I bob. Kartografik proeksiyalarni tanlash



Download 1,53 Mb.
bet1/8
Sana10.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#772064
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KARTOGRAFIK PROEKSIYALAR 3




MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………...………..3
I BOB. KARTOGRAFIK PROEKSIYALARNI TANLASH
1.1 Kartografik proyeksiyalar haqida tushincha…………….………...………5
1.2 Kartografik proyeksiyalardagi xatoliklar……………………..…………11


II BOB DUNYO, YARIM SHARLAR MATERIKLAR VA OKEANLAR MAMLAKATLAR REGIONLAR HARITALAR UCHUN PROYEKSIYALARI
2.1 Dunyo, yarim sharlar, mamlakat proyeksiyalari ….……………………..15
2.2 Materiklar va okeanlar mamlakatlar regionlar haritalar uchun proyeksiyalari……………………………………………………………………..20
XULOSA……………………………………………………………………...….27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………….….………...28


KIRISH
Karta model sifatida ob‘yektlarning fazoviy o’rnini tanlangan koordinata tizimida qayd etadi. Shuning uchun kartada koordinata to’ri ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Koordinata to’risiz tuzilgan karta, u xuddi hisob olish shkalasi bo’lmagan termometrga o’xshaydi. Geografik kartalarni tuzishda geografik koordinatalar tizimidan foydalaniladi. Ular Yer yuzasidagi ob‘yekt va nuqtalarni yer ellipsoidi yuzasiga nisbatan ko’rsatadi. Kartani tayyorlayotganda bu to’r kartografik tasvirni hosil qilish uchun sinch (qobirg’a, sklet) vazifasini bajaradi. Kartadan foydalanayotganda esa u Yer ellipsoididagi nuqtalar koordinatalarini aniqlashga, kartaga nuqtalarni ularning koordinatalari bo’yicha tushirishga, chiziqlar yo’nalishini dunyo tomonlariga nisbatan o’lchashga, kartaning istalgan joyida masshtablarni va xatoliklarni hisoblab chiqarishga imkon beradi.
Eng ko’p tarqalgan to’rlar qatoriga mayda masshtabli karta-larda asosiy hisoblangan meridian va parallel chiziqlarining o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan kartografik to’r kiradi. Kartografik to’r meridian va parallellarning chuqur geografik ma‘nosi bilan bog’liqdir. Meridianlar shimol va janub, parallellar esa g’arb va sharq yo’nalishlariga mos keladi. Joyda aniqlanishi mumkin bo’lgan bu yo’nalishlardan dalada karta bilan ishlayotganda orientirlash uchun foydalaniladi. Kartografik to’rning bunday xususiyati topo-grafik kartalar uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Mayda masshtabli kartalarda kartografik to’r keng geografik orientirlash uchun vosita, turli umumlashtirish va xulosalar uchun asos bo’ladi, punktlarning uzoqlik farqi ularning vaqt farqlarini ifoda etadi. Kartografik to’rlarda parallellarning hisobi har doim ekvatordan boshlab olib boriladi. 1884 yilgi xalqaro kelishuvga muvofiq Angliyaning eng qadimgi astronomik observatoriyasidan o’tgan Grinvich meridiani bosh meridian deb qabul qilingan. Kartalarda meridian va parallellarni (kartografik to’rni) birinchi bo’lib Eratosfen chizgan. Joyda (Yer yuzasida) nuqtalar orasidagi o’lchangan masofalar uzunligining gorizontal proyeksiyalarni qog’ozda kichraytirilish darajasiga masshtab deyiladi. Muayyan kartaga proyeksiya tanlash quyidagi uchta guruh omillarga bog’liq bo’ladi. Birinchi guruhga kartaga olinadigan (tu-shirilayotgan) ob‘yektni tavsiflovchi omillar, ya‘ni hududning geografik o’rni, kattaligi, chegaralarining shakli, chegaradagi (qo’shni, yonma-yon) hududlarni ko’rsatish darajasi kiradi. Ikkinchi guruhga yaratiladigan kartani tavsiflaydigan, yani undan foydalanish usullari va sharoitlarini belgilaydigan omillar kiradi. Ushbu guruhga kartaning belgilangan maqsadi va tayyorlanish sohasi, masshtabi va mazmuni, karta bo’yicha yechiladigan vazifalar va ularni yechish uchun karta aniqligiga qo’yiladigan talablar, kartadan foydalanish (stol ustida, devoriy) va kartografik informatsiyani tahlil qilish usullari, karta bilan ishlash sharoitlari (alohida, boshqalar bilan uyg’unlikda) vaboshqa shu kabi omillar kiritiladi. Uchinchi guruhga kartografik proyeksiyani tavsiflaydigan omillar, yani proyeksiyadagi xatoliklar xarakteri, uzunliklar, burchaklar va maydonlar xatoligining eng yuqori miqdorlari, ularning taqsimlanish xarakteri, hududlar shakllarini to’g’ri ko’rsatish darajasi, qutblarning tasvirlanish xarakteri, to’rning o’rtadagi meridian va ekvatorga nisbatan simmetrik tasvirlash shartlari (ekvatorni o’rtadagi meridian va qutblarga nisbatan tasvirlash, agar ular chiziqlar bilan tasvirlansa), tasvirni ko’z bilan idrok qilish shartlari va boshqalar kiradi. Kartalarga proyeksiya tanlashda qo’llanma (dastur) qilib xatoliklar taqsimlanish xususiyatlari va tasvirlanayotgan hududning tashqi qiyofasi (konturi), shuningdek o’lchami olinadi. U yoki bu karta uchun kartografik proyeksiya tanlashda nol xatolikdagi nuqta yoki chiziqlar tasvirlanayotgan hududning o’rtasiga joylashtiriladi. Afrika materigini tasvirlayotganda ko’ndalang azimutal proyeksiya qo’lla-niladi, tekislik materik markazida ekvatordagi nuqtada Yer ellipsoidi yoki shariga urinma bo’ladi. Yarim sharlar kartasini tuzishda kartalarda Yer egriligi sababli bo’ladigan xatolik, unda tasvirlanayotgan hudud qancha katta bo’lsa u ham shuncha katta bo’ladi. Mayda masshtabli o’quv kartalarida o’lchash ishlarini olib borayotganda odatda katta aniqlik talab etilmaydi. Shuning uchun alohida davlatlarning kartalarida yoki ularning alohida qismlari tasvirlangan kartalarda o’lchash ishlarini olib borish mumkin. Materik kartalarida o’lchash ishlarini olib borayotganda kelib chiqadigan xatoliklarni hisobga olish lozim. Yarim sharlar va dunyo kartalarida o’lchash ishlarini olib borish tavsiya etilmaydi.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish