MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………………………………....3
I-BOB. DELPHINING GRAFIK IMKONIYATLARI………………...……………….5 1.1. Chizish sohasi ……………………...………………...…………….5 1.2. Qalam asosida chizish ……………………….……………………..5 1.3. Sohani bo`yash funksiyalari…….…………………………………..7 1.4. Grafik ob’ektlar uchun matnlarni chiqarish ………………………. 9 1.5. Grafik primitivlar ………………………………………………… 11 1.5.1. Chiziq………………………………………………………. ………..11 1.5.2. Tutashgan chiziq……………………………………………. ……….11 1.5.3. Aylana va ellips……………………………………………. ……… 12 1.5.4. Yoy……………………………………………………………………12 1.5.5. To`rtburchak…………………………………………………………..12 1.5.6. Ko`pburchak…………………………………………………………..13 1.5.7. Sektor………………………………………………………………… 14 1.5.8. Nuqta…………………………………………………………………. 14 1.5.9. Multiplikatsiya (harakatlanuvchi aylana)……………………………. 17 II-BOB. DELPHINING GRAFIK KOMPONENTALARI ..………….... ……………..20 2.1. Image komponentasi……………………………….……………......20 2.2. Shape komponentasi …………………………………….………......20 2.3. PaintBox komponentasi …………………………………………......21 2.4. Timer komponentasi ……………………………….……………......21 2.5. Grafik ob’ekt hosil qilishga oid misol …………………………........26 XULOSA ……..............………………….............………………….………….………….. 32 ADABIYOTLAR …………………………....................………………………………… 33
KIRISH
DELPHI dasturiy vostasi-bu Windows uchun mo’ljallangan dasturlash muhiti bo’lib, 1995 yilda BORLAND kompaniyasi guruhi dasturchilari Chak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan. Bu til o’zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqa dasturlash tillaridan o’zining ba`zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi. Borland Delphining paydo bo’lishi dasturlashni texnologiyalari tarixida yorqin ko’rinish bo’ldi.
Delphining dunyoga kelishiga quyidagilar sabab bo’ldi:
Windows uchun dastulash va komponentalar texnologiyasi;
Masalalarni yechish uchun ob`ektga yo’naltirilgan usul;
Komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muhitlari;
Interpritatsiyadan emas, kompilyatsiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o’n martalab ustunlikka ega bo’ladi;
Universal usullar yordamida ma`lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlarining mavjudligi;
Lokal va shu bilan bir qatorda server ma`lumotlari faylidan mijoz-server arxitekturasiga yoki ko’p bosqichli N-tier sxemasiga o’tishni ta`minlash.
Borland Delphi yuqorida bayon etilgan tendensiyalarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning asosi Paskal tili hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi tili bo`yicha bir necha muhitlar yaratilgan.
Delphi dasturlash tili uchun Paskal dasturlash tili asos qilib olingan. Bu ikki tilning qanday o’xshashlik va farqli tomonlari bor?
Bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo’lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. Ya`ni qo’yilgan masalani kichikroq bo’laklarga bo’lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo’laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi hisoblanadi. Agar biz Delphida biror forma hosil qilsak, u holda Delphi bizga o’zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo’lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphida, agar unga o’zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O’zimiz esa .pas kengaytmasini saqlagan holda hohlagan nomimizni berishimiz mumkin.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida Delphi tilining grafik imkoniyatlari va uning komponentalari o`rganilgan. Grafik ob’ektlarni hosil qilish grafik primitivlardan boshlab, biroz murakkab ob’ektlar uchun animatsiyalar hosil qilish usullarigacha ko`rib chiqildi. Har bir grafik element misollar asosida tushuntirildi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, I-bobda Delphi dasturlash muhitining grafik imkoniyatlari, asosiy elementlar va ulardan foydalanish usullari, ikkinchi bobda esa qaralayotgan dasturlash tilining grafik komponentalari yoritilgan.
I-BOB. DELPHINING GRAFIK IMKONIYATLARI
Delphi dasturchiga grafik dasturlar sxema, chizma, illyustratsiyalar yaratishga imkon beradi. Dastur grafikani ob’ekt (forma yoki Image komponentasi) yuziga chiqaradi. Ob’ekt yuzasiga canvas xossasi moc keladi. Ob’ekt yuzasiga grafik element (to’g’ri chiziq, aylana, turtburchak va hokazo) larni chiqarish uchun bu ob’ektning canvas xossasiga mos usul qo’llash lozim. Misol uchun Form1.anvas. Rectangle (10,10,100,100) instruksiyasi dastur oynasida turtburchak chizadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |