IQTISODIY O’SISHNING MAZMUNI, TURLARI VA KO’RSATKICHLARI
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………...3
I. BOB. IQTISODIY O`SISH TUSHUNCHASI VA O`LCHANISHI.
1.1.Iqtisodiy o`sishning keynscha modellari…………………………..….4
1.2. R.Solouning neoklassik iqtisodiy o`sish modeli………………….…..9
II. BOB. IQTISODIY O’SISH MODELLARI
2.1. Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish.………12
2.2. Iqtisodiy o'sish bosqichlari……………………………..………….....24
XULOSA…………………………………………………………………...36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….…37
KIRISH
Iqtisodiy o’sish modellari to’g’risida so’z yuritganda «nol darajadagi iqtisodiy o’sish» kontseptsiyasiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur kontseptsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu kontseptsiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o’sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshqa shu kabi ko’plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko’payib borishi. ishlab chiqarish, miqyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o’sish chegaralarini cheklab qo’yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro’y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qishara boshlaydi. Shunga ko’ra, «nolь darajadagi iqtisodiy o’sish» kontseptsiyasi tarafdorlari Iqtisodiy o’sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o’sish tovar va xizmatlar hajmining ko’payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o’sish bir vaqtning o’zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar.
O’z navbatida, mazkur kontseptsiya muholiflari iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o’zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o’rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o’sish sharoitida Jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko’rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o’sish oqibati bo’lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto’g’riligidan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |