  yoki  foydalanish  xuquqini  shartnoma 

asosida beradi va buyurtmachi bilan aloqaga kirishadi. 

Loyihaning  yakuniy  mahsuloti  ishlab  chiqaruvchisi  –  hosil  bo’lgan  asosiy 



25 

 

foizlardan  foydalanishni  amalga  oshiradi  va  yakuniy  mahsulotni  ishlab  chiqaradi. 



Asosiy  maqsad  –  tayyor  mahsulotni  iste’molchilarga  sotishdan  daromad  olish. 

Loyihaning  barcha  bosqichlarida  ishtirok  etadi  va  loyihaning  asosiy  ishtirokchilari 

bilan  o’zaro  munosabatga  kirishadi.  Uning  roli  va  vazifasi  loyihaning  yakuniy 

natijalarida  mulk  hissasiga  bog’liq.  Ko’p  hollarda,  loyiha  buyurtmachisi  va 

investordir.  

Yakuniy  mahsulot  iste’molchilari  –  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  bo’lib, 

mahsulot  sotib  oluvchilari  va  foydalanuvchilaridir,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot 

va  ko’rsatilayotgan  xizmatlarga  talablarni  belgilab  unga  talabni  shakllantirishadi. 

Loyiha  xarajatlari  iste’molchilar  vositalari  hisobiga  qoplanadi  va  loyihaning  barcha 

ishtirokchilari foydasi shakllanadi.  

Loyihaning  boshqa  ishtirokchilari.  Loyihani  amalga  oshirishga  loyiha 

muhitining boshqa tomonlari ham ta’sir ko’rsatib, ular loyiha ishtirokchilari bo’lishi 

ham  mumkin,  bu:  asosiy  ishtirokchilarning  raqiblari;  loyihani  amalga  oshirishda 

iqtisodiy  manfaatlari  to’qnashadigan  ijtimoiy  guruhlar  va  noiqtisodiy  loyiha 

xomiylari; turli injenerlik tashkilotlari, (loyihaga jalb etilgan) va boshqalar. 

 


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish