I BOB FIZIKA O’QITISH METODIKASINING MA’RUZA SHAKLI.
Ma’ruza - lotincha “lectio”, - degan so'zdan olingan bo’lib, o'qish degan ma’noga ega, ya’ni oliy o'quv yurtida o'qitishni tashkillashtirishning bir turi bo'lib hisoblanadi. Aksariyat hollarda, ma’ruza oliy o'quv yurtlarida o'qitishning boshqa turlarini, ya'ni amaliy mashg'ulotlar, laboatoriya praktikumi, seminarlarning mazmuni va ularni tashkillashtirishni belgilab beradi.
Mazmuni va ma’nosiga ko'ra, ma’ruza o'zining ta’siri bo'yicha o'qitishning boshqa turlaridan yuqori turadi va ma’lumot berishning eng samarali usuli hisoblanadi. Ma’ruzaning fizika fanini o'qitishdagi roli va o'rni quyidagilar bilan aniqlanadi:
ma’ruzani kerakli namoyish va texnik vositalardan foydalanib, kata auditoriyalarda o'qish mumkin:
ma'ruzachining jonli so'zi ilmiy ma’lumotlarni “jonlantirib”, ulari oson tushunishga imkon yaratadi;
ma'ruzada talabalarning ishi faollashtirilib, ularni o'ylashga va fikrlashga majbur qiluvchi muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish mumkin:
ma’ruza, talabalarga ilmiy yangiliklar va axborotrarni tushunarli shaklda yetkazishga imkon beradi;
ma’ruza, talabalarning o'quv faoliyatiga g'oyaviy yo'nalish berishni ta’minlaydi hamda o'quv materialini texnika va ishlab chiqarish bilan bog'laydi;
ma'ruza, ayrim hollarda, o'quv adabiyotlar kam yoki yo’q bo'lganda juda zarur, chunki uni o'qishda adabiyotlarda bor narsalar bayon qilinibgina qolmasdan, balki talabalar tushunishi va bilishi shart bo'lgan materiallar bayon qilinadi;
ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlariga yo'nalish beradi, adabiyotlarni tahlil qilish va ular bilan ishlash malaka va ko'nikmalarini shakllantiradi;
ma'ruzaning sifati talabalarning predmetga bo'lgan munosabatiga bog'liq: yaxshi ma’ruza ularning ilm-fanga bo'lgan qiziqishini oshirsa, yomon ma'ruza ularning qiziqishini so'ndiradi, demak, asosiy javobgarlik o'qituvchtining tayyorgarligi, ilmiy salohiyati va pedagogik mahoratiga bog'liq.
Ma’lumki, ma’ruzada, asosan, nazariy materiallar: fizika kursining asosiy g'oyalari, tushunchalari, qonunlari, nazariyalari va amaliy tadbig'iga e'tibor qaratiladi. Demak, ma’ruza mazmunini to'g'ri tanlash, uni tizimli tushuntirish hamda boshqa mashg'ulotlarda mustahkamlanishini ta’minlash, har bir o'qituvchi – ma’ruzachining vazifasidir. Boshqa o'quv mashg'ulotlari kabi ma'ruza ham talabalarga bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirish funksiyalarini bajarishi lozim. Zamonaviy oliy o'quv yurtlaridagi ma’ruza didaktik nuqtayi-nazardan o'zining mazmuni va o'tkazilishi bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi:
Predmetga kirish tarzidagi ma’ruza.
Umumlashtiruvchi yoki obzor ko'rinishidagi ma’ruza.
Yangi fanlarni o'qitish bo'yicha ma’ruza.
Predmetga kirish tarzidagi ma'ruza fizikaning quyidagi bo'limlari bo'yicha: mexanika; molekulyar fizika va termodinamika; elektromagnetizm; atom, yadro va elementar zarralar fizikasi bo'yicha 1-2 soatga mo'ljallangan bo’ladi.Bunday ma'ruzada, o'qituvchi, talabalarni fizikaning mazkur bo'limlari bilan tanishtirib, ularning ilmiy-tadqiqot metodlari, rivojlanish tarixi, asosiy ilmiy g'oyalari, amaliy tadbig'i va mavjud adabiyotlar bilantanishtiradi.
Obzor yoki umumlashtiruvchi ma’ruza, odatda, fizikaning mazkur bo’lmini o'qitishni yakunlashda o'qilib, asosan, o'tilgan materiallarni qisqacha takrorlash va umumlashtirishdan iborat bo’adi. Ma’ruzachi bunday ma’ruzani o'qishda eng zarur, bo'limning muammoli va boshqa muhim masalalariga to'xtalib, unga tegishli so'nggi yutuqlarni bayon qilishi maqsadga muvofiqdir.
Yangi fanlarni o'qitish bo'yicha ma'raza,mutaxassislikka bevosita bog'liq bo'lgan maxsus kurslar bo'yicha o'qilib, uning asosiy maqsadi, talabalarni:
tanlagan yo'nalishi bo'yicha yuqori malakali mutaxassislar qilib tayyorlash;
kelajakda o'zi uchun ilmiy-tadqiqot yo'nalishini aniqlash;
fizikadagi mavjud ilmiy-metodik muammolar bilan tanishtirishdan iborat.
Ma’ruzaning sifati va samaradorligi birinchi navbatda, ma'ruzachining ilmiy eruditsiyasiga, dunyoqarashiga va pedagogik mahoratiga bog’liq. Bu yerda quyidagicha savol tug'iladi: “Ma’ruzaning sifatini qanday korsatkichlar bilan baholash mumkin?” Ular quyidagilardan iborat:
Ma’ruzaning mazmuni, ilmiy-metodik darajasi, g'oyaviy yo'nalishi, dialektik prinsiplar asosida tushuntirilishi, g'oyaviy nuqtayi-nazarning maxsusligi, metodologik jihatlarning bo’lishi va ularning to'g'ri talqin qilinishi va boshqalar.
Ma’ruzani o'qish metodikasi - uning tuzilishi va bayon qilish mantiqining aniqligi, barcha yangi atamalarning tushuntirilishi va talabalarga yetib borishi, asosiy va qo'shimcha adabiyotlarning ko'rsatilishi va o'tilayotgan materialni ularda asoslanishi va bayon qilinishi, asosiy materiallarni ajratib ko'rsatilishi va asoslanishi, o'tilgan materialni mustahkamlash usullaridan foydalanish, har bir savolga berilgan javoblarni umumlashtirish, ma’ruza materialini muammoli bayon qilish va boshqalar.
Talabalarning faoliyatini boshqarish. Ma’ruza jarayonida talabalardan kerakli qismini yozib olishni talab qilish va tekshirib boorish samarali hisoblanadi.
Ma’ruzaning kerakli joylarini yozib olishga imkon yaratish uchun, uni bayon qilish su’ratini o'zgartirish, doskaga yozish, kerakli grafiklarni chizish, ta’rif va qoidalarni takrorlash lozim. Ma’ruza yoki amaliy mashg'ulotiarda talabalarning daftarlariga nazar tashlab borish, yozgan va yozmaganini tekshirib borish samarali hisoblanadi. Talabalarning diqqatini oshiruvchi va e’tiborini kuchaytiruvchi usullardan foydalanish, ya’ni kutilmagan savollar berish va ularga jalb qilish, turdosh predmetlarning o'quv materiallarini eslatish maqsadga muvofiqdir. Talabalarga ma'ruza o'qish jarayonida savol berishga ruxsat berish va sharoit yaratish kerak.
Ma’ruzachilar to'g'risida m’alumotlar. Predmetni bilishi. G'oyaviy ishonchi, emotsiyasi, tovushi, diksiyasi. Fikrlarining aniqligi va to'g'riligi. Tashqi ko'rinishi. Auditoriyada o'zini tuta bilishi, uni boshqara olishi va muloqotda bo'lish mahorati.
Ma’ruzani yakunlash va xulosa chiqarish hamda axborot berishga bog’liqligi, tarbiyaviy ta’siri, rivojlantirish funksiyasi va didaktik maqsadga erishilishi.
Yurtimizning oliy o'quv yurtlari tarixida o'zining fizikadan ma’ruzasini yuqori ilmiy-metodik darajada o'qigan pedagoglar to'g'risida ma’lumot berish maqsadga muvofiqdir, Shuni ta ’kidlash lozimki, agarda ma’ruzachi o'zining sohasini yetuk olimi bo’lsa va ma’ruzalarni yuqori ilmiy - metodik darajada o'qisahamda o'zining predmeti bo'yicha darslik yoki o'quv qo’llanmalar yaratgan bo’lsa, ushbu ma’lumotlar talabalarni predmetni to'laqonli o'zashtirishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Albatta, ma’ruzachilik mahorati osongina shakllanib qolinaydi, buning uchun astoydil tinimsiz mehnat qilish zarur, o'z ustida uzluksiz ishlab, o'zining predmetiga tegishli adabiyotlar, o'quv-metodik qo’llanmalar va turli jurnallarda chop etilgan maqolalar bilan tanishib borish kerak. Demak, ma’ruzachining mahorati bevosita uning o'ziga bog'liq. Jumladan, bu to'g'risida mashhur pedagog A.P.Minakov quyidagicha yozgan: “Oliy o‘quv yurtlari o'qituvchilariga quyidagi talablarni qo'vishimiz lozim.”:
olimlik eruditsiyasi;
ilmiy fikr yuritishning yetarli darajada ekanligi;
ilm-fanga bo’lgan qiziqishi va uning yutuqlariga quvonchini ko'rsata olish mahorati;
yuksak darajadagi odamgarchiligi va insonparvarligi;
yoshlarga bo'lgan ishonchi va g'amxo'rligi.
O‘quv-tarbiyaviy jarayonning samrali bo’lishi, uningcha quyidagilarga bog’liq:
bilim berish jarayonida talabalarni sevishi va rag'batlantira olishiga;
o'zining predmetiga va prinsiplariga ishonchliligiga;
o'ziga zarur bo'lgan murakkab talablarni qo'ya bilishiga;
pedagog sifatida o 'z ustida tinimsiz ishlashiga va boshqalar.
Har bir ma’ruzaning sifati, aksariyat hollarda, uning tarkibiga, material mazmunini tanlash va o'tkazish metodikasi bilan aniqlanadi. Ushbu masalalarni qisqacha ko’rib o'taylik. Har bir ma’ruzada quyidagicha tarkibiy elementlarning bo'lishi shart: mavzu, maqsad, ma’ruza rejasi va undagi kirish, asosiy qism va xulosalar.
II BOB Fizika o’qitish metodikasining masala yechish shakli
Fizika o’qitishda masala yechish muhim ahamiyatga egadir. Masala yechish - fizika o’qitish jarayonining ajralmas qismi bulib, u fizik tushunchalarni shakllantirishga katta hissa qo’shadi, fizik fikrlarni rivojlashtiradi, bilimni amalda qo’llash malakasini orttiradi. Fizika masalalarini yechish quyidagi hollarda keng qo’llaniladi:
yangi axborotlar berishda;
muammoli vaziyat hosil qilish va o’quvchilarga muammo quyishda;
amaliy malaka va kunikmani shakllantirishda;
o’quvchilar bilimini mustahkamligi va chuqurligini sinashda;
materialni mustahkamlash, umumlashtirish va takrorlashda;
texnika yutuqlari bilan tanishtirish va politexnik ta’lim berishda;
o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda.
Masala yechish orqali o’quvchilarning mehnatsevarligi, sinchkovligi, mustaqil mulohaza qilishi, o’qishga qiziqishi, va xulki, quyilgan maqsadga erishishdagi qat’iyligi tarbiyalanadi.
Fizikadan masala yechish o’quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ularni olimlarning ishlari, fan va texnikaning yutuqlari bilan tanishtirib boradi.
Masala yechish ko’p hollarda fizika darslarining tarkibiy qismi bo’lib keladi. O’qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda va uni mustahkamlashda, o’tilganlarni takrorlashda, o’quvchilarning mustaqil ishlarida va bilimlarni sinab kurishda masala yechishdan foydalanadi.
Fizikaga qiziquvchi o’quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ham masalalar yechiladi, ularni olimpiadaga tayyorlanadi.
Olimpiadaga yechilishi qiyin va yangilik elementlarini o’z ichiga olgan masalalar tanlanadi.
Masala yechish - olingan nazariy bilimni amaliyotga qullashdir. Bu esa o’quvchilarning fizik tafakkurini, fikrlashini rivojlantirishda, jumladan hodisalarni tahlil qilishda, ular haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishda, o’xshash tomonlarini va farqini aniqlashida katta ahamiyatga egadir.
II BOB Fizika o’qitishda laboratoriya darslarining o’rni.
Fizika o’qitishning to’rtta shakli bo’lib, ulardan biri laboratoriya praktikumi. Davlat ta’lim standartlari hamda fizika fanidan ma’ruza amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari nazarda tutilgan. Davlat ta’lim standartlari va fizika fanidan namunaviy dasturga asosan ishchi dasturlar ishlab chiqilib kafedra yig’ilishida tasdiqlanadi. Talabalar ma’ruza darslarida nazariy bilimni olib amaliy mashg’ulotlarda mavzu bo’yicha masalalar ishlaydi va bilimlarini laboratoriya ishlarida qo’llab modellarda bajaradilar. Fizikadan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda o’ziga xos talablar mavjud. Masalan birinchi laboratoriya mashg’ulotida ta’lim oluvchilarni laboratoriya nomi, fizika fanini qaysi qismiga mo’ljallanganligi, bu laboratoriyada nechta va qanday laboratoriya ishlari borligi, ishlarning mazmuni va asbob-uskunalar, tajriba qurilmalari bilan tanishtiriladi. Shu darsni o’zida tajriba qurilmalari bilan ishlashda texnika xavfsizligiga rioya qilish to’g’risida ko’rsatmalar beriladi, keyin ta’lim oluvchilarga kelgusi mashg’ulotda bajarilishi mumkin bo’lgan laboratoriya ishlari taqsimlab beriladi. Ta’lim oluvchi laboratoriya ishini olib, kelgusi mashg’ulotgacha uslubiy qo’llanmalardan foydalanib laboratoriya daftariga ish bajarish bayonnomasini yozib, qanday ishni bajarishni kerak bo’lsa, shu ish bo’yicha aniq tasavvurga ega bo’lib tayyorlanib keladi. Ikkinchi mashg’ulotda ta’lim oluvchilar texnika xavfsizligiga qat’iy rioya qilish to’g’risidagi ko’rsatmaga amal qilishi va bajarishi to’g’risida maxsus jurnalga qo’l qo’yib va nihoyat ishni bajarishga kirishadilar. Laboratoriya mashg’uloti 10-12 kishidan iborat yarim guruh bilan o’tkaziladi. Laboratoriya eksperimenti – bu kichik tadqiqot eksperimentidir. Nazariy yo’l bilan olingan natijalarni to’g’ri ekanligini isbotlash uchun laboratoriya eksperimenti o’tkaziladi. Eksperiment orqali olingan natrija nazariyani to’g’riligini isbotlaydi va tadqiqot vazifasini o’taydi. Shu tariqa ta’lim oluvchilarga tadqiqot ishlarini o’tkazish uquvlari shakllanib boradi. Laboratoriya ishlarini bajarish usullari. Frontal usul. Guruhlarga bo’lingan ta’lim oluvchilarning hammasi bitta mashg’ulotning hammasi bitta mashg’ulotning o’zida bir xil laboratoriya ishlarini bajarishga ko’maklashadi. Siklik usul. Praktikumga kiritilgan laboratoriya ishlari, umumiy fizika kursining ma’lum bo’limlari asosida yoki biron-bir fizik kattalikning turli o’lchasg usullarini biriktirish yo’li bilan guruhlanib tashkil etiladi, bu usul laboratoriya va ma’ruza mashg’uloti mavzularini moslashtirish imkonini beradi, laboratoriya ishlarining guruhlanishida samarali variantlarni qo’llashga ko’maklashadi. O’quv seminarlari umumiy qiziqish, tortishuv paydo bo’lishini, jamoa bo’lib ishlashning eng yaxshi shakllaridan biridir. Bunda har bir ta’lim oluvchi fikrlar to’qnashuvini kuzatadi, o’zining nuqtayi nazaridan aniqlashga harakat qiladi, fikr bildiradi, fikrni asoslashga, isbotlashga intiladi, ham fikrlarni to’ldiradi, ham nazariy xulosaga keladi. Bu holatni yechish masalalar va laboratoriya mashg’ulotlarida ham amalda qo’llanilish mumkin. Ijodiy laboratoriya ishlariga misollar keltiradigan bo’lsak, aravachani ma’lum tezlanish bilan harakatga keltirish, jismni berilgan yo’lda, berilgan vaqtda harakatga keltirish, prujinali tubdan snaryadni ma’lum balandlikka otish, urug’larning zichligini aniqlash, havoning namligini aniqlash, sochiluvchi jismlarning ishqalanish koeffisiyentini aniqlash. Bunga o’xshash laboratoriya ishlarining muhim afzalliklari shundan iboratki, bunda ta’lim oluvchi to’g’ri xulosaga kelganligini javobga qarab emas balki o’zining o’tkazgan tajribasiga qarab ishonch hosil qiladi. O’qituvchi shuni esdan chiqarmasligi kerakki, o’qitish jarayonida ta’lim oluvchilar ijodiy qobiliyatlarini o’stira borish bilan hozirgi zamon eng muhim muammolaridan biri bo’lgan yuqori darajali qobiliyatlariga ega bo’lgan ijodiy faol shaxslarni tayyorlash muammosini hal etishga yordam bergan bo’ladi fizikani o’qitishda nazariy bilim berish va masala yechish mashg’ulotlari bilan bir qatorda fizikadan laboratoriya ishlarini o’tkazish ham uning muhim komponrentlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki fizika fani eksperimental fan bo’lganligi uchun u namoyish eksperimenti va laboratoriya mashg’ulotlari asosida o’rganiladi. Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablarining fizika o’qituvchilari shu kungacha namoyish eksperimenti, laboratoriya ishlarini sinflarda an’anaviy usullarda tashkil qilib kelinmoqda. Lekin hozirgi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan bir vaqtda laboratoriya mashg’ulotlarini ham zamonaviy usullarda tashkil etishga zarurat tug’ilmoqda. Shuning uchun ham real fizik laboratoriya mashg’ulotlarini zamonaviy darajada kompyuterda modellashtirish, ya’ni fizikadan virtual laboratoriyalarni yaratish fizika ta’limida dolzarb muammolarining biridir. Bu kabi muammolarni bartaraf qilish maqsadida keyingi yillarda real fizik laboratoriya ishlarini kompyuterda modellashtirish, ya’ni fizikadan virtual laboratoriyalarni yaratish bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar olib borilayotganining guvohi bo’lishimiz mumkin. Jumladan, A. Ibragimov va boshqalar tomonidan umumiy o’rta ta’lim maktablarida hozirgi kunda amaldagi uzviylashtirilgan va optimallashtirilgan dasturlar asosida 7-sinf uchun ‘’Fizikadan virtual laboratoriya ishlari’’ elektron multimedia ta’lim resursi ishlab chiqildi. U ‘’Nazariya’’, ‘’Laboratoriya ishlari’’, ‘’Video’’, ‘’Test’’, ‘’Animatsiya’’, ‘’Kutubxona’’, ‘’Yordam’’ bo’limlari va laboratoriya ishlari ro’yhati qismlardan tashkil topgan. ‘’Nazariya’’ bo’limida har bir laboratoriya ishining nazariyasi, tavsifi, ishni bajarishdan maqsadi, ishni bajarish tartibi kabi ma’lumotlar berilgan. ‘’Laboratoriya ishlari’’ bo’limida 7-sinfda bajarilishi lozim bo’lgan ‘’Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlash’’, ‘’Prujina bikrligini aniqlash’’, ‘’Sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash’’, ‘’Jism tezlanishining massasiga va qo’yilgan kuchga bog’liqligini o’rganish’’, ‘’Mexanik energiyaning aylanish va saqlanish qonunini o’rganish’’, ‘’Jismni ko’tarishda va shu masofaga gorizantal ko’chirishda bajarilgan ishni o’lchash’’ laboratoriya ishlarining kompyuterda modellashtirilgan virtual holati joylashtirilgan. ‘’Video’’ bo’limida mazkur laboratoriya ishlarining sinfda amaliy bajarilayotganligi video ko’rinishida ko’rish mumkin. Bu esa o’quvchilarga laboratoriya ishini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. ‘’Test’’ bo’limida har bir laboratoriya ishi uchun testlar joylashtirilgan bo’lib, olingan bilimlarni sinab ko’rish uchun mo’ljallangan. Bunda qaysi laboratoriya ishi tanlansa, shu mavzuga oid testlar tavsiya etiladi. Test topshiriqlarini bajarib olingandan so’ng, shu paytning o’zida to’plangan ballar kompyuter monitorida ko’rinadi. ‘’Animatsiya’’ bo’limida mazkur laboratoriya ishlari mavzulariga va umuman 7-sinf fizikasida mavjud mavzularga oid animatsiyalar joylashtirilgan. Shuningdek, ‘’Kutubxona’’ bo’limida mazkur laboratoriya ishlariga oid o’quv metodik materiallar berilgan. ‘’Yordam’’ bo’limida esa ushbu taklif qilinayotgan virtual laboratoriyalardan qanday foydalanish kerakligi bo’yicha tavsiyalar berilgan. Umuman olganda, taklif qilinayotgan virtual laboratoriya mashg’ulotlari an’anaviy laboratoriya mashg’ulotlari an’anaviy laboratoriya mashg’ulotlaridan farqli ravishda uskunalarning funksionalligiga va universalligiga, foydalanuvchi interfeysining ko’rgazmaliligi va qulayligi, dasturiy ta’minotning moslashuvchanligi hamda internet tizimiga joylashtirilgan, masofadan tuirib bevosita laboratoriya asbob-uskunalarini harakatga keltirish va natijalarni o’lchash imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Fizika laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishdagi talablar. Laboratoriya ishlariga qo’yiladigan talablar.
1)Har bir ta’lim oluvchida bajariladigan ish bayonnomasi yozilgan daftar bo’lishi kerak.
2)Ta’lim oluvchi bajariladigan ishni maqsadi va ishni bajarish to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi lozim.
3)O’qituvchi yoki laborant yordamida ish bajarishga kirishadi.
4)Zarur tajriba natijalarini olib, hisob-kitoblarni bajarib, jadvallarni to’ldirib, zarur grafiklarni chizadi.
5)Keyingi mashg’ulotlarda bajarilgan ish to’g’risida hisobotni topshiradi va yangi laboratoriya ishini bajarishga kirishadi.
Laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalari. Elektr qurilmalarini tuzilish qoidalariga asosan binolar ichida joylashtirilgan elektr laboratoriyasida elektr tokidan shikastlanmaslik uchun kuchlanish 42V gacha bo’lsa xavfsiz hisoblanadi. Inson tanasining elektr qarshiligi asosan teri qismini qarshiligidan iborat bo’lib taxminan 200-500 kOm bo’ladi. Terini namlanishi yoki shikastlanishi natijasida elektr qarshiligi 600-800 Om gacha kamayadi. Shunday qilib kishi tanasi orqali yuqorida ko’rsatilgan kuchlanishda 0,1-0,3mA tok o’tadi. Tana orqali 50mA gacha tok o’tganda kishi shikastlanadi. Agar 100mA tok o’tsa bo’lishi mumkin. Shuni eslatib o’tish kerakki, hatto 50mA gacha tok o’tganda ham kishi qo’llari tortishib qoladi va agar u tokni ushlagan bo’lsa ajratib olish imkoni bo’lmaydi. Laboratoriyada 220V kuchlanishdan foydalanishga to’g’ri keladi. Shuning uchun xavfsizlikni ta’minlash asosiy ahamiyat talab qiladi. Asosiy texnika xavfsizligi qoidalari:
1. Elektr zanjirini yig’ishdan avval tokni ulovchi simlar o’chirilgan holda ekanligiga ishonch hosil qilish;
2. Klemmalari ishdan chiqqan pribor yoki apparatlarda izolatsiya buzilgan simlardan, reostatlardan, patronlardan, kalitlardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi;
3.Kondensatorni elektr zaryadiga ulashdan avval uni razryadlash kerak, buning uchun klemmalarni qisqa o’tkazgich bilan tutashtiriladi;
4.Yig’ilgan elektr zaryadini o’qituvchi tekshirgandan so’ng uni ruxsati bilan tarmoqqa ulanadi. Tarmoqqa ulashdan oldin simlarni ochiq qismlarini hech kim tegmayotganiga ishonch hosil qiling;
5.Har qanday almashinib ulash ishlari zanjirni tarmoqdan uzilgan holda bajariladi. Elektr zanjiridagi har qanday o’zgarish qilinganda o’qituvchi tomonidan tekshirilganidan so’ng elektr tarmog’iga ulanadi;
6.Ish davomida agar qandaydir buzilish natijasida tutun chiqsa yoki qismlar qizisa darhol elektr tarmog’idan ajratib hodisa haqida o’qituvchiga xabar qilish kerak;
7.Laboratoriyada bosh taqsimlash shitida almashib ulash ishlari ta’lim ta’lim oluvchilarga ruxsat berilmaydi. Elektrdvigatel bilan ishlaganda aylanuvchi qismlarga kiyim qismlari, soch tegib qolishidan ehtiyot bo’lish kerak;
8.Mabodo kimdir kuchlanish ostida bo’lsa uni ushlab tokdan ajratishga urinmaslik kerak, chunki sizni ham shikastlaydi. Bunda darhol tarmoqdan elektr zanjirni ajratish kerak va o’qituvchiga xabar qilish kerak. Ta’lim oluvchilarga ushbu qoidalarini o’tgandan so’ng laboratoriya ishiga beriladi va alohida daftarga qayd etiladi.
IV BOB FIZIKANI O’QITISHDA MUSTAQIL TALIM
Do'stlaringiz bilan baham: |