1.2. C# tilida ifoda, instruksiya va operatorlar.
Ifodalar. Ifoda – qiymatni aniqlovchi kod satridir. Oddiy ifodaga misol: MyValue=100;
MyValue ning o’zi bir qiymatni aniqlovchi operator bo’lsada, uni ham qiymat sifatida o’zlashtirish mumkin. Chunki u 100 qiymatini qabul qiladi. Misol uchun: MysecondValue=MyValue=100; Bu misolda 100 literali avval MyValue ga keyin “=“ o’zlashtirish operatori yordamida MySecondValue o’zgaruvchisiga o’zlashtiriladi. Bu bilan 100 qiymati har ikkala o’zgaruvchiga birdaniga o’zlashtiriladi. Bu yo’l bilan siz bir necha o’zgaruvchiga birta qiymatni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Int a=b=c=d=g=h=l=20;
Do'stlaringiz bilan baham: |