6-chizma. Narx o’zgarishining daromad va o’rnini bosish samarasi.
Hayotiy zarur tovarlarga narxning o‘sishi ularga bo‘lgan talab miqdorining qisqarishiga emas, balki o‘sishiga olib kelishi mumkin, chunki odamlar boshqa xaridorlardan voz kechib narxi o‘sganda ham hayotiy zarur tovarlarni sotib ola boshlaydi. Bu Giffen samarasi deb ataladi. Giffen samarasi ko‘pincha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi, u namoyon bo‘ladigan tovarlar Giffen tovarlari deb nomlanadi.
Xulosa
Kurs ishini bajarishdan shunday xulosaga kelindiki, iste'mol - jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonidir. Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya'ni milliy daromad iste'mol va jamg'arma maqsadlarida sarflanadi. Buni keng ma'noda talqin qiladigan bo'sak, iste'mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni anglatib, unumli va shaxsiy istemolga ajraladi. Zamonaviy jahon xo'jaligi vujudga kelmasdan oldin ham xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo ko'rinishda) mavjud bo'lib, bunda asosiy e'tibor iste'mol tavarlariga qaratigan. Iste'mol va jamgarma hajmi hamda unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar o'rtasidagi bo'g'liqlik iste'mol va jamg'arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyani bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko'ra, kishilar o'z mablag'larini qo'shimcha daromad keltirgan taqdirdajamg'armagayo'naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko'ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo'lsa, ularning jamg'armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo'ladi, ya'ni jamg'arma real foiz stavkasining o'sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste'mol va jamg'arma mablag'larining yig'indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o'sishi bilan iste'mol kamayib, pasayishi bilan esa ko'payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko'ra iste'mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. J.M. Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikriga qarshi chiqib, uy xo'jaliklarining iste'mol sarflari real foiz stafkasiga u qadar bog'liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste'molning kelgusidagi iste'moldan afzalligini takidlaydi. U iste'mol sarflari darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo'jaliklarining joriy daromadlarini ko'rsatadi. Iste'molchilarning daromadlari qanchalik o'sib borgan sari ularning jamg'arishga bo'lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Shodmonov Sh.Sh, G'ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi.T. : " Fan va
texnologoya ", 2005.
2. Qobilov Sh.R. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: O'zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2013.
3. O'lmasov A. Vahidov A. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: " Sharq " , 2006.
4. Shodmonov Sh. Alimov R. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: " Moliya ", 2002.
5. Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti asoslari. T.: " O'zbekiston ", 1999.
6. G.G'. Nazarova. X. Xalilov. A.A. Eshtaev Jahon iqtisodiyoti va xalqaro
iqtisodiy munosabatlar. T.: " Toshkent" 2008.
7. Shodiev R.X. Jahon iqtisodiyoti . T., 2004
8. Xodiev B.Yu., Bekmurodov A.SH., G'afurov U.V. va boshqalar O'zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik yillarida. T.: TDIU, 2007.
9. Bekmurodov A.SH., G'afurov U.V. O'zbekistonda iqtisodiyotni
liberallashtirish va modernizatsiyalash: natijalar va ustuvor yo'nalishlar. O'quv
qo'llanma. T.: TDIU, 2007.
10. A.E.Ishmuxamedov va boshq. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O'quv
qo'llanma -T.: TDIU, 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |