Bozorning vazifalari
Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning mazmunini to’laroq tushunmoq uchun uning turlarini va ichki tuzilishini bilish zarur.
1.2. Strategik boshqaruv va tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi roli
Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustaxkamlash, iste’molchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo’lgan turli yo’llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir.
Firmani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funktsiya va bo’linmalarni o’z ichiga oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar. Strategik tanlash - bu biznes echimlar va raqobatga bardoshlilik xarakatlarini yagona tizimga boglash demakdir.
Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyalaridan biridir. Ba’zi menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni xayotga tadbiq eta olmaydilar. Boshqalari o’rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona amalga oshiradilar. Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va moxirona amalga oshirilgan bo’lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil etilgan kompaniyalar xam kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan xolatlarga, kuchli raqobatga va ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi.
Ma’lumki, menejment quyidagilarni aniqlashdan iboratdir:
-«biz qaerdamiz?»
- «qayoqqa ketyapmiz?»
- faoliyatimizning maqsadlari qanday?»
- maqsadga erishish yo’llari qanday ?»
- optimal yo’lni tanlash mezonlari nimalardan iborat?
- pirovard natija qanday bo’lishi kerak?
Bu savollarning javoblari kelgusi boshqaruv tsikllarida foydalanish uchun maqsad va natijalarni aniqlash uchun o’ta muximdir.
Strategik menejment kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (xarakatlar tarzini) va uning aniq vositalarini ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada menejmentning yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi.
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:
- firma biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish;
- firmaning tashqi muhitini tahlil qilish;
- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;
- firma yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab chiqish;
- diversiyalangan firmaning portfelini tahlil qilish;
- uning tashkiliy strukturasini loyihalash;
- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;
- «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish,
- firma faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fe’l atvor me’yorlarni belgilash,
- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash,
- strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish.
Bularning barchasi 1 rasmda keltirilgan.
Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda foydalaniladigan tashkiliy xatti xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir.
Biznes soxasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va uzoq muddatli vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish strategik rejani tashkil qiladi.
Firma strategiyasini yaratish o’zaro bogliq 5 ta qismdan iborat:
1) tijorat faoliyatining turini aniqlash va firma rivojlanishining yo’nalishini belgilash, ya’ni maqsadni aniqlab uzoq muddatli istiqbolni belgilash;
2) umumiy maqsadlarni ishning aniq yo’nalishlariga aylantirish;
3) ko’zlangan ko’rsatkichlarga erishish uchun tanlangan rejani moxirona amalga oshirish;
4) tanlangan strategiyani samarali ijro etish;
5) bajarilgan ishni baholash, bozordagi vaziyatni taxlil qilish, faoliyatning uzoq muddatli asosiy yo’nalishlariga, maqsadlarga, strategiyaga yoki uni amalga oshirish usullariga tuzatishlar, yangi g’oyalar kiritish.
1.1.4-chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: |