3.2.-rasm. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 220-guruhda o’tkazilgan sinov ishining natijalari5.
Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo’nalishi 220- nazorat guruhi talalabalaridan test sinovi va AutoCAD grafik dasturida chizgan chizmalari asosida 5 ta 5, 14 ta 4 va 8 ta 3 baholar qayt etildi.
Har ikkala guruhlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi mavzuga oid 50 tadan test orqali aniqlandi. Yuqoridagi test natijalari tahlil qilinganda, nazorat guruhi talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatgichi tajriba guruhi talabalariga nisbatan past ekanligi aniqlandi. Bunday holatda olingan test natijalarida ko‘rinib turibdiki, nazorat guruhida sifat ko‘rsatgichi 77,6% ni tashkil etgan bo‘lsa, tajriba guruhida esa 83,6 % ni tashkil qildi. Demak nazorat guruhida darslarning an’anaviy tarzda olib borilishi talabalar bilimining sifat ko‘rsatgichi pastroq, tajriba guruhida esa aksincha darslar noananviy usuldan foydalanilgan holda olib borilganda sifat ko‘rsatgichi yuqori ekanligi ko‘rsatdi.
Tajriba-sinov natijalarini qayta tekshirishda matematik-statestika usullaridan foydalanildi.
Talabalar topshiriqlarni bajarishni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha samaradorlik mezonining ko‘rsatgichlari sifatida quyidagilardan foydalanildi:
T ajriba va nazorat gurunlarining o‘zlashtirishlarini taqqoslash maqsadida guruhlarda o‘zlashtirish bahosining o‘rtacha qiymati deb olindi.
3.3-rasm. Olingan natijalarni o’zaro taqqoslash6.
Bu yerda xi – o‘zlashtirish ko‘rsatgichi (baho qiymati) bo‘lib, ular 2, 3, 4, 5 qiymatlarni qabul qiladi. mj – baholarning takrorlanish soni, N – tajribada ishtirok etayotgan talabalarning soni.
Olingan natijalarni qayta ishlaymiz.
Tajriba va nazorat guruhlarining o‘zlashtirish bahosining o‘rtacha qiymati.
% qiymati esa diagramma ko‘rinishida ifodalangan
Sifat koeffitsenti
Ko‘rsatgichlar quyidagi diagrammada ifodalangan.
3.4-rasm. Sifat koeffitsenti ko’rsatkichi7.
III-bob bo‘yicha xulosa
Shunday qilib tajriba-sinov ishlari natijalari tahlil qilinganda samarali natijalarga erishildi va quyidagi xulosalarga kelindi:
- tajribalar shuni ko‘rsatdiki, talabalar mustaqil tarzda, darsdan tashqarida taklif etilgan noan`anaviy metoddan foydalangan holda mavzuni chuqur o‘zlashtirdilar;
- grafik ish vazifalarini bosqichma-bosqich bajarish metodi talabalarni fazoviy tasavvurini oshiradi va ularni muhandislik kompyuyer grafikasi fani bo‘yicha mustaqil o‘quv faoliyat olib borishga yo‘naltirildi;
- talabalar grafik ish vazifalarini bosqichma-bosqich bajarish metodidan bir butun jamoa bo‘lib foydalanishlari mumkin. Bu talabalarni auditoriyadan tashqarida ham muhandislik kompyuter grafikasi fanini chuqur o‘rganishda qatnashishi mumkin ekanligidir;
- grafik ish vazifalarini bosqichma-bosqich bajarish metodi asosida darslar olib borilayotganda talabalar uchun quydagi shart-sharoitlar yaratilishi lozim:
birinchidan, talabalar muhandislik kompyuter grafikasi fani bo‘yicha grafik ish vazifalarini bajarayotgan vaqtlarida ularga iloji boricha erkinlik berish va masala yechishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish lozim;
ikkinchidan, grafik ish vazifalarini bosqichma-bosqich bajarish metodini yanada qiziqarli, turli xildagi dolzarb ma’lumotlar bilan boyitish, vertual ko‘rgazmalilikni oshirish lozim;
uchinchidan, didaktik o‘yin, interfaol metodlardan keng foydalanish talabalarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |