GOST 2-302-97 da barcha sanoat va qurilish tarmoqlarining chizmalari uchun masshtablar va ularning belgisi ko`rsatilgan. Standart fotografiya qilib olingan chizmalar hamda bosma nashrlardagi ko`rgazma tasvirlar va shunga o`xshashlar mazkur standartga tegishli emas.
Davlat standartiga muvofiq chizmaning masshtabi 1.3-jadvaldan tanlab olinadi. 1.3-
Katta ob`ektlarning bosh planlarini loyihalashda 1:2000; 1:5000; 1:20000; 1:25000; 1:50000 masshtablardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, kerak bo`lgan hollarda (100∙n):1 masshtablardan foydalanish mumkin, bu erda n-butun son.
Masshtab chizmaning asosiy yozuvida belgilangan grafada yozilsa, M harfi tushirib qoldiriladi va 1:1; 1:2; 2:1 va hokazo ko`rinishda yoziladi. Qolgan hollarda M1:1; M1:2; M2:1 tarzida yoziladi.
Agar chizmada ayrim tasvirlar (ko`rinish, qirqim, kesim, ayrim joy ko`rinishi) chizmadagi masshtabdan farqli masshtabda bajarilgan
bo`lsa, bunday holda masshtab bevosita o`sha tasvir ostida yoziladi.
Masalan, ; ; va hokazo.
Chizmachilikda foydalaniladigan chiziqlar GOST2-303-97 ko`rsatmasiga muvofiq turli yo`g’onlik va shakllarda chiziladi.
Chizmada chiziladigan barcha turdagi chiziqlarning chizilishi ko`rinadigan asosiy tutash kontur chizig’i 5 (5-chiziq yo`g’onligi)ga bog’liq bo`ladi. Ko`rinadigan kontur chiziqning yo`g’onligi chiziladigan chizmaning o`lchamiga va chizmaning murakkabligiga, shuningdek, uning vazifasi va formatiga qarab 0,5 dan 1,4 mm gacha tanlanadi.Tanlangan chiziq yo`g’onligi bir xil masshtabda bajarilgan barcha tasvir (ko`rinish, qirqim va kesim) lar uchun bir xil yo`g’onlikda bo`lishi lozim.Chiziqlarning eng kichik yo`g’onligi va chiziqlar orasidagm eng kichik masofa chizmaning formatiga bog’liq ravishda 1.4-jadvalda ko`rsatilganlarga muvofiq bo`lishi kerak.
Chizmachilikda chiziq turlaridan foydalanishga misollar keltiramiz.
1.26-shaklda ko`rinadigan yo`g’on tutash va ko`rinmaydigan kontur chiziqlar hamda o`q va markaziy simmetriya chiziqlaridan foydalanish misollari keltirilgan.1.27 va 1.28-shakllarda ingichka tutash va to`lqinsimon tutash chiziqlardan foydalanish misollari ko`rsatilgan. 1.29-shaklda ikki nuqtali shtrix-punktir chiziqdan foydalanish misollari keltirilgan.
Ingichka tutash siniq chizikdan foydalanish misol 1.30-shaklda; uzuq chiziqdan foydalanish 1.31-shaklda ko`rsatilgan.
Shtrix va shtrix-punktir chiziqlardan shtrixlar uzunligi chizmaning formatiga qarab tanlanadi va shtrixlar taxminan bir xil uzunliqda va shtrixlar orasidvgi masafalar ham taxminan bir xil bo`lishi lozim. Shtrix-punktir chiziqlar kesishganda, ularning shtrixlari o`zaro kesishishi va ular shtrix bilan tugashi lozim.Agar tasvirdagi aylana diametri 12 mm dan kam bo`lsa, u holda markaziy shtrix-punktir chiziqlar o`rnida ingichka tutash chiziqlar chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |