I bob. Iqtisodiy o`sish tushunchasi va o`lchanishi


R.Solouning neoklassik iqtisodiy o`sish modeli



Download 472 Kb.
bet3/9
Sana09.04.2022
Hajmi472 Kb.
#539041
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISODIY O’SISHNING MAZMUNI, TURLARI VA KO’RSATKICHLARI

1.2.R.Solouning neoklassik iqtisodiy o`sish modeli.
Neoklassiklar keynschilardan farqli o`larok iqtisodiy o`sish modellarini tuzishganda iqtisodiy o`sish ishlab chikarishning barcha omillari, shu jumladan texnik taraqqiyot tomonidan ta`minlanadi, kapital va mexnat subsititutlar, ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barkaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning anik xolatini kamrash xususiyatiga egadir.Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda”Iqtisodiy o`sish nazariyasiga xissa” asarida tasvirlab berildi va so`ngra 1957 yilda “Texnik tarakkiyot va agregativ ishlab chikarish funktsiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o`sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi xisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chikarish funktsiya bilan ifodalangan, ya`niY= f( L,K,N), modelda yukori texnik rivojlanish boskichida erning kichik axamiyatga egaligi tufayli ishlab chikarish fakat mexnat resurslari va kapitalga boglik deb olingan.Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko`rinishi kuyidagicha:Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K
Modelda yalpi talab investitsion va iste`mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi.Y = C + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko`rsatkichlari xam iste`mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.R.Solou bitta ishchiga to`gri keladigan maxsulot ishlabchikarish xajmi kapital bilan kurollanish darajasining funktsiyasi deb karaydi.Kapital bilan kurollanganlik darajasining o`sishi esa jamgarish normasiga boglik. Jamgarish normasining o`sishi, kapital bilan kurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chikarishning yuksalishiga olib keladi.Ammo kapital jamgarish normasi yukori bo`lmasa kapitalning sikib ketishi, axoli sonining o`sishi tufayli kapital bilan kurollanganlik darajasi o`zgarmasdan kolishi yoki pasayib ketishi mumkin.R.Soluning fikriga ko`ra , barkaror muvozanat sharoitida kapital, mexnat va milliy daromad darajasi bir xil, axoli soni o`sishiga teng sur`atda o`sib boradi. Axoli sonining tez o`sishi iqtisodiyotning o`sish sur`atlari jadallashishiga ta`sir etadi, ammo barkaror muvozanat xolatida axoli jon boshiga maxsulot ishlab chikarish kamayadi. O`z navbatida, jamgarish normasining oshirilishi axoli jon boshiga to`gri keladigan daromad mikdorini oshiradi va kapital bilan kurollanganlik koeffitsentini ko`tarilishiga olib keladi, lekin barkaror xolatdagi o`sish sur`atiga ta`sir ko`rsatmaydi. SHu sababli barkaror xolatdagi iqtisodiy o`sishning yagona sharti texnik tarakkiyotning o`sish sur`ati xisoblanadi.Model asosida jamgarishning ”oltin koidasi” yotadi. e Felpsning “oltin koidasi” moxiyati shundaki jamgarishning shunday optimal normasi mavjudki u iste`molning maksimal darajasida muvozanatli iqtisodiy o`sishni ta`minlaydi.R.Solou modeli iqtisodiy o`sishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik tarakkiyotning o`zaro alokadorliklarini ochib berish imkonini beradi. Davlat iqtisodiy o`sishga jamgarish normasi xamda texnik tarakkiyotning tezligiga ta`sir etish bilan jadallashtirishi mumkin.Xozirgi zamon iqtisodiyotini taxlil kilishda yangi paydo bo`lgan iqtisodiy o`sish modellaridan kam foydalanilmokda. Jumladan, J. Mid va A. L’yuis modellari iqtisodiy o`sish masalasini o`ziga xos tarzda tushuntiradilar. Bu modellarning amaliy axamiyati ayrim mamlakatning rivojlanish darajasi va iqtisodiyotining tuzilishidan kelib chikadi.Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh taklif omillari, deb ham atalib, iqtisodiyotning o’sish layoqatini belgilab beradi:1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy o’sishni tavsiflash mumkin.
Ma’lumki, yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar sarflarining funktsiyasi hisoblanadi, ya’ni:V= F(L,K,N,)bu yerda:V - yalpi milliy (ichki) mahsulot;L - ishchi kuchi sarflari;K - kapital sarflari;N - tabiii resurslar sarflari.Bu funktsional bog’lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o’sishni belgilab beruvchi bir qator xususiy ko’rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:
1) mehnat unumdorligi (V/L) — mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati;2) mehnat sig’imi (L/V) - jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;3) kapital samaradorligi (Q/K) - mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;4) kapital sig’imi (K/Q) - kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;5) tabiiy resurslar samaradorligi (Q/V) - mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlariga nisbati;6) mahsulotning resurslar sig’imi (V/Q) – tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
7) ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/Nu) -ishlab chiqarish jarayonida qo’llanilayotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga nisbati.
Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda yuqorida ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlardan tashqari, yana keyingi qo’shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi ko’rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 472 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish