I bob global energetic muammolar ularning xususiyatlari va tasniflari global energetic muammlarning kelib chiqishi jaxonning rivojlangan mamalakatlarida energetika majmuasining tavsiflari


ENERGETIK MUAMMOLARNI HAL ETISHDA JAXON TAJRIBASI



Download 41,99 Kb.
bet9/12
Sana03.04.2022
Hajmi41,99 Kb.
#525688
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
XUSSI

3.1 ENERGETIK MUAMMOLARNI HAL ETISHDA JAXON TAJRIBASI
Global muammolarning vujudga kelishi va keskinlashuvi sabablari jahon aholisi sonining qisqa vaqt ichida bir necha barobar o‘sganligi, sanoat va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, tabiiy muhitdagi muvozanatning inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida buzilishi, jahon xo‘jaligida xalqaro iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi tufayli yagona global tizim sifatida shakllanishi, fan-texnika inqilobi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining salbiy oqibatlari, davlatlar va siyosiy kuchlar o‘rtasida ziddiyatlar kuchayishi kabilardan iborat.
Asosiy global muammolar qatoriga, odatda, quyidagilar kiritiladi: tinchlikni saqlash va jahon xavfsizligini ta’minlash muammosi; ekologik muammo; rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqlik muammosi; demografik muammo (rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va rivojlangan mamlakatlardagi demografik inqiroz);
oziq-ovqat  muammosi,  energetika 
muammosi,  xomashyo  resurslari  muammosi, Dunyo okeanidan oqilona foydalanish muammosi; millatlararo va dinlararo munosabatlar muammosi; qon-yurak, onkologik kasalliklar va OITSga qarshi kurashish muammosi. Bundan tashqari, boshqa bir guruh muammolar ham ayrim adabiyotlarda global muammolar toifasiga kiritiladi, masalan, favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish va oldini olish muammosi, koinotni o‘zlashtirish va fazoviy ekologiya muammosi yoki ma’naviy qadriyatlar inqirozi muammosi.
Global muammolardan tinchlikni saqlash va qurolsizlanish muammosi eng universal ahamiyatga ega, chunki bu muammo hal etilmasa, Yer yuzida hayot va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta achinarli ahvolga kelishi muqarrar. Insoniyat tarixida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y bergan va, ming afsuski, harbiy mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli hududlarida hanuzgacha yuz bermoqda. Lekin, global darajada bu muammo jami 70 milliondan ziyod kishi qurbon bo‘lgan ikkita jahon urush bo‘lib o‘tgan XX asrda keskinlashdi. Urushdan keyingi davrda esa kapitalistik va sotsialistik davlatlar, ayniqsa, AQSH va Ittifoq o‘rtasidagi o‘tkir qarama-qarshiliklar sharoitida "qurol poygasi” keskinlashib ketdi. 
Hozirgi vaqtda AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Fransiya,  Xitoy, HindistonPokiston  jahon  hamjamiyatining  rasman  tan olingan  yadroviy  qurolga  ega davlatlari  hisoblanadi.  Shuningdek, rasmiy yadroviy maqomga ega bo‘lmagan KXDR ham bu turdagi qurolga ega ekani barchaga ma’lum. 
Jaxonning turli mintaqalarida urush va harbiy to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. Harbiy harakatlar va fuqarolik urushlari tufayli ayrim davlatlar gumanitar falokat vaziyatiga kelib qoldi. Bunga Suriya, Iroq, Liviya, Somali, Afg‘oniston, Janubiy Sudan va boshqa davlatlarni misol tariqasida keltirilishi mumkin.
Shuningdek, sust rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloq ligi va qashshoqligi ham muhim muammolardan hisob lanadi.
Energetika muammosi ham dolzarb global muammolaridan biri bo‘lib, uning mohiyati jahon energetika balansining aksariyat qismi tugaydigan energiya manbalariga to‘g‘ri kelishi bilan tavsifl anadi. Ya’ni, mineral yoqilg‘i resurslari (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, slanes, torf) zaxiralarining kamayishi yoki ularni qazib olish tannarxining ancha ko‘tarilishi, aholi va ishlab chiqarishning energiyaga bo‘lgan ehtiyojlari orasidagi tafovut bilan bog‘liq muammoni yuzaga keltiradi. Bu muammoning yechimi, ko‘pchilik mutaxassislar fikricha, asosan ikkita yo‘nalishdagi harakatlar bilan bog‘liq:

energiyani tejaydigan texnologiyalarning amaliyotga keng joriy etilishi hamda quyosh energiyasi, shamol, qalqishlar, geotermal energiya, bioyoqilg‘i singari noan’anaviy (muqobil) energiya manbalaridan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tish. 


Oʻzbekiston uchun BMTning xalqaro munosabatlarda noyob tuzilma sifatida muhimligi mamlakatning kun tartibidagi global va mintaqaviy muammolarni hal etishda, jahon miqyosida qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatini yaratishida koʻrinadi.
Xavfsizlikning zamonaviy tahdidlariga qarshi kurash, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqalishining oldini olish, ekologik muammolarni hal qilish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni har tomonlama qoʻllab quvvatlash, inson huquqini himoya qilish va ragʻbatlantirish mamlakatimizning BMT bilan hamkorligining ustuvor yoʻnalishidir.
Bu borada mamlakatimizning xavfsizlikni taʼminlash borasidagi katta tajribasi samarali munosabatlarning asosini tashkil qiladi. Oʻzbekiston qurolsizlanish va qurollar tarqalishiga qarshi qator asosiy bitim va shartnomalarning ishtirokchisidir. Respublikamiz BMTning terrorizmga qarshi 13 ta konvensiyasiga qoʻshilgan.
Tadbirda bugungi kunda Oʻzbekiston BMTning inson huquqlariga tegishli 60 ta xalqaro huquqiy hujjatlarining, jumladan, oltita asosiy kelishuvning ishtirokchisi sifatida oʻzining xalqaro majburiyatlarini uzluksiz bajarish barobarida, bu boradagi siyosatini ishlab chiqayotganiga eʼtibor qaratildi.
Mamlakatimiz BMTning Afgʻonistondagi tiklanish va bunyodkorlikka koʻmaklashish boʻyicha dasturlarini amalga oshirishida oʻzining harbiy infratuzilmalari elementlarini taqdim qilish, xalqaro gumanitar yuklarni yetkazish uchun oʻzbek-afgʻon chegarasidagi koʻprikni ochib berish, infratuzilmalarni qayta tiklash va turli obyektlarni qurishga koʻmaklashish bilan oʻzining samarali hissasini qoʻshib kelmoqda.
Tuzilma bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlariga toʻxtalinar ekan, bu borada mamlakatimizda 1993 yildan boshlab BMTning Taraqqiyot dasturi oʻz faoliyatini boshlagani, 1999 yildan boshlab esa ushbu dastur mamlakat hamkorligidagi dastur sifatida amalga oshirib kelinayotganiga urgʻu berildi. Bu hamkorlikning asosiy vazifasi Oʻzbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining qisqa va oʻrta muddatlarga moʻljallangan ustuvor vazifalarini bajarish boʻyicha texnikaviy yordam va maslahatlashuvlar orqali koʻmak koʻrsatishdan iboratdir.
Bugun mamlakatda BMTning qator tuzilmalari, yaʼni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (YUNЕSKO), Jahon banki, Oziq ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, Bolalar fondi, Aholishunoslik jamgʻarmasi, Taraqqiyot dasturi, Narkotik moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi, OIV/OITS boʻyicha birlashgan dastur faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu tashkilotlar bilan hamkorlikda 1993 yildan buyon, Oʻzbekistonda davlat boshqaruvini kuchaytirish, atrof-muhit muhofazasi, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, ilm-fan, taʼlim, energetika, kommunikatsiya va boshqa sohalarda jami 434 mln. dollardan ziyod mablagʻ jalb qilinib, 440dan ortiq loyihalar amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda 70 dan ortiq loyihalar muvaffaqiyatli olib borilmoqda.
2016-2020 yillarga moʻljallangan BMTning taraqqiyotga koʻmaklashuvchi Doiraviy dasturi Oʻzbekiston va BMTning oʻzaro munosabatlaridagi yangi bosqich boʻlib, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarning ham amalga oshirilishida ijobiy taʼsirini koʻrsatishi taʼkidlab oʻtildi.

Download 41,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish