Mavzu; Strukturalarni dasturlash elementlari.
Reja: Ⅰ.Kirish II. Asosiy qism
I. Bob Dasturlash amaliyoti algoritm va dasturlarni ishlab chiqish
1.1 Strukturaviy dasturlash.
1.2 Strukturaviy dasturlash tamoyillari.
1.3 Dasturlash tillari va texnologiyalari
II. Bob Strukturali dasturlash usullarini qo’llash 2.1 Struktura elementlariga murojaat.
2.2 Strukturalarni o’zlashtirish
2.3 Strukturalar massivi.
2.4 Strukturaga ko’rsatkich.
III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Hozirgi vaqtda axborot-kommunikasiya vositalari barcha turdagi tashkilot va muassasalarga shiddat bilan kirib kelmoqda. Hozirgi davrda axborotlarning haddan tashqari ko’pligi bu axborotlarni saqlashda, qayta ishlashda, hamda har xil turdagi tizimlarni yaratish, ulardan keng foydalanishni va axborot tizimlari yaratishni talab qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi ―Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g‘risida‖gi PQ-1730 Qarori hamda ―O’zbekiston Respublikasida ―Elektron ta‘lim milliy tarmog‘ini yaratish‖ investision loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g‘risida‖ gi PQ-1740 Qarori va me‘yoriy hujjatlar asosida algoritmiy ta‘minot ishlab chiqish va joriy etish keng ko’lamli hisoblanadi. Barcha tashkilot va muassasalarda avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish ulardan keng ko’lamda foydalanish uchun algoritmlash tillarini o’rni katta hisoblanadi. Axborot tizimlari axborotni to’plash, saqlash va qayta ishlash uchun, keng imkoniyatli maqsadlarda samarali foydalanish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy axborotlashtirish tizimi, ma‘lumotlar integratsiyasi konsepsiyasiga asoslangan katta hajmdagi ma‘lumotlarni saqlash bilan tavsiflanadi va ko’p sondagi foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob berishi kerak bo’ladi. Axborot tizimi va axborot texnologiyalarining avtomatlashtirilgan elementlarini qo’llash va avtomatlashtirish asosida yangi axborot texnologiyasini yaratish avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashtiruvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish uchun albatta birinchi navbatda muommo obektini infologik yoki diskretli modelini qurish dolzarb hisoblanadi. Infologik yoki diskretli modelni muommo obektiga qarab algoritmlash tillarini qaysi biri asosida yaratish kerakligini tanlab olinish kerak. Elektron hisoblash mashinalarini birinchi avlodlari yaratilishi bilan algoritmlash tillarini rivojlanishi ham boshlandi. Avval algoritm tuzuvchi mutaxassislar eng sodda mashina tilini o’zida ifodalovchi kompyuter komandalari bilan ishlaganlar. Bu komandalar nol va birlardan iborat uzun qatorlardan tashkil topgan edi. Keyinchalik insonlar uchun tushunarli bo’lgan mashina komandalarini o’zida saqlovchi assembler tili yaratildi. Shu vaqtlarda BASIC va COBOL singari yuqori sathli tillar ham paydo bo’ldiki, bu tillar yordamida so’z va gaplarning mantiqiy konstruksiyasidan foydalanib algoritmlash imkoniyati yaratildi. Ular komandalarni mashina tiliga interpretatorlar va kompilyatorlar yordamida o’tkazar edi. Algoritmlash tillari yaratilishi bo’yicha uchta turga ajratiladi: -quyi darajadagi; -o’rta darajadagi; -yo’qori darajadagi. 7 Bizga ma‘lumki, ma‘lum bir masalani yechish uchun buyruqlar ketma- ketligi ya‘ni algoritmni algoritmlash tilida yozilishida kamroq komandalardan foydalanilsa, bunday tillar darajasi yuqoriroq hisoblanadi. Quyi darajadagi algoritmlash tillari bevosita kompyuter qurilmalari bilan bog‘liq bo’lib buyruqlar ularning kodlari bilan yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan algoritmlar katta hajmli bo’lib, ularni taxrirlash mushkul hisoblanadi. Dastlabki kompyuterlar(ENIAK, MESM va boshqalar) ana shunday tillarda ishlardi. O’rta darajadagi algoritmlash tillari buyruqlarida faqat raqamlar emas, balki insonlar tushunadigan bazi so’zlar ishlatila boshlandi(Assemblaer). Yuqori darajadagi algoritmlash tillari quyidagicha bosqichlarga bo’linadi: Algoritmik(Basic, Pascal, C va b.) Mantiqiy(Prolog, Lisp va b.) Obe‘ktga mo’ljallangan(Object Pascal, C++, Java va b.) Algoritmlash tillarida yaratilgan algoritmlar mashina tiliga Translyatorlar yordamida o’tkaziladi. Translyator(translator-tarjimon) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga tarjima qiladi. Translyatorlar ikki turda bo’ladi: -Kompilyatorlar(compiler-yig'uvchi) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga to’liq o’qib olib tarjima qiladi. -Interpretatorlar(interpreter —izohlovchi, og‘zaki tarjimon) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga satrma satr tarjima qiladi. Translyatorlarni bu ikkala turi bir biridan farq qiladi. Komplyatsiya qilingan algoritmlar bir muncha kam vaqt talab etadi, ya‘ni tezroq ishlaydi, lekin interpretatsiya qilingan algoritmlarni o’zgartirish osonroq hisoblanadi.