KARTOGRAFIK PROYEKSIYA HAQIDA TUSHINCHA Kartografik proektsiya-tekislikda yer yuzasini (yoki boshqa samoviy jismni yoki umuman, har qanday kavisli sirtni) xaritalashning matematik jihatdan aniqlangan usuli.
Proektsiyalarning mohiyati shundan iboratki, samoviy jismning shakli (yer uchun - geoid, oddiylik uchun odatda aylanish ellipsoididir), tekislikda joylashtirilmagan, tekislikda joylashtirilgan boshqa raqam bilan almashtiriladi[2]. Shu bilan birga, ellipsoiddan parallel va meridianlarning panjarasi boshqa raqamga o'tkaziladi. Ushbu tarmoqning ko'rinishi ellipsoidning o'rnini bosadigan raqamga qarab farq qiladi.
Ba'zi kartografik proektsiyalarni qo'llash xaritaning maqsadiga, konfiguratsiyaga va xaritalash maydonining pozitsiyasiga bog'liqKarta model sifatida ob‘yektlarning fazoviy o’rnini tanlangan koordinata tizimida qayd etadi. Shuning uchun kartada koordinata to’ri ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Koordinata to’risiz tuzilgan karta, u xuddi hisob olish shkalasi bo’lmagan termometrga o’xshaydi. Geografik kartalarni tuzishda geografik koordinatalar tizimidan foydalaniladi. Ular Yer yuzasidagi ob‘yekt va nuqtalarni yer ellipsoidi yuzasiga nisbatan ko’rsatadi. Kartani tayyorlayotganda bu to’r kartografik tasvirni hosil qilish uchun sinch (qobirg’a, sklet) vazifasini bajaradi. Kartadan foydalanayotganda esa u Yer ellipsoididagi nuqtalar koordinatalarini aniqlashga, kartaga nuqtalarni ularning koordinatalari bo’yicha tushirishga, chiziqlar yo’nalishini dunyo tomonlariga nisbatan o’lchashga, kartaning istalgan joyida masshtablarni va xatoliklarni hisoblab chiqarishga imkon beradi.
Eng ko’p tarqalgan to’rlar qatoriga mayda masshtabli karta-larda asosiy hisoblangan meridian va parallel chiziqlarining o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan kartografik to’r kiradi. Kartografik to’r meridian va parallellarning chuqur geografik ma‘nosi bilan bog’liqdir. Meridianlar shimol va janub, parallellar esa g’arb va sharq yo’nalishlariga mos keladi. Joyda aniqlanishi mumkin bo’lgan bu yo’nalishlardan dalada karta bilan ishlayotganda orientirlash uchun foydalaniladi. Kartografik to’rning bunday xususiyati topo-grafik kartalar uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Mayda masshtabli kartalarda kartografik to’r keng geografik orientirlash uchun vosita, turli umumlashtirish va xulosalar uchun asos bo’ladi, punktlarning uzoqlik farqi ularning vaqt farqlarini ifoda etadi.
Kartografik to’rlarda parallellarning hisobi har doim ekvatordan boshlab olib boriladi. 1884 yilgi xalqaro kelishuvga muvofiq Angliyaning eng qadimgi astronomik observatoriyasidan o’tgan Grinvich meridiani bosh meridian deb qabul qilingan. Kartalarda meridian va parallellarni (kartografik to’rni) birinchi bo’lib Eratosfen chizgan. Joyda (Yer yuzasida) nuqtalar orasidagi o’lchangan masofalar uzunligining gorizontal proyeksiyalarni qog’ozda kichraytirilish darajasiga masshtab deyiladi. Masshtabni son, so’z va chiziq bilan ifodalash mumkin. Masshtabning kichraytirilish darajasiga qarab uning yirik yoki maydaligi aniqlanadi. Obzor kartalar 1:1 000 000 va undan mayda masshtablarda tuziladi. Kartalar masshtabiga ko’ra yirik (1:10 000 dan 1:100 000 gacha), o’rta (1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha) va mayda (1:1 000 000 va undan kichik) masshtabli kartalarga bo’linadi. Katta o’lchamdagi kartalar ko’p varaqlarda alohida-alohida tayyorlanadi. Kartani varaqlarga bo’lish tizimiga razgrafka va ularni ma‘lum tartib bo’yicha belgilanishiga nomenklatura deyiladi.
Topografik kartalar varaqlarining razgrafkasi va nomenkla-turasi 1:1000000 masshtabdagi xalqaro kartaning razgrafkasiga va nomenklaturasiga asoslangan. Xalqaro nomenklatura tizimi 1909 yilda London va 1913 yilda Parij shaharlarida o’tkazilgan Xalqaro geografik kongresslarda qabul qilingan.
Kartalarda tasvirlanadigan hududning chegarasini aniqlash va uni karta ramkalariga nisbatan joylashtirish, ramkaning ichida va undan tashqarida kartaning nomini, masshtabini, legendasini, har xil qo’shimcha kesma kartalarni va boshqa shunga o’xshash ma‘lumot-larni maqsadga muvofiq joylashtirishga komponovka deyiladi.
Metrik o’lchovlar tizimi qabul qilingan mamlakatlarda quyidagi 8-jadvalda ko’rsatilgan masshtablar ishlatiladi.
Ellipsoid yoki shar yuzasini tekislikda matematik yo’l bilan to’g’ri aks ettirishga kartografik proyeksiya deyiladi. Karta tuzishda dastlab meridian va parallel chiziqlar chiziladi va ular bir-biri bilan kesishib kartografik to’r hosil qiladi. So’ngra bu to’rga planli asos (tayanch) punktlari tushiriladi. Shundan keyin u boshqa geografik ob‘yektlar bilan to’ldiriladi. Har bir alohida olingan kartaning kartografik to’ri shu kartaning oldiga qo’ygan maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda ma‘lum bir proyeksiyada chiziladi. Kartografik to’r chizilganda tasvirlanishi kerak bo’lgan hudud dastlab tuzilayotgan karta masshtabidagi globus yuzasiga (sirtiga) tushirilgan deb faraz qilinadi.