I-bob. Cholgʻu sozi va uni shakllantirishda eʼtibor berish kerak boʻlgan jihatlar



Download 106 Kb.
bet1/2
Sana24.10.2022
Hajmi106 Kb.
#855936
  1   2
Bog'liq
Musiqa


KIRISH:
I-BOB. Cholgʻu sozi va uni shakllantirishda eʼtibor berish kerak boʻlgan jihatlar.
1.1. Yuqori sinf (3-5) oʻquvchilaridan ansambl tuzish.
1.2. Boshlangʻich sinf (1-2) oʻquvchilari uchun cholgʻu sozlarining mutaqobil turlaridan foydalanish
II-BOB. Cholgʻu ansambl talqinida tovush yoki musiqiy bezaklar hamohangligi tushinchasi 2.1. Ansamblda toʻlaqonli ovoz hosil qilish.
2.2.Musiqiy bezaklar ustida ishlash va ansambl tarkibidagi har bir cholgʻuga alohida yondashuv .
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kurs ishining maqsadi.
Bolalar musiqa va sanʼat maktabida anʼanaviy cholgʻu ansambl fanidan dars mashgʻulotlarini olib borayotgan oʻqituvchi sifatida tanlangan mavzuni yoritish orqali ansambl ijrochiligini chuqurroq va kengroq anglash.
Kurs ishining vazifalari:
Oʻkuvchi yoshlar oʻrtasida ansambl ijrochiligi maxoratini yanada rivojlantirishga hissa qoʻshish, bolalar musiqa va sanʼat maktabiga hos hususiyatlarni hisobga olgan holda pedogogik jixatdan yondashuv. Mavzuning oʻrganilganlik darajasi:
Mavzuga yetuk olimlar, Oʻzbekiston Konservatoriyasida faoliyat olib borayotgan professor va katta oʻqituvchilar tomonidan anʼanaviy cholgʻu ansambli ijrochiligiga oid ilmiy ishlari, oʻquv qoʻllanmalari va risolalarida chuqur va keng yoritilganligi.
Mavzuning oʻrganilganlik darajasi:
Mavzuga yetuk olimlar, Oʻzbekiston
Konservatoriyasida faoliyat olib borayotgan professor va katta oʻqituvchilar tomonidan anʼanaviy cholgʻu ansambli ijrochiligiga oid ilmiy ishlari, oʻquv qoʻllanmalari va risolalarida chuqur va keng yoritilganligi.
Kursviy ishning tuzilishi: Bitiruv Kursviy ishning tuzilishi: Kirish qismi, 2 ta Bob, xar bir bobda 2 tadan paragraf, Xulosa va Adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
Umumiy hajmi 30 bet.
Kurs ishning obyekti:
fFarg[ning predmeti:
Margʻilon shahar 8-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi anʼanaviy ijro boʻlimida cholgʻu ansambl fani boʻyicha dars mashgʻulotlari.

XULOSA Mustaqillik yillari davrida va soʻngi yillarda davlatimiz rahbarlari tomonidan qabul qilingan qarorlar, farmonlar biz musiqa va sanʼat sohasidagi pedagog xodimlar zimmasiga katta masʼuliyatlar yuklaydi.


Tinimsiz bilimimizni oshirish oʻz ustimizda ishlash, oʻqituvchilik faoliyatimizda yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli, samarali foydalana olish koʻnikmalarini hosil qilishimiz tom maʼnoda zamon talabiga aylanib ulgurdi.
Oʻzbekiston konservatoriyasi huzurida tashkil etilgan Kurs oshirish kurslari ana shu muhim qirralarini oʻz ichiga olgan deb hisoblayman.

Adabiyotlar roʻyxati


1. S. Abdullayev “ Qonun” Gʻ.Gʻulom nashriyoti Toshkent 2009


2. S. Azizboyev “ Anʼanaviy cholgʻu ansambli”
“Musiqa” nashriyoti Toshkent 2009.
3. S. Begmatov. N. Qodirov “ Ansambl sinfi” “Yangi nashr” Toshkent 2008
4. M. Ziyayeva “ Dutor” “ Musiqa” nashriyoti Toshkent 2011
5. M. Matyoqubov “ Qoʻshnay” “ Musiqa” nashriyoti Toshkent 2011
Mavzu: Rubob cholgusini orgatishda dastur asosidagi asarlar
MUNDARIJA
Kirish. I-bob. Oʻzbekiston kompozitorlari asarlarini Qashqar rubobi cholgʼusida ijro qilishdagi oʼrni.
1.1. Qashqar rubobi cholgʼusi va rubob cholgʼusining oilasi va tukomillanishi.
1.2. O‘zbek kompozitori N.Norxoʼjaevning ijodiy faoliyati.
II-bob. N.Norxoʼjaevning «Xonish» asarini oʼrgatish moxiyati va uni ijro
yetishning uslublari.
2.1. BMSM qashqar rubobi sinfi oʼquvchilariga qoʼyilgan talablar va amaliy mashgʼulotni rivojlantirish metodlari
2.2. N.Norxoʼjaevning «Xonish» asarini o‘quvchilarga oʼrgatish uslublari .
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati.
KIRISH
Mustakil O‘zbekistonning porloq kelajagini bunyod etuvchi, Vatan istiqboli uchun o‘z ulushini qo‘shuvchi xar bir inson
madaniy va ma’naviy jixatdan boy, ruxan go‘zal bo‘lishi kerak. Ozod yurtimizning ravnaqi va kelajagi yoshlarga bog‘liq. Bunda, albatta, oila, bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarinin roli beqiyosdir. Shaxsning rivojlanishiga salmoqli va samarali ta’sir ko‘rsatadigan madaniyatini yuksaltiradigan muxim
rollardan biri musiqiy ta’lim-tarbiya xisoblanadi. CHunki musiqa kishini xushfazilatli, samimiy, ziyrak, yuksak axloqiy fazilatli xamda ma’naviy madaniyat egasi bo‘lib etishishiga yordam beradi. Insonning kamolotga etishishida musiqaning bag‘oyatda kuchli ga’siri fakat shu kunlardagina emas, balki odamzot taraqqiyotining barcha bosqichlarida yaqqol namoyon bo‘lib kelgan. Boy musiqiy merosimiz, makomlar va xalk, qo‘shiqlari bir necha asrlardan buyon xalqni ma’naviy jixatdan yuksaltirishdek oliyjanob vazifani bajarib kelmokda. Bugun yurtimizda har bir sohada buyuk o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbuslari bilan O‘zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlash borasida katta marralar sari intilmoqdamiz. Dunyo miqyosida o‘ta murakkab bir vaziyat bo‘lib turgan zamonda har birimiz bo‘layotgan islohotlar borasida o‘z ulushimizni qo‘shish sari shijoat qilishimiz lozimdir. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli Qarori asosida zamonaviy va kasbiy bilimlarni chuqur egallagan, jismonan baquvvat, aqlan etuk, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash va bu kadrlarga tayanib mamlakatamizda olib borilayotgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat va jamiyat qurilishi jarayonini jadallashtirish, davlatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashini ta’minlash, Vatan istiqboli, Millat g‘ururi, Mamlakat kelajagi yo‘lida fidokorona mehnat qiluvchi barkamol avlodni tarbiyalash va voyaga etkazish vazifalarini qo‘yadi. SHu maqsad yo‘lida Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan hozirda ta’limni modernizatsiya qilishga, zamon talablaridan kelib chiqqan holda islohatlarni olib borishga katta ahamiyat berilmokda. Yoshlarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalash, voyaga etkazish biz uchun kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa sanaladi. Xar bir soxa o‘z tizimi bo‘yicha mutaxassis tayyorlagan kabi bizning soxada xam etuk mutaxassis tarbiyalashda san’at turining musiqa kasbiga xam yoshlarda mexr uyg‘otish va uni ro‘yobga chiqarishdan iborat.
2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunida yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarga oid davlat siyosatining prinsiplari, asosiy yo‘nalishlarni aks ettiruvchi qonunlaridan biridir. Mamlakatimiz Prezidentining bir qator farmon va qarorlari yosh avlodning xar tomonlama etuk bo‘lib voyaga etishi uchun barcha shart- sharoitni yaratishga qaratilgan. Bugungi kunga kelib farzandlarimiz davlatimizning bebaxo boyligiga aylanganiga xech qanday shubxa yo‘q. Yurtimizda yosh avlodning jismonan sog‘lom, ruxan tetik, intelektual jixatdan etuk bo‘lib kamol topishi, xar tomonlama bilim
olishi va kasb egallashi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Musiqa - inson xis tuyg‘ulariga ta’sir etadigan o‘ziga xos sexrli olamdir. U insonga ruxiy quvvat beradi, yaxshi kayfiyat baxsh etadi. YOshlarni musiqaga oshnoligi ularga yuksak ma’naviyatini qaror toptirishda muxim omil bo‘lib xizmat qiladi. YUrtimiz azalda betakror qadryatlari, umrboqiy an’analari va urf-odatlari, xususan, boy va beqiyos musiqa san’ati bilan dovrug‘ taratgan. Elimizdan ko‘plab xushovoz xofizlar, iste’dodli xonandayu - sozandalar etishib chiqgan. Xozirda xam mamlakatimizda musiqaga, san’at va kuy-qo‘shiqqa qiziquvchan iqtidorli yigit-qizlar juda ko‘p. YUqoridagi ta’kidlangan so‘zlarga asoslanib shuni aytish joizki, xozirgi kun yoshlari, mamlakatimiz ilm-fan, san’at, madaniyat va ma’rifat, texnika soxalaridagi xamda ma’naviy taraqqiyoti yo‘lida o‘zlarining bevosita xissalarini qo‘shib, mamlakatimiz va xalqimizni yuksalishi yo‘lida sobitqadamlik bilan chuqur izlanishlar olib borishlari lozim. YAngi jamiyat asoslarini qurayotgan bir vaqtda yoshlarni sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalashga shubxasiz ilm - fan taraqqiyoti juda katta axamiyat kasb etadi. Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni (2020 yil 23 sentyabr, O‘RQ-637-son) ga muvofiq, mamlakatimizda uzluksiz ta’limning tobora jadal rivojlanib borayotgan iqtsodiy tarmoqlar va ijtimoiy soxa uchun zarur mutaxasislar tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘ziga xos tizim yaratilishga erishildi. Mustaqillik sharoitida xalqning ma’naviy madaniyatni rivojlantirish va mustaxkamlash ishlari, muxim davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Uzluksiz ta’limni islox qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asoslari yaratildi. Ta’lim tizimida yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Ularning ko‘pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat bilan uzviy bog‘liq. YOsh avlodning xam mumtoz, xam zamonaviy milliy musiqa madaniyatining eng yaxshi namunalaridan baxra olish uchun darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar, an’anaviy va interaktiv usullar uyg‘unligidan foydalangan xolda zamonaviy metodikalar orqali olib borish maqsadga muvofiqdir. Xozirgi davrda fan va ma’daniyatni eng so‘ngi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni xayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nixoyatda zarurdir. O‘quvchilaga ta’lim-tarbiya berish jarayonida xalq pedagogikasi asoslariga tayanish.SHarq muttafakkirlarni dono fikr-muloxazalridan, shuningdek, jaxon umumiy insoniy qadryatlaridan foydalanish zarur. E’tiborli jixati shundan iboratki, keyingi yillarda yoshlarimiz nafaqat mamlakatda o‘tkazilgan turli ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etishmoqda, balki xalqaro miqyoslarda xam e’tiborga sazovor bo‘lishmoqda. Albatta qo‘lga kiritilayotgan bu yutuqlar yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, musiqa va san’at rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratib berish yo‘lidagi ezgu ishlarining amaliy ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev xuddi ana shu jixatlarni e’tiborga olgan xolda ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy soxalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5ta muxim tashabbusni ilgari surdi. Bu tashabbusning birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport soxasida qobilyatini nomoyon qilishlarini zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Uchinchi tashabbus axoli va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga qaratilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlrni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Bu tashabbuslar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Tashabbuskor iste’dodli yoshlar va maxalliy xomiylarni jalb etgan xolda, madaniyat markazlarida badiiy-xavaskorlar jamoalari, yoshlar teatr studiyalari va ,,YOshlar klublari,, tashkil qilish zarurligi takidlandi. Musiqa va san’at soxasida oliy ma’lumotli kadrlarini ko‘paytirish masalasiga xam e’tibor qaratilgan. Men aytmoqchimanki, biz ustozlar xammamiz bir bo‘lib bu soxani rivojlantirishga, kamchiliklarni yakdil bo‘lib bartaraf etishga intilishimiz, bolalarimizning-millatimiz farzandlarimizning-komil inson darajasida
tarbiya olishlari uchun, yartilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishimiz shart. Bu bizning Vatan oldidagi fuqarolik burchimizdir, insoniylik burchimizdir. Biz xar birimiz bunga astoydil o‘z xissamizni qo‘shishimiz lozim. Mavzuni o‘rganilganlik darajasi: Mazkur mavzuni tizimdagi ta’lim muassasalarida qo‘lanilishi va o‘rgatish usullariga yangicha yondoshib o‘quvchilarni ijro etish texnikasi rivojiga asoslangan.
Kursviy ishning maqsadi: Bolalar musiqa va san’at maktablarining ,,Qashqar rubobi” sinfi o‘quvchilariga N.Norxo‘jaevning “Xonish” asarini ijro etish uslublarini o‘rganishning o‘ziga xosligini ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish Kursviy ishimizning
asosiy maqsadlaridan biridir. Kursviy ishning vazifalari:
1. Mezrobli cholg‘ulardan rubob cholg‘usining oilasi va tukomillanishi. 2. N.Norxo‘jaevning ijodiy faoliyati. 3. Qashqar rubobi sinfi o‘quvchilariga qo‘yilgan talablar va amaliy
mashg‘ulotni rivojlantirish yo‘llari 4. N.Norxo‘jaevning ijod yo‘li xamda kompozitor asarlarini Qashqar
rubobi cholg‘usida ijro qilishdagi o‘rni. 5. Qashqar rubobi cholg‘usida ijro imkoniyati vositasida o‘quvchi yoshlarni ijrochilik maxoratini oshirish asosiy uslublarni ishlab chiqish bitiruv Kursviy ishimizning vazifalaridan biri sanaladi. Kursviy ishning ob’ekti: Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilariga o‘tiladigan mutaxassislik, musiqa adabiyoti darslarida chet el va o‘zbek kompozitorlari asrlarini audi yozuvlari va ularning ijodi xamda xayoti keltirilgan manbalar Kursviy ishimizning ob’ekti xisoblanadi. Kursviy ishning predmati: Bolalar musiqa va san’at maktablari qashqar rubobi sinfi o‘quvchilariga N.Norxo‘jaevning “Xonish” asarini ijro etishni o‘rgatishning mazmuni, shakl va uslublarini ishlab chiqish. Kursviy ishning nazariy axamiyati: Mavzuni nazariy axamiyati shundan iboratki, bo‘lajak sozandalarni tarbiyalash jarayonida ularni chet el va o‘zbek kompozitorlari ijodi bilan yaqindan tanishtirish, uning musiqada tutgan o‘rni xaqida ma’lumotlar berish va mavzu yuzasidan ilmiy izlanishlariga o‘rgatish imkonini beradi. Kursviy ishning amaliy axamiyati: O‘quvchilarni bolalar musiqa va san’at maktablarida taxsil olayotgan jarayonida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq qilishni o‘rgatishdan iborat. Kursviy ishimizda jo‘rnavoz bilan ijro etishni o‘rgatish orqali dars o‘tishning
o‘ziga xos yangi uslublarni ishlab chiqish, dars jarayoniga bevosita tadbiq etishning amaliy axamiyati benixoya katta. Kursviy ishning tuzilishi: Kursviy ishning tarkibiy qismi; Kirish; ikki bob, to‘rt mavzu, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat.

I-bob. N.Norxoʼjaevning ijod yoʼli xamda kompozitor asarlarini Qashqar rubobi cholgʼusida ijro qilishdagi oʼrni. 1.1. Qashqar rubobi cholgʼusi va rubob cholgʼusining oilasi va tukomillanishi. XX-asrning birinchi yarmidan boshlab o‘zbek musiqa ijrochiligi taraqqiyotida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shulardan biri 1943- yilda San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida o‘zbek xalq cholg‘u sozlarini takomillashtirish uchun mo‘ljallangan tajriba laboratoriyasining ochilishi bo‘ldi. Unga 1943 – 1948-yillarda I.Akbarov (1909 – 2002) direktor, V.Uspenskiy (1879 – 1949) mudir va A.Petrosyans (1910 – 1979) ustaxona mudiri etib tayinlandi. Natijada, professor A.I.Petrosyans raxbarligida ko‘pgina cholg‘ular takomillashtirilib qayta ishlandi, cholg‘ular oilasi, ularning yangi turlari, shu jumladan ruboblar oilasi xam tajriba sifatida yaratildi. YA’ni rubob cholg‘usi asosida ushbu cholg‘uning rubob prima, messo soprano va alt turlari paydo bo‘ldi. Sozgar usta S.E.Didenko (1911 –


1988) tomonidan ishlangan rubob prima cholg‘usi yuqori registrdagi tovushlarga, katta tovush diapazoniga va keng ijrochilik imkoniyatlariga ega bo‘lib, mizrob bilan chalinadigan sozlar sirasiga kiradi. Rubob primaning torlari to‘rttaligi, ularning barchasi metalldan ishlanganligi cholg‘uda o‘zbek xalq musiqasi namunalari, O‘zbekiston kompozitorlari asarlari bilan birga jaxon kompozitorlik ijodi namunalarini xam ijro etish imkonini beradi. An’anaviy qashqar ruboblari kosasi tut daraxti yog‘ochidan o‘yib ishlangan bo‘lsa, yangi yaratilgan ruboblar kosasi yog‘och qovurg‘achalarni birlashtirib yasala boshlandi. Rubob prima kosasi xam yog‘och plastinkalardan, dastasi esa o‘rik daraxti yog‘ochidan ishlanadi. Kosasiga baliq terisi qoplanadi. CHolg‘u torlarini tutib turishi uchun kosa tagiga to‘rtta ilmoqlar o‘rnatiladi. Kosa bilan dasta tutashgan joyida, dastaning ikki tomonida shoxsimon fason qulog‘i mavjud bo‘lib ular o‘ziga xos bezak vazifasini o‘taydi. Torlar rubobning bosh qismiga o‘rnatiladigan mexanik quloqlarga taqiladi va cholg‘u dastasining boshidagi shayton xarrak xamda kosaga qoplangan baliq terisi ustida joylashgan xarrak («Xarrak» – cholg‘u torini tutib turuvchi moslama orqali ilmoqlarga o‘tkaziladi.
SHayton xarrak va teri ustidagi xarrak torlarning dasta uzra muayyan balandlikda joylashishini ta’minlaydi. Xarrak yumshoq yog‘ochdan bo‘lmasligi, aksincha qattiq
pishiq va sifatli bo‘lishi lozim. CHunki xarrak tovush sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rubob prima dastasi 24 ta metall plastinkalar bilan bo‘lingan bo‘lib, ular orasidagi o‘zaro masofa parda deb yuritilidi. Pardalar sozning bosh qismidan kosasiga qarab sanaladi. 2, 5, 7, 10, 12, 14 raqamli pardalarga o‘ziga xos bo‘lgan, turli ko‘rinishdagi plastmassa yoki sadafdan ishlangan bezak – belgilar o‘rnatilgan bo‘lib, ular soz dastasida notalar joylashishini aniqlashda yordam beradi. Rubob -torlu cholgʻu asbobi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, afgʻon va boshqa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qadimda 2 torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir rubobning uch xili mavjud: qashqar rubobi, afgʻon rubobi va pomir rubobi. Qashqar rubobi Qashqardan tarqalgan. Shuning uchun qashqar rubobi deb ataladi. Qashqar rubobining uzunligi 80-100 sm dir. Qashqar rubobining choʻmichsimon kosasi tut kabi qattiq daraxtlar yogʻochidan yasaladi. Kosaning usti teri bilan qoplanadi. Qashqar rubobining dastasi uzun boʻlib, oxiri qayrilgan boʻladi. Kosasinin oldida shoxga oʻxshagan ikkita gajagi bor. Ular shakl berish bilan birga yuqori notalarni chalishda chap qoʻl uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Qashqar rubobi dastasida 19 tadan 23 tagacha parda boʻladi. Eski ruboblarda pardalar ichakdan qilingan boʻlsa, zamonaviy ruboblarning pardalari metalldan qilinadi. Qashqar rubobining beshta simi bor. Qashqar rubobining 5 ta tori,
odatda, kvarta-kvinta oraligʻida sozlanadi. Pastgi ikki sim juft chalinadi. Ochiq chalganda „lya“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 3- va 4- simlar ham juft chalinadi. Bu simlar ochiq chalganda „mi“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 5-sim odatda neylon sim boʻlib, ochiq chalganda „si“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. Qashqar rubobining diapazoni 3 oktavaga yaqin. Rubobning tovushi jarangdor. Ijrochilikni oʻzlashtirish birmuncha yengilligi, mohir rubobchi-sozandalar (Muhammadjon Mirzayev va boshqalar)ning yetishib chiqishi bu sozning 1940-yillardan Oʻzbekiston va Tojikistonda havaskor va professional sozandalar orasida ommaviylashuviga sabab boʻlgan. Qashqar rubobining qayta ishlangan zamonaviy turi rubob prima oʻz imkoniyatlari bilan rus domrasiga yaqin, 4 metall tori kvinta
oraligʻida sozlanadi. Orkestrda va yakka soz sifatida ishlatiladi. Afg‘on rubobining dastasi kalta (8—10 sm), uchi bir oz qayrilgan. Rezonatori nihoyatda katta (kengligi 20 sm gacha, chuq. 30 sm gacha, umumiy uz. 80 sm gacha). Korpusi bilan dastasi bir
butun yog‘och bo‘lagidan o‘yib ishlanadi. Korpusining o‘rta qismining 2 yoni o‘yilgan. Pastki qismi teri b-n, yuqrrisi taxtacha b-n krplanadi. Dastasiga, odatda, 4—5 ta asosiy parda, taxta qoplamasiga 6—7 ta qo‘shimcha xas pardalar o‘rnatiladi. Kvartaga sozlanadigan 5 ta asosiy tordan tashqari, yon quloqlarga tortilgan 10—11 yordamchi (aks sado beruvchi) torlari bor. 2 oktava diapazonidagi diatonik tovushkatoriga ega. Asosan, professional sozandalar tomonidan yakka soz sifatida va turli ansambllar tarkibida qo‘llaniladi. Pomir rubobining kosasi qashqar Rubob idan bir oz kattaroq, dastasi kaltaroq va yo‘gonroq bo‘lib, unga pardalar bog‘lanmaydi. Dastasi kosasi bilan bir butun yog‘och bo‘lagidan yo‘niladi. Kosasining pastki qismi yupqa taxtacha bilan berkitiladi. Kvartakvinta oralig‘ida sozlanadigan 5 ta asosiy torlaridan tashkari yon quloqqa bog‘lanadigan tori bo‘ladi. U baland sozlanib, ma’lum tasviriy vosita sifatida foydalaniladi.
1.2. O‘zbek kompozitori N.Norxoʼjaevning ijodiy faoliyati. 1947 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1972 yilda Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetini prof. G.A.Mushel. 1968-1972 yillarda 3-sonli musiqa maktabi o‘qituvchisi, 1972-1974 yillarda Bekobod shahridagi musiqa maktabi o‘qituvchisi, 1975-1976 yillarda “Melodiya” shirkati katta musiqa muharriri, 1976-1994 yillarda Toshkent XTU o‘qituvchisi. Madaniyat. A.Qodiriy, 1994-1996-yillarda Y.Rajabiy nomidagi Toshkent musiqa pedagogika bilim yurti o‘qituvchisi, 1998-yilda konservatoriya estrada san’ati kafedrasi mudiri. 2003 yildan - dotsent , 2007 yildan
- Konservatoriyaning kompozitsiya va cholg'u asboblari kafedrasi professori . Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi — 1999 y . "Ofarin" tanlovi laureati -2000.
Xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi R _ xizmat. -2011 yil.N.Norxo‘javning ijodidagi qo‘yidagi asarlar muxim o‘rin egallaydi. Simfonik asarlar: Sinfonietta - 1979, ikkita uvertura - 1978, 1984. Kamera orkestri uchun miniatyuralar - 1977, Fortepiano va orkestr uchun kontsertino - 1994. Mart, orkestr uchun Tarona - 2001, Trombon va orkestr uchun konsert - 2005. Vokal va simfonik asarlar: “Mening oʻ lkam” syuitasi – 1982, bolalar xori uchun “H afta” kantatasi-1976 . Xor sikllari: “Darakhtlar su h bati ”, “Nimani bulg‘adimi ?”, “Shukron”. Suite, ONI-1988 uchun bolalar suiti. Guruchli orkestr uchun "Quvnoq bolalar". T., 1988. Xorlar: “Ma k tov”, “Odam”, “Odamiylik”, badiiy Xusrav Dehlaviy-2008. 5 xor a capella-2006. Kamera cholg'u asarlari: Prelyuda \\ O‘zbekiston kompozitorlaridan parchalar. M., 1974, "Replikalar" \\
o'ynaydi O'zbekiston kompozitorlaridan parchalar.
T., 1977, “Musiqa. quti " \\ Yosh pianinochi. T., 1981, trombon uchun 4 ta kuy- 2002 , klarnet uchun 2 ta kuy - 2002 y. , parchalar: saksafon uchun "Shaboda" - 2002 yil, Fantaziya " Yovvoyi T anovar" 2004 yil, saksafon va pianino uchun "Rapsodiya" -
2005. Naya va pianino uchun "Elegiya". Xalq cholgʻu asboblari, Qashqar rubobi va fortepiano uchun “Oh qang ” , “ Raqs ”, “Quvnoq sayri” - 2006 , “ Ba hoh avosi ”, “Xodan Dil ” . ” , “Orzu sari” - 2008. Kamera vokal asarlari: romanslar " Guljilo”, “Kachon kursam” romanslari, badiiy. P. Moʻmin , “Komillik”, badiiy. D. Murtazin- 2004, “Iznidaman”, “Fido”, “Kaigu”, badiiy. F.Kamolova-2006 yil. “Vaqt keldi do‘stim”, st.A.S.Pushkin-2006, “Uyg‘otmagai”, “Titradi, yondi”, st.U.Qo‘chkor-2004. “Bir kun”, st.U.Abduazimova. Qo'shiqlar: "Sukut" \\ Life kuylaymiz. T., 1978, “Kakligim”, “Togʻlarga keladi havasim” \\Oʻzbekiston yosh kompozitor lari qoʻshiqlari. T., 1981, "Salom bergan bolalar" \\ Quvnoq qo'shiqlar chiroqlari. T., 1982, “Dilda Bahor” \\Kengash“O‘zbekistoni san’ati”, 1978 yil 5-son, “Vatan ishqi” \\Kamalak 2-3-jild. 1983. “Obod qishloqim”, 1980. “Doʻst boʻldi”, “Baligim”, “Gulxan”, “Chamandagi gullarmiz”\\Gunchalar, 1985. “Bogʻlarga boqib”, “Yoshlik deydi”\\Sanat bayrami, 1-son. , T., 1982 yil. “Gullar manim qulganim”, “Yaxshi bola”, “Yulduzlarmiz, yulduzlar” \\Qo'shiqlar tuplami. T., 1983 yil. "Keling do'stlar Qarshiga"\\San'at bayrami, 2-3- son. T., 1985, “Bu yoshlik” \\ Yoshlik, 1980, No9, “Salom yoz” // Gulxan, No6 1981. “Onajonim, Toshkent Shahrim” \\ Kamalak, 4-6- son, 1986, 1987 y. Sayyoraxon, Kichik chegarachi \\Qo'shiq bizning dostimiz. T., 1989 yil. Qo'shiqlar// O‘zbekiston-Vatanim mening, 1,2,3- son. T., 1996, 1997, 1998.
“Sizga ustozim”, “Barkamol avlod bulib”, “Mangu vatan”, “Kechir gulim”, badiiy P. Moʻmin-2000. “Qizaloq”, san’at.T.Nazarova, “Xalqim kuylasin”, san’at.X.Sharipova, “Bahor yomg’iri”, san’at.Q.Mamirova, “Sen o’zbekning yuragidursan”, badiiy X.Ahmedova -2009. “Aler, qovun paykali”, “She yerim”, “Fazli biserlar”, “Vatan”, Art. S.Sayyida -2010 va hokazo Jami 130 ga yaqin estrada va 100 dan ortiq bolalar qoʻshiqlari. Musiqiy ijro : “Tegirmon vok oson ” (R.Madiev) - 2004. Oʻquv qoʻllanma: 1-sinf uchun “Musiqa alifbosi”. (Oʻzbek va rus.). T., 1998-1999 yillar. 2-sinf uchun “Musiqa”, 3- sinf uchun “Musiqa” 1999-yil.
II-bob. N.Norxoʼjaevning «Xonish» asarini oʼrgatish moxiyati va uni ijro yetishning uslublari.
2.1. BMSM qashqar rubobi sinfi oʼquvchilariga qoʼyilgan talablar va amaliy mashgʼulotni rivojlantirish metodlari
O‘quvchilar bilan amaliy mashg‘ulot qilish murakkab ijodiy mehnat jarayonidir. O‘qituvchi o‘quvchi bilan dars o‘tishni boshlaganda, avval uyga berilgan vazifani o‘quvchi ijro etayotganda xatoga yo‘l qo‘ysa ham uni to‘xtatmasdan oxirigacha eshitib olish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatish va tushuntirish hamda to‘g‘rilash ishlari berilgan asarni qayta ijro etish jarayonida bajariladi. O‘qituvchi tushuntirish ishlarini qashqar rubobida ijro etib ko‘rsatish bilan uzviy bog‘langan holda dars o‘tishi shakl va uslubiy jixatdan to‘g‘ri olib borilayotgan ishdan dalolat beradi. SHunda o‘quvchining darsga bo‘lgan diqqat va e’tibori to‘la jalb etiladi hamda unga qiziqishi ortadi. Dars o‘tish jarayonida uy vazifasini tekshirish muhim ahamiyatga egadir. Mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi har darsda ta’lim-tarbiya ishlarining asosiy masalalarini amalga oshirish uchun muayyan bosqichda ayniqsa eng qulay bo‘lgan va natija beradigan vositalarini tanlaydi. YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek, Qashqar rubobi sozi beshta tordan iborat bo‘lib:
1-2 torlari bir xil sozlanib fortepianodagi LYA birinchi oktava notasiga; 3-4 torlari bir xil sozlanib fortepianodagi MI birinchi oktava notasiga; 5 tori fortepianodagi LYA yoki SI kichik oktava notasiga sozlanadi. Qashqar rubobini o‘rganishda avval «LYA» va «MI» torlarida chalishni o‘zlashtirish tavsiya etiladi. Qashqar rubobda o‘quvchining texnikaviy ijrochilik mahoratini rivojlantirishda gamma, arpedjio, turli
mashq va etyudlarni muntazam ravishda o‘rganib, ijro etib borish katta ahamiyatga egadir. Gamma, arpedjio, mashq va etyudlar ustida ishlash jarayonida ijrochilikning sifatiga, mizrob (mediator)ning mayin harakatiga va uning yumshoq ijrosiga, tovushning nafisligiga, ritmni aniq his etishiga, barmoqlarning aniqliligiga, pozitsiyalarning erkin almashinuviga ayniqsa musiqaviy sado (intonatsiya) ning aniqliligiga va hokazolarga e’tibor berish zarur. Jumladan, o‘quvchilarga qo‘yidagi
talablar meyyor qilib belgilanganki, ushbu talab asosida rejali ish tashkil qilish maqsadga muvofiq. Demak bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilariga qo‘yilgan talablardan 1-5 sinfga qo‘yilgan talablarni ko‘rish mumkin. Birinchi sinflar uchun: Qashqar rubob qismlari va mizrob (mediator) nomlarini bilish. Chap va o‘ng qo‘l (alohida-alohida) qo‘yilishi (postanovkasi)ning asoslari, nota teksti, oddiy dinamik, shtrix va applikatura belgilarini o‘zlashtirish hamda tovush jarangining sifatli bo‘lishiga ritm intonasiyasining aniq va ravshanligiga erishish. Ikkinchi sinflar uchun: -O‘quvchi dastlabki bilimlarin puxtalab yangi pozisiyalarni o‘rganish va ularni birlashtirishni o‘zlashtirishi. -Shtrixlar (tremlo, legato, stokatta) va ularning almashi-nuvini o‘rganish. -Qo‘shma notalar va oddiy akkordlar. -Pozisiyalar birligida gammalar va arpedjiolarni chalish. -Xromatik gammalar. Trel uchun uncha qiyin bo‘lmagan mashqlar, eng sodda flojettalar. -Gammalar va arpedjiolar 3-4 ta, -Turli texnik darajadagi etyudlar 4-6 ta, -Asarlar 8-10 ta (bulardan 1-2 tasi yirik formadagi asarlar, 1-2 tasi o‘zbek xalq kuylaridan bo‘lishi lozim). Uchinchi sinflar uchun: -Quyidagi shtrixlarni o‘rganish: legato, stakkato, tremolo. -Navbatdagi pozisiyalarni o‘rganish, ularni turli xilda birlashtirish. -Qo‘shma notalarda pozisiyalarni birlashtirib mashq va etyudlar chalish, akkordlar. -Uch oktavada gammalar va arpedjiolar. Xromatik gammalar bilan tanishuv. -Engil p'esalarni tahlil etish Kurssini o‘stirish. -O‘quv yili davomida o‘quvchi quyidagilarni o‘zlashtirishi lozim: kamida 6 ta uch oktavali gamma -6-8 ta etyud, -8-9 asarlar, (asarlardan biri yirik forma bo‘lishi shart) kiritiladi. To‘rtinchi sinflar uchun: -Shtrixlar ustida ishlash, ularning birmuncha murakkab bo‘lgan turlarga almashinuv uslublarini egallash. Pozisiyalarni o‘zlashtirish. -Qo‘shma notalarda pozisiilarni birlashtirish ustida ishlash. -6-7 ta uch oktavali gamma za arpedjio turli xillarini o‘rganish, 2-3 ta qo‘shma notada gamma, -8-10 ta etyud, 8 ta p'esa (ulardan ikkitasi yirik formali bo‘lishi lozim) kiritiladi.
Beshinchi sinflar uchun: -Bitiruv imtixoni dasturini tayyorlash. -O‘tilgan barcha gamma va arpedjiolarning hamma shakllarini takrorlash. -Etyud va gammalarni turli texnik darajada o‘rganish. -Bitiruv imtixoni dasturidan tashqari o‘quvchi yana 4-5 ta musiqa asari o‘rganishi lozim (ulardan bittasi yirik formali, 2 tasi o‘zbek xalq kuylaridan bo‘lishi lozim). Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan talablar o‘quvchini bilim Kurs va ko‘nikmaga ega bo‘lishi xamda keyingi ta'lim olishida eng kerakli bo‘ladigan talablar xisoblanib, ushbu talablar asosida o‘quvchini shakllantirib borish maqsadga muvofiq va zaruriy shartlardan biridir. 2.2. N.Norxoʼjaevning «Xonish» asarini o‘quvchilarga oʼrgatish uslublari . O‘quvchining musiqa bilimini oshirish uchun shaxsiy o‘quv rejasidagi asarlardan tashqari ularga turli mazmundagi bir necha musiqa asarlarini varaqdan o‘qish vazifasi topshiriladi. Mutaxassislik sinfida notani varaqdan o‘qish ishlari o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga har tomonlama yordam beradi. SHu sababli o‘quvchi ikkinchi sinfdan boshlab notani varaqdan o‘qishni o‘rgana borishi zarur. Nota nomlarini varaqdan o‘qish va tahlil etish bir biriga bog‘liqdir. O‘qituvchi o‘quvchiga varaqdan o‘qish va taxlil etish uchun tegishli musiqa asarlarini puxta o‘ylab tanlashi kerak, bunda o‘quvchilarning darsga qiziqishi va talablarini, qobiliyati va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish kerak. O‘quvchilarning ansambl va orkestrda ijro etishlari ham notani varaqdan ongli ravishda to‘g‘ri va tez tahlil etish Kurssini rivojlantirish uchun ularga musiqa adabiyoti bilan mustaqil tanishishga intilish hissini o‘yg‘otish zarur. O‘quvchi o‘z o‘qituvchisining ko‘rsatma va fikrlariga ko‘r-ko‘rona ergashib bo‘ysunishi emas, balki biror masala yuzasidan o‘zining shaxsiy munosabatini ijro orqali bildira olishi kerak. O‘qituvchi rahbarligida o‘tiladigan darsning ahamiyati katta, lekin bu ish o‘quvchining mustaqil ishlari muhimligini inkor etmaydi, O‘quvchining mustaqil mashg‘ulotiga sarf bo‘layotgan vaqtini bekor o‘tkazmasligini o‘rganib borish kerak. Buning uchun o‘quvchiga mustaqil mashg‘ulotni qanday tashkil qilish, nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligini tushuntirish lozim. Vaqtdan ratsional va umumli foydalanish mustaqil ishlash asosi prinsiplaridan biri bo‘lishi zarur.Asosiy prinsiplaridan yana biri mashg‘ulotning muntazamligidir. Ijroni o‘rgatishning dastlabki davridan boshlab o‘quvchida muntazam mustaqil ishlashni ko‘nikmasini hosil qilish zarur. Odatda, muntazamlikka erishish qiyin bo‘lsa ham, bunday mashg‘ulotlar asta-sekin odat tusiga ko‘rib borishi maqsadga muvofiqdir. Musiqa asarini o‘rganishda ma’lum bir cholg‘uning partiyasi bilan birgalikda ijro etiladigan fortepiano partiyasini puxta o‘rganish zarur. Fortepiano bilan birga ijro etishni musiqa asarini o‘zlashtirish jarayonida boshlagan ma’qul. Shunda ijrochi o‘z partiyasini o‘zlashtirish bilan bir qatorda fortepianoda ijro etiladigan partiyani ham o‘ziga singdirib boradi. Ba’zi sozandalar o‘z partiyalarini oxirigacha o‘zlashtirib bo‘lganlaridan keyingina fortepiano bilan birgalikda ijro eta boshlaydilar. Bu hol cholg‘uchi uchun birmuncha qiyinchilik tug‘diradi. Cholg‘u va fortepiano ijrosi uchun yaratilgan musiqa asarlarini kuzatsak, unda quyidagi va o‘xshashliklarni uchratishimiz mumkin. Ba’zi musiqa asarlarida fortepiano cholg‘uchi (solist)ga jo‘r bo‘lish vazifasini bajarsa, boshqa musiqa asarlarida cholg‘u bilan fortepianoning partiyalari bir-birga teng va ma’lum darajada mustaqil xarakterga ega bo‘ladi. Birinchi xolda kuyni boshqarib borish asosan cholg‘uchi (solist)ga yuklatilgan bo‘lib, fortepiano faqat jo‘rlik (akkompanement) vazifasini o‘taydi. Bunda solist ijro etayotgan kuy mustaqil, ijrosi fortepianosiz ham ma’lum darajada tugallangan bo‘ladi. Bunday musiqa asarlari o‘zining tuzilishi bo‘yicha nisbatan oddiy bo‘lib, ulardan ta’limning boshlangich davrlarida foydalanish mumkin. Lekin bundan o‘quvchi sozanda fortepiano partiyasiga e’tibor bermasa ham bo‘laveradi, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bunday musiqa asarlarini ijro qilish paytida o‘quvchi fortepianoda ijro etilayotgan akkordlar va ritmik shartlarni o‘z ijrosi bilan birgalikda eshita olishi lozim. O‘zbek xalq cholg‘uchilarida ijroni o‘rganayotgan yosh sozandalarda fortepiano bilan birgalikdagi ijro paytida ko‘proq uchrab turadigan kamchiliklardan
biri musiqa asari ijrosini fortepiano bilan bir vaqtda boshlay olmaslikdir. Bu paytda o‘quvchining diqqati tamomila o‘zining ijrosiga qaratiladi va natijada fortepiano jo‘rligi solistning ijrosi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmay qoladi. Ijroni fortepiano bilan birgalikda boshlash ko‘nikmasini shakillantirishda musiqa asarining birinchi tovushi
boshlanishdan oldingi harakat hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Buni asarning boshlanishidagi dirijyorning qo‘l harakati (auftakt)ga o‘xshatish mumkin.
XULOSA
O‘zbek xalqining ma’naviy merosi — bitmas tuganmas xazina. Ma’lumki, ma’naviy merosimiz mazmunida san’at aloxida o‘rin tutadi. Zero, san’at inson qalbini go‘zallikka chorlaydi, nafosatga undaydi, nozik xis-tuyg‘ularini bark urib rivojlanishiga ko‘mak beradi, ma’naviy dunyosini boyitadi. Milliy musiqiy merosimiz, jumladan milliy cholg‘u ijrochiligimiz tarixi xam eramizdan bir necha asr oldingi davrlarga borib taqaladi. Xalqimiz va millatimizning barcha rivojlanish davrlarida qo‘shiq bilan bir qatorda dutor, tanbur, doyra, ud, g‘ijjak, qonun, rubob kabi milliy cholg‘u sozlarimiz qalb qo‘rib — ko‘ngil davosi sifatida bebaxr ma’naviy ozuka bo‘lib xizmat qilgan. Milliy cholg‘ular ichida qashqar rubobi aloxida o‘rin tutadiki, rubob sozi o‘zining jarangi, yurakdan nolayu qochirimlari, rang-barang ijro bezaklari va nixoyat, o‘rganish va ijro etish jixatidan qulayligi bilan xalkimiz orasida naqadar ommaviylashgan va sevimli sozga aylangan. Qashqar rubobi nafaqat respublikamizda, balki qardosh Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston respublikalarida xam keng tarqalgan. CHunki rubob sozida milliy kuylar qatorida mumtoz klassik kuylarni, bastakor va kompozitorlar ijodiga mansub rang-barang
kuylarni, mashxur chet el kompozitorlari tomonidan yozilgan murakkab yirik asarlarni xam moxirona ijro etish mumkin. Xalqimiz ichida qashqar rubobining yanada sevimli va ommaviy bo‘lishiga mashxur rubobchi sozandalarimizdan
Muxammadjon Mirzaev, Ergash SHukrullaev, Abbos Baxromov. Ari Boboxonov, Sulaymon Taxalov, Qobil Usmonov, Adxam Xudoyqulov, Toxir Rajabov va Rifatilla Qosimovlar katta xissa qo‘shdilar. Yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashda musiqa madaniyatini taraqqiy ettirish va keng jamiyatda badiiy-estetik faoliyatni yaqinlashtirishda hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning musiqaviy estetik tarbiyasini tobora uyg‘unlashtirishda bolalar musiqa va san’at maktablari katta rol uynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida o‘quvchilariga musiqa san’atini o‘rgatish, ularni badiiy-estetik, odob-axloq, milliy g‘oya hamda vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, bolalar musiqa va san’at maktablarining oldiga muhim masalalar qo‘yilgan. Bolalarga umumiy musiqiy ta’lim berish, milliy musiqamiz va o‘zbek xalq mumtoz kuy va qo‘shiqlari, jahon musiqa madaniyatlari, rus va evropa klassik asarlariga bolalar qalbida muhabbat uyg‘otish orqali ularni musiqaga va barcha musiqiy fanlarga qiziqishini ortirish hamda faol musiqa tinglovchilarini tarbiyalashda bolalar musiqa va
san’at maktablari asosiy o‘rin tutadi. Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘quv va tarbiya ishlarining asosiy vazifasi ixtisoslik bo‘yicha dars o‘tishdir. O‘quvchilarni axloqiy jihatdan pok, jismonan sog‘lom va barkamol qilib, badiiy estetik didini kun sayin o‘stirish, har taraflama mukammal rivojlangan ijrochi – sozanda qilib tarbiyalash har bir musiqa o‘qituvchisining zimmasidagi eng mashaqqatli, ayni paytda sharafli vazifadir. O‘qituvchi shu sharafli vazifani umumiy ta’lim fanlari o‘qituvchilari va bolalarning ota-onalari bilan yaqindan aloqa bog‘lagan holda amalga oshiradi. Umumiy musiqa ta’limini amalga oshirish bilan bir qatorda bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘quv yillari mobaynida yaxshi natijalarga erishgan va ko‘rik-tanlovlarda cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, iqtidori bilan ajralib turuvchi o‘quvchilarni maxsus san’at yo‘nalishidagi kollejlariga tayyorlab berishlari ham muhim ahamiyatga egadir. Ushbu Kursviy ishda N.Norxo‘javning “Xonish” asarini o‘quvchilarga o‘rgatish xamda mazmun moxiyatini yoritish bo‘yicha
tavsiyalar berib o‘tildi. Kurs ishining kirish qismida yurtimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar, qaror va farmonlar xamda ularning ijrolari qayd etilgan. Pedagogikaga oid ko‘rsatmalr, yosh avlodga kelajakda o‘z o‘rnini topishlari uchun bilim va ko‘nikmalar xamda ularga berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil yoritib berilgan. Menga ushbu mavzuni yoritishimda, Kurs oshirish jarayonida darslardan olgan bilimlarim yordam berdi. Bundan tashqari ko‘plab adabiyot va internet tarmoqlaridan foydalandim, natijada o‘zimga etarli bilim,ko‘nikma,Kurslarga ega bo‘ldim. Yangicha pedagogik uslublarni o‘rgandim. Kurs oshirish kurslardan olgan bilimlarimni kelajakda o‘quvchilarga tadbiq etaman xamda yoritilgan mavzuni bolalar musiqa va san’ati o‘qituvchi,o‘quvchilarga o‘z ish faoliyatlarida qo‘llash uchun tavsiya etaman. Xulosa qilib aytganda, bugungi kungacha qilingan ishlarimiz, erishgan yutuqlarimizni dengizdan tomchi deb xisoblaymiz. Yosh avlod ilm fanga, madaniyat va san’atga chanqoq, xalq cholg‘ularida ijrochilik san’atining dovrug‘ini jaxonga taratadigan ishtiyoqmand aqliy saloxiyat egalari oramizda ko‘p. Bu cholg‘u asbobi bilan shug‘illanayotgan sozanda o‘quvchilar faqat o‘zbek xalq musiqasi bilangina chegaralanib qolmasdan, boshqa davlatlarning torli asboblar uchun yaratilgan musiqa asarlari, jaxon musiqachilari ijro etadigan musiqalarini o‘rganishlari va ularni yuksak darajada ijro etib, musiqa ixlosmandlarini baxramand etishi lozim. Orzu – niyatlarimizni ro‘yobga chiqarishda yoshlarimiz uchun shart – sharoitlar yaratish maktablari, biz o‘qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalari xisoblanadi. Musiqa ijrochisini tarbiyalashda dastlab musiqa, so‘ngra texnik imkoniyat, undan keyin dinamika va xokazolar deyish xato bo‘ladi. Chunki asarning barcha jixatlari bir vaqtda, o‘zaro bog‘liq xolda olib boriladi.O‘quvchining musiqa soxasiga qo‘ygan birinchi qadamidan boshlab, butun ijodiy faoliyati davomida bu jarayon davomi etadi. Musiqada millat, til yo‘q.U qaysi xalq tomonidan yaratilgan bo‘lsa xam, xammaga tushunarli bo‘ladi.Uni xammaga tushunarli qilib ijro etish san’atini o‘rganish esa biz kadrlarning vazifamiz xisoblanadi.



Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish