I bob. Erkin iqtisodiy hududlarning mazmuni, maqsadlari va xususiyatlari



Download 22,25 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi22,25 Kb.
#763213
Bog'liq
Mundarija




Mundarija
Kirish ………………………………………………………………….………………………. 3


I - BOB. ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING MAZMUNI, MAQSADLARI VA XUSUSIYATLARI.
1.1 Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati va rivojlanishi
1.2 Еrkin iqtisodiy hududlar faoliyatining asosiy yo’nalishlari va maqsadi
1.3 O’zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatiini rivojlantirish istiqbollari


II – BOB. ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI O’ZBEKISTON
2.1 O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar tashkil etishning jahon tajribasini qo’llash imkoniyatlari.
2.2 O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari

Xulosa ………………………………………………………………………………………………


Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………………….
1.1 Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati va rivojlanishi


1.3. Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish tarixi va bosqichlari EIHlarni xalqaro iqtisodiy tashkilot sifatida e‟tirof etish mumkin. Chunki, Ular global xarakterga ega, ularning yordamida jahon xo„jaligi aloqalarida butun mintaqalarda juda intensiv integratsiya jarayoni sodir bo„lmoqda. Xalqaro integratsiyaning hozirgi zamon bosqichining o„ziga xos xususiyatlaridan biri iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlanishning lokazatsiyalashuvi hisoblanadi. Buni tashkiliy jihatdan ifoda etuvchi bo„lib, EIHni yaratish yuzaga chiqmoqda. Shuning uchun ularni jahon bozorining milliy iqtisodiyotga qurilgan kichik tuzilmalari, bo„g„inlari deb ham nomlashadi. EIHlarning bunday nomlanishining ham o„ziga xos sabablari mavjud. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin. Hozirgi paytda, butun dunyo industrial iqtisodiyotdan innovatsion iqtisodiyotga 17 qarab bormoqda. EIHlar – XX asrning ikkinchi yarim yilligining eng ko„zga tashlanadigan institutsional innovatsiyasidir. Uning ahamiyatini quyidagi ikki raqamning o„zi ko„rsatadi: XX asr oxiriga kelib, jahon ishlab chiqarishining 10 %i, jahon savdo aylanmasining 30 %i EIH orqali o„tgan va jahon kapital aylanmasining qariyb yarmi EIHlar orqali amalga oshirilgan. Jumladan, Xitoy mamlakati ma‟lumotlari bo„yicha EIH joylashgan mintaqalarda yashovchi aholi jon boshiga to„g„ri keladigan investitsiyalar, mamlakat bo„yicha o„rtacha ko„rsatkichdan 10 martaga yuqoridir. Buni AQShda joylashgan “Selikon velli” nomi bilan mashhur ilmiy-tadqiqot hududlarining yangi texnologiyalarni yaratishda qo„shayotgan xizmatini hisobga olib “jahon iqtisodiyotining yadrosi”, deb bejiz nomlashmasligi bilan ham izohlash mumkin. Bugungi kunda alohida mamlakat va jahon iqtisodiyoti rivojida ulkan salohiyat va ulushga ega bo„lib borayotgan EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishi uzoq o„tmishga borib taqaladi. Tarixiy manbalarga ko„ra, bundan 2200 yillar muqaddam, eramizdan avvalgi 166- yilda grek davlati Delosda birinchi marotaba hujjat asosida, savdoni yengillashtarish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil qildilar. Bu erkin iqtisodiy zonalar, Sharq va G„arb o„rtasidagi savdo aloqalarini birlashtiruvchi vazifani bajargan. U erdagi savdogarlar soliqlardan, bojlardan va ma‟muriy rasmiyatchiliklardan ozod etilgan. XII-XIII asrlarda erkin savdo hududlari faoliyat yurita boshlagan. Erkin savdo hududlari G„arbiy Divana daryosi bo„ylarida paydo bo„lgan. Bu daryo o„rta asrlarda eng muhim savdo yo„liga aylangan. U Arab Xalifaligini sharqiy slavyan dunyosi bilan bog„lagan. G„arbiy Dvina va uning yon atroflaridagi quruqliklar ham erkin savdo hududlari deb e‟lon qilingan. Yana bir qator olimlar “1547-yilda Italiyadagi Livorno shahri erkin savdo shahri deb e‟lon qilingan va aynan shu birinchi erkin iqtisodiy hudud bo„lgan”24 . Ganzey bitimi o„zining gullagan vaqtida oddiygina iqtisodiy hududlarning paydo bo„lishiga turtki bo„lgan. Bu esa G„arbiy va Sharqiy Yevropa o„rtasidagi savdo munosabatlarining rivojlanishiga olib kelgan. Ganzey bitimining rivojlanishining siri, u yerdagi yuk tashishlarning arzonligi va omborxona hamda tranzit hududlardan keng foydalanganligi. Ganzey kemalari G„arbda Lissabondan Sharqqa Revel (Tallina)gacha suzishgan. XV asrlarning oxiriga kelib, Ganzey bitimi kemalari hammasining umumiy yuk ko„tara olishi hajmi 60 ming tonnadan oshgan. Boshlang„ich erkin iqtisodiy hududlar deb, daryo bo„yidagi yirik portlarda joylashgan maxsus territoriyalar, temir yo„l zanjirlari, aeroportlar yoki ularga tegishli bo„lgan 24 Андрианов В.Д. Россия: экономический и инвестиционный потенциал. – М.: Экономика, 1999. – С. 467. 1.1-rasm. Italiyadagi Livorno erkin savdo hududi 18 rayonlar hisoblangan. Ular xorij mahsulotlarini olib kirish, olib chiqishda erkin va boj to„lovlaridan ozod qilingan, mamlakatning bojxona territoriyasidan ajratib olingan hududlardir. Bunday hududlar hozirgacha saqlanib kelgan. U yerda tovarlar chegaralangan yoki cheklanmagan muddatgacha omborxonalarda saqlanadi, taqsimlanadi, qayta taqsimlanadi va qayta ishlab chiqiladi, so„ngra shu mamlakat ichki bozoriga boj to„lovi bilan yetkaziladi yoki boj soliqlarisiz chetga olib chiqib ketiladi. Bunday iqtisodiy hududlardan foydalanish mol yetkazib beruvchilar uchun ancha qulay bo„lgan, chunki ular tovarga yetarlicha talab va albatta, unga mos ravishda narxning ham ko„tarilishini, tovarni sotmasdan kutib turish, mahsulotni ulgurji xaridorlarga taqdim etish imkoniga ega edilar. Keyinchalik esa “erkin portlar” tashkil qilingan, bu hududda tovarlar uchun xaridorlar topilgunicha, tovarlarga boj to„lovlari to„lanmasdan omborlarda saqlanishi mumkin bo„lgan. Dastavval “erkin portlar” ichki bozorni rivojlantirish uchun tashkil qilingan, keyin esa xalqaro savdoning rivojlanishiga qo„shilish maqsadida tashkil qilingan. “Erkin portlar” Genuyada (1595 y.), Venetsiyada (1661 y.), Marselda (1669 y.), Rossiyada – Odessada (1817 y.), Vladivostokda (1862 y.), Batumida (1878 y.) tashkil qilingan25 . Ular porto-franko nomi bilan mashhur. XX asrning boshlarida porto-frankolar Maltada, Sulinda, Singapurda, Adeneyada mavjud edi. Ikkinchi Jahon urushigacha 26 mamlakat va hududlar ishtiroki bilan 75ta erkin portlar va erkin savdo hududlar tashkil qilingan. EIHlarning ikkinchi bor tug„ilishi, paydo bo„lishi XX asrning ikkinchi yarimlariga to„g„ri keldi. Ular rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqala boshlagan, ularning izidan esa, anchagina kechikishlar bilan o„tish iqtisodiyotida bo„lgan mamlakatlarda tuzila boshladi. Bunga mustamlaka tuzumlarning qulashi natijasida iqtisodiy rivojlanish yo„liga yuzga yaqin mustaqil davlatlarning qo„shilishi; o„nlab integratsiya uyushmalarining tashkil topishi; yangi industrial mamlakatlarning jahon xo„jaligiga faol qo„shilishi; jahon sotsialistik tuzumining qulashi; ilmiy-texnika inqilobi rivojlanishi, dunyoda raqobatning va iqtisodiy jarayonlar erkinlashuvining kuchayishi kabi omillar sababchi bo„lgan. EIHlarning ikkinchi bor tug„ilishi, paydo bo„lishi XX asrning ikkinchi yarimlariga to„g„ri keldi. Ular rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqala boshlagan, ularning izidan esa, anchagina kechikishlar bilan o„tish iqtisodiyotida bo„lgan mamlakatlarda tuzila boshladi. Bugungi kunda dunyoning 140 dan ortiq davlatida 5 mingga yaqin EIHlar mavjud. Ularda 80 mln.dan ortiq kishi band va tashqi savdo aylanmasi 1,5 trln. AQSh dollaridan ziyod. YuNKTAD ma‟lumotlariga ko„ra: eng ko„p EIH AQShda – 266 tani tashkil etadi. G„arbiy Yevropada birinchilardan bo„lib tashkil qilingan EIH 1959-yilda, Irlandiyadagi xalqaro Shennon aeroporti yaqinidagi eksport-ishlab chiqarish hududi edi. Hozirgi davrda bu hudud mamlakat rivojlanishi katta xissa qo„shadi. Bu hududda 24 ming kishi ish bilan ta‟minlangan, u erda eksport uchun mahsulotlar ishlab chiqariladi, mamlakatning qoloq g„arbiy qismlari iqtisodiyotining yaxshilanishiga va 25 http://www.vlasovaandpartners.ru/ru/pub7_sez.shtml R. Laxreev SEZ 19 buning natijasida butun mamlakat rivojlanishiga olib keladi. EIHlar Buyuk Britaniyada, Germaniyada, Italiyada, Fransiyada va regionning boshqa mamlakatlarida ham EIHlar tashkil qilingan bo„lib, ular muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritayapti. U erda ko„proq turli xildagi erkin savdo hududlari, ilmiy parklar va offshor markazlari tarqalgan. Mintaqada keng tarqalgan erkin savdo hududlarining soni 120 ta atrofida. Italiyada misol uchun, erkin savdo hududining boj to„lovlaridan ozod etilgan omborxonalar faoliyat yuritadi. Ular Neapolda, Genuyada, Barida, Imperii, Livorno, Palermo va Rimda joylashgan. Buyuk Britaniyada esa EIHlar Liverpul, Birmingem, Kardif, Belfast aeroportlarida tashkil qilingan. Ko„pgina xalqaro aeroportlarda joylashgan, erkin iqtisodiy hududning turlaridan biri bo„lmish, boj to„lovlarisiz savdo olib boradigan magazinlar (“Dyuti fri” magazinlari) uzoq vaqtlargacha faoliyat yuritgan. Ularning savdo hajmi 1990-yil oxirlariga kelib 1 mlrd. dollarga yaqinlashgan. Biroq, 2000-yil yanvaridan boshlab Yevropa Ittifoqidagi boj to„lovlarisiz savdo qisqartirilib bordi, u Yevropa Ittifoqi savdo to„siqlarini bekor qildi va o„z hududdidagi bojxona jarayonlariga tegishli qoidalarni standartlarshtirdi. G„arbiy Yevropada offshor markazlari keng tarqalgan. Ular xorij tadbirkorlarini o„zining qulay valyuta-moliyaviy qonunchiligi, soliqqa ttortishning imtiyozli xarakteri, bank va tijorat sirlarining yuqori darajadaligi bilan o„ziga jalb qiladi. Xalqaro offshor biznesini yurituvchi yetakchilarga Men, Buyuk Britaniyadagi Gernsi va Djersi, Vengriya, Irlandiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta, Monako, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Offshor biznesi bank va sug„urta faoliyatini, ko„chmas mulk operatsiyalarini, eksport-import operatsiyalarining ko„pgina turlarini, konsaltingni o„zida mujassamlashtiradi. G„arbiy Yevropa offshor biznesi sohasidagi kapital 130 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Unda 400 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar faoliyat yuritadi, har yili bir necha minglab yangi kompaniyalar registratsiyadan o„tadi, ula offshor operatsiyalari masshtablarini kengaytiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga keladigan bo„lsak, yangi industrial mamlakatlarda EIHlarni tashkil qilish sezilarli darajada foyda keltirdi. Janubiy Koreya Respublikasida, Singapur, Tayvan, Syangan, Malayziya, Filippin, Braziliya va Meksika kabi davlatlarda tashkil qilingan EIHlar iqtisodiy o„sishning umumiy strategiyasi bo„lib hisoblanadi. Osiyo va Afrikaning qator rivojlanayotgan mamlakatlari uchun EIHlar ularning iqtisodiy rivojlanishining muhim mexanizmi bo„la olmadi. U erdagi erkin iqtisodiy hududlarda yengil-sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, uy ro„zg„or eleketronikasi, ba‟zan mahalliy xomashyoni qayta ishlash bo„yicha og„ir sanoat sohalarida faoliyat yuritilgan. Lekin, u yerdagi faoliyat boshqa hududlardan terrritorial ajralib, go„yoki anklav kabi bo„lgan. Shunday bo„lsa ham EIHlar bu mamlakatlar rivojlanishini tezlashishiga, ularni xalq xo„jaligi bilan integratsiyalashuviga yordam beradi. Shuning uchun ham rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlar soni ortib bormoqda. Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Xitoy mamlakatlarida 1980-yillarda EIHlar xorij kapitalini va texnologiyasini jalb qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadlarida tashkil qilina boshladi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, asosan, mahsulot-omborxona va eksport-ishlab chiqarish hududlari 20 tashkil qilingan va ularga soliq hamda bojxona imtiyozlari berilgan. Misol uchun, Vengriyada EIHlarni, milliy iqtisodiyotni jahon xo„jaligi bilan integratsiyalashuvining real instrumentiga aylanishida yetarlicha tajribaga ega. Biroq Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ayrimlarida tashkil qilingan erkin iqtisodiy hududlar sezilarli natijalar bermadi, bunga ularni rivojlantirish uchun strategiyaning puxta ishlab chiqilmaganligi sabab bo„lgan. Bundan tashqari, EIHlar faoliyati, ya‟ni eksport-ishlab chiqarish hududlari konsepsiyasiga asoslanib mamlakatga xorij kapitalini kirib kelishiga moslanmagan, sharoit yaratilmagan, bozor strukturasining nimjonligi va mahalliy bozorning cheklanganligi sabab bo„lgan. Xuddi shu paytda, Xitoyda tashkil qilingan EIHlar ishonchli natijalarni bergan. Xitoydagi EIHlar, birinchi galda, xorij va chetdagi xitoy kapitalini jalb qilishga, ko„pgina va arzon ishchi kuchidan foydalanish, mamlakat hoqimiyatining va mahalliy organ hukumatining moliyaviy qo„llab-quvvatlanishiga qaratilgan. Eksportga mo„ljallangan va texnologik jihatdan yirik hajmga ega bo„lgan loyihalarga jalb qilingan xorij kapitallariga qo„shimcha soliq imtiyozlari berish yo„li bilan, asosiy fondlar amortizatsiyasini tezlashtirish bilan, ish kuchi va yer ijaralariga to„lovlarini davlat tomonidan subsidiyalar ajratish bilan, Xitoy ichki bozorida mahsulotni sotishga qo„shimcha huquqlar berish va boshqa vositalar yordamida katta imtiyozlar beriladi. Bularning hammasi ushbu hududlarda qabul qilingan xalqaro talablarga javob bera oladigan qulay investitsion muhitning shakillanishiga olib keldi. Natijada hozirgi kunda Xitoyda EIHlarning ko„p darajali tizimi tashkil topdi. Bu tizim Xitoy davlatining EIHlarni rivojlantirish bo„yicha o„ziga xos amaliyot va tajribalarni shakllantirishida muhim o„rin egallaydi. Buning natijasida bugungi kunda Xitoyda turli yo„nalishdagi 190 dan ortiq EIHlar faoliyatining samarali yo„lga qo„yilishiga erishildi. Shunga ko„ra, Xitoy hukumati mamlakatning barcha mintaqalarida EIHlarni tashkil etish va rivoelantirishga yanada jiddiy e‟tibor qaratib kelmoqda. Xitoyda EIHlarning amalda faoliyati mamlakatni ma‟muriy-taqsimotdan ochiq bozor iqtisodiyotiga o„tishiga, milliy xo„jalikning tez rivojlanishiga yordam bermoqda. Bu esa, o„z navbatida, mamlakatga kirib kelayotgan ko„p milliardlik investitsiyalar hisobiga sanoatlashgan tashkilotlar va ish joylari soning o„sishi, xorij kapitali obyektida mehnatni tashkil qilishning ko„payishi, EIHlardagi eksport hajmining keskin ravishda oshishi kabilarda yaqqol namoyon bo„ladi. Rossiyada EIHlar 1980-yillar oxiri 1990-yillar o„rtalariga kelib tashkil qilina boshlandi. Rasman tasdiqlangan EIHlar bir necha o„ntadan iborat edi. Bugungi kunga kelib, Rossiya Federatsiyasida EIHlar faoliyati tartibga solingan va nazoratga olingan bo„lib, ular sonining samarali faoliyat ko„rsatishiga qarab qisqartirildi. Ular ichida erkin savdo hududlariga tegishli mahsuslashtirilgan turli xildagi hududlar va o„z hajmiga ko„ra kattaroq, umumiy, kengroq bo„lgan hududlar bor. Biroq, Rossiyada tashkil qilingan barcha EIHlar ham vaqt o„tishi bilan tajribalarga dosh berolmadi. Bunga ularga (EIHga) nisbatan mamlakat siyosatining munosabati ham ta‟sir ko„rsatgan. Ular ichida muvaffaqiyat qozonganlardan Primorya o„lkasining “Naxodka” EIH va Kaliningrad viloyatidagi mahsus iqtisodiy hududlarni aytish mumkin. 21 Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi (MDH) va Markaziy Osiyo davlatlarida ham EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, bugungi kunga kelib Rossiya Federatsiyasida 25 ta, O„zbekistonda 21 ta, Qozog„istonda 10 ta, Turkmanistonda 10 ta, Belorusiyada 6 ta, Tojikistonda 2 ta, Qirg„izistonda 1 ta EIH faoliyat ko„rsatmoqda. EIHlarning rivojlanish bosqichlari va shu asosda yuzaga kelgan yangi avlod shakllarini quyida keltirilgan 1.2-rasm orqali ifodalash mumkin. 1.2-rasm. EIHlarning rivojlanish bosqichlari 1.2-rasmdan ko„rinib turibdiki, jahon tarixida EIHlar dastlabki tashkil etilgan ko„rinishlaridan to bugungi kunga kelib shakllangan turlarining yuzaga kelishigacha bo„lgan vaqtlar EIHlarning 4 ta avlodidan iborat davrni o„z ichiga olar ekan. Shunday qilib, bugungi globallashuv jarayoni talablariga ko„ra dunyodagi EIHlar soni doimiy ravishda ortib boradi, ularni tashkil qilishdagi geografik chegaralari kengayadi, ularning shakli o„zgarib boradi: tashqi savdo hududlaridan eksport-ishlab chiqarish va kompleks hududlarga. Xo„jalik faoliyati mohiyati tovar ayrboshlashdan tovar ishlab chiqarish tomon boradi, xizmat ko„rsatishning oddiy turlaridan ilmiy darajada murakkab bo„lgan turlariga o„zgarib boradi. Yuqoridagilarni ko„rib, shuni xulosa qilish mukinki, EIHlar milliy iqtisodiyotni jahon xo„jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim omilga aylandi. Dunyo amaliyotida EIHlar o„tgan asrning 50 yillarning oxiri va 60 yillarning boshlarida ko„pgina mamlakatlarda paydo bo„ldi. 90 yillar o„rtalariga kelib, statistik ko„rsatkichlarga ko„ra, dunyo bo„yicha 1200 ga yaqin EIHlar mavjud bo„lgan. Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, erkin savdo, kapital, soliq, bojxona, iqtisodiyot, integratsiya, sanoat, texnologiya. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. EIHlarning ildizi qadim o„tmishga borib taqaladi, ya‟ni 2200 yillar 22 muqaddam, eramizdan avvalgi 166 yilda grek davlati Delosda birinchi marotaba hujjat asosida, savdoni yengillashtarish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil qildilar. Bu erkin iqtisodiy zonalar, Sharq va G„arb o„rtasidagi savdo aloqalarini birlashtiruvchi vazifani bajargan. U erdagi savdogarlar soliqlardan, bojlardan va ma‟muriy rasmiyatchiliklardan ozod etilgan. 2. EIHlarning rivojlanib borishi natijasida XX asr oxiriga kelib, jahon ishlab chiqarishining 10 %i, jahon savdo aylanmasining 30 %i EIH orqali o„tgan va jahon kapital aylanmasining qariyb yarmi EIHlar orqali amalga oshirilgan. 3. EIHlarning dunyoning 140 dan ortiq mamlakatida tashkil etilganligi hamda uning uzoq tarixga ega bo„lishiga qaramay, o„tgan asrning 50 yillaridan boshlab jadal rivojlanib kelayotganligi ularning jahon iqtisodiyoti rivojini ta‟minlashda muhim o„rin egallashiga o„z ta‟sirini ko„rsatmoqda. Nazorat uchun savollar: 1. EIHlarni tashkil etishning dastlabki vaqti qaysi davrlarga borib taqaladi? 2. EIHlar rivojlanishi tarixida o„ziga xos bosqichlar nimalardan iborat bo„lgan? 3. EIHlar rivojlanish tarixida tadbirkorlarga qanday imtiyoz va qulayliklar taqdim etilgan? 4. EIHlar dastlabki tashkil etilishi va rivojlanishida qaysi davlatlar alohida o„rin egallagan va sababi nimada? 5. EIHlar rivojlanishining so„nggi bir necha o„n yillikdagi tarixi haqida nimalarni bilasiz? 6. EIHlar rivojlanishida MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlari qanday o„rin egallaydi? 1.4. Erkin iqtisodiy hudud tashkil etilishi maqsadlari va ularning jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rni EIHlarni tashkil qilish va ularni rivojlantirish aniq bir dolzarb muammoga ega bo„lgan iqtisodiy masalani echishga, strategik dastur va loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan bo„ladi. O„z hududida EIHni tashkil qilayotgan davlat uchun, EIHlar pirovard maqsad hisoblanmaydi. Ko„pgina hollarda, EIHlar mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojlanishning umumiy strategiyasiga qo„shilib ketadi. EIHlarni tashkil qilishdan umumiy maqsad ommaviy ahamiyatga ega bo„lgan makroiqtisodiy masalalarni yechimiga qaratilgan bo„ladi: - iqtisodiy o„sish darajasini tezlashtirish; -sanoatni yangilash va zamonaviylashtirish; - ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan to„yintirish. Biroq, bu maqsadlarga to„g„ridan-to„g„ri erishish har doim ham amalga oshmaydi. Dunyo amaliyoti ko„rsatishi bo„yicha, EIHlar bu masalani xalqaro bozorga mahsulot va xizmatlarni chiqarish orqali valyuta kirib kelishini ko„payishi hisobiga hal qilish imkonini beradi. Xuddi mana shu vaqtning o„zida EIHlar qabul qilayotgan mamlakatlar uchun ham bir qancha masalalarni hal qiladi: mamlakatga xorij hamda mahalliy kapitalni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, sanoat va xizmat 23 ko„rsatish sohalarida ish bilan bandlik darajasini oshiradi, boshqaruv hamda marketing tizimida yetakchi malakaga ega bo„lish imkonini beradi, zamonaviy infratuzilmani yaratadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday EIH doimiy rivojlanishda bo„ladi. Bir turdagi iqtisodiy hudud boshqa turdagi hududga aylanishi mumkin, albatta, u rivojlanishning yuqori bosqichida bo„ladi, bu esa, o„z navbatida, EIH oldida turgan maqsadlarning o„zgarishiga va yanada murakkablashishiga olib keladi. EIHning maqsadi uni tashkil qilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga, strategik yo„nalishlariga va ularni amalga oshirish imkoniyatlariga bog„liq bo„ladi. Shuning uchun ham EIHni tashkil qilish sabablari va maqsadlari alohida hollarda bir-biridan farq qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda, misol uchun AQShda, Buyuk Britaniyada, Fransiyada EIHlar, ko„pincha, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirish, mahalliy siyosatni amalga oshirish orqali depressiv tumanlardagi kichik va o„rta biznesni jonlantirishga va buning natijasida hududlararo rivojlanish farqlarini yo„qotish, ya‟ni rivojlanishdan ortda qolayotgan hududlarga yordam berish maqsadida tuzilgan. Xuddi mana shu maqsadlarda bu yerda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlarga, tadbirkorlarga mamlakatning boshqa tumanlaridagiga qaraganda, faoliyat erkinligi va anchagina sezilarli moliyaviy imtiyozlar berilgan. Bu dasturlar xorij kapitalini jalb qilish yo„nalishlariga ega emas edi. Shularga o„xshash maqsadlarda EIHlar rivojlanayotgan mamlakatlarda ham tashkil etilgan. Biroq, ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlardan farqi shundaki, rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHni, eng avvalo, xorij kapitalini, texnologiyasini jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishchi kuchi kvalifikatsiyasini oshirish maqsadlarida tashkil qilingan. Yuqorida aytib o„tilgan maqsad va sabablardan tashqari, EIHni tashkil qilishda yana uch asosiy masalaga e‟tibor qaratiladi: - ishlab chiqarish eksportini oshirish va natijasida valyuta kirib kelishini ta‟minlash; - ish bilan bandlik ko„rsatkichini oshirish; - hududni xo„jalikda yangi usullarni qo„llash bo„yicha poligonga aylantirish va milliy xo„jalikning o„sishiga erishish. Shuni ham e‟tiborga olish kerak, rivojlanayotgan mamlakatlar EIHlarni faqatgina xorij investitsiyalarini jalb qilish maqsadidagina tashkil qilmaydilar. Ko„rsatiladigan turli xildagi imtiyozlar xorij kapitalining kirib kelishiga yo„l ochib beradi, ular yordamida esa mamlakatlar o„zlarining bir qancha maqsadlarini amalga oshiradilar – milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, markazdan yiroqroqda joylashgan, iqtisodiy qoloq tumanlarni rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish, Davlat budjetiga doimiy ravishdagi qo„shimcha daromad manbalarini yaratish. Mamlakat xorij investitsiyalariga butunlikcha yo„l ochib berishni istamagan holda yoki investitsiyalarni ma‟lum bir sohaga yo„naltirish niyatida mamlakatning ba‟zi erlarida EIHlarni tashkil qiladi. Dunyo amaliyoti ko„rsatishi bo„yicha turli mamlakatlarda EIHlar turli maqsadlarga erishish yo„lida tashkil qilinadi. Shunga ko„ra, ularni quyidagilarga 24 ajratish mumkin: Birinchidan, mamlakatda EIHni tashkil etishning asosiy maqsadi, mamlakatni xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanish jarayoniga chuqurroq jalb qilish. Bu erda gap raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va ularning eksport qilishni yanada ko„paytirish to„g„risida boradi. Bu esa o„z navbatida, mamlakatga valyutani ko„proq kirib kelishini ta‟minlaydi. Agarda mamlakat qandaydir sabablarga ko„ra tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun kirib keladigan xorij kapitallariga keng iqtisodiy erkinlik yaratib bera olmasa, u bunga EIHni tashkil etish yo„li bilan erishishi mumkin. Va shundagina mamlakat hukumati xorij investorlari uchun qulay sharoit yaratishga erishadi. Ikkinchidan, EIHni tashkil qilishning yana bir maqsadi, mamlakat ichki bozorini import tovar o„rnini bosa oluvchi sifatli mahsulot bilan to„yintirish. Bunga erishish uchun EIHda xorij kapitali yordamida import o„rnini bosa oluvchi tovar ishlab chiqarish tashkil qilinadi. Uchinchidan, maxsus iqtisodiy hudud tashkilotchilari xalqaro savdo bozorida faqatgina ishlab chiqarish liniyasi bo„yicha ishtirok etishga e‟tibor beribgina qolmaydi, undan tashqari, turizm sohasiga, madaniyat sohasiga, sanatoriya-kurort sohasiga ham e‟tibor qaratadi. Bular esa mamlakat hududiga valyutani yanada ko„proq kirib kelishini ta‟minlaydi. To„rtinchidan, EIHning maqsadi mamlakatda mahalliy hamda chet el ilmiytexnikasining ishlab chiqarishda tezroq va keng ko„lamda qo„llanishini ta‟minlash, kelajakda ulardan samarali foydalanish va ularning natijalarini mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojida aks ettirish. Beshinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda tashkil qilinadigan EIHning maqsadi mamlakatdagi ishchi kuchini, injinerlarni, xo„jalik ishdagilarni va boshqaruv faoliyatini olib boruvchi kadrlar tayyorgarliklarini va malakasini oshirish. Oltinchidan, EIHning muhim maqsadlaridan biri – bu ma‟lum bir hududdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga yoki aniq bir tarmoqning rivojlanishiga turtki bo„lish. Masalan, AQSh va Buyuk Britagiyada EIHlar o„tgan asrning 50-yillaridan keng tashkil qilina boshlagan. Ularning maqsadi depressiv tumanlarda kichik va o„rta biznesni rivojlantirish edi. Bu maqsadga erishish uchun, butun mamlakat hududlaridan ko„ra, bu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga moliyaviy imtiyozlar va xo„jalik faoliyatini yuritish uchun bir qancha yengilliklar berilgan. Bu rivojlantirish dasturi to„g„ridan-to„g„ri xorij kapitalini o„ziga jalb qilish uchun tuzilmagan. Xuddi mana shu maqsadlarda kamroq rivojlangan mamlakatlarda ham EIHlar tashkil qilingan, ya‟ni rivojlanishdan ortda qolayotgan hududlarda tashkil qilingan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlarni tashkil qilish maqsadlari ishlab chiqarish bo„yicha rivojlangan mamlakatlardan farq qilgan holda asosiy e‟tibor xorij kapitalini jalb qilishga ko„proq qaratalgan bo„ladi. Yettinchidan, ba‟zi-bir mamlakatlarda EIHga ma‟lum bir mintaqani zamonaviylashtirish, rivojlantirish usuli kabi qaraladi. EIH mamlakatda hukum surayotgan iqtisodiyotning qaysidir turidan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o„tishga yordam beradi. Misol uchun, Xitoyda EIH (u yerda maxsus iqtisodiy hudud deb 25 ataladi) tajribaviy ijtimoiy xarakterga ega. Bu mamlakatda ma‟muriy iqtisodiyot tizimidan birdaniga, “yoppasiga” bozor iqtisodiyotiga o„tish noto„g„ri deb bilingan. Chunki, bu xalq uchun katta zarba bo„ladi, buning natijasida esa, albatta, iqtisodiyot katta talofat ko„radi, deb hisoblashgan. Shuning uchun ham bu erda bozor iqtisodiyotining afzalliklari EIHni tashkil qilish orqali ko„rilmoqda. EIHlarning amaliyotda qo„llanilishi bozor iqtisodiyotining, davlat mulkiga asoslangan iqtisodiyotdan ko„ra samarali ekanligini isbotlab bermoqda.

KIRISH
Jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to„g„ridanto„g„ri investitsiyalarni jalb etish bo„yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mazkur vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy hududlar yetakchi o„ringa ega. Shu boisdan dunyoning aksariyat davlatlari, xususan, Xitoy, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlar misolida hududning geografik va boshqa qulayliklaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bugungi kunda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish zaruriyat va an‟anaga aylangan. Birgina o„tgan asr 90 yillarining o„rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning har xil turlari, jumladan, eksportga mo„ljallangan 300 dan ortiq ishlab chiqarish hamda 400 ga yaqin erkin ilmiy-texnikaviy hududlar faoliyat ko„rsatgan. Chunki, bunday hududlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mintaqani jadal ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya hamda boshqaruv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir. Erkin iqtisodiy hududlar hozirga kelib to„xtovsiz rivojlanmoqda. Rivojlanish oddiydan murakkabga, arzon va tez sotiladigan variantdan ko„p tarmoqli va kapital talab qiluvchiga o„tib bormoqda. Zamonaviy jahon tajribasida 30 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning turlari mavjud bo„lib, ulardan ko„p ulushga ega bo„lganlar bu bojxona hududlari, to„lovlar olib tashlangan hududlar, bojxona erkin hududlari, erkin eksport hududlari, erkin eksportga mo„ljallangan ishlab chiqarish hududlari, erkin ishlab chiqarish hududlari, iqtisodiy barqarorlik hududlari, o„zaro tadbirkorlik hududlari, texnika-iqtisodiy rivoljantirish hududlari, fan-sanoat parklari va boshqalar iqtisodiyotda muhim ahamiyat ega kasb etib kelmoqda. O„zbekistonda ham iqtisodiyotni yuqori darajada rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar faoliyati 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish, ularning faoliyatini kengaytirish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Zero, erkin iqtisodiy hududlar milliy iqtisodiyotni alohda mintaqalar darajasida rivojlantirish bilan birga, ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini va xalqaro raqobatbardoshligini ta‟minlashda hamda boshqa bir qator dolzarb masalalarning ijobiy hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi. 4 Buning uchun mamlakatda mazkur sohaga oid zamonaviy bilim, ko„nikma va malakaga ega bo„lgan kadrlarni tayyorlash talab etiladiki, mazkur darslik aynan ushbu vazifani bajarishga qaratilgan adabiyot sifatida xizmat qiladi. Mazkur darslik o„n ikki bobdan iborat bo„lib, u, o„z navbatida, zarur ko„rgazmali rasmlar, jadvallar, zaruriy axborotlar va huquqiy-me‟yoriy hujjatlar tahlili bilan to„ldirilgan. Birinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarning mazmuni, rivojlanish tarixi va bosqichlari, maqsadlari hamda jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rni yoritib berilgan. Ikkinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va faoliyat ko„rsatishining huquqiy asoslari va ularni shakllantirishning xorijiy va milliy tajribalari keng yoritilgan. Uchinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarning tasnifi, turlari, xususiyatlari asoslab berilgan. To„rtinchi bobda investitsiya muhitining mazmuni, iqtisodiy faollikni va erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirishdagi ta‟minlashdagi ahamiyati hamda undagi imtiyozlar va ta‟sir etuvchi omillar tahlil qilingan va yoritib berilgan. Beshinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarda logistika infratuzilmasining ahamiyatini, uni shakllantirishning va logistik xizmatlarni samarali yo„lga qo„yishning zarurligi va bu boradagi O„zbekistondagi amalga oshirilayotgan islohotlar izohlab berilgan. Oltinchi bobda erkin iqtisodiy hududda bojxona ishi va uni tashkil etishning zarurligi, asoslari, tartibi va jarayonlari masalalar o„rin olgan. Yettinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning jahon tajribalari, jumladan, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribalari misolida batafsil yoritilgan. Sakkizinchi bobda AQShda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlarning asosiy turlari va ularning tasnifi, xususiyatlari va ularning investitsiyalarni jalb etishdagi tutgan o„rni to„g„risidagi ma‟lumotlar berilgan. Tuqqizinchi bobda Xitoy Xalq Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish maqsadlari, ahamiyati va xususiyatlari. Xitoyda erkin iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi va rivojlanishi bosqichlari kabi masalalar atroflicha yoritilgan. O„ninchi bobda Rossiya Federatsiyasida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilishi va rivojlanishi tarixi, turlari, maqsadlari va rivojlanish xususiyatlari ko„rsatib berilgan. O„n birinchi bobda offshor hududlarning mazmuni, yuzaga kelib sabablari, turlari, ahamiyati, jahon xo„jaligida tutgan o„rni, undagi imtiyozlar va offshor kompaniyalar faoliyati haqida ma‟lumotlar berilgan berilgan. O„n ikkinchi bobda O„zbekiston Respublikasida tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar va ularning rivojlanish xususiyatlari atroflicha yoritilgan. Ushbu darslikda yoritilgan barcha masalalar erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini tashkil etish, boshqarish va unda investitsiyaarni jalb etish hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borishda muhim asos bo„lib xizmat qilishi mumkin.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar rahbarlari ishtirok etdi.


2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash,iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga xorijiy, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, davlat mulki xususiylashtirilgan obektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyat, tuman va shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Davlatimiz rahbarining 2016 yil 26 oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ushbu zonalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi.


Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Urgut», «G‘ijduvon», «Ko‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amalga oshirilgan, 4,6 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilgan.


Yig‘ilishda bu ko‘rsatkichlar qoniqarli emasligi, uni yanada oshirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, investor va tadbirkorlarni jalb etishni kengaytirish zarurligi ta'kidlandi.


Prezidentimiz topshirig‘iga asosan erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million dollar miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.


Farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm», «Parkent-farm» singari 7 yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflari chog‘ida bo‘sh turgan yoki samarasiz ish yuritayotgan ishlab chiqarish binolarini borib ko‘rdi. Ulardan samarali foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida ushbu binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Mamlakatimizdagi kichik sanoat zonalari 96 taga yetdi.


Bugungi kungacha ushbu hududlarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha amalga oshirilgan. Yangi korxonalar ishga tushishi tufayli 9,6 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.


Bundan tashqari, 248 loyihani amalga oshirish natijasida 11 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.


Yig‘ilishda kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning bu sohadagi faoliyatini tanqid qilib, ularda tashabbuskorlik yetishmasligi,erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligini ta'kidladi.


Xususan, mas'ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish jarayoni murakkabligicha qolib, odatda rasmiy xarakter kasb etmoqda. Erkin iqtisodiy zona qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda hanuz byurokratizm asoratlari saqlanib qolmoqda.


«Urgut», «Ko‘qon», «G‘ijduvon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmatsevtika yo‘nalishidagi erkin iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlari sust bormoqda. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan barqaror ta'minlashda muammolar kuzatilmoqda.




Davlatimiz rahbari erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalaridagimavjud
Download 22,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish