2.3. Ma’lumotlarni faylda yozish va o’qish.
Fayl bu ma’lumotlarning fundamental strukturalaridan biri. Kompyuterlarning dastur bilan ishlashi, tashqi qurilmalar bilan aloqasi fayl strukturasiga asoslangandir.
Fayllar quyidagi masalalarni yechishga asoslangandir:
Qiymatlarni boshqa dasturlar foydalanishi uchun saqlab qo’yish;
Dasturning kiritish-chiqarish tashqi qurilmalari bilan aloqasini tashkil qilish.
Fayl tushunchasining ikki tomoni bor:
Tomondan fayl – tashqi xotiraning biror axborotni saqlovchi nomlangan bir qismidir. Bunday tushunchadagi fayl fizik fayl deb ataladi.
Tomondan fayl – bu dasturda ishlatiladigan ma’lumotlarning turli strukturalaridan biridir. Bunday tushunchadagi fayl mantiqiy fayl deb ataladi, yani u bizning tasavvurimiz bilan hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |