Bozor institutlarning rivojlanmaganligi:
– tumanlar miqyosida bozorinfratuzilmasining notekis joylashganligi faoliyatiningrivojlanmaganligi sababli xizmatlarining sifatining pastligi va bahosining yuqoriligi.
|
Fermer xo‘jaliklarining barqaror rivojlanishiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi qanday ta’sir ko‘rsatadi? Jahonmoliyaviy-iqtisodiy inqirozi bank muassasalaridan to ishlabchiqarish sohalarigacha borgan bir zanjirning tarkibiy halqasi sifatida tarmoqlarni o‘z ta’siri doirasiga oladi. Shu boisdan,inqiroz fermer xo‘jaliklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita o‘z ta’siri doirasiga olishi mumkin, ammo inqiroz boshqa tarmoqlarga ta’sir etishi bilan fermer xo‘jaliklari ham bilvosita uning ta’sir doirasiga kiradi.
Bunda bank muassasalari fermer xo‘jaliklarini kredit bilanta’minlash, ularga iqtisodiy moliyaviy yordam berishni tashkiletishlari, shuningdek, sug‘urta tashkilotlari fermer xo‘jaliklarini iqtisodiy tanglik va qurg‘oqchilik holatlariga qarshihimoyalovchi tashkilot bo‘lib iqtisodiy xavflarni sug‘urtalashishlarini kuchaytirishlari ayni muddao bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozining ta’siri va salbiy oqibatlarini oldiniolish yo‘llarini belgilab olish fermer xo‘jaliklarida ham o‘zigaxos yondashuvga asoslanishi lozim. Fermer xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishga respublikamiz hukumati tomonidanalohida e’tibor berib kelindi va bir qator muhim qaror vafarmonlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur huquqiy va me’yoriy asoslar to‘lig‘icha yaratildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Lekin shungaqaramay, fermer xo‘jaliklari faoliyatida yuzaga kelgan bir qatormuammolarni aniqlab olish va jahon moliyaviy-iqtisodiyinqiroziga qarshi dasturlar ishlab chiqishda ushbu muammolarnikeltirib chiqargan sabablarni hisobga olish maqsadga muvofiqbo‘ladi, deb hisoblaymiz. Jumladan, ushbu muammolar quyidagilardan iborat:
1. Bugungi kunga kelib mamlakatda yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qariyb 35,0 foizini, chorvachilik mahsulotlarining 3,7 foizini etkazib berayotgan, qishloq aholisini qo‘shimcha daromad va ish o‘rinlari bilan ta’minlayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish masalasi etarlicha hal etilmagan.Ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, zarur moddiy texnika resurslari bilan doimiy ravishda ta’minlash kerak. Fermer xo‘jaliklariga chorva ozuqasi va boshqa zaruriy resurslarni etkazib berish muammosi va boshqa masalalarni hal etuvchi muvofiqlashtiruvchi tuzilma tashkil etish zarur bo‘ladi.
2. Fermer xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishga ta’sir qiluvchi ayrim tashkiliy masalalarni o‘zaro kooperatsiya asosida ish yuritish orqali hal qilish mumkin. Bunda fermer xo‘jaliklarini turli xil kooperativlarga birlashishi ixtiyoriylik asosida va xo‘jalik a’zolari kooperativga birlashishning afzalliklarini ongli ravishda his qilgan holda amalga oshirilishi lozim. Chunki, har qanday xo‘jalik majburiy ravishda tashkil etilsa, uyushma yoki kooperativlarga birlashtirish hech qandaysamara bermasligini amaliyot tajribalari ko‘rsatmoqda.Kooperativlar asosan ularga ixtiyoriylik tamoyiliga asosankirish istagini bildirgan sub’ktlar tomonidan ko‘p yo‘nalishliyoki ixtisoslashgan holda tashkil qilinishi mumkin.
3. Fermer xo‘jaliklarida mahsulot etishtirish, daromad olishdarajasi respublika mintaqalari, shuningdek, alohida viloyatlarning ichida ham bir-biridan farq qiladi. Bunga, birinchidan tuproq va iqlim sharoitlarining turlichaligi sabab bo‘lsa,ikkinchi asosiy sabab fermer xo‘jaligi egalarining mavjud imkoniyatdan foydalanib ko‘proq daromad olishga bo‘lgan intilishningyo‘qligidir.
Ma’lumki, fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish qishloq aholisi daromadi va turmush darajasini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz Prezidentining 2009yilni «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» deb e’lonqilinishi bejiz emas edi. Ushbu yo‘nalishda 2009 yil 26 yanvardagi«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» davlat dasturito‘g‘risida» gi Prezident Farmoni qabul qilinib, unda qishloqjoylarda yashayotgan aholining turmush darajasini shahar bilantenglashtirish, qishloqning respublikamiz iqtisodiyotidagi o‘rniva salohiyatini oshirish, qishloqni rivojlantirish bo‘yicha strategik me’yoriy va huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, jahonmoliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida qishloqda fermerxo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali respublikamiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamdaaholi bandligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui vaustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu farmon bilan fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanadarivojlantirishga tegishli bo‘lgan quyidagi tadbirlar belgilabberilgan, ya’ni:
– chorvachilikni rivojlantirish;
– har bir mintaqada mamlakatda ishlab chiqarilgan yuqoritexnologiyaga asoslangan meva-sabzavot, chorvachilik mahsulotlarniqayta ishlash korxonalarini tashkil etish;
– mini texnologiyalar yarmarkasini o‘tkazish va boshqalar.
Republikamizda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklaribilan bog‘liq yuqorida keltirilgan muammolar, ularni kelibchiqish sabablari hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning oldini olish maqsadida chora tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini zarur deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |