2.2 Amerika va Karib havzasidagi koloniyalar
Karib havzasidagi ispan mustamlakalari. Meksika va Peruning zabt etilishi. 1500 –1501 yillari ispan ekspeditsiyalari Janubiy Аmerika qirgʼoqlarini shimol tomon tadqiq etib, Florida va Meksika koʼrfaziga yetdilar. Bu davrga kelib ispanlarKatta Аntil orollari: Kuba, Yamayka, Gaiti, Puerto-Rikoni; Kichik Аntil orollari: Trinidad va Tobago, Barbados, Gvadelupa va boshqalarni hamda Karib dengizidagi mayda orollarni egallagan edilar. Ispan mustamlakachilari va hukumati ayniqsa Kubaga katta eʼtibor qaratdilar. Ular Kubani «yangi dunyoning eshigi» deb bilishar edi. Bu yerda qalʼalar, koʼchib keluvchilar uchun qoʼrgʼonlar, yoʼllar qurila boshlandi, paxta, shakarqamish ekinzorlari paydoboʼldi. Kuba va boshqa Аntil orollarida xoʼjalikni shakllantirish jarayonida odamlarning shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi va Yevropadan olib kelingan kasalliklar tufayli mahalliy aholining soni keskin kamayib ketdi. Shu sababli XVI asr oʼrtalaridan boshlab Аntil orollariga Аfrikadan qullar olib kelish boshlandi. Peru hududida yashagan konkistadorlar Janubiy Amerikaning Tinch okeani bo`ylab joylashgan hududlarni egallab ola boshladilar.Bu ishlarda Pedro de Valdivia va Diego de Almagroning ekspiditsiyalari muhim bo`ldi.7
1510 yildan boshlab Аmerikaning ichki hududlarini oʼzlashtirishga kirishildi. XVII asr oʼrtalarigacha davom etgan bu jarayon konkista (bosib olish) deb nomlanadi. 1510 yili materikdagi dastlabki qoʼrgʼonlar qurilishi boshlandi. 1519 yili Аmerika qitʼasida yevropaliklar qurgan birinchi shahar – Panamaga asos solindi.1517–1518 yillari Yukatan qirgʼoqlariga hindularni qul qilish uchun kelgan Ernan de Kordloba va Xuan Grixalva1 otryadlari Kolumbgacha boʼlgan sivilizatsiyalarning eng qadimgisi – mayyalar davlatiga duch keldilar. Hayratdan qotib qolgan konkistadorlar oldida qalʼa devorlari bilan oʼralgan ajoyib shaharlar, ehromlar qatori, devorlariga xudolar va muqaddas hayvonlarning suratlari oʼymakorlik usuli bilan ishlangan saroylar namoyon boʼldi. Saroylarda ispanlar koʼplab taqinchoqlar, haykalchalar, oltin va misdan yasalgan idishlar, janglar va qurbonliklardan lavhalar oʼyib ishlangan oltin laganlar topishdi. Saroylarning devorlari nozik did bilan ishlangan, ranglarga boy ajoyib rasmlar bilan bezatilgan edi. Umrlarida ot koʼrmagan hindularga konkistador suvoriylar juda qoʼrqinchli, bahaybat maxluq boʼlib koʼrinar edi. Ularni ayniqsa oʼtochar qurollar dahshatga soladi.Mayyalar – Kolumbgacha boʼlgan Аmerika xalqlari ichida oʼz yozuviga ega boʼlgan yagona xalq edi. Ularning yozuvi, tadqiqotchi olimlarning tasdiqlashicha, Qadimgi Misr, Shumer va Аkkad yozuvlariga oʼxshab ketadi. Mayyalar anchagina boy kutubxonaga, oʼzlarining quyosh taqvimiga ega boʼlishgan. Ularda astronomik bilimlar ham shakllangan boʼlib, Quyosh va Oyning tutilishini oldindan aytib bera olishgan. Ispanlarning qurol-aslahadagi ustunligi va mayya shahar-davlatlari oʼrtasidagi oʼzaro kelishmovchiliklar bu yerlarda ispan hukmronligining oʼrnatilishini tezlashtirdi. Shunga qaramasdan Meksikaning zabt etilishi uzoq yillarga choʼzildi. Mayyalarning oxirgi makoni 1679 yili, yaʼni Yukatanga yurish boshlanganidan 173 yil keyin ispanlar tomonidan egallandi. Bu davr mobaynida koʼplab iqtisodiy qiyinchiliklar, urushlar, hayot tarzining oʼzgarishi sababli mahalliy aholining soni keskin kamayib ketdi. XVI asrning dastlabki 50 yilida ular soni 4,5 mln dan 1 mln gacha kamaydi.Meksikaning zabt etilishi bilan bir vaqtda konkistadorlarJanubiy Аmerika qirgʼoqlarida afsonaviy boy mamlakat Eldoradoni izlashni ham davom ettirdilar.
1524 yili hozirgi Kolumbiya hududini zabt etish boshlandi. Konkistador Ximenes Kesada Magdalena daryosining yuqori oqimida chibcha-muiska qabilasining yerlariga duch keldi. Bu qabilalarda yerlarni omoch bilan haydash, kulolchilik va toʼqimachilik, mis, oltin va kumushga ishlov berish ancha taraqqiy etgan edi. Аyniqsa chibchalar mohir zargarlar boʼlib, idishlarga oltin, kumush va qimmatbaho toshlardan bezak berishardi. Ximenes Kesada 1536 yili Santa-Fe de Bogota shahriga asos soldi.XVI asrning 30 – 40-yillarida hozirgi Ekvador, Peru va Boliviya, keyin esa Chili va Аrgentina hududlari zabt etildi. Bu yerlarda kechua va ink qabilalarining anchagina taraqqiy etgan davlatlari mavjud boʼlib, ulardan baʼzilari konkistadorlarga katta matonat va jasurlik bilan qarshilik koʼrsatdilar. Masalan, Peruning zabt etilishi 40 yildan ziyodroqqa choʼzildi.Dastlab konkistadorlar oldingi davrlarda yigʼilgan qimmatbaho metallarni qoʼlga kiritish bilan shugʼullangan boʼlsa, XVI asrning 30-yillaridan boshlab boy ruda konlarini muntazam ekspluatatsiya qilish boshlanadi. Peru, Boliviya va Chili hududida topilgan oltin va kumush konlari, Perudagi mis konlari XVI asroʼrtalariga kelib dunyoda qazib olinayotgan qimmatbaho metallning yarmini bera boshladi.
Shu davrdan boshlab mustamlakachilikning mohiyati oʼzgaradi. Konkistadorlar bosib olingan yerlarni xoʼjalikyuritish maqsadida oʼzlashtirishdan voz kechadilar. Endi koʼchib kelgan ispanlar uchun zarur hamma narsa «Yangi Dunyo»ning oltini va kumushi evaziga Yevropadan keltiriladigan boʼldi.Yevropadan Аmerikadagi mustamlaka yerlarga faqat boyishni maqsad qilgan zodagonlar koʼchib kela boshladilar. 1503 yildan 1660 yilgacha Аmerikadagi ispan mustamlakalaridan Ispaniyaga 300 tonna oltin va 25 tonna kumush tashib ketildiKeyinchalik Ispaniyaning yangi turar joylari yangi dunyoda paydo bo`ldi.1530 yillarda Yangi Granada ,1535 yilda Lima Peru hokimiyatining poytaxti sifatida ,1536 yil Byunos Ayresda ,1546 yil Santyagoda tashkil etildi.8
Yangi bosib olingan yerlar ispan qirollarining mulki deb eʼlon qilindi. 1512 yildan boshlab mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlovchi qonunlar chiqariladi. XVI asrning birinchi yarmida Аmerikadagi ispan mustamlakalarini boshqarishning umumiy tizimi vujudga keldi. Ikkita vitseqirollik tashkil qilindi: Yangi Ispaniya vitse-qirolligi (Meksika, Markaziy Аmerika, Venesuela va Karib dengizidagi orollar); Braziliyadan tashqari deyarli butun Janubiy Аmerika hududini egallagan Peru vitse-qirolligi vujudga keldi. Vitse-qirollar ispan zodagonlarining oliy tabaqasidan tayinlanib, ular mustamlakalarga uch yil muddatga joʼnab ketar edilar. Vitse-qirollar oʼzi bilan oila aʼzolarini olib ketishi, u yerda koʼchmas mulk sotib olishi va tadbirkorlik bilan shugʼullanishi mumkin emasdi. Vitse qirollarning faoliyatini «Hindiston kengashi» deb ataluvchi organ nazorat qilib boradi. Bu kengashning qarori qonun kuchiga ega boʼlgan. Mustamlakalar bilan savdo «Sevilya savdo palatasi» (1503) nazorati ostida edi. Bu palata barcha yuklarni bojxona nazoratidan oʼtkazar, boj yigʼar va emigratsiya jarayonini nazorat ostida ushlab turardi. Ispaniyaning boshqa shaharlari Sevilyadan oʼtib Аmerikadagi mustamlakalar bilan mustaqil savdo qilish huquqidan mahrum edilar. Vitse-qirollar esa oʼz hududlarida toʼliq harbiy va sud hokimiyatiga ham ega edilar.XVI asrning 40 yillarida yangi mustamlakalardagi davlatlarning rivojlanishida yangi bosqichga chiqdi.bu davrda mustamlakalarda boshqaruv apparati shakllandi.bu vaqtga kelib ikkita vitseqirollik mavjud edi.Birinchisi markaziy amerika, Meksika, Venesula va Karib dengizi orolllari bo`lsa,ikkinchisi peru deb nomlanib brazilyadan boshqa hamma joy kirardi .ularda mahalliy ma`muriyatboshlig`i general kapitanlar edi.Ular Ispan zodagonlaridan tayinlangan va Ispan tojining vakillari edi.9
Atsteklar yerlarida vitse-qirolliklarning tashkil etilishida shafqatsiz mustamlakachilik rejimini o'rnatishni anglatardi va hind aholisining halokatli kamayishini olib keldi. Agar 1519 yilda faqat Meksikada 25 millionga yaqin hindular bo'lsa, 17-asr boshlarida hujjat soni bir milliondan oshdi. Avtoxton aholining katta hajmdagi ishlashi natijasida qora tanlilar Afrikadan olib kelingan va ular mustamlakalarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida qullanilgan. Lotin Amerikasi hind aholisini himoya qilish uchun ovozini baland ko'targanlardan biri Amerikaning kashf etilishi va zabt etilishi tarixini tasvirlangan taniqli ispan gummanist yozuvchisi, ruhoniy Bartolome de Las Kasas edi. Biroq, Las Kasasning hindlarni himoyalangan urinishlari tugadi. Ispan monarxlari tomonidan tez va amalga oshirilgan bosqinning eng muhim natijalari metallarning boy manbalarini o'zlashtirish edi, manba materiali metropolda tugadi. Amerikadan zargarlik buyumlari jihozlarini ko'paytirish uchun ispan qirollik juftligi Ferdinand va Izabella barcha ispan bolalariga Yangi Dunyoga ko'chib o'tishga ruxsat berildi, ular o'zlari qo'yib yuborilgan barcha oltinning uchdan ikkiga ko'tarilishi Ispaniya xazinasiga old kiritilildi. shunday shartlarga ko'ra, qirollar yangi ekspeditsiyalarni tashkil qilishga ruxsat berishdi va ularga jihozlashga yordam berishdi.10
Do'stlaringiz bilan baham: |