I.9. Reaksiya tenglamasi bo’yicha hisoblash
1. 60 g uglerod yonganda necha gramm CO2 hosil bo’ladi?
Yechish: 1) uglerodni yonish tenglamasini yozamiz.
C + O2 CO2
2) proporsiya tuzib hosil bo’lgan CO2 massasini topamiz.
12 gr C yonganda 44 gr CO2 hosil bo’lsa
60 gr C yonganda x = gr CO2 hosil bo’ladi
x = = 220 gr hosil bo’ladi. J; 220
2. 224 g kaliy gidroksidini to’la neytrallash uchun sulfat kislotadan qancha gr sarflanadi? J; 784
3. 160 g magniy oksid yetarli miqdordagi sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda necha gramm magniy sulfat hosil bo’ladi? J;480
4. 840 g magniy karbonat tuzi parchalanganda necha gramm MgO hosil bo’ladi? J; 400
5. 980g mis(II)-gidroksid qizdirilganda necha gramm CuO hosil bo’ladi? J; 800
6. 20 g vodorod to’la yonishi uchun necha gramm O2 sarflanadi? J; 160
7. 420 g magniy karbonat to’la parchalanganda qancha hajm (nsh.l) CO2 hosil bo’ladi? J; 112
8. 110 g propan (C3H8) to’la yonganda qancha hajm (nsh.l) CO2 hosil bo’ladi? J; 154
9. 80g metan (CH4) to’la yonganda qancha hajm (m3) CO2 hosil bo’ladi? J; 0,112
10. 160 g oltingugurt to’la yonganda qancha hajm (m3) SO2 hosil bo’ladi? J; 0,112
11. 290 g butan (C4H10) to’la yonishi uchun qancha hajm (n.sh.l) kislorod zarur? J; 728
12. 520 g atsetilen to’la yonishi uchun qancha hajm (n.sh.l) kislorod zarur? J; 1120
13.50 mol SO2 yonib SO3 ga aylanishi uchun qancha hajm (n.sh.l) havo zarur bo’ladi? (w O2=0.2) J; 2800
14 .490 g sulfat kislota bariy gidroksid bilan to’la reaksiyaga kirishganda qanday massa bariy sulfat cho’kmaga tushadi? J; 1165
15. 20 g mis(II)-oksid yetarli miqdordagi nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganda qanday massa mis(II)-nitrat tuzi hosil bo’ladi? J; 47
16. 376 g mis(II)-nitrat qizdirilganda hosil bo’ladigan mis(II)-oksid massasini aniqlang. J;160
17. 120 g litiy gidroksidni neytrallash uchun 10 % li nitrat kislota eritmasidan necha gram kerak bo’ladi? J; 3150
18. 300 g litiy oksid yetarli miqdordagi sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda necha gramm lutiy sulfat tuzi hosil bo’adi? J; 1100
19. 230 g natriy yetarli miqdordagi suv bilan reaksiyaga kirishganda qanday hajm (n.sh.l) vodorod hosil bo’ladi? J; 112
20. 32,5 g rux yetarli miqdordagi sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda necha gramm rux sulafat hosil bo’ladi? J; 80,5
21. 210 g kalsiy gidrid yetarli miqdordagi suv bilan reaksiyaga kirishganda necha gramm kalsiy gidroksid hosil bo’ladi? J; 370
22. 130 g rux yetarli miqdordagi sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo’ladigan vodoroddagi molekulalar sonini aniqlang. J; 12,04∙1023
23. 56 g kaliy gidroksid yetarli miqdordagi fosfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda necha gramm kaliy fosfat hosil bo’ladi? J; 70,67
24. 11,2 g qizdirilgan temirning suv bug’i bilan ta’sirlashganda hosil bo’ladigan temir(III)-oksidining massasini hisoblang. J; 16
25. 7,3 g magniy gidrokarbonatning termik parchalanishidan qanday hajm (n.sh.l) karbonat angidrid hosil bo’ladi? J; 2,24
26. 4,48 g kaliy gidroksidni to’la neytrallash uchun qanday miqdor (mol) vodorod xlorid kerak bo’ladi? J; 0,08
27. Tarkibida 35,1 g natriy xlorid bo’lgan eritma yetarli mirdordagi kumush nitrat bilan ta’sirlashganda qanday massa cho’kma hosil bo’ladi? J; 86,1
28. 9,24 g ammoniy sulfatning yetarli miqdordagi natriy ishqor eritmasi bilan reaksiyaga kirishishidan qanday hajm (n.sh.l) ammiak gazi hosil bo’ladi? J; 1,568
29. Mo’l miqdordagi simob(II)-nitrat eritmasiga 20,75 g kaliy yodid tushirilganda qanday massa (g) simob(II)-yodid cho’kmasi hosil bo’ladi? J; 28,44
30. Simob(II)-yodid cho’kmasi natriy yodid eritmasi ta’sirida erib ketadi. Bunda Na2[HgI4] tarkibli modda hosil bo’ladi. 40,95 g simob(II)-yodidni to’la eritish uchun qanday massadagi (g) natriy yodid kerakligini aniqlang. J; 27
31. Tarkibida 108 g sirka kislota tutgan eritmani to’la neytrallash uchun kerakli ammiak hajmini (n.sh.l) hisoblang. J; 40,32
32. 90 g oltingugurt xlorid (S2Cl2) gidrolizga uchraganda hosil bo’ladigan oltingugurt(IV)-oksidi va vodorod xlorid gazlarining umumiy hajmini (n.sh.l) aniqlang. J; 59,733
33. 53,4 g alyuminiy xlorid yetarli miqdorda natriy karbonat tutgan eritma bilan ta’sirlashganda qanday massa (g) va qanday hajm (n.sh.l) gaz ajralishini hisoblang.
J; 26,4; 13,44
34.81,25 g rux qirindisi qizdirilganda necha gramm rux kuyindisi hosil bo’ladi?J;101,25
35. Normal sharoitda o’lchangan 112 m3 metanning to’la yoqish uchun qancha hajm (n.sh.m3) kislorod kerak bo’ladi? J; 224
36. 40 g mis plastinka to’la erib ketgunga qadar kumush nitrat eritmasiga tushirb qo’yildi. Bunda qanday massa (g) kumush metalli hosil bo’ladi? J; 135
37. Tarkibida 219 g xlorid kislota bo’lgan eritmaga yetarli miqdorda kaliy permanganat ta’sir ettirilganda, necha litr (n.sh) xlor gazi hosil bo’ladi? J; 42
38. 21,6 g alyuminiy metali suyultirilgan nitrat kislota eritmasi bilan ta’sirlashganda, qanday hajm (n.sh.l) azot(I)-oksidi hosil bo’ladi. J; 13,44
39. Konsentrlangan sulfat kislota va rux orasidagi reaksiya ohista qazdirib olib borilganda, rux sulfat, vodorod sulfid, oltingugurt va oltingugurt(IV)-oksidi hosil bo’ladi. Agar reaksiya uchun 6,5 g rux olinsa, hosil bo’ladigan oltingugurtning massasini (g) aniqlang. J; 0,4
40. 29,4 g kaliy dixromat xlorid kislota bilan ta’sirlashganda, qanday hajm (n.sh.l) xlor xosil bo’ladi. J; 6,72
Do'stlaringiz bilan baham: |