2.2.Detalning frontal dimetrik proeksiyasi.
Detal (model) ning aksonometriyasini yasashdan oldin u qanday geometrik jismlardan, jismlar esa qanday tekis (egri) shakllardan tashkil topganligi o‘rganib chiqiladi. Shunda tekis (egri) shakllarning aksonometriyalari qanday bajarilganligi hisobga olinadi. Ko‘pincha, detalning aksonometrik proyeksiyasi uning berilgan ko‘rinishlaridan foydalanib bajariladi. Misol. Suxar deb nomlanuvchi detalning frontal dimetriyasini uning berilgan bosh va ustdan ko‘rinishlariga binoan bajaring
a 3-chizma
1. Frontal dimetrik o‘qlar o‘tkaziladi va detalning frontal, ya’ni bosh ko‘rinishi ko‘chirib chiziladi (3-chizma, b). Bu detalning old tomoni bo‘ladi. 2. Detalning orqa tomonini yasash uchun old tomonidagi burchak nuqtalari va aylana markazidan y o‘qqa parallel yordamchi chiziqlar chiziladi va ularga detalning qalinligini ikki marta qisqartirib, ya’ni o‘lchab qo‘yiladi (3-chizma, d) va chizma taxt qilinadi (3-chizma, e). Aylana V dan boshqa tekisliklarga parallel to‘g‘ri kelib qolsa, ular elliзs shaklida tasvirlanadi. Shuning uchun asoslari H tekisligidagi konus va silindrning frontal dimetriyasini chizishda ularning
4-chizma b
asoslarini V ga parallel vaziyatga almashtirib tasvirlash tavsiya etiladi (4-chizma, a), aks holda, (4-chizma, b) dagidek chizishga to‘g‘ri keladi. Detalni frontal dimetriyada katak daftarga bosqich bilan chizish (5- chizma)da ko‘rsatilgan.
5-chizma
III. Xulosa
Chizmachilik fani o‘quvchilarning tasavvur hamda tafakkur qilish qobiliyatini o‘stiradi. Tasavvur esa shakliy va fazoviy bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini oshirish maqsadida ularga chizmaga doir an’anaviy savollar va mashqlar berildi.
Hozirgi zamon mashina va jihozlar ishlab chiqarish texnologiyalarini chizmalarni o‘qishni bilmasdan turib egallab bo‘lmaydi. Chunki har bir mutaxassis va yuqori malakali ishchi texnika yordamida turli buyumlar va ularning detallarini yasash hamda nazorat qilishda ishtirok etadi.
Chizmachilikka oid bilimlarni to‘liq egallashning asosiy shartlaridan biri grafik savodxonlik (chizmalar chizish va o‘qishni bilish)dir. Chizmani o‘qish va chizishni bilishning asosi chizmachilikda har bir narsaning shartli ravishda soddalashtirib tasvirlanishini mukammal egallashdan iborat. Buning uchun chizmachilik fanini egallashga harakat qilish lozim.
Barcha muhandislar o‘z g‘oyalari va fikrlarini ifodalashda faqat chizmalardan foydalanishadi. Shu boisdan bunday chizmalar hujjat hisoblanadi va jahonda ishlab chiqariladigan barcha sanoat mahsulotlari hamda uyro‘zg‘or buyumlari faqat chizmalar asosida tayyorlanadi.
Umuman olganda, barcha fanlar, asosan, chizmalar yordamida tushuntiriladi. Chunki, chizma har qanday narsaning yaqqol ko‘rinishini ta’minlaydigan tasvir-hujjat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |