I. Bob. Harakatli o’yinlarni qisqacha tarixi, tushunchasi, davrlari va pedagogik ahamiyati



Download 26,03 Kb.
bet2/6
Sana25.01.2023
Hajmi26,03 Kb.
#902369
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Harakatli oyinlarWPS Office

Ishningd olzarbligi.
Yosh avlodni tarbiyalash va o’qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo’lmaydi. Bu ajdodlarimiz tomonidan isbot qilingan ilmiy-nazariy falsafiy- tarbiyaviy haqiqatdir.O’quvchilarni jismoniy tarbiyadarslarida
va darsdan tashqari mashg’ulotlarida jismonan baquvvat, ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash masalalari dolzarb bo’lib turibdi. bu masalarni hal qilishda jismoniy tarbiya o’qituvchilarioldida turgan vazifadir.
Ishning o’rganish darajasi.
Keyingi yillarda jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini oshirish o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, o’quvchilarni dars davomida etarli yuklama bilan ta’minlash, dars zichligini oshirish, darsda yangi pedogogik texnologiya uslublarini qo’llash olimlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri.Bu sohada T.Usmonxo’jaev, F.Xo’jaev, Mahkamjonovlar kabi olimlar o’z hissalarini qo’shibkelmoqdalar.
Kurs ishning maqsadi
Harakatli o’yinlarni o’quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtda tarbiyaviy- sog’lomlashtirish ishlarni olib borishda, kichik va o’rta yoshdagi maktab maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ahamiyatini ochib berish.
I. Bob.Harakatli o’yinlarni qisqacha tarixi, tushunchasi, davrlari va pedagogik ahamiyati.
1.1 Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi.
O’rta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik o’yinlari bo’lgan. Paleolit davri boysun tog’idagi teshiktosh g’oridan bundan yuz ming burungi pespertol (o’rta paleolit) odam suyagining topilishi, Samarqand- dagi Omonqo’ton qishlog’idagi g’ordan topilgan tosh qurollar, Surxondaryo- ning Zarautsoy kamarida alvon rangdagi suratlar, Xo’jakent qishlog’idagi toshlarga chizilgan kiyik hamda ho’kiz tasviri va boshqa ko’pgina arxeologik topilmalar va ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar, jumladan, bola- lar folklor o’yinlarining eng sodda shoxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning tug’ilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi. Mazkur suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonot olami va tabiat bilan bog’liq marosimlari aks etib, ov vaqtida jonivorlar terisidan niqob kiyib yurishlari, bir tomondan, ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni ko’zlasa, ikkinchi jihatdan, ularning tushuncha va e’tiqodlarini etnografiq hamda urf-odatlari, qadriyatlarini ham ifoda etadi. Farg’onaning Soymalitosh tog’i g’orlariga chizilgan rasmlar (eramizdan oldingi II—I asrlar) hayvon terisini yopinib, o’yinga tushayotgan shikor marosimlaridan dalolat beradi. Hayvonlar to’dasiga yaqinlashish uchun ibtidoiy odam hayvon yoki qushlarga aynan taqlid qilish, buning uchun esa ularning o’ziga xos xususiyatlarini, yurishturishlarini, o’t-o’lanlar bilan oziqlanishlarini, bir-birlari bilan olishishlarini, hurkib qochishlarini, hatto tovushlarini ham o’rganishga to’g’ri kelardi. Nihoyat, yovvoyi hayvonlarni ov qilish shart-sharoiti odamning chaqqon va abjir, jasur va toliqmas bo’lishini, buning uchun doim tinimsiz shug’ullana borishini talab qilardi. Bularning hammasini o’z navbatida ibtidoiy odamda jismoniy-ritmik yoki tabiat hodisalariga taqlid qiluvchi pantomima harakat va o’yinlar, qahramonlik raqslarining tug’ilishiga olib kelar edi. tog’ qoyalari va g’orlarda chizilgan suratlardagi o’yin tasviri mazmun-ma’no va shakl-shamoyil jihatdan turli xarakterga ega. Ayrimlari ov va mehnat jarayonini, ba’zilari esa tabiat hodisalariga taqlid shaklida, boshqalari jangovarlikni, afsungarlikni, imo-ishora va pantomima san’atini eslatadi. Dastlabki paytlarda shovqinli betartib o’yinlar bora-bora musiqaviyohang pantomima hamda plastik harakatlar orqali amalga oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday etnografik talqindagi o’yinlar turli shakllarga ko’chib «Ayiq o’yini», «Devo’yini», «Maymuno’yini», so’ngra «Pishiqo’yin», «Oto’yini», «Yumronqoziq o’yini», «Echki o’yini», «Bo’ri o’yini», «Kaltak o’yini», «Burgut o’yini», «It o’yini (irillatar o’yini)», «Quyon o’yini», «Tulki o’yini», «Jak-jaku o’yini» qabi ko’pgina o’yinlar, pantomimalari avloddan-avlodga o’tib kelayotgani ma’lum. Ular bevosita yoxud bilvosita bolalar folklor o’yinlariga aloqadordir. Shu tariqa «o’yin» so’zi turkiy xalqlarning o’ynamoq so’zi bilan bog’liq holda (uy, aql, hiqmat ma’nolarini beradi). aql fahmni, harakat va imo-ishoralar vositasida ifoda etmoqlik esa o’yinlarning dunyoga kelishida muhimdir.O’zbek an’anaviy bolalar folklor o’yinlarining mavzu qamrovi va ijro uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot, kishilar munosabatlarining biron-bir jabhasi yo’qki, ular o’yinlar nazariga tushmagan bo’lsin. xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik, polizchilik madaniyati deysizmi, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, axloqiy yoxud ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi- barchasi an’anaviy o’yinlarga mavzudir. Xususan, o’zbek bolalar folklor o’yinlari boshdan-oyoq ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy tushunchalar bilan yo’g’rilgan. Xalqimizning ming-ming yillarda bosib o’tgan tarixiy yo’lida, tajriba-sinovlar dan qayta-qayta o’tib, yaxlit va mukammal holga kelib, bizgacha etib kelgan bolalar folklor o’yinlarining mazmun yo’nalishiga qarab quyidagicha turlarga bo’lish mumkin:
Mavsumiy bolalar folklor o’yinlari: ilk bahor, yoz, qish mavsumlarida o’ynaladigan folkloro’yinlar.
Marosim bolalar folklor o’yinlari: rasm-rusumlar, odatlar, marosimlar, an’anaviy bayramlarda o’ynaladigano’yinlar.
Mehnat bilan bog’liq bolalar folklor o’yinlari: «erni tobiga kelti- rish,haydash», «ekin ekish», «qovun-qovun», «o’rik qoqish», «qovun sayli», «yanchiq», «xo’sh-xo’sh», «churey-churey», «sigir sog’di», «tuya qaytarish», «ot sug’orish» va boshqalar.
Oilaviy-maishiy bolalar folklor o’yinlari: «mehmon-mehmon», «kelintushirish», «kelin-kuyov», «ona bola», «ovqat pishirish», «uy jihozlash», «qo’g’irchoq o’yini», «non yopish», «er-xotin», «alla-alla», «beshik bezash», «beshikka belash» va boshqalar.
Jismoniy harakatli bolalar folklor o’yinlari: «quvlashmachoq», «kes-kes», «ko’rpa yopildi», «ziyrak», «g’oz-g’oz», «koptokni quvib et», «oq suyak», «to’p- tosh», «sinish», «chiqildoq», «chopish», «zuv-zuv», «oq terakmi-ko’k terak», «eshak mindi», «lanka», «ot o’yini», «qiz quvdi» va boshqalar.
Mantiqiy bolalar folklor o’yinlari: tez aytishlar, topishmoqni topish o’yinlari, aytishuvlar, savol-javoblar, o’ylab top, xotirani tiklash o’yinlari, chamalashlar va boshqalar.
Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bog’liq bolalar folkloro’yinlari.
Ermak bolalar folkloro’yinlari.
Musiqa o’yinlari.
Xalq o’yinlari, jumladan, bolalar folklor o’yinlari, eng qadim zamonlardan boshlab xalq hayoti tarzini, ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy tayyorgarligini, estetik dunyoqarashini mujassamlashtirgan holda shu kungacha rivojlanib, mazmun- maqsadiga ko’ra teranlashib bizga etib kelgandir. Boshqa san’at turlaridan farqli o’laroq, o’yinlarda xalq ruhiyati, psixologiyasi, yosh avlod tarbiyasiga bo’lgan munosabatida yorqin aks etadi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, kechki paleolit davrida (taxminan miloddan 40-41 ming yil ilgari) er yuzining shimolida totemga oid mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi odamlarning chorvachilik va dehqonchilikka o’tishi(bu jarayon o’rta osiyoda miloddan oldingi III ming yillik oxiri II ming yillik boshlariga to’g’ri keladi) ana shu yangi sohaga oid odat, marosim va o’yinlarni vujudga keltira boshladi. Ma’lumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea bu hosilni yig’ish va yangi noz-ne’matlarni totib ko’rish jarayoni bo’lgan. Yil bo’yi kutilgan bunday jarayon, dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan. Bunday ko’tarinki kayfiyatni harakatlarda aks ettirish maqsadida kishilar o’yinlar va marosimlarni tashkil qilishgan, “mehnat o’yinlari” yaxshi kayfiyat bilan keng ma’noda aytilganda bayram ruhiyatini vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan boshlab o’troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning tez rivojlanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirishish, kuzda hosilning yig’ib olish yakuniga bag’ishlangan bayramlar va o’yinlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar o’tishi bilan an’anaga aylana boshlagan. Demak, insonning «birinchi kasbi»-ovchilik asosida-“ovchilik o’yinlari” vujudga kelgan bo’lsa, uning dehqonchilikka o’tishi va u bilan shug’ullanishi natijasida “mehnat o’yinlari” shakllanib, yangi mehnat o’yinlari va bayramlari uchun zamin yaratgan.
Abu Rayhon Beruniyning «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa navro’z bayrami kunlarida har xil musobaqalar va o’yinlar «ko’pkari», «kurash», «ekin ekish», «xo’rozlar jangi», poyga bayramning ko’rki sanalgan. Shu bilan birga bedana, xo’roz, qo’chqor urishtirish o’yinlari ham o’tkazilgan.Shuning uchun xalq o’yinlarining dastlabki namunalari insoniyat ongi va tafakkuri bilan bog’liqdir. Uning paydo bo’lishida o’sha davr shart-sharoitlari, odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyoqarashi, urf-odat va marosimlari asosiy rol o’ynagan. Avvalo oddiy og’zaki bayonning dastlabki namunalari paydo bo’lgan. Ular nihoyatda sodda bo’lib, turli xildagi undov xitoblar va voqealarning bayonidan iborat bo’lgan. Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi.Jahonga mashhur bo’lgan olim, tibbiyot ilmining buyuk namoyandalaridan biri Abu ali Ibn Sino tibbiyotda jismoniy mashqlarning roli katta ekanligini ilmiy asoslab, o’sha vaqtlardayoq xalq milliy o’yinlari va milliy kurash haqida qimmatli fikrlarni yozib qoldirgan. masalan, u quyidagi o’yinlarni:«Yoydan o’q otish»,“Kichik qurollarbilan chavgon o’yinlari”,“Bir oyoqda sakrash”,“Yuqoridagi bir narsaga irg’ib osilish”,“Nayza otish”, “Tosh ko’tarish” va shunga o’xshash o’yinlarni yozib qoldirgan. Unga tevrak-atrofidagi shaxslar sen bilimdon va aqlli, o’zing bolalarga har xil fanlardan bilim berasan-u, yana ular bilan o’ynaysan, deganlar, Ibn Sino bunday tanqidiy mulohazaga: «Inson hayotining har bir davri o’zining go’zalligiga ega. Bolalikning xususiyati esa o’yin, deb javob bergan edi.


Download 26,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish