GENETIKA FANINING RIVOJLANISH
TARIXI
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….2
I.BOB.GENETIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI.
1.1 Genetika fanining rivojlanish tarixi va ginetikasi…………………………..4
1.2.Genetika faning vazifasi va metodlari……………………………………….5
II.BOB.GENETIKA FANI TARAQQIYOTIGA HISSA QO‘SHGAN OLIMLAR
2.1. Genlarning o‘zaro ta’siri……………………………………………………….7
2.2.Genetika o‘rganadigan irsiyat va o‘zgaruvchanlik………………………..15
XULOSA ………………………………………………………………………...31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………34
KIRISH
Genetika tirik organizmlarning ikki xususiyatini – irsiyati va o‘zgaruvchanligini o‘rganadi. U grekcha “tug‘ilish” degan ma’noni bildiradi. Irsiyat – bu organizmlarning o‘z belgi va xususiyatlarini nasldan naslga o‘tish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlarning belgi va xususiyatlari nasldan naslga o‘zgarmagan holda o‘tadi. Bu xususiyat organizmlarning tur va avlodlarini saqlab qolishini ta’minlaydi.
Jinsiy ko‘payishda erkak va urg‘ochi jinsiy hujayralarning o‘zaro qo‘shilishi, ya’ni urug‘lanish natijasida yangi avlod vujudga keladi. Bunda irsiyatning moddiy negizi jinsiy hujayralarda joylashgan. Jinssiz ko‘payishda yangi avlod bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali to‘zilmalardan rivojlanadi. Bunda ham hujayralar avlodlar o‘rtasidagi bog‘lanishning moddiy negizi bo‘lib xizmat qiladi.
Irsiyatning moddiy negizi bo‘lib hujayra yadrosidagi xromosomalar muhim rol o‘ynaydi. Ular o‘zining aniq nusxasini vujudga keltirish xususiyatiga ega bo‘lib, hujayra bo‘linganida xromosomalarning bu nusxalari teng ikkiga bo‘linib, qiz hujayralarga o‘tadi.
Genetika o‘zgaruvchanlikni ham o‘rganadi – bu avlodlarning bir yoki bir nechta belgi va xususiyatlarini o‘z ajdodlaridan farq qilishidir.
Genetika irsiyat va o‘zgaruvchanlik bilan shug‘ullanishi bilan bir vaqtda qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan masalalarni ham o‘rganadi. Seleksiya uchun zarur usullarni ishlab chiqadi.
Nima sababdan har bir tirik mavjudot urchish jarayonida o ‘ziga o‘xshash formalami hosil etadi degan masala qadimdan kishilami qiziqtirgan bo‘lsada, ming yillar davomida u jumboq bo4ib qoldi. Faqat keyingi asrda bu masalaga tabiyotshunos olimlar birmuncha oydinlik kiritdilar, natijada biologiyaning yangi shoxobchasi boim ish genetika fan sifatida shakllandi. Bu esa barcha tirik organizmlarga xos irsiyat va o ‘zgaruvchanlik haqidagi bilimlami kengayishiga olib keldi. XX asrning ikkinchi yarmida o‘z tadqiqotlariga fizika, kimyo, matematika fan metodlarini joriy etish tufayli genetika biologiyaning tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan sertarmoq sohasiga aylanadi. U o ‘simlik va hayvonlami belgi xossalarinigina emas, balki odamlardagi belgi xossalaming ham irsiylanishini o‘igandi. Odamlarda 5000 ga yaqin kasallik ota-onadan kelgusi nasllai^a berilishi qonuniyatlari kashf etildi. Farzandlarimizni sogiom tug‘ilishi ko‘p jihatdan keng aholi, ayniqsa yoshlar orasida genetik bilimlarni tarqatish, genetik savodxonlikni oshirishi bilan uzviy aloqador. Bu masalani ijobiy hal etishda maktab biologiya o ‘qituvchilarining roli beqiyos. Bo‘lajak o ‘qituvchilarga bu sohada ko‘mak berish maqsadida qo‘lingizdagi darslik yaratildi. Uni yozishda mualliflar o ‘zlarining ko‘p yillik pedagogik tajribalariga hamda chet ellarda nashr etilgan adabiyotlai^a asoslandilar. Darslik tasdiqlangan genetika dasturi asosida yozilgan boiib, unda genetikaning mazm uni, rivojlanish tarixi, tadqiqot m etodlari, organizmlar ko‘payishining sitologik, biokimyoviy asoslari, jinssiz va jinsiy ko‘payish, urugianish, irsiyat qonunlari, jins genetikasi va jinsga bogiiq holda irsiylanish, belgilarning birikkan holda irsiylanishi, irsiyatning xromosoma nazariyasi, allel bo‘lmagan genlarning o ‘zaro ta’sirida belgilarning rivojlanishi, sitoplazm atik irsiylanish, o ‘zgaruvchanlik, uning tiplari, ontogenez genetikasi, populyatsiya, xulq-atvor gen etik asi, odam gen etik asi, genetik injeneriya, biotexnologiya hamda genetikaning nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan.
Ularda klassik genetika, hozirgi zamon molekular genetikaga oid bilimlar o‘z ifodasini topgan. Darslikka kiritilgan jadvallar, rasmlar talabalaming fan mazmunini puxta o ‘zlashtirishiga ko‘maklashadi. Darslik so‘ngida atamalar lug‘ati va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati berilgan. www.ziyouz.com kutubxonasi l§.Genetika fanining mazmuni, vazifalari, metodlari, nazariy va amaliy ahamiyati Tayanch tushunchalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |