I bob chizma geometriya haqida umumiy ma`lumotlar va kelib chiqish tarixi


O’qitishning xalqaro standartlari



Download 414,7 Kb.
bet8/9
Sana23.07.2022
Hajmi414,7 Kb.
#842205
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Chizma geometriya fanida diqqatni shakllantirishning psixologik xususiyatlari G\'ULOMOVA NODIRA

2.2. O’qitishning xalqaro standartlari
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning mazkur xususiyatlari quyidagi jadvalda to’liq aks ettirilgan va shunga muvofiq har biriga qisqacha ta‘rif berib o’tamiz.

7-rasm.
Diqqatning kuchi va barqarorligiga ko’ra odamlarning diqqatlari o’zining kuchi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror bo’ladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. CHunki diqqatni ma‘lum muddat biror narsaga muttasil, ya‘ni uzluksiz tarzda qaratib odam ishlay ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va hatto o’ynay ham olmaydi.
Diqqatning kuchli va barqaror bo’lishi bir qancha sabablarga bog’liqdir.
Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari, biz uchun bo’lgan ahamiyatiga, ikkinchidan diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga bog’liqdir. Bularning hammasi ob‘ektiv, ya‘ni bizning irodamiz bilan bog’liq bo’lmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi albatta sub‘ektiv, ya‘ni odamning ayni chog’dagi holati bilan ham bog’liq. Masalan, ayni chog’da betobroq bo’lib turgan odamning yoki boshiga bir og’ir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror bo’la olmaydi.
Odamlar o’z diqqatlarining ko’lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko’lami torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi.
Diqqat ko’lamini tajriba yo’li bilan aniqlash qiyin emas. Buning uchun diqqatning ko’lamini aniqlayotgan odamga ayni bir vaqtning o’zida bir necha o’zaro bog’lanmagan harflarni, raqamlarni va turli geometrik shakllarni ko’rsatish yo’li bilan aniqlash mumkin. Bunda odam ko’rsatilayotgan narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko’pini birdaniga idrok eta olsa, uning diqqati shunchalik keng bo’ladi. Diqqatning ko’lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan aniqlanadi. Bu asbob yordamida ayni bir vaqtning o’zida idrok ettiriladigan narsalar juda tez ko’rsatiladi. Bunda odam o’z diqqati doirasiga qancha narsa sig’dira olsa, ana shunga qarab diqqatning keng yoki torligi aniqlanadi. O’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, katta yoshli odamlarda o’z diqqat doiralariga ayni bir vaqtda 3 tadan 6 tagacha bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan narsalarni sig’dira oladilar.
Diqqat ko’lamining keng bo’lishi odam idrok qilayotgan narsalarini atroflicha va chuqur aks ettirishi, binobarin bilish jarayonning sifatli bo’lishi uchun juda katta ahamiyatga egadir.
Odamning diqqati bir vaqtda faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki uchta narsaga ham birdaniga qaratilishi mumkin. Ana shunday paytlarda diqqatning bo’linishi talab qilinadi. Demak, diqqatning bo’linishi deganda biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratishimizga aytamiz. Agar diqqatimiz bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya‘ni diqqatimiz bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa, uni konsentrasiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksincha agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan, diqqat deb yuritiladi.
SHuni ta‘kidlash lozimki, aslini olganda diqqatning ayni bir chog’da ikki yoki undan ortiq narsaga qaratilishi, ya‘ni bir necha narsalarga bo’linishi amaliy jihatdan mumkin emas. SHuning uchun diqqatning bo’linishi, ya‘ni ayni bir vaqtda ikki yoki uch narsaga birdaniga qaratilishi o’z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan boshqa bir narsaga nihoyatda tezlik bilan bo’linishini talab qilgan vaqtda diqqatimiz bir narsadan ikkinchi narsaga shu qadar tezlik bilan ko’chadiki, buni biz payqay olmaymiz. Natijada diqqatimiz ayni bir vaqtning o’zida bir necha narsalarga birdaniga qaratilayotgandek bo’lib ko’rinadi.
Diqqatning ana shunday bo’linuvchanlik xususiyati hayotda juda katta ahamiyatga ega. CHunki bir qancha mehnat turlari diqqatning bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lishlikni talab qiladi. Bunday xususiyat pedagoglar uchun juda zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, tarbiyachi bolalar bilan biror mashg’ulot yoki suhbat o’tkazayotgan paytida diqqatni bir necha narsalarga, ya‘ni gapirayotgan gapiga, bolalarni quloq solib o’tirishlariga va bundan so’ng nimalar haqida gapirishga qarata olishi lozim. Ana shundagina tarbiyachi suhbat yoki mashg’ulot paytida guruhni boshqara oladi.
Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki diqqatning engillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir. Agar diqqatimiz qaratilgan narsalarning ayrimlari bizga yaxshi tanish bo’lsa ya‘ni biz ularni ilgaridan yaxshi bilsak faoliyat jarayonida bir necha ishlarni birdaniga ya‘ni birga qo’shib bajara olamiz. Masalan, yozish harakati ilgaridan bizga yaxshi tanish bo’lgani uchun darsda ham eshitib, ham yozib o’tira olamiz. SHunday qilib, diqqatning bo’linuvchanligi juda ko’p faoliyatlarimiz uchun zarur bo’lgan xususiyatdir.
Diqqatning ko’chuvchanligi odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ko’chuvchanligi diqqatning bo’lunuvchanligi bilan bog’liq xususiyatdir. Yuqorida aytib o’tganimizdek, diqqatning ayni bir vaqtda birdaniga bir necha narsaga qaratilishi, ya‘ni diqqatning bo’linishi o’z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tez ko’chishidan iboratdir. Ana shu jihatdan olganda diqqatning ko’chuvchanlik xususiyati juda ko’p faoliyat va uning turlari uchun zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, hikoya o’qib berish mashg’ulotida bolalar o’z diqqatlarini hikoya eshitishdan surat ko’rishga, undan so’ng yana eshitishga bemalol ko’chira olishlari kerak.
Agar maktab o’quvchilariga nisbatan oladigan bo’lsak, o’quvchilar o’z diqqatlarini bir dars predmetidan boshqa bir dars predmetiga bemalol ko’chira olishlari kerak. Aks holda o’quvchilar o’tgan dars ta‘sirida o’tirib, yangi darsning mazmunini sifatli o’zlashtira olmaydilar.
Diqqat hamma vaqt ham bir narsadan ikkinchi narsaga, bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyat turiga osonlik bilan ko’cha bermaydi. Ba‘zan qiyinchiliklarga to’g’ri kelib qoladi. Albatta buning o’z sabablari bordir. Masalan, bunday sabablardan biri - diqqatimiz ko’chirilishi lozim bo’lgan narsalar yoki harakatlar o’rtasida bog’lanish bor yoki yo’qligiga bog’liq. Agarda diqqatimiz ko’chirilishi lozim bo’lgan narsalar o’rtasida ma‘lum jihatdan mazmuniy bog’liqlik bo’lsa, diqqatimiz osonlik bilan ko’chadi. Odamning qiziqishlari va ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan narsalarga ham diqqat engillik bilan ko’chadi.
SHunday qilib, diqqatning ana shu yuqorida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari odamning barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli tuman o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug’ma ravishda, ya‘ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi.
P.YA.Galperinning nazariyasi ham diqqatga sazovordir. Uning nazariyasida quyidagi holatlarga e‘tibor qaratilgan:
Diqqat yo’naltirilganlik xususiyatiga ega va inson psixikasining eng muhim jihati bo’lib, boshqa psixik fenomenlardan shunisi bilan farqlanadi.
1. Diqqatning asosiy funksiyasi — harakat va psixik hodisalar ustidan nazorat o’rnatishdan iborat. Har bir harakat asosida yo’nalganlik, bajarish va nazorat qilish yotadi. Bu eng oxirgi holatdir.
2. Harakatlardan farqli ravishda diqqat faoliyatning mahsulini ta‘minlaydi.
3. Diqqat mustaqil harakat sifatida faqatgina aqliy faoliyatdagina namoyon bo’ladi. Lekin, har qanday o’z-o’zini nazorat qilish diqqatni tavsiflamaydi. Diqqat o’z-o’zini nazorat qilish jarayonini samaradorliligini oshiradi.
4. Agar diqqatni faoliyat sifatida ko’rib chiqsak, psixik nazorat diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakterini tavsiflaydi va aqliy harakatlarni shakllanishini ta‘minlaydi.
6. Ixtiyoriy diqqat faoliyatning mahsuldorligini ta‘minlaydi.
Diqqat boshqa bilish jarayonlari kabi rivojlanish bosqichlariga ega. Inson hayotining birinchi yilida bolada ixtiyorsiz diqqat rivojlangan bo’ladi. Bola dastlab faqatgina tashqi ta‘sirlargagina javob qaytaradi. Bu holatda tashqi qo’zg’atuvchi yorqinlik harakteriga ega bo’lishi kerak, masalan qorong’u xonadan yorug’ xonaga o’tishi bilan yoki qattiq tovush eshitilishi bilan kuzatiladi.
Hayotining uchinchi oyidan boshlab esa, bola o’z hayoti bilan bog’liq bo’lgan ob‘ektlarga faol qiziqa boshlaydi va diqqati ularga yo’naltiriladi. Bola hayotining beshinchi va ettinchi oyida predmetlarga uzoq vaqt diqqatini qarata oladi va ularni ushlab, paypaslaydi va og’ziga solib ularni o’rganishga intiladi. Ayniqsa, yorqin va aniq predmetlarga qiziqish oratadi. Bu holat ixtiyorsiz diqqatni etarlicha rivojlanganligini anglatadi.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi inson umrining birinchi yilini oxiri va ikkinchi yilning boshlarida shakllana boshlaydi.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi va shakllanishi bola tarbiyasi bilan bog’liq. Bolani o’rab turgan muhit uni nima qilishga emas, nimani qanday qilishga o’rgatadi. N.F.Dobrininning fikricha, tarbiya natijasida bola o’rgatilgan vazifalarni ongli ravishda bajarishga intiladi.
Bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlanishida o’yinning o’rni beqiyosdir. Bola o’yin jarayonida o’z xatti-harakatlarini koordinatsiyalashga va ma‘lum bir qonun qoidalarga buysundirishga intiladi. Ixtiyoriy diqqat bilan hamkorlikda ixtiyorsiz diqqat ham shakllanadi. Bolaning o’z hayoti davomida predmtlar va hodisalar bilan tanishib borishi natijasida uning diqqati ko’lami ham ortib boradi va qiziqishlar doirasi kengayadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning diqqatida ixtiyoriy diqqatning beqaror bo’lishi bilan harakterlanadi. Bola tashqi qo’zg’atuvchilarga tez beriladi. Uning diqqati haddan tashqari emotsional — bolada o’z xissiyotlarini boshqarish ko’nikmasi yaxshi rivojlanmagan. SHu bilan birga ixtiyorsiz diqqat etarlicha barqaror, uzoq muddatli va konsentratsiyalashgan. Bolada irodaviy xarakatlarni rivojlantirish orqali uning ixtiyoriy diqqati shakllana boshlaydi.
Ixtiyoriy diqqatning shakllanishiga maktab ham o’z ta‘sirini o’tkazadi. Maktabdagi o’quv topashiriqlari boladagi ixtiyoriy diqqatni rivojlanishiga olib keladi. Bola bir soat o’quv mashg’ulotida o’tirish orqali u o’z xulq-atvorini nazorat qilishni o’rganadi. O’quv yilining boshida darslarda o’tirish bola qiyinchilik tug’dirgani uchun malakali pedagoglar o’z darslarini rang-barang o’tkazishga intiladilar. Shu bilan birga bu davrda bolada ko’rgazmali-obrazli tafakkur shakllangan bo’lishini ham hisobga olish kerak.
Yuqori sinflarda diqqatning rivojlanishi yuqori darajaga chiqadi. Maktab o’quvchisi endi uzoq muddat bir faoliyat turi bilan shug’ullanishi va o’z xulqatvorini nazorat qilishi mumkin. Bir narsani alohida e‘tiborga olish lozim, diqqatning rivojlanishiga faqatgina tarbiya emas, balki yosh xususiyatlari ham ta‘sir etadi. Masalan, 13-15 yoshdagi psixofiziologik o’zgarishlar ham inson organizmida qo’zg’aluvchanlik yoki tushkunlik ortadi, bu esa diqqatning barqarorligini biroz susaytiradi.

Xulosa
Agar o‘qituvchining tayyorgarligi, ya’ni uning bilimdonligi hamda pedagogik
mahorati doimo talab darajasida hamda o‘quvchining qiziqishi, diqqatini jamlashi va eslab qolishi doimo yuqori darajada bo‘lganda edi, ta’lim-tarbiya jarayonida istalgan usuldan foydalanganda ham yuqori natijaga erishish mumkin edi. Lekin bu
ko‘rsatkichlar tez o‘zgaruvchan bo‘lib, pedagogik jarayonni ana shu o‘zgarishlarni
hisobga olgan holda olib borish eng zarur shartlardan hisoblanadi. Aks holda ta’limtarbiya jarayonidan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Har qanday fanni o’qitish mеtоdikasining asоslari uchta asоsiy tarkibiy
qismlar: kоnsеpsiya, ta’limning mеtоdik tizimi va ular ta’siri natijalarini bahоlashdan ibоrat.
Chizmachilik o‘qitish metodikasi bo'yicha hozirgacha Respublikamizda o‘zbek tilida darslik va qo'llanmalarning nashr qilinmaganligi, o‘qitish metodikasi, xususan, chizmachilik fanining o‘zida ham so‘ngi yillardagi o’zgarishlaming aks etishiga bo’lgan zaruriyat darslikni dastlabki rejalashtirilganidan birmuncha boshqacha tayyorlashga sabab bo’ldi.
Darslikni yaratishda so‘ngi yillarda rus tilida chop qilingan adabiyotlardan keng foydalanildi. Bunda asosiy e’tibor umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlaridagi grafika (chizmachilik) ta’lim jarayonini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilishga qaratildi.
Chizmachilik o‘qitish metodikasi bo'yicha hozirgacha Respublikamizda o‘zbek tilida darslik va qo'llanmalarning nashr qilinmaganligi, o‘qitish metodikasi, xususan, chizmachilik fanining o‘zida ham so‘ngi yillardagi o’zgarishlaming aks etishiga bo’lgan zaruriyat darslikni dastlabki rejalashtirilganidan birmuncha boshqacha tayyorlashga sabab bo’ldi.

Darslik ikki bobdan iborat bo'lib, birinchi bob muhandislik grafikasini


o‘qitish metodikasining umumiy masalalariga bag‘ishlangan. Ushbu bobda
chizmachilik darslarini tashkil qilish va o‘qitishning zamonaviy metodlari,
o‘qituvchining darsga tayyorlanishi va sinf doskasida chizmachilik asboblari bilan ishlash metodikasi, chizmachilik kabinetini jihozlash, chizmachilikdan o‘qitish vositalari va ko‘rgazmali qo’llanmalar hamda ularni tayyorlashga taalluqli metodik tavsiyalar keltirildi.
Mеn o`zimning yozgan kurs ishimda muhandislik drafikasi haqidagi
umumiy tushunchalarni bayon etdim, loyiha ishlash usullarini misollar kеltirish
bilan yoritdim. Shu bilan birga chizmalarga doir bir nеchta misollarni
ko`rsatdim. Mеn o`z yozgan kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimga
erishdim deb o'ylayman.


Download 414,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish