I. Bob. Harakatli o’yinlarni qisqacha tarixi, tushunchasi, davrlari va pedagogik ahamiyati


II.Bob.Harakatli o’yinlarni tashkil qilish shakllari, darsdan tashqari vaqtda harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasi



Download 26,03 Kb.
bet5/6
Sana25.01.2023
Hajmi26,03 Kb.
#902369
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Harakatli oyinlarWPS Office

II.Bob.Harakatli o’yinlarni tashkil qilish shakllari, darsdan tashqari vaqtda harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasi.
2.1.Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko’ngil olish bog’larida harakatli o’yinlarni tashkil qilish.
Aholi istiqomat joylari deganda asosan shaharlar, qishloqlar tushuniladi. Qishloqlar ham qo’rg’onlar (posyolka), katta – kichik qishloqlardan iboratdir. Shaharlarda daha, mavze, mahallalar turli hil bo’ladi. Katta qishloqlar, qo’rg’onlar, mavze(kvartal) va mahallalarda bolalar va katta yoshdagi kishilar uchun sportinshoatlari (futbol maydonlari, turli xil o’yin joylari, ochiq va yopiq suv havzalari. Maxsus trenajyor va h.k.) qurilmoqda.
Respublika prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmonlar, qarorlarda ta’kidlanishicha aholi istiqomat joylarida sog’lomlashtirish jismoniy tarbiya va sport ishlarini kengaytirish, shart-sharoitlar yaratish, mutaxassis xodimlar bilan yaratish va faol tashkilotchilarni ko’paytirish ko’zda tutilgan. Buning asosiy maqsadi aholining salomatligini muhofaza qilish, jismoniy va ma’naviy barkamollikni rivojlantirishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda turli sport turlari bo’yicha ommaviy sport musobaqalarini o’tkazish, milliy qadriyatlar mazmuni bo’lgan harakatli o’yinlar bo’yicha nufuzli tadbirlarni o’tkazishda keng jamoatchiligini jalb etish talab etiladi. Mustaqillikning sharofati tufayli qishloq va shaharlarda turli idoralar uchun koshonali binolar qurish, ommaviy – madaniy tadbirlari uchun o’yin maydonlarini kengaytirish va ayniqsa ko’p qavatli uy-joylar, qasrga o’xshash hovlilar qurish ko’paytirilmoqda. Bu o’z navbatida odamlarning turli madaniyati yaxshilanib borishidan dalolatdir. Turmush madaniyatning o’sishi sog’lom turmush kechirishga da’vat etadi. Sog’lom turmush tarzida esa sport o’yinlari, harakatli o’yinlar muhim o’rin egallamoqda.
Hovli va ko’p qavatli uylar sharoitida oilaviy va mustaqil ravishda yakka tartibda jismoniy mashqlar – o’yinlar orqali o’z salomatligini yaxshilash maqsad qilib olayotgan kun sayin ko’payib bormoqda.
Keng maydonlar bolalarning o’yin maydonlari, xiyobonlar kun bo’yi, ayniqsa dam olish kunlari, ta’til joylari va bayramlarda turli o’yinlar bilan band bo’lganlar, ko’payib bormoqda. Ularni tashkil qilishda ota-onalar, ba’zi faol jamoatchilar, mutaxassislar bevosita faoliyatko’rsatmoqda.
Qishloq joylaridagi katta to’ylar, an’anaviy bayram kunlari va boshqa madaniy tadbirlar katta-kichik kishilar va bolalar o’rtasida kurash, ot o’yinlari, turli xil milliy harakatli o’yinlar mazmuni jihatdan tashqari tashkil qilinmoqda. Ayniqsa qiz va o’g’il bolalarning “Quvlashmoq”, “Arqon tortish”, “Elkada kurash”, “Piyoda ko’pkari”, “To’qqiz bosh”, “Bo’ta soldi”, “Ko’z bog’lash”, “Kimqoldi” kabi milliy harakatli o’yinlar ruschaga tarjima qilingan. Bolalar va o’smirlarning qir – adirlarda eshak va otlarga minib qilichbozlik, otdan ag’darish, tortishish o’yinlari zavqli o’tishi bilan bir qatorda ularning jismoniy kamolotini o’stirishda xizmat qilmoqda. Xo’roz urishtirish, qo’chqor shoxlatish, it urishtirish, kaklik va bedanalarni sayratish (bahs), kampirlar va chollarning aytishuvlari, raqslari, turli harakatli o’yinlari qadimiy milliy o’yin sifatida namoyish qilish odati davom etmoqda. Ularning estetik zavq berishi va sog’lom bo’lib uzoq umr ko’rishda kishilarga madaniy meros sifatida xizmat vazifasinio’tamoqda.
Toshkent, viloyatlarining markazlari, shahar tusini olgan tuman markazlari, katta qo’rg’onlarda (posyolka) ommaviy sog’lomlashtirish tadbirlari keng ko’lamda tashkil qilinadi. Ayniqsa, mahalla va ko’pqavatli uy joy shaoitlarida estafetali o’yinlar va milliy harakatli o’yinlardan keng foydalanilmoqda. Bunda bolalar va o’smirlarning guruh, jamoa bo’lib musobaqalashishi, kichik yoshdagi (2-6 yoshli) bolalarning mustaqil ravishda quvlashib o’ynashi. To’plar orqasidan yugurish, futbol, xokkey kabi o’yin qismlari (element) qiziqarlio’tmoqda.
Ota-onalar, aka-ukalar yordamida yosh bolalarning (1-6 yoshli) maxsus moslamalardan (narvonlar, g’ildiraklar terib qo’yilgan to’siqlar, g’orlar – teshik va h.k.) o’ynashi harakatchanligini ta’minlash bilan bir qatorda ularning sho’x, zavqli harakatlarini takomillashtirish, estetik hamda emostional tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, ya’ni mahalla faollari, ayni xotin-qizlar yig’ilishi, maktablardagi ota-onalar qo’mitasi majlislarida ta’lim-tarbiya mazmunida turli harakatli o’yinlarni bolalar bilan maqsadli tashkil qilish ishlari tez-tez muhokama qilinmoqda. Buning boisi shundaki, madaniyatli, sog’lom oilalarning farzandlari o’qimishli, madaniyatli, sog’lom bo’lib, ular el-yurt oldida namuna bo’lmoqda. Qaysi birlariga pedagoglik va san’at, yana birlari sanoat, tijorat, qurilish, texnika harbiy xizmat va boshqa sohalarda istedodga ega bo’lmoqda. Demak yashash joylari, ayniqsa oilada milliy harakatli o’yinlarning xosiyatlari cheksiz bo’ladi.
Istirohat va ko’ngil olish bog’lariasosan shahar va shahar tusini olgan joylarda zamonaviy talablar asosida tashkil topmoqda. Ularda katta-kichik yoshdagi kishilar, bolalar uchun tomosha, turli xil atrakstion va milliy harakatli o’yinlar tashkil qilinib, barchaning xordiq chiqarish, miriqib dam olish va jismoniy harakatlar bilan (yurish, yugurish, estafetali o’yinlar, qayiqlarda suzish va h.k.) ko’ngil kechalari yoziladi hamda ma’naviy-ma’rifiy jihatdan oziqlanadi. Shu tufayli maskanlarning mutaxasislari va maxsus xodimlari tomonidan boshqa diqqatga sazovor bo’lgan tadbirlar qatorida milliy harakatli o’yinlar ham tashkil etiladi. Bu tadbirlarda ota-onalar va bolalari birgalikda to’p, arg’amchi, chambarak, bulava, bayroqlar bilan har xil estafetalar uyushtiriladi. Kichik xalqachalarni otib qoziqlarga tushirish, savat ichiga to’pni otib tushirish, yugurish, tik va yoysimon narvonlarga chiqish-tushish, osilib turish kabi qiziqarli harakatli o’yinlar bo’yicha ham, kim tez, kim chaqqon, kim yiqilmay o’tadi, kim tez olib o’tadi kabi bahslar, shartlar va talablar ostida kuchsinashadi.
Demak, harakatli o’yinlar (oddiy va murakkab, zamonaviy va milliy o’yinlar) ko’ngil ochish va istirohat bog’larida ham u yoki bu tarzda o’z o’rniga ega bo’ladi. Shu tufayli dam oluvchilar, ota-onalar va ayniqsa bolalar hamda o’smir-yigitlar ham harakatli o’yinlar tufayli xordiq chiqarishadi, kuch-quvvat to’playdi. Bu o’z navbatda mehnatkashlarni ertangi yumushlarini tetik, ixcham bajarishlari, mehnat samaralariga erishishni ta’minlaydi. O’quvchi yoshlar va talabalarning o’quv sharoitlari, bir-biriga mehr-muhabbatlari, do’stlik, o’rtoqlik kabi fazilatlarni yanada yaxshilaydi. Keksalarning esa ruhiy va jismoniy tetikligi, bardamligiga yanada kuch, zavq bag’ishlab, uzoq yillar sog’lom bo’lib yurishlariga bir olam dunyo hissaqo’shadi.
Xulosa shundaki, ko’ngil ochish va istirohat bog’larida jismoniy madaniyat tadbirlarini ko’proq maqsadli va mazmunan qiziqarli qilib o’tkazishga yanada ko’proq ettibor berish lozim. Buning uchun esa maxsus tashkilotchilar, faol ishlarini kengaytirishga to’g’ri keladi.
Bolalarning (bog'chada) milliy harakatli o’yinlarni tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlari va maqsadlari bo’ladi.


Download 26,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish