I bob. Genetika fanining rivojlanish tarixi. 1 Genetika fanining rivojlanish tarixi va ginetikasi



Download 54,41 Kb.
bet6/10
Sana16.06.2022
Hajmi54,41 Kb.
#678046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 GENETIKA FANINING RIVOJLANISH

Mitoz bo‘linishda xromosomalar va DNK ikkita qiz hujayraga teng taqsimlanadi.
1. Interfaza - modda almashinish jarayoni ro‘y beradi.
2. Profaza - yadroning bo‘linishga tayyorlanish davri. Bu davrda xromosomalar sentrosomaga bog‘lanadi, xromosoma iplari buralib, yo‘g‘onlashadi, X-nlar hujayrasida profaza oxirida sentrollar 2 ga, ya’ni qutblarga tortiladi.
3. Prometofazada - yadrocha va yadro qobig‘i erib ketadi, xromosomalar ko‘zga yaqqol ko‘rinib qoladi. Ekvator tekisligiga qarab yo‘naladi.
4. Metafazada xromosomalar yo‘g‘onlashib, kalta tortadi. Xromosomalar hujayra markazida tortiladi va juftlashib turadi.
5. Anafazada - axramatin iplari qisqaradi. Sentromera va xromotidalar ajraladi. Juft xromosomalar ajralib qutblarga tortila boshlaydi. Natijada 2 gruppa xromosoma vujudga keladi, bular son jihatidan teng bo‘ladi.
6. Telofazada - qutblarga yetib borgan xromosomalar g‘uj bo‘lib to‘planadi. Natijada 2 ta yadro hosil bo‘la boshlaydi. Natijada sitoplazma o‘rtasidan ingichka tortib teng ikkiga bo‘linadi, ya’ni sitokinez ro‘y beradi.
Meyoz bo‘linish. Yadro bo‘linishining murakkab jarayoni bo‘lib bunda, xromosomalar diploid holatdan gaploid holatga o‘tadi. Odatda jinsiy hujayralar meyoz usulda ko‘payadi. «Meyoz» degani grekcha «meyozis» so‘zidan olinib «kamayish» demakdir. Meyoz bo‘linish 2 bosqichda bo‘ladi.
1. Xromosomalar soni 2 marta kamayadi, bunga reduktsion bo‘linish deyiladi. Bunda profaza, meto-, ana-, telofazalari yoniga 1 raqami yoziladi.
2. Bu bosqich mitozga o‘xshaydi, buni ekvatsion bo‘linish deyiladi. Umuman meyozda xromosomalar soni diploiddan gaploidga o‘tadi, hamda gomologik xromosomalarning qo‘shilishi ro‘y beradi.
Meyozning reduktsion bo‘linishiga profaza 1 dan telofaza 1 gacha bo‘lgan davri tegishli. Ya’ni, meyozning birinchi bo‘linishi-profaza yadroning xromosoma apparatida bo‘lib o‘tadigan murakkab jarayonga bog‘liq bo‘lib, 5 ta kichik bosqichni tashkil etadi.
1. Leptonema bosqichi - yadroning kattalashuvi bilan xarakterlanadi. Yadroda xromosomalarning diploid to‘plami bo‘ladi.
2. Zigonema bosqichi - jinsiy hujayralarning rivojlanishida sirli hodisa ro‘y beradi, xromosomalar bir-biriga yaqinlashadi va konyugatsiya hodisasi ro‘y beradi. Bunda gomologik xromosomalar qo‘shiladi. Ularning uzunasiga birlashishiga konyugatsiya, ya’ni sinapsis deyiladi. Qo‘shilgan 2 ta yoki bir juft xromosoma bivalent deb ataladi. Har bir bivalent 4 ta xromatidadan iborat. Shu yerda gen va qismlar almashinadi. Bunga krossingover deyiladi.
3. Paxinema bosqichi - juda uzoq davom etadi. Xromosomalar ko‘p buralib, yo‘g‘onlashadi. Birlashgan gomologik xromosomalarning iplari 4 ta xromatidadan iborat bo‘ladi. Bunga tetrada deyiladi. Xromosomalar yaxshi ko‘rinib 2 ta tsentromera bilan birikib turadi.
4. Diplonema bosqichi - bunda 2 bosqich (zigonema)ga teskari hodisa ro‘y beradi, ya’ni xromosomalar bir-biridan ajrala boshlaydi. Keyinchalik tsentromera qismi ajraladi. Mana shu yerda genetika uchun ahamiyatli bo‘lgan xromosomalar chalkashuvi, ya’ni krossingover hodisasi ro‘y beradi. Shu yerda har bir xromatida kelgusi avlodni ota-onaning irsiy belgi va xususiyati bilan ta’minlaydi.

5. Diakinoz - xromotidalar eng ko‘p buralib spiral xoliga o‘tadi. Bunda yadro qobig‘i va yadrocha erib ketadi va axromatin iplari hosil bo‘ladi. Shu bilan profaza 1 bosqichi tugaydi.


Metafaza 1 da juft xromosomalar o‘z tsentromeralari bilan ekvatorda to‘g‘ri bo‘ylab joylashadi.
Anafazada 1 da - esa juft xromosomalardan toq gaploid xromosomalar qarama-qarshi qutblarga tarqaladi. Natijada qiz hujayralarning yadrosida xromosomalar soni teng 2 ga kamayadi. Ona xromosomalar 1 qutbga, ota xromosomalar 2 chi qutbga yig‘iladi.
Telofaza 1 da yangi hujayralar hosil bo‘ladi.
Profaza 2 – xuddi mitozning profazasiga o‘xshaydi.
Metofaza 2 da - xromosomalar tsentromeralari bilan hujayra ekvatorida joylashadi.
Anafaza 2 da - tsentromeralar 2 ga bo‘linadi. Har bir xromatidada mustaqil xromosoma bo‘lib qoladi. Bu holni monoda deb ataladi.
Telofaza 2 da - xromosomalar hujayra qutblariga tarqalib, hujayra 2 ga bo‘linadi va sitokinez hosil bo‘ladi.
Meyoz bosqichini o‘tagan har bir hujayrada ketma-ket kelgan 2 ta bo‘lishdan so‘ng, xromosomalar soni 2 marta kamaygan 4 ta hujayra hosil bo‘ladi. Xulosa qilib aytganimizda meyozda 3 ta muhim jarayon amalga oshadi.
Xromosomalar soni 2 marta kamayadi, ya’ni gaploid hujayra hosil bo‘ladi
Xromosomalar chalkashuvi ro‘y beradi.
Xromosomalarning kombinatsiyalanishi - erkin holda ro‘y berib, ota yoki onadan olingan xromosomaning tasodifiy qo‘shilishi natijasida har xil genetik xususiyatga ega bo‘lgan gametalar hosil bo‘ladi.
Organizmlarning ko‘payish xillari. Organizmlarning ko‘payishi tufayli yer yuzasida hayot davom etadi. Umuman tirik organizmlar jinsiy va jinssiz usulda ko‘payadi. Vegetativ ko‘payish faqat o‘simliklarga xos.

Hayvonlarda erkak organizmning jinsiy bezlarida meyoz bo‘linishdan so‘ng hosil bo‘lgan 4 ta hujayraning har biri keyingi rivojlanish natijasida yetilgan spermatozoidga aylanadi. Bu jarayon 4 ta: ko‘payish, o‘sish, yetilish, shakllanish davrlaridan iborat. Urg‘ochi organizmlardagi jinsiy bezlarda - tuxumdonlarda gametalar yoki tuxum hujayralari, erkaklik jinsiy bezlari - urug‘donlarda spermatozoid yoki urug‘ hosil bo‘ladi.


Mitozdan keyin hosil bo‘lgan spermatagoniylar - spermatotsitlarga aylanadi. Bu o‘sish davri bo‘ladi. Meyoz bo‘linishdan keyin gaploid xromosomali 2 tartibli spermatotsitlar hosil bo‘ladi. Ekvatsion bo‘linish natijasida spermatidalar hosil bo‘lib, ular spermatozoidlarga aylanadi. Spermatidaning yadrosi spermatozoidning boshini, sitoplazmasi dumini hosil qiladi. Bu shakllanish davri bo‘ladi. Uning bo‘yni va o‘rta qismida tsentrosoma va mitoxondriya joylashadi.
Urg‘ochi gametalar hosil bo‘lishda meyozdan so‘ng hosil bo‘lgan 4 ta gaploid hujayraning 1 tasi zarur ozik moddalarni to‘plab rivojlanadi. Urug‘lanishga qobiliyatli tuxum hujayraga aylanadi.
Qolgan 3 tasi nobud bo‘ladi.
Urg‘ochi jinsiy hujayraning rivojlanishi ovogenez deyiladi. Ovogenez davrida tuxumdonning aloxida hujayralari - ovogonitlar tuxum hujayraga aylanadi. Ovogonitlar mayda bo‘lib, ularga xromosomalar yig‘indisi diploid bo‘ladi. Sut emizuvchilarning tuxum hujayrasi bevosita urug‘lanishdan oldin, ba’zan urug‘lanish bilan bir vaqtda voyaga yetadi. Tuxum hujayra tez-tez yetilib parda ichida bo‘ladi. Ayollarda har oyda faqat bitta tuxum hujayra yetiladi. Hayvonlarda esa yilning bir vaqtda, ko‘pincha bahorda yetiladi. Tuxum hujayralari yirik, spermatozoidlar kichik, lekin harakatchan bo‘ladi.
Yopiq urug‘li o‘simliklarda mikrosporogenez va mikrogametogenez.
O‘simliklarda erkak va urg‘ochi gametalarning (yetilgan jinsiy hujayralarning) hosil bo‘lish jarayoni gametogenez deyiladi. U 2 bosqichda:

1) sporogenez – bunda gaploid xromosomali jinsiy hujayralar – mikro - va makrosporalar hosil bo‘ladi;


2) gametogenez – mikro- va makrosporalarning yadrosi bir necha marta mitoz yo‘li bilan bo‘linib, gaploid xromosomali yetilgan jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi.
Gulli o‘simliklarda chang donachasi (mikrospora) hosil bo‘lish jarayoni mikrosporogenez deyiladi. Chang donachasi yadrosining 2 marta mitoz bo‘linishi orqali vegetativ va generativ yadrolar hosil bo‘lishi va ulardan spermalar paydo bo‘lishi mikrogametogenez deyiladi.
Urg‘ochi jinsiy hujayra yoki murtak xaltachasining hosil bo‘lish jarayoni makrosporogenez deyiladi. Makrospora (murtak haltachasi) yadrosining 3 marta mitoz yo‘li bilan bo‘linib, tuxum hujayra va murtak xaltachasidagi markaziy hujayralar hosil bo‘lishi makrogametogenez deyiladi.
Urug‘lanish va urug‘lanishning mohiyati. Murakkab jarayon bo‘lgan jinsiy ko‘payish quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
Erkak va urg‘ochi gametalar hosil bo‘lishiga.
Urug‘lanishida qarama-qarshi jinsdagi gametalarning qo‘shilishiga (singamiya)
Yadrolarning qo‘shilishiga (kariogamiya)
Meyozda gomologik xromosomalarning konyugatsiyalanishiga (sinapsis va irsiy omillarning birikishiga bog‘liq).
Urug‘lanish qayta takrorlanmaydigan jarayon bo‘lib, bir marta urug‘langan hujayra boshqa urug‘lanmaydi. Odatda jinsiy hujayralarni - gameta, urug‘langan tuxum hujayralarini - zigota yoki murtak deyiladi.
Urug‘lanish jarayonida turning yashab qolishi zarur quyidagi genetik hodisalar ro‘y beradi.
Xromosomalarning diploid soni tiklanadi.
Bir avlod bilan keyingi avlod o‘rtasida ketma-ketlik ta’minlanadi.
Har bir individda ota-ona organizmlarning irsiy belgilari mujassamlanadi.

Hayvonlarda urug‘lanish jarayonida tuxum hujayra yadrosi bilan bitta spermatazoid yadrosi qo‘shiladi. Tuxum hujayraga kirgan spermatazoid kattalashib u bilan birikadi. Bu davr tuxumning aktivlanish bosqichi deyiladi. Batamom qo‘shilish stumulyatsiya deyiladi. Urug‘langandan keyin tuxum hujayra ichiga bitta (monospermiya), ba’zan hujayrada bir qancha (polispermiya) kiradi. Urug‘lanishda 2 gaploid xromosomali pronukleus bir yadroga qo‘shilib zigota hosil qiladi. Bu jinsiy jarayonning eng oliy nuqtasi hisoblanadi. Natijada tarkib etgan gomologik xromosomalar zigotaning bir yadrosiga to‘planadi va diploid nabor tiklanadi.


Ilgarilari urug‘lanishda tuxum hujayra tsitoplazmasiga spermatazoidning faqat bosh qismi (yadro) kiradi deb hisoblanar edi. Dum qismi tashqarida qoladi deyilar edi.Tuxum hujayra yadrosining sperma yadrosi bilan qo‘shilishi o‘simliklarning urug‘lanishida asosiy jarayon. Zigota ya’ni urug‘langan tuxum hujayrada urug‘ning murtagi rivojlanadi. Yopiq urug‘larda urug‘lanishdan so‘ng qo‘shimcha murtak organ—endosperma rivojlanadi.
Bitta spermaning tuxum hujayra bilan, boshqasining markaziy hujayra yadrosi bilan qo‘shilishi - qo‘sh urug‘lanish deyiladi. Buni 1898 yil Navashin kashf etgan.
Jinsiy ko‘payish xillari. O‘simlik va hayvonlarning urug‘lanib ko‘payishiga amfimiksis, urug‘lanmasdan ko‘payishga apomiksis deb ataladi. Apomiksisning: partenogenez, ginogenez, androgenez usullari bor.

Download 54,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish