I-bob. Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish. Arxivlash dasturlari va ularning turkumlanishi. Reja


Kompyuter viruslari va ularning turlari



Download 3,57 Mb.
bet13/145
Sana31.01.2022
Hajmi3,57 Mb.
#420541
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145
Bog'liq
ma\'ruzalar matni

3. Kompyuter viruslari va ularning turlari


Reja
1. Kompyuter viruslari va ularning xossalari.
2. Kompyuter virusining xarakteriga nisbatan turlari.
3. Virus turlari. Fayl viruslari, yuklovchi viruslar
4. Antivirus dasturlari


Tayanch iboralar: virus, kompyuter virusi, virus turlari, dasturli virus, virus
tashuvchi, paketli virus, gibrit virus, butli virus, resident virus,
tarmoqli virus

Hozirgi kunda viruslardan himoyalanish har bir kompyuter foydalanuvchisi oldida turgan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Kompyuter viruslaridan keladigan zararlar milliardlab dollarlar bilan belgilanadi.


Kompyuter virusi – maxsus yozilgan dastur bo’lib, kompyuterda ishlashda barcha mumkin bo’lgan xalaqitlarni yaratish, fayl va kataloglarni buzish dasturlari ishdan chiqarish maqsadida hisoblash tizimlariga, kompyuterning tizimli sohalariga, fayllarga tadbiq qilinadigan, o’zlarining nusxalarini yaratish, boshqa dasturlarga o’z-o’zidan birikib oladigan xossalarga egadirlar.
Hozirgi vaqtda viruslarni yo’qotish uchun ko’pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlari antiviruslar deb ataladi. Antiviruslarni, qo’llanish usuliga ko’ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: detektorlar, faglar, vaktsinalar, privivkalar, revizorlar, monitorlar.
Muhim ma’lumotlarni himoya qilish masalasida ko’pincha maishiy yondashish ishlatiladi: «kasalikni davolagandan ko’ra uning oldini olgan yaxshiroq». Afsuski, aynan u eng buzuvchi oqibatlarni keltirib chiqaradi. Kompyuterga viruslarni kirib olish yo’lida barrikadalarni yaratib olib, ularning mustahkamligiga ishonib va buzuvchi hujumdan keyingi harakatlarga tayyor bo’lmasdan qolmaslik kerak. Shu bilan birga, virusli hujum, bu muhim ma’lumotlarni yo’qotishni yagona bo’lmagan hattoki keng tarqalmagan sababidir. Shunday dasturli uzilishlar mavjudki, ular operatsion tizimni ishdan chiqarish mumkin hamda shunday apparatli uzilishlar borki, ular qattiq diskni ishlashga layoqatsiz qilib qo’yish qobiliyatiga egadirlar. O’g’irlash, yong’in yoki boshqa favqulodda holatlar natijasida muhim ma’lumotlar bilan birgalikda kompyuterni yo’qotish ehtimoli har doim ham mavjuddir. Shuning uchun xavfsizlik tizimini yaratishni birinchi navbatda «oxiridan» boshlash kerak – istalgan ta’sirni, u virus hujumi, xonada o’g’irlik yoki qattiq diskni fizik ishdan chiqish bo’lishidan qat’iy nazar, buzuvchi oqibatlarini bartaraf etishdan boshlash kerak.
Ma’lumotlar bilan ishonchli va xavfsiz ishlashga faqat shundagina erishiladiki, agar istalgan kutilmagan hodisa, shu jumladan kompyuterni to’liq fizik ishdan chiqarish ham, salbiy oqibatlarga olib kelmasligi kerak.


Kompyuter virusi orqali zararlanish oqibatida kompyuterlarda quyidagi o’zgarishlar paydo bo’ladi:



  • ayrim dasturlar ishlamaydi yoki xato ishlay boshlaydi;

  • bajariluvchi faylning hajmi va uning yaratilgan vaqti o’zgaradi;

  • ekranda anglab bo’lmaydigan belgilar, turli xil tasvir va tovushlar paydo bo’ladi;

  • kompyuterning ishlashi sekinlashadi va tezkor xotiradagi bo’sh joy hajmi kamayadi;

  • disk yoki diskdagi bir necha fayllar zararlanadi (ba’zi xollarda disk va fayllarni tiklab bo’lmaydi);

  • vinchester orqali kompyuterning ishga tushishi yo’qoladi.

Viruslar asosan disklarning yuklanuvchi sektorlarini va exe, com, sys va bat kengaytmali fayllarni zararlaydi. Viruslarning hajmi bir necha baytdan to o’nlab Kb gacha bo’lishi mumkin.






Hozirgi kunda kompyuter viruslari g’arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli xil dasturlarni olib kelib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to’g’riroq bo’ladi.


Avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o’z-o’zidan qo’shiluvchi, ishga qodir va kompyuter tarmoqlari va alohida kompyuterlarda o’z-o’zidan tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan dasturga dasturli virus deyiladi.
Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan dasturlar deyiladi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish