Foydaning shakllanishi va ishlatilishi.
xodim mehnatining xodim mehnatining samaradorligini oshirishga bo’lgan moddiy manfaatdorligini o’z-o’zidan kuchaytirsin. Foydaning shakllanishi va ishlatilishi o’ziga xos xususiyatga korxonada sof foydaning tarkib topishi, uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash usullari hamda sof foydani taqsimlash borasidagi o’z echimini kutayotgan muammolarni hal qilish bo’yicha ayrim tavsiyalarni keltiramiz. Buning uchun esa quyidagi jadvalni tuzishni tavsiya qilamiz, (2.8-jadval).
“O’zkimyosanoatloyiha” OAJning sof foydasini tahlili
(ming so’m )
Tartib raqami. Raqamiraqami
|
Ko’rsatkichlar
|
2009 yil
boshi
|
2009 yil
oxiri
|
O’zgarishi
|
summa, ming so’m
|
sal-mog’i, %
|
summa, ming
so’m
|
sal-mog’i,
%
|
summa,
ming
so’m
|
Salmo-g’i,
%
|
1.
|
Soliq to’langunga qadar foyda
|
12405
|
100
|
14111
|
100
|
Q1706
|
-
|
2.
|
Foyda (daromad) solig’i
|
7063
|
56,94
|
9245
|
65,52
|
Q2182
|
Q8,58
|
3.
|
Boshqa soliqlar va ajratmalar
|
425
|
3,42
|
389
|
2,76
|
-36
|
-0,66
|
4.
|
Jami soliqlar (2qQ3q)
|
7488
|
60,36
|
9634
|
68,27
|
Q2146
|
Q7,91
|
5.
|
Hisobot davri sof foydasi (zarari) (1q-4q)
|
4917
|
36,64
|
4477
|
31,73
|
-440
|
-4,91
|
6-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “O’zkimyosanoatloyiha” OAJ bo’yicha 2009 yil boshida foydaning 60,36 %i (56,94Q3,42) davlat byudjetiga tushgan, 36,64 %i esa jamiyat ixtiyorida qolgan. Hisobot yili oxirida esa byudjetga to’lovlar 68,27 % ni (65,52% Q2,76% ) , sof foyda esa 31,73 % ni tashkil qilgan.
6-jadval ma’lumotlaridan ko’rinishicha, “O’zkimyosanoatloyiha” OAJda hisobot yili sof foyda hajmi o’tgan yilga nisbatan 440 ming so’mga kamaygan. Bu o’zgarishga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatgan:
1.Soliq to’langunga qadar foydani o’zgarishi.
2.Soliq va to’lovlarning o’zgarishi.
Ushbu omillarning ta’sirini zanjirli almashtirish usuli orqali aniqlaymiz, (2.9-jadval).
Sof foyda hajmining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni zanjirli almashtirish usuli orqali aniqlash hisob-kitobi
Hisobni tartib
Soni
|
Almashtirishni tartib soni
|
Hisob formulasi tarkibiga kiruvchi omillar
|
Umumlashgan ko’rsatkich – Sof foyda
(1us-2us)
|
Oldingi hisobga nisbatan farq
(Q.-)
|
O’zgarish sabablari
|
soliq to’langunga qadar foyda
|
jami soliqlar
|
A
|
V
|
1
|
2
|
3 (1-2)
|
4
|
5
|
1
|
-
|
12405
|
7488
|
4917
|
-
|
|
2
|
1
|
14111
|
7488
|
6623
|
Q1706
|
Soliq to’langunga qadar foyda oshgan
|
3
|
2
|
14111
|
9634
|
4477
|
-2146
|
Jami soliqlar
hajmi oshgan
|
Foyda ko’rsatkichlarini omilli tahlil usuli amaliyotda joriy qilinsa, korxonalarning raqobatbardoshligini ta’minlash, bankrotlik holatini oldini olish, moliyaviy va iqtisodiy salohiyatni oshirish, hamda ularning xo’jalik faoliyatiga iqtisodiy baho berish imkoni bo’ladi.
2. 10-jadval 2B-shakl
Sof foydaning taqsimlanishi to’g’risida hisobot
Ko’rsatkichlarning nomi
|
Qator kodi
|
O’tgan yili
|
Hisobot yili
|
Sof foyda
|
010
|
|
|
Ishlatilishi:
|
|
|
|
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha darormad to’lash
|
020
|
|
|
Zahira sarmoyani to’ldirishga
|
030
|
|
|
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishga
|
040
|
|
|
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga
|
050
|
|
|
Xayriya maqsadlariga
|
060
|
|
|
Moliyaviy qo’yilmalarni o’sishiga
|
070
|
|
|
Korxonaning o’z aktsiyalarini sotib olishga
|
080
|
|
|
To’lanadigan ijara haqi
|
090
|
|
|
Sug’urta badallari
|
100
|
|
|
Kadrlarni tayyorlash xarajatlari
|
110
|
|
|
Ko’rilgan zararlarni qoplashga
|
120
|
|
|
Boshqa xarajatlar va ajratmalar
|
130
|
|
|
Jami xarajatlar va ajratmalar yig’indisi (020 Q, 130-satrlar)
|
140
|
|
|
Taqsimlanmagan foyda
(010 – satr – 140 satr),
|
150
|
|
|
1.2 RENTABELLIKNI IFODALOVChI KO’RSATKIChLARNI
TAHLIL QILISh
Rentabellikni ifodalovchi ko’rsatkichlar tahlilining maqsadi va vazifalari
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi iqtisodiyotimizning jahon xo’jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo’lsak, uning oqibatlari mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bular asosan dunyo bozoridagi talab, narxlarning keskin tushishida va mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo’naltirilgan etakchi tarmoqlar faoliyatida namoyon bo’lmoqda. Iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini jadal yangilash muhim ustuvor vazifa sifatida izchil davom ettiriladi.
Iqtisodiy inqiroz sharoitida foydaning mutlaq miqdori korxonalarning xo’jalik yuritish borasidagi samaradorlik darajasini har tomonlama belgilamaydi. Shu boisdan nisbiy ko’rsatkichlarni aniqlash talab qilinadi. Bu ko’rsatkich – rentabellik ko’rsatkichlaridir. Zero, Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek, “Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo’nalish – mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab – quvvatlash va rag’batlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo’yicha qabul qilingan amaliy choralar muhim ahamiyatga ega bo’ldi”.19
Korxonalar faoliyatining yakuni rentabellik - iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichida ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rentabellik foyda olish darajasi, sarflangan xarajat yoki kapital hisobiga to’g’ri keladigan foyda hajmini belgilaydi
Rentabellik ko’rsatkichlari jami ijtimoiy ishlab chiqarish va har bir savdo tashkilotlari va korxonalarining iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu ko’rsatkichda kengaytirilgan ishlab chiqarish, umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlash, xalqning ijtimoiy rivojlanishini yuksaltirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko’rsatish uchun sarflanadigan jonli va buyum shaklidagi mehnat tejamining pul shaklida ifodalanishi hamda qo’shimcha mahsulotning massasi o’z aksini topadi.
Rentabellik xo’jalik sub’ektlari faoliyatining samaradorligini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich bo’lib, xo’jalik faoliyati natijalarini to’la va har tomonlama tavsiflab beradi. Rentabelli korxonalar hamma xarajatlarini o’z daromadlari bilan qoplaydilar va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo’shimcha foyda yaratadilar. Korxonalar o’zlari hosil qilgan foyda hisobiga ishlab chiqarishni kengaytirish, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, xodimlarni moddiy rag’batlantirish uchun mablag’ sarflaydilar. Bu o’rinda e’tiborda tutish kerakki, korxonalar xo’jalik faoliyatini iqtisodiy tomondan mustahkam qilishga faqat rentabellikni o’stirish bilangina o’stirib bo’lmaydi. Buning uchun korxonalarni ixtisoslashtirish, ularning faoliyati aholi va xalq xo’jaligi talablarini qondirishini ko’zda tutgan holda olib borilishi, hamma xodimlarning asosiy diqqatini korxona ichki imuoniyatlaridan foydalanib, rentabellikni oshirishga qaratish talab qilinadi.
Rentabellik ko’rsatkichlari korxonalarning xo’jalik faoliyatida bir qancha funktsiyalarni bajaradi:
korxonaga qo’yilgan mablag’larning qoplash darajasini ko’rsatadi. Masalan, korxonaning rentabellik darajasi 2 foiz bo’lsa, u holda korxonaga qo’yilgan kapital 50 yildan so’ng qoplanadi, 4 foiz bo’lsa 25 yildan keyin va hokazo. Ushbu ko’rsatkich xalq xo’jaligining alohida olingan tarmoqlari bo’yicha ham ishlab chiqilishi kerak. Shu asosda, rentabellik bo’yicha belgilangan me’yoriy ko’rsatkich muayyan korxonalarning rentabellik ko’rsatkichlari bilan taqqoslanishi kerak. Xalq xo’jaligi bo’yicha rentabellik darajasi 20 foizdan kam bo’lmasa, maqsadga muvofiq, deb o’ylaymiz. Shunda korxonaga qo’yilgan kapital 5 yilda qoplanadi hamda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun real imkoniyat yaratiladi:
ishlab chiqarishni kengaytirish, zamonaviylashtirish va uni qayta tiklash ta’minlanadi;
olingan kredit va qarzlarni qaytarish, ya’ni korxonalarning to’lov qobiliyati ta’minlanadi;
ishlab chiqarishning ijtimoiy sohasi rivoj topadi hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida xodimlarni ijtimoiy himoya qilish ta’minlanadi.
Rentabellik ko’rsatkichlarini tahlil qilishning asosiy vazifasi - bu bozor iqtisodiyoti sharoitida rentabellik ko’rsatkichlarning yangi tizimini yaratish, ularni aniqlash va tahlil qilish yo’llarini ko’rsatish hamda ularga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish evaziga ichki imkoniyatlarni axtarib topish orqali tahlil qilinayotgan korxona faoliyatining
samaradorligini oshirish yo’llarini o’rgatishdan iboratdir.
Rentabellikni ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish uchun axborot manbalari sifatida moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |