Ichki yonuv dvigateli
Yonilg’ini yoqish hisobiga ajratib chiqqan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi issiqlik mashinasi ichki yonuv dvigateli (IYoD) deyiladi.
IYoDlarida issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylanishi va barcha termodinamik jarayonlar sikl davomida silindr deb nomlanadigan maxsus ish organida amalga oshiriladi. Ma‘lumki, silindr ichida porshen harakatlanadi, shuning uchun IYoD ba‘zan porshenli dvigatellar deb ham nomlanadi.
«Dvigatel» degan nom ruscha «dvigat»- jildirish, ya‘ni harakatga keltirish so’zidan olingan. Dvigatelga berilgan energiya (issiqlik energiyasi, atom energiyasi, suv-shamol energiyalari) mexanikaviy energiyaga aylantiriladi va u generatorlar, nasoslar, kompressor, avtomabil g’ildiraklari, kemalarning eshkak vintlari, samolyotlarning parraklari, stanoklarning boshqa ish organlarini harakatga keltiradi.
Bizga ma’lumki, juda qadim zamonlarda odam va hayvonlar muskul kuchlari yagona dvigatel vazifasini o’tagan edi. Shuning uchun fan-texnikaning rivojlanishi natijasida dastlab suv-energiyasidan foydalaniladigan dvigatel paydo bo’ldi. Keyinchalik shu ishning rivojlanishi yanada yangi bosqichga ko’tarildi. Suv dvegateli ishlab chiqarishning boshqa barcha turlarini, daryo to’g’onlaridan yil fasllariga qarab foydalanish tufayli ma‘lum miqdorda cheklab qo’ydi. Bu cheklanishlar uzoq davom etmadi va odamlar yangi, ishlab chiqarishni o’ziga xos rivojlantiruvchi bug’ mashinalarini kashf etdilar, u esa sanoatda keskin burulish yasadi. Bug’ mashinalari XIX asrning 70-yillariga qadar ishlab chiqarishda, transportda ham issiqilikni ishga, ya‘ni mexanik ishga aylantiruvchi birdan bir dvigatel hisoblanar edi. XIX asrning oxirlarida suv bug’ining xossalarini va uning oqish qonunlarini tekshirishda katta ilmiy ishlar olib borildi. Bu ilmiy ishlar natijasida bug’ mashinasining takomillashgan turi-bug’ turbinasi paydo bo’ldi.
Bug’-turbinasidan foydalanilgan holda ishlab chiqarish yanada rivojlandi, odamlar hayotidagi ko’pgina qiyinchiliklar osonlik bilan bartaraf etila bordi.
1860 yilda issiqlik energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib, juda yuqori ko’rsatgichlarga erishish mumkinligini ifodalovchi birinchi porshenli, ikki taktli IYoD frantsiyalik olim E.Lenuar ishlab chiqdi.
Bunday IYoD zolotnikli gaz taqsimlash mexanizmiga ega bo’lib,yonilg’i sifatida elektr uchquni gaz ishlatilgan.
1876 yilda Germaniyalik N.Otto va E.Lengenlar ilmiy tadqiqotlar olib borishlari natijasida yanada mukammallashgan to’rt taktli, gaz bilan ishlaydigan IYoD ishlab chiqildi. Bu dvigatelda yonuvchi aralashma oldindan siqilar (siqish takti) va u yonilg’ini Lenuar dvigatelidan ikki barobar kam saqlar edi. Buning sababi esa ishlab chiqilgan dvigatel 1862 yilda fransuz injeneri Bo-de-Rosha tomonidan taklif etilgan sxema bo’yicha yasalgan edi, ya‘ni aralashmani o’zgarmas hajmida yondirish amalga oshirildi.
19- asrning oxiriga kelib sanoatda neftni qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqildi, bu esa IYoD larida gaz yonilg’ilar qatorida suyuq yonilg’ilardan ham foydalanish imkonini berdi, chunki neftni qayta ishlashdan olingan benzin, kerosinlarni elektr uchquni yordamida yoqilishi IYoD larining sanoat va transportda keng qo’llanilishiga imkoniyat yaratdi.
Rossiyada birinchi marta benzinda ishlaydigan IYoD 1889 yili injener I.S.Kostovich uchqun bilan o’t oldiriladigan dvigatelning birinchi namunasini ishlab chiqdi.
1897 yili nemis injeneri R. Dizel tomonidan ixtiro qilingan va fanda «Dizel dvigatel» deb nom olgan, siqilish hisobiga qizigan havoga purkalgan yoqilg’ining yonishi natijasida ishlaydigan to’rt taktli IYoD ning takomillashgan konstruktsiyasi 1899 yili birinchi marta Peterburgda yasaldi. 1901 yilda rus olimlaridan G,V. Trinkler va 1910 yilda Ya.V. Maminlar kompressorsiz dizel dvigatelin yaratdi. Dizel dvigatellarining nazariyasi to’laroq o’rganilishi va takomillashib borishi natijasida IYoD lari bug’ mashinalari o’rnini tezlik bilan egallay boshladi.
Ichki yonuv dvigatelining klassifikatsiyasi
Issiqlik dvigatellari ishchi jismiga issiqlikning berilish usuliga qarab ikki xil bo’ladi:
Ichki yonuv dvigatellari;
II.Tashqi yonuv dvigatellari (bularga bug’ mashinalari, bug’ turbinalari kiradi).
1.3-rasm.Ichki yonuv dvigatelining ko’rinishi
Yonuvchi aralashma silindrdan tashqarida, yaʼni karbyuratorda tayyorlanadigan Ichki yonish dvigateli karbyuratorli dvigatel, silindr ichida tayyorlanadigani dizel deb ataladi. Karbyuratorli Ichki yonish dvigatelida ish aralashmasi sham (svecha) elektrodlari orasida hosil boʻladigan elektr uchquni bilan, dizellarda esa silindrda siqib qizdirilgan havoga yonilgʻi purkash yoʻli bilan oʻt oldiriladi.
Ichki yonish dvigateli 1, 2, 4, 6 va h. k. silindrli boʻladi. Bir silindrli, 4 taktli, karbyuratori Ichki yonish dvigateli quyidagicha ishlaydi (rasm): kirititish taktida (A) havo tozalagich / orqali havo oʻtib, karbyurator 2 da u yonilgʻiga aralashadi va yonuvchi aralashma hosil qiladi; bu aralashma kiritish klapani 3 orqali silindr 6 ga kiradi, qisish takti (£)da yonuvchi aralashma 0,8—2 Mpa gacha siqiladi, 200—400 gacha qiziydi. Porshen 10 yuqori chekka nuqta (yu.ch.n.)ga 20—40° (tirsakli valning aylanish burchagi) yetmasdan aralashma sham 4 dan oʻt oladi. Porshen yu.ch.n.ga yetgach, aralashma tekis yona boshlaydi. Gazlar bosimi 3—6 Mpa ga, temperaturasi esa 2200° gacha yetadi. Kengayish (ish) takdi (V)da porshen gaz bosimi taʼsirida pastga harakatlanib, shatun 7 vositasida tirsakli val 8 ni aylantiradi. Gaz bosimi 0,3—0,4 MPa, temperaturasi esa 900—1200° gacha pasayadi. Chiqarish takti (G) da chiqarish klapani 5 porshen pastki chekka nuqta (p.ch.n.)ga 30—60° yetmasdan ochila boshlab, yu.ch.n.dan 10—28° oʻtgandan keyin yopiladi. Demak, Ichki yonish dvigatelining bir ish siklida tirsakli val ikki marta aylanadi, shundan yarim aylanish gazlarning porshenga taʼsiri hisobiga, qolgan bir yarim aylanish zalvar massa (maxovik) 9 ning inersiya kuchi hisobiga yuz beradi. Silindrlar soni qancha koʻp boʻlsa, Ichki yonish dvigateli shuncha tekis ishlaydi, tirsakli val ham shuncha ravon aylanadi. Toʻrt taktli dvigatelda ish sikli porshenning toʻrt yoʻli (takti)da, ikki taktli dvigateley esa ikki yoʻlida bajaradi.
Karbyuratorli Ichki yonish dvigatelining ish sikli paytida val katta (3000—7000 ayl/ min) tezlikda aylanishi mumkin, poyga avtomobillari va mototsikllarida val 15000 ayl/min va bundan ham tez aylanadi. Toʻrt taktli karbyuratorli Ichki yonish dvigateli 600 kVt (800 o.k.). Porshenli aviatsiya dvigatellari 1100 kVt (1500 o.k.) gacha quvvat hosil qiladi.
Ichki yonish dvigatelini takomillashtirishda quvvatini borgan sari oshira borish, avtomobillarda karbyuratorli dvigatellar oʻrniga dizellarni koʻproq qoʻllash, har xil yonilgʻi bilan ishlaydigan dvigatellar yaratish va bu tadbirlarni amalga oshirishga harakat qilinmoqda.
1.4-rasm.Ichki yonuv dvigatelining qismlarga ajralishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |