VIII.2 Asoslar
36) Qanday moddalar asoslar deyiladi?
A) Metall atomlari va kislota qoldig’laridan tashkil topgan moddalar
B) metall atomi bir yoki bir nechta gidrooksil guruhidan tashkil topgan murakkab moddalar
C) biri kislorod ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalar
D) qizdirilganda tuz va suv hosil qiladigan moddalar
37) Quyidagi asoslarning eng kuchlisini tanlang?
A) litiy gidroksid B) natriy gidroksid
C) kaliy gidroksid C) seziy gidroksid
38) Quyidagi asoslarning eng kuchsizini tanlang?
A) litiy gidroksid B) natriy gidroksid
C) kaliy gidroksid C) seziy gidroksid
39) Quyidagi gidroksidlarning asoslik xossasi oshib borish tartibida joylashtiring?
1) CsOH 2) KOH 3) Fe(OH)3 4) Ca(OH)2 5) Fe(OH)2
A) 2, 4, 5, 3, 1 B) 3, 4, 5, 1, 2 C) 3, 5, 4, 2, 1 D) 3, 1, 5, 4, 2
40) Quydagi moddalarning qaysilarida asoslik xossasi eng kuchli?
A) kalsiy gidroksid B) magniy gidroksid
C) bariy gidroksid D) skandiy gidroksid
41) Quyidagi moddalarning qaysilarida asoslik xossasi eng kuchsiz?
A) kalsiy gidroksid B) magniy gidroksid
C) bariy gidroksid D) skandiy gidroksid
42) Quyidagi metall gidroksidlaridan qaysilari kislota bilan ta’sirlashib ishqor bilan ta’sirlashmaydi?
1) kalsiy 2) magniy 3) rux 4) kaliy 5) alyuminiy
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 5
43) Quyidagi metall gidroksidlaridan qaysilari ishqor bilan ta’sirlashadi?
1) kalsiy 2) magniy 3) rux 4) kaliy 5) alyuminiy 6) beriliy
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 5 D) 3, 5, 6
44) Qaysi qatordagi hamma gidroksidlar ishqor bilan ta’sirlashadi?
A) Fe(OH)2, Zn(OH)2, Al(OH)3
B) Cu(OH)2, Cr(OH)3, Al(OH)3
C) Zn(OH)2, Al(OH)3, Cr(OH)3
D) Fe(OH)3, AgOH, Al(OH)3
45) Qaysi moddalar ishqor ta’sirida eriydi?
1) Si 2) Cu 3) SiO2 4) FeO
A) 1, 2 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 1, 3
46) Kislota va ishqor eritmalarida eriydigan d-elementlar birikmalarini ko’rsating?
1) Zn(OH)2 2) Al(OH)3 3) Cu(OH)2 4) Cr(OH)3 5) Mn(OH)2
A) 1, 2 B) 2, 4 C) 3, 5 D) 1, 4
47) Quyidagi moddalarning qaysilari KOH bilan reaksiyaga kirisha oladi?
1) osh tuzi 2) suv 3) karbonat angidrit 4) mis(II)sulfat 5) ortofosfat kislota 6) ammoniy xlorid 7) vodorod sulfid 8) kumush xlorid 9) magniy gidroksid 10) kasiy gidrokarbonat
A) 2, 4, 6, 7, 8, 10 B) 1, 3, 5, 7, 9, 10
C) 4, 5, 7, 9, 10 D) 3, 4, 5, 6, 7, 10
48) Kalsiy gidroksid eritmasidan CO2 gazi o’tkazilsa, Ca(OH)2 eritmasining elektr o’tkazuvchanligi qanday o’zgaradi?
A) o’zgarmaydi B) ortadi C) kamayadi
D) oldin kamayadi, so’ng ortadi
49) Magniy va alyuminiy gidroksid eritmalarini qanday ajratish mumkin?
A) kislotada eritish B) suvda eritish
C) tuz eritmasida eritish D) ishqorda eritish
50) Quyidagi asoslarning qaysi biri ammiak eritmasida erimaydi?
A) Zn(OH)2 B) Al(OH)3, C) Cr(OH)3 D) Cu(OH)2
51) Natriy ishqorini eritish uchun qaysi moddalardan tayorlangan tigellardan foydalanish mumkin?
1) temir 2) shisha 3) kvars 4) kumush 5) chinni
A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 4
52) Quyidagi moddalarning asoslik xossasi oshib borish tartibida joylashtiring?
1) ammiak 2) suv 3) metilamin 4) etilamin 5) trimetilamin 6) trizopropilamin
A) 1, 2, 5, 4, 3, 6 B) 2, 3, 1, 5, 4, 6
C) 2, 1, 4, 3, 5, 6 D) 2, 1, 3, 4, 6, 5
53) Kaustik soda nomi bilan sanoatning turli tarmodlarida ishlatiladigan ishqorni ko’rsating?
A) KOH B) NaOH C) LiOH D) Ca(OH)2
54) Quyidagi berilgan vodorodli birikmalarning asoslik xossasi kamayib borish tartibida joylashtiring?
1) ammiak 2) fosfin 3) stabin 4) arsin
A) 3, 4, 1, 2 B) 3, 4, 2, 1 C) 4, 3, 2, 1 D) 1, 2, 4, 3
55) Quyidagi berilgan vodorodli birikmalarning asoslik xossasi ortib borish tartibida joylashtiring?
1) ammiak 2) fosfin 3) stabin 4) arsin
A) 3, 4, 1, 2 B) 3, 4, 2, 1 C) 4, 3, 2, 1 D) 1, 2, 4, 3
56) 0,015 mol NaOH necha gram massaga ega?
A) 0,30 B) 0,45 C) 0,60` D) 0,40
57) 100 g suvda 2,3 g Na ta’sir ettirilgnda hosil bo’lgan eritmadagi natriy gidroksidni massa ulushini (%) hisoblang?
A) 2,3 B) 2 C) 6 D) 3,9
58) 1 mol temir (II) gidroksidni havo va suv ishtirokida oksidlab, temir (III) gidroksidga aylantirish uchun (n.sh.) qancha l havo kerak (havoda kislorodning hajmiy ulushi 0,2).
A) 7 B) 14 C) 28 D) 56
59) 31 g natriy oksidini 250 g suvda eritish natijasida hosil bo’lgan eritmadagi o’yuvchi natriyning konsentratsiyasini (%) hisoblang?
A) 14,2 D) 12,4 C) 16,3 D) 18,2
60) 47 g kaliy oksidini 200 g suvda eritish natijasida hosil bo’lgan eritmadagi o’yuvchi kaliyning konsentratsiyasini (%) hisoblang?
A) 19,9 B) 18,8 C) 17,7 D) 22,7
61) Tarkibida 1,5*1023 ta kislorod atomi bo’lgan magniy gidroksidning massasini hisoblang?
A) 5,3 B) 6,5 C) 7,2 D) 14,5
62) 0,001M li NaOH eritmasi uchun pH ning qiymati nechaga teng?
A) 11 B) 12 C) 10 D) 9
63) 27 g suvga 4,6 g Na ta’sir ettirish yo’li bilan hosil qilingan o’yuvchi natriy eritmasida natriy ishqorining har bir molekulasiga suvning nechta molekulasi to’g’ri keladi?
A) 10,2 B) 6,5 C) 5,4 D) 14
64) 29,4 g suvda 6,72 l (n.sh.) ammiak eritildi. Olingan eritmadagi ammiakning massa ulushini (%) hisoblang?
A) 30 B) 13 C) 17 D) 14,8
65) 300 g suvda 100 l (n.sh.) ammiak eritildi. Olingan eritmadagi ammiakning massa ulushini (%) hisoblang?
A) 20 B) 13 C) 17 D) 34
66) 39,6 g suvga 7,8 g K ta’sir ettirish yo’li bilan hosil qilingan o’yuvchi kaliy eritmasida kaliy ishqorining har bir molekulasiga suvning nechta molekulasi to’g’ri keladi?
A) 5 B) 20 C) 15 D) 10
67) 1 g natriy oksidini 100 g suvda eritish natijasida hosil bo’lgan maxsulot miqdorini (mol) hisoblang?
A) 0,032 B) 0,054 C) 0,01 D) 0,043
68) Natriy gidroksidning 50 g eritmasi 10,8 g Al bilan reaksiyaga kirishib NaAlO2 hosil qilsa NaOH ning boshlang’ich eritmadagi massa ulushini (%) toping?
A) 32 B) 29 C) 37 D) 21,6
69) Natriy gidroksidning 1 ta molekulasi ga 24 ta suv molekulasi to’g’ri kelsa, eritmadagi ishqorning massa ulushini (%) hisoblang?
A) 4,0 B) 7,2 C) 8,47 D) 9,24
70) 20% li NaOH eritmasini hosil qilish uchun 200 g 12% li NaOH eritmasida necha g Na2O eritish kerak?
A) 18,94 B) 17,43 C) 14,68 D) 26
71) 0,5% li 284 g natriy gidrofosfat va 0,4% li 200 g NaOH eritmalari aralashtirildi. Hosil bo’lgan maxsulotning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 0,45 B) 0,65 C) 0,34 D) 0,81
72) 15% li KOH eritmasini tayyorlash uchun 10% li 462 ml (p=1,082 g/ml) eritmasiga qanday massadagi (g) kaliy oksid qo’shish kerak?
A) 24 B) 31 C) 19 D) 43
73) 30% li NaOH eritmasini tayyorlash uchun 14% li 500 ml (p=1,16 g/ml) eritmasiga qanday massadagi (g) natriy oksid qo’shish kerak?
A) 77,37 B) 87,46 C) 93,74 D) 105,52
74) Ishqor eritmasiga xlor gazi shimdirilganda eritmada hosil bo’lgan xlorid va xlorat ionlarining massa farqi 9,4 g ni tashkil qilsa, reaksiyaga kirishgan gazning massasini (g) hisoblang.
A) 6,72 B) 7,1 C) 14,3 D) 21,3
75) Labaratoriyada 26,88 l (n.sh.) ammiak olish uchun 25% qo’shimchasi bo’lgan kalsiy gidroksiddan necha g zarur bo’ladi.
A) 84,4 B) 59,2 C) 36 D) 44,4
76) Natriy ishqorining 2,5% li 320 g eritmasi 12,4 g natriy oksidi bilan aralashtirilganda hosil bo’lgan eritmadagi gidroksid ionlarining konsentratsiyasini (%) hisoblang?
A) 4,15 B) 6,13 C) 7,22 D) 3,07
77) Qaynoq ishqor eritmasi orqali xlor gazi o’tkazilganda, eritmada 5,6 g xlorat ioni borligi aniqlandi. Reaksiyaga kirishgan gazni massasini (g) hisoblang?
A) 11,6 B) 4,5 C) 14,3 D) 1,59
78) Massa ulushi 10% bo’lgan rux yodid eritmasining 159,5 g miqdoriga ishqor eritmasidan oz miqdorda qo’shilganda, cho’kma hosil bo’ldi. Bu cho’kmani to’la erib ketishi uchun NaOH ning 4 M li eritmasi (p=1,15 g/ml) dan necha g qo’shish kerakligini hisoblang.
A) 28,75 B) 22,5 C) 23,0 D) 24,5
79) Rux va alyuminiy gidroksidlarning miqdori 0,1 mol bo’lib, ularning tarkibidagi kislorodning massa ulushi 0,55 ekanligi ma’lum. Berilgan aralashmani to’la eritish uchun 40% li (p=1,43 g/ml) NaOH ning hajmi (ml) talab etilishini hisoblang.
A) 8,3 B) 9,17 C) 7,96 D) 8,74
80) Tarkibida massa ulushlari 0,0266 va 0,707 bo’lgan natriy gidroksid va natriy karbonatlar bo’lgan eritmaning 150 g massaga 50 g miqdorda natriy gidrokarbonat eritmasi qo’shilganda, natriy gidroksidning massa ulushi 0,01 gacha kamaygan. Hosil bo’lgan eritmadagi natriy karbonatning massa ulushini (%) hisoblang?
A) 4,86 B) 5,23 C) 7,95 D) 7,02
81) Al(OH)3 va Cr(OH)3 lar aralashmasidan 5 g miqdorini eritish uchun konsentratsiyasi 5,6 mol/l bo’lgan KOH eritmasidan necha (ml) talab etiladi. Boshlang’ich aralashma tarkibida kislorodning massa ulushi 50% ga teng.
A) 8,2 B) 8,9 C) 9,7 D) 9,3
82) KOH ning 2 M eritmasini hosil qilish uchun 1,2 M li eritmasining 150 ml hajmidan necha ml suvni bug’larish kerak?
A) 45 B) 55 C) 60 D) 65
Do'stlaringiz bilan baham: |