Uchinchi bo‘lim topshiriqlari va namunasi.
Har bir topshiriqda sizga uchta so‘z berilgan ulardan birinchi va uchinchi so‘zdan keyin 2 ta nuqta qo‘yilgan, uchinchi so‘zdan keyin so‘roq belgisi qo‘yilgan. Quyida 5 ta so‘z a, b, v, g, d harflari bilan berilgan, xuddi ikkinchi so‘z birinchi so‘zni ifodalab kelganidek siz uchinchi so‘zga mos keluvchi so‘zni toping.
Namuna 01.
o‘rmon, daraxt; piyoz?
a) butoq, b) o‘tloq, v) o‘t, g) xashak, d) so‘qmoq.
Yechim: “o‘t” so‘zi belgilanadi, javob varag‘iga topshiriq raqami bilan v belgilanadi.
Namuna 02.
Qorong‘i, yorug‘; ho‘l,?
a) yomg‘irli, b) bulutli, v) nam, g) namlik, d) quruq.
Yechim: Xuddi “qorong‘i” va “yorug‘” so‘zlariga o‘xshab, siz “xo‘l” so‘zi uchun qarma-qarshi ma’nodagi so‘zni topasiz. Bu “quruq” so‘zi. Javob varag‘iga topshiriq raqami bilan d harfini belgilaysiz.
Bo‘lim 3.
To‘ldirish vaqti 7 daqiqa
Topshiriqlar 41-60
Maktab, direktor; to‘garak,?
a) rais, b) a’zo, v) rahbar, g) boshliq, d) tashrif buyuruvchi.
Soat, vaqt; termometr,?
a) asbob, b) o‘lchov, v) simob, g) issiqlik, d) temperatura.
Qidirmoq, topmoq; fikrlamoq,?
a) eslab qolmoq, b) xulosaga kelmoq, v) tekshirmoq, g) amalga oshirish, d) yodga olmoq.
Aylana, shar; kvadrat,?
a) prizma, b) to‘g‘ri uchburchak, v) tana, g) geometriya, d) kub.
Harakat, omad; ishlov bermoq,?
a) tovar, b) mehnat, v) bezak, pardoz, g) yutuq, d) narx.
Hayvon, echki; ovqat,?
a) oziq-ovqat, b) taom, v) tushlik, g) non, d) oshxona.
Ochlik, qotma; mehnat,?
a) kuch, b) charchoq, v) entuziyazm, g) to‘lov, d) dam.
Oy, yer; yer,?
a) Mars, b) yulduz, v) quyosh, g) sayyora, d) havo.
Qaychi, qirqmoq; naqsh,?
a) kashta tikmoq, b) bezamoq, v) yaratmoq, g) chizmoq, d) egovlamoq.
Avtomobil, motor; yaxta,?
a) bort, b) kil, v) korma, g) yelkan, d) machta.
Roman, prolog; opera,?
a) afisha, b) programma, v) mebretto, g) uvertyura, d) ariya.
Qayrag‘och, eman; stol,?
a) mebel, b) shkaf, v) dasturxon, g) garderob, d) garnitur.
Til, achchiq; ko‘z,?
a) ko‘rish qobiliyati, b) qizil, v) ko‘zoynak, g) nur, d) o‘tkir.
Taom, tuz; ma’ruza,?
a) zerikish, b) konspekt, v) hazil, g) til, d) suhbat.
Yil, bahor; hayot,?
a) quvonch, b) qarilik, v) tug‘ilish, g) yoshlik, d) o‘qish
Jarohat, og‘riq; tezlikning oshishi,?
a) masofa, b) protokol, v) hibs, g) avtohalokat, d) havoning qarshiligi.
Fan, matematika; nashr,?
a) chop etish, b) hikoya, v) jurnal, g) gazeta, “xabar”, d) redaksiya.
Tog‘lar, dovon; daryo,?
a) qayiq, b) ko‘prik, v) kechuv, g) parom, d) qirg‘oq.
Teri, sezish; ko‘z,?
a) yorug‘lik, b) ko‘rish qobiliyati, v) kuzatish, g) nazar, d) sezish.
G‘am, kayfiyat; g‘azab,?
a) tashvish, b) jahl, v) qo‘rqinch, g) affekt, d) kechirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |