I bob. Kartografik proeksiyalarni tanlash


Metrik o’lchovlar tizimida kartalarning masshtabi



Download 1,53 Mb.
bet3/8
Sana10.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#772064
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KARTOGRAFIK PROEKSIYALAR 3

Metrik o’lchovlar tizimida kartalarning masshtabi



Kartaning sonli masshtabi

Karta nomi

Kartadagi 1 sm oraliq joyga to’g’ri keladigan masofa

Kartadagi
1 sm2 yuza joyga to’g’ri keladigan maydon

Joydagi
1 km masofaga kartada to’g’ri keladigan oraliq



1:5 000

besh
mingli

50 m

0,0025 km2=0,25 ga



20 sm

1:10 000

o’n
mingli

100 m

0,010 km2=1 ga



10 sm

1:25 000

yigirma besh mingli

250 m

0,0625 km2=6,25 ga



4 sm

1: 50 000

ellik
mingli

500 m

0,25 km2=25 ga



2 sm

1:100 000

yuz
mingli

1 km

1,0 km2= 100 ga

1 sm

1:200 000

ikki yuz mingli

2 km

4,0 km2=400 ga

5 mm

1:300 000

uchyuz mingli

3 km

9,0 km2=900 ga

3,3 mm

1:500 000

besh yuz mingli

5 km

25,0 km2=2500 ga

2 mm

1:1000 000

bir
millionli

10 km

100,0 km2=10 000 ga

1 mm

Yer sharida istalgan nuqtaning o’rnini aniqlashda shu yerdan o’tuvchi meridian va parallel chiziqlardan foydalaniladi. Yer sharidagi biror nuqtadan yerning aylanish o’qi orqali o’tkazilgan tekislik meridian tekisligi, bu tekislikning yer yuzasi bilan kesishishidan hosil bo’lgan chiziq shu nuqtaning meridiani deyiladi. Ekvator chizig’iga nisbatan bir xil masofada bo’lgan nuqtalarni birlashtiruvchi chiziqlarga paralellar deyiladi.


O’ziga xos koordinata tizimiga ega bo’lgan har bir zonaning o’q meridiani absissa (x), ekvator chizig’i ordinata (y) o’qlari bo’lib xizmat qiladi va bu o’qlarning kesishgan nuqtasi koordinata boshi (0) deb qabul qilinadi. Absissa ekvatordan ikki qutbga tomon hisoblanib shimoliy yarim sharda musbat, janubiy yarim sharda manfiy qiymatga ega bo’ladi. O’q meridiandan g’arbda joylashgan nuqtalarning ishorasi musbat bo’lishligi uchun har bir zonaning o’q meridiani 500 km g’arbga tomon suriladi. Agar kartalarda xatolik-lardan butunlay qutulishning iloji bo’lmasa xatoliklar xarakteriga nisbatan oldindan ko’zda tutilgan xususiyatlarni hisobga olib proyeksiya olish (tanlash) mumkin. Bunday proyeksiyalar quyidagilar hisoblanadi:
1.Teng burchakli yoki konform (o’xshash) proyeksiyalar.
2. Teng maydonli (teng yuzli) yoki ekvivalent proyeksiyalar.
3. Ixtiyoriy proyeksiyalar.
Kartalardagi cheksiz kichik figuralar tasviri Yer shari yuzasidagi shunga mos shakllarga o’xshash holda tasvirlanadigan proyeksiyalarga teng burchakli yoki konform (o’xshash) proyeksiyalar deyiladi. Bunday proyeksiyalarda berilgan nuqtadan chiqadigan hamma yo’nalishlar bo’yicha masshtablar o’zaro teng va ular faqat bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o’tganda o’zgaradi.
Kartalardagi figuralarni tasvirlashda maydonlarning haqiqiy qiymatini (ekvivalentligini) saqlab qoladigan proyeksiyalarga teng maydonli (teng yuzli) yoki ekvivalent proyeksiyalar deyiladi. Ushbu proyeksiyada tuzilgan kartalarda geografik ob‘yektlar maydoni Yer yuzasidagi shunga mos maydonlarga proportsionaldir. Teng burchakli va teng maydonli (teng yuzli) proyeksiyalar o’zlarining xususiyatlariga ko’ra bir-biriga mutlaqo zid bo’ladi. Teng maydonli proyeksiyalarda maydonlarning tengligi burchaklar va ob‘yektlarning qiyofasi xatoligi hisobiga saqlab qolinadi va aksincha, tegishli proyeksiyalarda teng burchaklilik maydonlar xatoligi hisobiga saqlab qolinadi. Ixtiyoriy proyeksiyalarning ichida teng oraliqli proyeksiyalar ko’proq ishlatiladi. Bunday proyeksiyalarda masshtab bosh yo’nalishlardan biri masalan, meridianlar bo’yicha yoki parallellar bo’yicha o’zgarmas bo’ladi va bosh masshtabga teng bo’ladi. Tasvirlanayotgan meridianlar uzunligi ellipsoid meridianlarining uzunligiga teng (karta masshtabiga mos kichraytirilgan holda). Parallellar uzunligi esa ekvatordan uzoqlashilgan sari kattalashib boradi. Ularda burchaklar va maydonlar xatoligi o’zaro tenglashtirilganday bo’ladi va o’zining xususiyatlariga ko’ra, ular teng burchakli va teng yuzali proyeksiyalar orasida yotadi. Shuningdek, kartografik proyeksiyalar kartografik to’rni tuzish (yasash) usuli bo’yicha ham tasniflanadi. Bunda kartografik to’r tasviri dastlab yordamchi geometrik yuzada olinadi, shundan so’ng tekislikka o’tkaziladi. Qaysi yordamchi geometrik yuzadan foydalanishiga qarab kartografik proyeksiyalar azimutal, silindrik va konusli deb ataladi. Kartografiyada ellipsoid yuza tekis yuzada birorta geometrik shakl (yuza) yordamida tasvirlanadi. Azimutal proyeksiyalarda ana shunday yordamchi geometrik yuza bo’lib, ellipsoid yoki shar sirtiga urinma yoki uni kesuvchi tekislik, silindrik proyeksiyalarda ellipsoid yoki sharga urinma yoki uni kesuvchi silindrning yon tomoni, konusli proyeksiyalarda ellipsoid yoki sharga urinma uni kesuvchi konusning yon tomon sirti hisoblanadi. Bunday proyeksiyalarda bosh masshtab urinma nuqtalarda, shuningdek urinma va kesuvchi chiziqlarda saqlanadi. Kartografik to’rlar ko’rinishi, meridian va parallellar shakli, meridianlar va parallellar o’rtasidagi oraliqlarning qiymati proyeksiyalarni tuzish usuliga bog’liq bo’ladi. Azimutal proyeksiyalarda — ellipsoid yoki shar yuzasi unga urinma bo’lgan yoki uni kesuvchi tekislikka o’tkaziladi. Silindrik proyeksiyalarda —ellipsoid yoki shar yuzasi unga urinma bo’lgan yoki uni kesuvchi silindrning yon tomon sirtiga o’tkaziladi, shundan so’ng u yasovchi bo’yicha qirqiladi va tekislikka yoyiladi. Konusli proyeksiyalarda —ellipsoid yoki shar yuzasi unga urinma bo’lgan yoki uni kesuvchikonusning yon tomon sirtiga o’tkaziladi, so’ngra u yasovchi bo’yi-cha qirqiladi va tekislikka yoyiladi. Bu yuzalar, shuningdek, har xil orientirlangan bo’lishi ham mumkin. Yordamchi yuzani ellipsoid-ning yoki sharning qutbiy o’qi yoki ekvatorga nisbatan orienti-rovkasi bo’yicha kartografik proyeksiyalar quyidagilarga bo’linadi:
Normal proyeksiyalar —yordamchi yuzaning o’qi Yer ellipsoidi yoki sharining o’qi bilan ustma-ust tushadi, azimutal proyeksiyalarda esa tekislik qutbiy o’qqa perpendikulyar bo’ladi.
Ko’ndalang proyeksiyalar — yordamchi yuzaning o’qi Yer ellipsoidi yoki shari ekvator tekisligida yotadi va qutbiy o’qqa perpendikulyar bo’ladi, azimutal proyeksiyalarda tekislik yuzasi ekvator tekisligida yotgan normalga perpendikulyar bo’ladi.
Qiyshiq proyeksiyalar — yordamchi yuza o’qi qutbiy o’q va Yer ellipsoidi yoki shari ekvator tekisligi orasida bo’lgan normal bilan ustma-ust tushadi, azimutal proyeksiyalarda tekislik bu normalga perpendikulyar bo’ladi. Kartografik tasvirdagi xatolik hamma proyeksiyalar uchun xosdir. Umuman olganda har qanday proyeksiyada xatosi yo’q alohida nuqta yoki chiziq bo’ladi. Ular nol xatolikdagi nuqtalar yoki chiziqlar deyiladi va shu nuqta yoki chiziqdan uzoqlashilgan sari xatolik oshib boradi, ya‘ni kartaga tushirilayotgan hudud o’lchami oshishi bilan xatolik ham oshib boradi1

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish