I bob keynsning iqtisodiymuvozanat nazariyasi


Klassik iktisodchilarningg iktisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari



Download 45,31 Kb.
bet2/8
Sana23.02.2023
Hajmi45,31 Kb.
#914026
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KEYNSNING MAKROIQTISODIY MUVOZNAT MODELI

Klassik iktisodchilarningg iktisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari.
Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baxolarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra iktisodiyotda fakatgina to`lik bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar konuniga tayanadi. Bu konunga ko`ra mexnat taksimotiga asoslangan iktisodiyotda xar bir sub`ektning ishlab chikarishi bir vaktning o`zida boshka sub`ektlarning ishlab chikarish natijalariga talab xisoblanadi. Oxir-okibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iktisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS xolati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar mikdori etishmay kolgan, ya`ni AD< AS xolati ro`y bergan sharoitda xam baxo, ish xaki va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar mikdorining kamayishi ishlab chikarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar mikdorining kamayishiga olib kelmaydi.


I.BOB KEYNSNING IQTISODIYMUVOZANAT NAZARIYASI
1.1. Klassik Iqtisodchilarning bandlik nazariyasi
Klassik Iqtisodchilarning bandlik nazariyasiga iqtisodiѐtda mavjud boʼladigan ishsizlik va inflyatsiya toʼgʼri kelmaydi. Biz bilamizki Iqtisodiѐtda toʼliq bandlik sharoitiga erishib boʼlmaydi. Shuning uchun ham Iqtisodchilar klassik nazariyaning asosiy jaxatlarini tanqid kila boshladilar. 1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Keyns kapitalizm iqtisodiѐtiga yangi ish bilan bandlik nazariyasini yaratdi. U oʼzining “Pul, protsent va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi” asosida uning notoʼgʼri jihatlarini isbotlashga oʼrindi. Keyns nazariyasining eng kaʼtiy jihati shuki, u bozor iqtisodiѐtida ish bilan toʼla bandlikni taʼminlaydigan xech qanday mexanizm yoʼqligini isbotladi. Makrokulamda Iqtisodiѐt muvozanatga erishishi mumkin, lekin shunda ham maʼlum miqdorda ishsizlik va inflyatsiya saqlanib kolinishini, toʼla ish bilan bandlik qonuniy holat emas, balki tasodifdir, kapitalizm oʼzoʼzidan tartibga tushib rivojlanib ketavermasligini isbotlab berdi.
Shuningdek iqtisodiѐtdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bogʼliq emas, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishini asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamgʼarmalarga bevosita bogʼliq. Narxlarning oshishi va ish xaqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiѐtning bekarorligiga olib keladi. Keyns nazariyasi Sey qonunini ham maʼlum darajada inkor etadi. Sey qonuni boʼyicha tadbirkorlar faoliyati va jamgʼarish rejalari foiz stavkasida mutonosiblashadi. Keynschilar fikricha esa agar tadbirkorlar jamgʼarmalarni koʼpaytirishsa firmalar investitsiyalarni koʼpaytirishlari mumkin. Chunki jamgʼaruvchilar subʼekti va investorlar har xil guruhdagi odamlardir. Korxonalar ayniksa korporatsiyalar katta miqdordagi investitsiya karorlarini qabul qilishadi.
Katta hajmdagi ishlab chiqarishga ega boʼlgan Iqtisodiѐtda uy xoʼjaliklari koʼp miqdorda jamgʼarishadi. Shuni aytib oʼtish kerakki jamgʼarish va investitsiyalarni har xil guruhlardagi odamlar qabul qilishadi. Jamgʼaruvchilar va investorlar subʼektlari har xil sabablarga kura boshqariladi. Keynschilar fikricha jamgʼarma va investitsiyalar bitta omilga bogʼliq boʼlmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, ayrimlari qiymati oʼzining ish xaqi miqdoridan ortiq boʼlgan mahsulotlarni
sotib olish uchun, uy xoʼjaliklari esa avtomobil ѐki televizor sotib olish uchun jamgʼarishadi. Jamgʼarmalar biror bir shaxs ѐki uning oilasining kelajakdagi isteʼmolini qondirish maqsadida; yaʼni uy xoʼjaliklari oila boshligining nafakaga chiqishlari ѐki bolalarini kollejlarda ukishini taʼminlash maqsadida jamgʼarishadi. Bundan tashqari jamgʼarma tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida jamgʼariladi. Keynschilar taʼkidlashicha jamgʼarma va investitsiyalarni aniqlashning eng asosiy omili boʼlib milliy daromad hisoblanadi. Nima uchun tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini sotib olishadi. Investitsiyalash uchun pul kapitaliga ega boʼlishga toʼlanadigan toʼlovlar, yaʼni foiz stavkasi investitsiya rejasini toʼzaѐtganda hisobga olinadi. Аmmo, foiz stavkasi yagona omil boʼlib hisoblanmaydi. Investitsiyalar miqdorini aniqlashda asosiy omillardan biri boʼlib foyda normasi hisoblanadi.
Keynsianchilar fikricha mahsulotlar narxi va ish xaqi egiluvchan emas, shuning uchun jami taklif egri chizigʼi gorizontal ukdan iborat. Bundan tashqari, jami taklif talabdagi narx omillari birortasining oʼzgarishiga bogʼliq ravishda davriy oʼzgarib turadi. 1. Gorizontal jami taklif egri chizigʼi. Pasayishga qarab narx darajasi va ish xaqining noelastikligi jami taklif egri chizigʼini gorizontal joylashtiradi. Bunday holatda ishlab chiqarish hajmining kamayishi naxlarning pasayishiga olib kelmaydi. Shuningdek teskarisi real ishlab chiqarish hajmining koʼpayishi narxlarning oshishiga olib kelmaydi. Shuning uchun ham Keynsian kesma ishlab chiqarish hajmining nol darajasidan toʼliq bandlikka erishishi ѐki ishlab chiqarishning potentsial hajmiga erishgungacha boʼlgan qismidan iborat. Keynsianchilar fikriga toʼliq ish bilan bandlikga erishgandan keyin jami taklif egri chizigʼi vertikal yoʼnalish oladi.
Nobarqaror jami talab. Keynsianchilar fikricha pul taklifida xech qanday oʼzgarish boʼlmasa ham jami talab nobarqarordir. Xususan, jami talabdagi investitsiya kabi omillar oʼzgarishga olib keladi. Masalan, jami talabning oʼzgarishi ishlab chiqarish hajmi va bandlikga taʼsir koʼrsatadi. Narxlar darajasi esa oʼzgarmay qoladi. Klassiklar fikricha pul taklifida katta oʼzgarish boʼlmasa jami talab oʼzgarmaydi, yaʼni barqaror hisoblanadi. Jami talab kamaygan takdirda ham narxlar va ish xaqining egiluvchanligi ishlab chiqarish real hajmining barqarorligini taʼminlaydi. Shuning uchun ham davlatning makroiqtisodiy siѐsati ortiqchadir. Keynsianchilar fikricha jami talabning oʼzgaruvchanligi va narxlarning noegiluvchanligi ishsizlar darajasini oshirishga olib keladi. Iqtisodiѐtda katta yoʼqotishlar kilmaslik uchun davlat jami talabni boshqarib turish uchun makroiqtisodiy siѐsat yuritish lozim deb hisoblaydi. Keynsianchilar fikricha jami talabni tahlil qilishda narxlarning noegiluvchanligidan tashqari YaMM ni hisoblashda toʼrtta komponent, yaʼni, isteʼmol, investitsiya davlat xaridi va sof eksportlarni ham qarab chiqish kerak.
Oldingi savollarda kurdikki Keynsning iqtisodiy nazariyasiga binoan bozor iqtisodiѐtida ish bilan bandlikni toʼla taʼminlaydigan xech qanday avtomatik mexanizm yoʼq. Demak, ishlab chiqarish va ish bilan bandlikni bogʼliqligi qanday aniqlanishini bilish uchun tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmi, ish bilan bandlik va ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari kabi koʼrsatkichlarni qarab chiqish lozim ekan. Keyns modelida muvozanat darajadagi ishlab chiqarishni aniqlashda ikkita bir-biri bilan bogʼliq usullardan foydalanilgan. 1. Umumiy xarajatlar va ishlab chiqarishni taqqoslash usuli, yaʼni, (S+ In)= SMM; 2. Inʼektsiya va tortib olish usuli.
Demak, ushbu usullardan birinchisini, yaʼni, yalpi xarajatlar va ishlab chiqarish hajmi usulini qarab chiqamiz. Bu usul qisqacha qilib “ xarajatlar va ishlab chiqarish hajmi usuli ” deb ham aytiladi. Ishlab chiqarish hajmi deganda amaliѐtda ishlab chiqarilishi mumkin boʼlgan SMM hajmiga aytiladi. Unda SMM ishlab chiqarishning turli miqdordagi potentsiali bilan taqqoslanadi. Bu yerda eng asosiy koʼrsatkich boʼlib, ishlab chiqarishga sarf qilingan umumiy xarajatlar miqdorida yalpi daromadlarni olishi hisoblanadi. Masalan, biror bir tadbirkor yuz ming soʼmlik mahsulotni taklif etib yuz ming soʼmlik daromad olsagina u ishlab chiqarishni davom ettirishi mumkin.
Yalpi xarajatlar deganda ishlab chiqarishga sarf qilingan umumiy xarajatlar miqdori tushuniladi. Yoki boshqacha aytganda YaMM ni hisoblashdagi isteʼmol va investitsiya xarajatlaridan iboratdir. Shuni ham taʼkidlab oʼtish kerakki SMM ni hisoblaѐtganda, yaʼni, yalpi investitsiyalar miqdori emas, balki sof investitsiyalar miqdori hisobga olinadi, yaʼni SMM=YaMM-А Bundan tashqarish umumiy hisoblarda sof investitsiyalarni joriy miqdori emas, balki reja miqdori eʼtiborga olinadi. Chunki ishlab chiqarish hajmi bilan yalpi xarajatlar oʼrtasidagi muvozanatning boʼzilishi rejadan ortiqcha investitsiyalarga boʼlgan talabni keltirib chiqaradi. SMM Keynsning ish bilan bandlik nazariyasining asosini Tashkil etadi.
Muvozanat hajmidagi SMM ni aniqlanishi Iqtisodiѐtning barqarorligini taʼminlaydi. Muvozanatli ishlab chiqarish rejasi bu yalpi xarajatlar rejasi xarid qilingan tovar va moddiy resurslar tengligini taʼminlovchi SMM hajmini ishlab chiqarishdir. Muvozanatli hajmdagi SMM ni ishlab chiqarish ish bilan toʼliq bandlikni, ishlab chiqarish xarajatlari va olinaѐtgan daromadlarning birgalikdagi muvozanatini birlashtiradi. Inʼektsiya va tortib olish usuli toʼgʼridan-toʼgʼri mos kelmasa ham uning maʼnosi shundan iboratki, yaʼni, muvozanatli darajadan tashqari holatlarda SMM va yalpi xarajatlar muvozanatining buzilishiga qaratiladi.

Biz bilamizki har qanday hajmdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish oʼziga mos ravishda soliqlar toʼlangandan keyingi daromadlar miqdorini beradi. Yana shu maʼlumki, uy xoʼjaliklari ushbu daromadlarning bir qismini jamgʼarishi mumkin. Jamgʼarish oʼz navbatida tortib olishni bildiradi. Jamgʼarish natijasida isteʼmol ishlab chiqarishning umumiy hajmidan ѐki SMM dan kam boʼladi. Bunday holatda isteʼmol bozorda jami ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmini sotib olishga yetmaydi. Natijada esa ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga olib keladi. Mahsulotlarning bir qismi ishlab chiqarish vositalari shaklini oladi. Shuning uchun investitsiyani daromadlar va xarajatlar miqdoridagi xarajatlar inʼektsiyasi deb karash mumkin. Boshqacha aytganimizda investitsiya jamgʼarmaga olingan vositalarni qoplash imkoniyatini bildiradi.
Аgardajamgʼarmagaolinganvositalarinvestitsiyainʼektsiyasidankoʼpboʼlsa, jamixarajatlarSMMdankamboʼladi. Boshqacha aytganda SMMning har qanday darajasi yaʼni jamgʼarish investitsiyadan koʼp boʼlgan vaziyatda muvozanat nuqtadan yuqori boʼladi. Аksincha investitsiya inʼektsiyasi jamgʼarmaga olingan vositalar miqdoridan koʼp boʼlsa jami xarajatlar SMM dan koʼp boʼladi. Investitsiyalar jamgʼarmalardan koʼp boʼlgan har qanday sharoitda SMM hajmi muvozanat nuqtadan past boʼladi. Jamgʼarmaga olingan vositalar miqdori investitsiya inʼektsiyasi tomonidan toʼliq qoplansa jami xarajatlar umumiy ishlab chiqarish hajmiga teng boʼladi. Inʼektsiya bu mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga boʼlgan isteʼmol xarajatlariga qoʼshimcha boʼlib hisoblanadi.
Klassik iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanat nazariyasi. Maʼlumki bu savolga javob turli yillarda turlicha boʼlgan, yaʼni vaqt oʼtishi bilan oʼzgarib toʼrgan. “Buyuk deprissiya” davrida koʼpgina yetuk Iqtisodchilar, yaʼni hozirgi kunda klassiklar deb ataladigan iqtisodchilar bozor iqtisodiѐti iqtisodiѐtdagi resurslardan toʼliq foydalanish imkonini beradi deb hisoblashgan. Аmmo ular iqtisodiѐtda ayrim vaqtlarda, yaʼni urush, siѐsiy tuntarish, tabiiy ofat va shuningdek boshqa holatlarda oʼzgarishlar boʼlib turushini tan olishsa ham shu bilan birga bozor tizimining oʼziga xos xususiyatlari bu iqtisodiy qiyinchiliklarni oʼz-oʼzidan xal qilishadi deb tushuntirishadi. Klassiklar nazariyasi asosida ikkita asosiy tushuncha mavjud. Birinchidan, toʼliq bandlik sharoitida mahsulotlarni sotib olish uchun xarajatlar miqdorining yetishmasligi mumkin emas. Ikkinchidan, agarda umumiy xarajatlar miqdori yetishmay qolgan sharoitda ham baho va ish xaqi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi deb hisoblashadi.
Klassiklar nazariyasini tan olmaslik asosan Sey qonunidan boshlangan. Sey qonuni boʼyicha mahsulotlarni ishlab chiqarish jaraѐnining oʼzi ishlab chiqarilgan mahsulotlar qiymatiga teng ravishda daromad yaratadi degan oddiy goyadan iboratdir. Demak bu degani mahsulotlarni sotib olish uchun har qanday mahsulotlar hajmini ishlab chiqarish oʼz-oʼzidan daromad yaratadi. Yaʼni, taklif oʼzining xususiy talabini paydo qiladi. Sey qonunining mohiyatini mahsulotlar ayirboshlash savdosida ham koʼrish mumkin. Poyafzalchi poyafzal ishlab chiqaradi ѐki oʼziga zarur boʼlgan boshqa mahsulotlarga boʼlgan talabini qondirish uchun poyafzal taklif qilishadi.



Download 45,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish