Endomitoz. Mitoz va meyozdan farqli ravishda endomitozda yangi yadro hosil bo‘lmaydi va hujayra bo‘linmaydi.Endomitozda xromosomalarning o‘zgarishi yadro qobig‘i buzilmay davom etib, xromosomaning spirallanishidan boshlanadi. Bu davrda xromosomalar yaxshi ko‘rinadi-endoprofaza.Endoanafazada xromosomalar xromatidlarga ajraladi. Endotelafazada ajralgan xromosomalar despiralizasiyaga uchraydi. Endomitoz natijasida yadrodagi xromosomalar soni 2 marta ko‘payadi va yadro poliploid bo‘lib qoladi. Poliploidiyada xromosomalar soni uch, to‘rt, besh marta ham olishi mumkin. Poliploidiya usma hujayralarida patologik holatlarda yoki gibridizasiya natijasida hosil bo‘ladi. Shunday qilib, endomitozda butun o‘zgarishlar mitotik apparat hosil bo‘lmay, yadro qobiqining saqlanishi bilan kechadi.
1.3. Meyoz va Amitoz biologik ahamiyati va tuzulishi. Meyoz jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarda uchraydi. Meyoz bo‘linishda xromosomalari diploid to‘plamga ega hujayralardan gaploid to‘plamli xromosomalari bor gametalar rivoj- lanadilar. Meyoz gametogenez - jinsiy hujayralaming rivojlanish ja- rayonida kuzatiladi. Meyoz ketma-ket keladigan ikki: reduksion va ekvatsion bo‘linishdan tashkil topadi. Ulaming har ikkisida ham pro-faza, metafaza, anafaza, telofazalar mavjud. Shu sababli reduksion va ekvatsion bo‘linish fazalarini farqlantirish maqsadida reduksion bo‘linish fazalari oldiga I rim raqami, ekvatsion fazalari oldiga esa II raqami yoziladi. Meyoz xuddi mitoz singari interfazadan boshlanadi. Meyoz bo‘linishning I profazasi ayniqsa juda muhim sanaladi. Chunki u uzoq muddatli murakkab jarayonlami qamrab oladi. I profazada ikkita xromotiddan iborat bo‘lgan xromosomalar har biri spirallasha boshlaydi, yo‘g‘onlashadi va kattalashadi. So‘ngra bolaga ota va onadan o‘tgan har bir juft xromosomalar uchlari bilan bir-birlariga yaqinlashadilar, keyin uzunasiga yopishib yonma-yon joylashadilar. Shunday holat xromosomalar tetradasi deb nomlanadi. Gomologik juftli xromosomalaming o‘zaro uzunasiga yopishishi konyugatsiya hodisasi deyiladi. Ba’zi vaqtlarda konyugatsiyalashgan xromosomalar bir-biri bilan o‘z xromotidlarining o‘xshash qismlari bilan almashinadilar. Bu hodisa 13-rasmda. aniq ko‘rsatilgan. Gomologik juft xromosomalaming ayrim qismlari bilan o‘zaro almashinuvi xromosomalar chalkashuvi yoki krossingover hodisasi deb ataladi. Krossingover hodisasi genlaming, ularning ta’sirida rivojlanadigan belgilaming birikkan holda irsiylanishida va duragaylar avlodida yo ota yoki ona belgilarinigina emas, balki ulaming ayrim belgilarini o‘zida mujas- samlashtirgan organizmlar rivojlanadi.I profazada krossingoverdan tashqari mitozning profazasiga o‘xshash yadro qobig‘i parehalanadi, yadrochalar yo‘qoladi, sentriolalar ikki qutbga yo‘naladilar.I metafazada xromosomalar juft-juft holatda hujayraning markaziy qismiga to‘planadilar.I anafazada esa juft-juft xromosomalar o‘z sentromeralarini saqlagan holda ikki qutb tomon harakatlanadilar.I telofazada xromosomalar soni ikki marta kamaygan holda bo‘ladi. Masalan, I profazada krossingoverdan oldin odam hujayrasi 46 juft xromatidlar bo‘lgani holda, I telofazada ikki marta kam 23 juft bo‘ladi.
Meyozning reduksion bo‘linishidan so‘ng interkinez kuzatiladi. In- terkinezda DNK molekulasi xromosomalari ikki marotaba ko‘payishi ro‘y bermaydi.Meyozning ekvatsion bo‘linishi reduksion boiinishiga nisbatan tez boladi.II profazada xromosomalar hosil boiadi, yadro qobigi parchalanadi, yadrochalar yo‘qoladi, sentriolalar ikki qutb tomon yo‘naladilar. II metofazada juft-juft xromosomalar hujayra markaziga to‘planadilar.II anafaza esa xromosomalar juftligini ta’minlagan sentriolalar ikkiga boiinishi tufayli xromosomalar juft holatdan yakka holatga o‘tadilar va ularga birlashgan mikronaychalaming qisqarishi natijasida ikki qutb tomon harakatlanadilar.Yagona ona hujayraning reduksion boiinishi oqibatida hosil bo’lgan ikkita qiz hujayraning har biri ekvatsion boiinish natijasida ikkiga ajraladi. Ulaming har birida gaploid to‘plamli xromosomalar boladi.
Meyozning mitozdan farqi:
1) mitoz bir marta, meyoz ikki marta boiinishdan iborat;
2) Mitozda ona hujayraning diploid to‘plamli xromosomalari saqlangan holda qiz hujayralarga beriladi. Meyozning qiz hujayralari gametalarida xromosomalaming gaploid to‘plami bo‘ladi;
3) Mitoz bo‘linishda ikkita qiz hujayra, meyoz bo‘linishda esa 4 ta
gameta hosil bo‘ladi;
4) Mitozning anafazasida ikki qutbga xromosomalar yakka-yakka holatda tarqaladi. Meyozning reduksion boiinishini anafazasida xromosomalar sentromeri alohida-alohida boimagani sababli ikki qutbga juft-juft holatda tarqaladi;
5) Meyozning reduksion boiinishi profazasi uzoq muddatli bo’lib, ota-ona juft xromosomalari o‘rtasida konyugatsiya hodisasi ro‘y beradi, mitozning profazasida bunday hodisa kuzatilmaydi.Meyozning biologik ahamiyati. Meyoz boiinishda gametalarga ota-ona xromosomalari qutblarga tasodifiy tarqaladi, natijada ularning xilma-xil kombinatsiyalari ro‘y beradi. Bir ota va ona bolalarining har xil boiishi spermatogenez va ovogenezda ota-ona xromosomalaming tasodifiy tarqalishi, urugianish mobaynida gametalarning tasodifiy qo‘shilishi bilan izohlanadi.2.5. Odamning ko‘payishi va individual rivojlanishi. Ko‘payish - organizmlaming avlod qoldirish xususiyatidir. Odam boshqa yuksak organizmlar singari jinsiy y o i bilan ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda ota-ona organizmlari qatnashadi. Ulaming har birini jinsiy bezlarida jinsiy hujayralar hosil boiadi. Jinsiy hujayralar - gametalar rivojlanishini - gametogenez deyiladi. Qanday jinsiy hujayra rivojlanishiga qarab gametogenez - spermatogenez va ovogenezga boiinadi.Spermatogenez. Homilaning generativ to‘qimalari hosil bo’lgandan so‘ng boshlanadi. Bola balog‘atga yetgach qaytadan davom etadi. Spermatogenez shartli ravishda 4 bosqichga boiinadi. Bular, ko‘payish, o‘sish, yetilish va shakllanish bosqichlaridir.K o‘payish bosqichida xromosomalari diploid to‘plamga ega boigan boshlangich hujayralar mitoz usulda boiinib, ko‘payadilar va natijada spermatogoniylarni hosil qiladilar.0 (sish bosqichida diploid to‘plamli interfaza holatidagi hujayralar o‘sib kattalashadi va xromosomalar soni ikki martaga ko‘payadi. Bulami birinchi tartibli spcrmatotsit hujayralar deb ataladi. So‘ngra ular meyozning I profaza boiinishiga o‘tadilar.
Yedlish bosqichida hujayralar meyoz usulda ko‘payadilar. Meyozning reduksion bolinish davrida bitta birinchi tartibli sper- matotsitdan ikkita ikkinchi tartibli spermatotsitlar hosil boiadi. Meyozning ekvatsion bolinish davrida esa ikkita ikkinchi tartibli spermatotsitlardan to‘rtta spermatidalar rivojlanadi. Spermatidalaming hammasida 22 tadan autosomalar, ikkitasida bittadan X jinsiy xromosoma, ikkitasida bittadan Y jinsiy xromosoma bo‘ladi.