I bob. Elektronika sohasining rivojlanishi, yarimo'tkazgichlarning fizik xususiyatlari, yarimo'tkazgichli asboblar va ularning vazifalari



Download 267,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.02.2022
Hajmi267,19 Kb.
#422371
  1   2   3   4
Bog'liq
yarim



I BOB. ELEKTRONIKA SOHASINING RIVOJLANISHI,
 
YARIMO'TKAZGICHLARNING FIZIK XUSUSIYATLARI, 
YARIMO'TKAZGICHLI ASBOBLAR VA ULARNING VAZIFALARI 
1.1.
 
Elektronika sohasining rivojlanish bosqichlari 
Elektronika — fan va texnikaning elektronlar va boshqalar zaryadlangan 
zarralarning elektromagnit maydon hamda turli jismlar bilan oʻzaro taʼsiri 
qonuniyatlarini oʻrganish, bu oʻzaro taʼsirdan foydalanib energiyani 
oʻzgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab chiqish 
bilan shugʻullanadigan sohasi. Matematika, fizika, nazariy elektronika kabi fanlar 
elektronikaning nazariy asosini tashkil qiladi. Elektronikada axborotni diskret va 
uzluksiz elektromagnit signallar koʻrinishida olish va ularni oʻzgartirish, 
almashtirish masalasi ham oʻrganiladi. Elektronlarning juda kichik inersion 
xossaga ega ekanligi ularning elektron asboblar ish hajmidagi makromaydonlar 
bilan ham, atom, molekula yoki kristall panjara ichidagi mikromaydonlar bilan 
ham oʻzaro taʼsiridan chastotasi 1012Gs gacha boʻlgan elektromagnit 
terbanishlarni, shuningdek, chastotasi 1012— 1020Gs boʻlgan infraqizil, optik, 
ultrabinafsha va rentgen nurlanishlarni samarali generatsiyalash, oʻzgartirish va 
qabul qilish imkonini beradi. Elektron jarayonlar va hodisalarni, shuningdek, 
elektron asbob va qurilmalar yaratish usullarini tadqiq qilish natijalari elektron 
texnikaning turlituman asbob-uskunalarini, hisoblash texnikasi, informatika, aloqa, 
radiolokatsiya, televideniye, telemexanika va boshqalar sohalardagi murakkab 
masalalarni hal qilishga moʻljallangan turli tizimlar va komplekslarni yaratishda 
oʻz aksini topgan. 
Elektronikaning asosiy ilmiy masalasi vakuum, elektromagnit maydon va bir 
jinsli boʻlmagan muhitda zaryadlangan atom zarralarining harakati va bu bilan 
bogʻliq fizik hodisalarni oʻrganish va amaliy yoʻnalishini belgilash, amaliy 
masalasi esa axborotni hosil qiluvchi, oʻzgartiruvchi va uzatuvchi tizimlarda, 
hisoblash texnikasida, energetik qurilmalarda, ishlab chiqarish texnologiyasida har 
xil vazifalarni bajaruvchi elektron asbob va qurilmalar yaratishdan iborat. 


Elektronika yutuqdari radiotexnika taraqqiyoti, tranzistorlar, uzatuvchi 
televizion trubkalar yaratilishi bilan uzviy bogʻliq. 
Olimlar J.K.Maksvem, O.U.Richardson, T.A.Edison, T.Gers, Gʻ.V.Rentgen, 
J.Tomson, X.K.Lorentsyatlsh ishlari 20-asr boshida elektronikaning fan sifatida 
shakllanishiga asos soldi. Rus olimlari A.G.Stoletov, A.B.Bruyevich, N.G.Basov, 
A.M.Proxorov, S.V.Vavilov, A.A.Chernishev va boshqalar, amerika olimlari 
Ch.Tauns, L.De Forest, Z.Varvan, R.Varman, R.Kompfner va boshqalar bu fan 
taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshishdi. 
Elektronika 3 boʻlim: fizik elektronika, texnik elektronika va elektronika 
texnologiyasi boʻlimlaridan iborat. Fizik elektronika vakuumda, elektromagnit 
maydonlar va boshqalar har xil muhitlarda atom zarralari, ionlar va neytral 
atomlarning harakati va ular bilan bogʻliq boʻlgan fizik qonuniyatlarni, elektron va 
ion asboblar, qurilmalarni yasash, elektron asbob va qurilmalar yordamida 
elektromagnit energiyasini olish, uzatish va qoʻllanish prinsiplarini, atom zarralari 
oqimlarini, ionlar, kvantlar, elektromagnit maydonning moddalarga taʼsirini 
nazariy va amaliy oʻrganish bilan shugʻullanadi; elektron emissiya, ionlashish, 
energetik sathlar, yarimoʻtkazgichlarda tunnel effekti, elektron oqimlarni fokuslash 
kabi hodisalarni oʻrganadi. 
Texnik elektronikada elektron va ion asboblar, qurilmalar va tizimlarni fan, 
sanoat, aloqa, xalq xoʻjaligi, transport va boshqalar sohalarda qoʻllash nazariyasi 
va amaliy hal qilish masalalari koʻriladi. Texnik elektronikaga elektronnurli trubka, 
ossillograf, rentgen qurilmalari, EHM, simobli tok oʻzgartirgichlar, radiolokatorlar, 
integral sxemalar va boshqalar kiradi. Elektron apparatlarning qoʻllanishiga qarab, 
texnik elektronika mustaqil radioelektronika, sanoat, yadro elektronikasi kabi 
yoʻnalishlarga boʻlinadi. 
Elektron asboblar ishlab chiqarish texnologiyasi ushbu bosqichlar ishchi 
elementi materiallarini olish, ularning elektrofizik, optik, emission parametrlarini 
oʻrganish, ularga kerakli shakl, oʻlcham va sirt xossalari berish uchun mexanik, 
kimyoviy va elektrokimyoviy qayta ishlash, yarimoʻtkazgich materiallardan oʻtish 


qismlarini olishda plastik va kristallarni qayta ishlash, asboblarni yigʻish va 
boshqalar oʻta nozik va murakkab bosqichlardan tashkil topadi. 
Elektronika elektron va ionli hodisalarning tabiati va qanday muhit hamda 
moddada borayotganligiga qarab, vakuum elektronikasi, qattiq jism elektronikasi 
va kvant elektronika sohalariga boʻlinadi. Har bir soha bir necha yoʻnalishlarni oʻz 
ichiga oladi. 
Vakuum elektronikasi quyidagi qismlardan iborat:
1)
emission elektronika; 
2)
elektronlar va ionlar oqimini hosil qilish va ularni boshqarish;
3)
elektron lyuminessensiya;
4)
yuqori vakuum fizikasi va texnikasi;
5)
sirt hodisalari;
6)
gaz razryadli asboblar fizikasi va boshqalar.
Vakuum elektronikaning asosiy yoʻnalishlari: elektron lampalar, yuqori 
chastotali elektronvakuum asboblar (magnetronlar, klistronlar, yuguruvchi toʻlqin 
lampalari va boshqalar), elektron nurli asboblar (kineskoplar, ossillograf trubkalari 
va boshqalar); fotoelektron asboblar (fotoelektron koʻpaytirgichlar va boshqalar); 
rentgen trubkalari, gaz razryadli asboblar (kuchli tok oʻzgartirgichlari, yorugʻlik 
manbalari, indikatorlar). 
Qattiq jism elektronikasining asosiy qismlari:
1)
yarimoʻtkazgich materiallar xossalarini va ularga aralashmalarning 
taʼsirini oʻrganish;
2)
kristallda har xil oʻtkazuvchanlik xossalariga ega boʻlgan sohalarni 
hosil qilish;
3)
zarur xossa va shaklga ega boʻlgan metallyarimoʻtkazgich, dielektrik 
yarimoʻtkazgich, yarimoʻtkazgich kontaktli materiallarni olish va ularning 
texnologiyasini ishlab chiqish;
4)
metall, dielektrik, yarimoʻtkazgich va qotishmalar sirtidagi fizik-
kimyoviy hodisalarni oʻrganish va ularni boshqarish usullarini topish;


5)
oʻta kichik oʻlchamdagi asbob elementlarini olish va fundamental 
masalalarni oʻrganish.
Qattiq jism elektronikasi, asosan, yarimoʻtkazgichlar elektronikasi bilan 
bogʻliq. Qattiq jism elektronikasi yarimoʻtkazgichli asboblar (diodlar, tranzistorlar) 
yaratish va dielektrik elektronika, magnetoelektronika, akustoelektronika, 
pyezoelektronika, krioelektronika kabi yoʻnalishlarga ega. 
Kvant elektronikaning asosiy yoʻnalishlari lazer va mazerlar yaratish, bu 
asboblarni turli amaliy masalalarni hal qilishga (masofani aniq oʻlchash, vaqt va 
chastota etalonlarini yaratish, energiyani uzatish, uzoq kosmik aloqa, tibbiyot va 
ishlab chiqarishning baʼzi sohalarida maʼlum vazifalarni bajarishga) joriy etishdan 
iborat. 
Elektronika asboblari materiallarini olish va tayyorlash masalalarini 
materialshunoslik fani hal qiladi. Elektron asboblar texnologiyasi murakkab 
boʻlganligi uchun barcha texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish talab qilinadi. 
Elektron asboblar texnologiyasi bilan bogʻliq boʻlgan masalalar mashinasozlik 
sanoatida elektron mashinasozligi tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi. 
Elektronika oldida boshqaruv, hisoblash, aloqa va oʻlchash elektron tizimlarida 
qayta ishlanuvchi maʼlumotlar miqdorini, integral sxemalar samaradorligini 
oshirish, stereotelevideniye prinsiplari va vositalarini ishlab chiqish, amalga 
oshirish, millimetrli va santimetrli diapazonda ishlovchi oʻta yuqori chastotali 
elektronika asboblarini yaratish, mukammallashtirish, kristall panjara boʻshliqlari 
— kanallarida harakatlanuvchi zarralar xossalaridan foydalanib generatorlar, 
kuchaytirgichlar kabi turli elektronika asboblari yaratish, elektron asboblar 
texnologiyasini mukammallashtirish masalalari turibdi. Elektronika mehnat 
unumdorligini oshirishda juda qoʻl keladi. Elektronika asboblari fan, texnika va 
ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi. 
Elektronika fani va texnikasining yutuqlari inson faoliyatining deyarli 
hamma sohalarida qoʻllanilmoqda. Elektron texnika vositalari keng koʻlamli asbob 
va qurilmalarning ajralmas qismiga aylandi. Ular orasida katta integral sxemalar 
(KIS) asosida yaratilgan mikroprotsessorlar alohida oʻrinni egallaydi. Soʻnggi 


vaqtlarda oʻta katta integral sxemalar (OʻKIS) ishlab chiqildi; ular asosida mikro 
EHM lar yaratiddi. Ular xalq xoʻjaligini boshqarishda, sanoatning turli sohalarida, 
tibbiyotda, inson hayoti va faoliyatining koʻpgina sohalarida keng qoʻllaniladi. 
Elektronika fani va texnikasi asosan ikki yoʻnalish: informatsiya hisoblash 
taʼminoti muammolari hamda energiya olish va undan foydalanish yoʻnalishlari 
boʻyicha rivojlanmoqda. 
Oʻzbekistonda elektronikaning rivojlanishi G.N.Shuppe, S.V.Starodubsev va 
U.O.Orifovlarning fizik elektronika sohasidagi ilmiy tadqiqotlari bilan boshlangan. 
Oʻzbekistonda elektronika boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari Oʻzbekiston FA 
Elektronika instituti, Fizikatexnika instituti, Toshkent texnika universiteti, 
Oʻzbekiston milliy universiteti va boshqa ilmiy tekshirish muassasalarida M.S. 
Saidov, 
Oʻ.X.Rasulov, 
N.Y.Toʻrayev, 
T.D.Rajabov, 
R.A.Moʻminov, 
A.T.Mamadalimov va boshqalar olimlar rahbarligida olib borilmoqda. 



Download 267,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish